July 5, 2025

Xotima ,yakun...

Anvarxon
Mohina

O'ylaganim kabi tupponcha ovozi qulog'imni teshib yuboradigan darajada bo'lmadi,Anvarxon degani kabi jonszgina paq-paq etgan tovish chiqdida o'qchalari kiyikchaga yetib bormay Anvarning oyoqlari tagiga tushib dumalab ketti.Bu nimasi?
—Voooy Mohina nima qilib qo'yding,ahir senga ularni topish qiyin degandimkuuuu—-dedi Anvar past tovushda sohta baqirib siqilarkan.U nega menga bunaqa masxaromuz tarzda so'zlayotganidan hayron edim.Tupponchani uchiga qaradim va yerga qarata yana ottim,ikki-uchta o'q chiqdi yana piq-piq etib,Egilib bittasini qo'limga olsam u kumushrang emas shokolad rang edi,hidlab ko'rsam shokolad hidi kelyapdi.Shunda Anvarxonning hovlida baland ovozda kulganidan cho'chib tushdim,u rossa kulardi,shu orada yaqinimga yurib keldi.
—Sodda Mohinaginam bu ahir o'yinchoq tupponchaku,jiyaningga haligi kuni bog'dan sotib olib berganim menda qolib ketgan ekan,shu haqiqiymasligini nahot shuncha vaqt sezmading,yana tutqizsam ko'zyoshi qilding,ahir senga buni o'yinchoqligini sezdirish uchun qancha tasvirladim,ahmoqqinam—deb u qolini peshonasiga bosib mening soddaligimdan kulardi.
—Men bilan hazillashdingizmi?—dedim hamon angraygancha gaplariga.
—Hada,hech zamonda o'zi quturgan odam qayta quturadimi,bundan tashqari men o'zimni nazorat qila olaman,ikki asrlik tajribam bor ,nahot senga tashlansam.—deya qo'limdan asta tupponchani oldi,qattiq ushlab olgan ekanman,darhaqiqat u yengilgina edi.
—Bundan chiqdi...
—KO'nglingni mutloq tinch qil.Hech qachon sirayam senga zarar bermayman,tushing,nima deb o'ylaganing saf-sa-ta !—deb qo'limdan tortib quchoqladi—biz endi doim baxtli bo'lamiz,sen va men...abadiy.
—Sizni sevaman Anvarxon—dedim necha oylar deganda ilk marotaba yuragim hotirjam urib.—sevaman...

Xotimaning xotimasi !

Mana mening yurakka yaqin obunachilarim va vertual kitobxonlarim "Xotima " ya'ni "tugash,yakun"nomli asarni o'z nihoyasiga yetqazdim,birga tugattik.Kuldik,ammo ko'proq yig'ladik.Albatta asar ramantikaga yetarlicha to'yingan,biroq sizni qo'rqitadigan,tahlikaga soladiga,ko/zingizdan uyquni o'chiradigan va ko'zlaringizni namlatadigan qismlari talaygina bo'ldi.Garchi hikoya tragedik tarzda yakunlanmagan esada,tragediyani keng ko'lamda o'zida jalb etgan asar edi.Mohinaning yaqinlaridan olgan ruhiy zarbalari,Anvarxonninng tazyiqlari,ayniqsa so'ngida sevgani odamxo'rligini bilib qolgani,unga yoqqan yigit aslida Yulduzni o'ldirganini bilib qolgani barchasi ta'sirli.Gapirishga gap ko'p,talaygina,hozir soat ancha kech,3.19,tog'risi bu asar sal shoshilinch tarzda yozildi.Bilasiz,asalning ozi shirin,cho'zilishiga yo'l qo'ymasligim lozim edi,yana DTM girdibalo sabablarim,men ham qaysidir ma'noda bu asarni igna ustida o'tirib yozganman,Har qismni yozayotganimda ijodimni man etishaschi,telefonni olib qo'yishsa yoki kanalimni o'chirib yuborishsa nima qilaman degan ming bir qo'rquvda yozdim. Xotima deya asar tugashini yozishim kerak edi,uzr,charchaganman ,atayin qilmadim,xotiam so'nggi so'zga aylanib ketti.Asosiysi bu asarning alohida yozilish tarixini o'zi bir kitob qilib yozishga arzigulikligini biling demoqchi edim. Asar 100% real voqealarga ... asoslangan deya olmayman.bu eng ko'p berilgan savol.Yulduzni va uyni,Anvarxonni va asardagi ba'zi voqealarni aloqadorligini tan olarkanman asar 70-75% o'ylab topilgan.Real hayotta,O'zbekistonda odamxo'rlar bor.hikoyada mukammalroq ishlangan varianti xolos,real odamxo'rlar unchalik ko'p umr ko'rmaydi. Yana ko'p berilgan savol,nega asar "Xotima"?Biz bu hikoya tragediya deb bilganmiz! Ha,to'liq rejada hikoya tragediya ketgan,biroq talab va istaklarga binoan yoshlarni baxtli qildik.Xotima,ya'ni tugash—bu Mohinaning hayotida insoniylik muhitining yakun topishi va barcha yorug' kunlariga qo'yilgan tuqta,yakun.Garchi ikkisi baxtli bo'lgani bilan ,Anvarxon sabab qiz balo-qazolarga o'zini tutaveradi,eslasangiz Mohina Anvar bilan tanishgandan so'ng hayotida o'zgarishlar bo'ldi; Yulduz yuqoldi,onasi hiyonatini sezdi... Bilaman,asarda hamon ko'pgina sirlar hali pinhon.Men savollarga javobni keyingi qismlarga qoldiraman deya,Xotimaning ikkinchi fasli yohud Muqqadima haqida bir nima deb yoza olmayman.Vaqt ko'rsatadi,ishontirib aytamanki yaqin orada yozilmaydi.Hikoyani yozib sizni ta'sirlantira olgan,sal ko'nglingizga qo'ruqv,adrenalin shu birga tahlika sola olgan bo'lsam demak,men niyatimga yetibman. Bu hikoyani deya kimlargadir yomon kimlargadir yaxshi ko'rindim,muhimi qo'llab-quvvatlaganingiz uchun,iliq-samimiy fikrlar uchun barchangizga alohida tashakkurx.Xato va kamchiliklar uchun uzr so'rayman.Ayniqsa dildan asarim o'quvchisi soni ortishiga o'z xissasini qo'shgan Fotimaga,katta raxmat!

Siz bilan Silvia Solyaris bo'ldi.

Tamom . 3:40—8:45 / 4-5 iyul