May 11, 2025

Joker 2

Mashinada ikkimiz yana mum tushlagancha Toshkentga qaytar choğimiz quyosh ôz ôrniga bosh qôyayotgan vaqt edi.Poytaxtgacha kam masofa qoldi,biz Ikromovni deya bir kunni yuqotdik.Namangan viloyatidan ôtar choğimiz bôlmadi,yuragim siqilib qon bôlib ketdim.Ovqatlandik,uxladim,ozgina Baxtiyor bilan gaplashib ketdim.Bilmayman,nega u zerikmayapdimi , meni ichim siqilib ketdi u esa jim.
—Balkim qôshiq qôyarmiz —dedim yaxshi taklif kiritarkanman zerikib.
—Ozgina sabr...—deb u mashinasini boshqarib borarkan ôzi tomondagi oynachadan qarab qôydi.
—Nega ?—dedim ezilib .
—Bizni kuzatib kelishyotganga ôxshaydi—dedi u picha havotirli tonda.
—Kim kuzatadi?Senga shunaqa tuyilyotgandir —dedim vahimasiga parvo qilmay.
—Ortimizdan qolmayapdi .Andijondan to Namanganga qadar 4 marotaba tôxtagan bôlsak biron marta bizni ta'qib qilishdan qolmadi.Boshqa yulovchi mashina bôlganida ôtib ketgan bôlardi—dedi u tağin oynadan ortga qararkan.
—Hmmm—deya biroz ôyga toldim.Ikromov unga qarata aytgan gaplarimdan alamzada qotil yuborganmikan yoki Jokerga habar qilib , meni ôldirish payiga tushishgandir.Chunki Joker uning uyida ôtgan hayotimni oğzimdan hech nimani hech kimga yetqazmaganim uchun Nest One da qôyib yuborgandi,Ikromov gaplarimdan shubhaga borib past baho berib adashganligini anglab yetgan shekilli.Labimga istehzoli jilmayish yugurdi.
—Tôxtat mashinani —dedim hotirjam ohangda — kuzatishyapdimi yo yuqmi,buni bilishning eng yaxshi yôli tôxtab ularni ham harakatini kuzatish.Chamamda biz bilan gaplashib olish niyati bor —dedim tağin yuzimda jilmayish ôynarkan.Baxtiyor telbanamo qiyofamga bir ôpkali qarab mashinasini chiyillatib chekaga oldida gazdan oyoğini olib , mashinani ôchirdi.Derazadan begona ulovga qarab turdim,u uzoqlikdan yaqinlashib bizdan ôtib ketdi.
—Nima degandim —deyishim hamono begona ulov bizdan 100m chamalar chiqmaydigan joyga sekin tôxtab , ichidan ikkita qop-qora kiyingan kimsalar tushib biz tomonga qarab yaqinlashishni boshladi.Aksiga olib biz keng yaylovda uzun ilon izi yolining bir chetida tanxo ikki mashina begonalar va Baxtiyorni mashinasi tôxtagan katta yôldan kôp transport qatnamas kun ham botishga bir necha soatlar qolgan vaqt , qotil bôlsa vaqtini topib ketimizga tushibdi.Sherigim bilan nafasimizni yutib ularning kelgusi harakatlarini kutdik

Baxtiyor ular oynaning ortiga kelib tôxtaganda uni tushirdi, ochiq derazadan ôt ôlaning isi aralash mayin shamol kirdi.
—Tinchlikmi akalar?—dedi Baxtiyor ôzini tabiiy tutib .Akalar deganing biri engashib Baxtiyorga emas menga qarab , ayanan meni ishora qildi.
—Qiz biz biladi ketadi—dedi u bôğiq ovozda meni kôrsatgich barmogi bilan ishoralab.
—Kimsiz ?Nima kerak sizga ?—dedim va ozim tomondagi eshikni qulflab olgunimcha boshqasi ochib meni majburlab tirsagimdan tutgancha mashinadan tushirishga urina ketdi.
—Qôyvor uni !—deya Baxtiyor eshikni zarb bilan ochib yuborgandi qora kiyimlikga tegib uni nariga sapchib ketdi va endi meni qôlimdan tutganing adabini berishga kelganida narigisi uni tutib olib mashinaning kapotini ustiga itarib yuborgand kapotga borib urildi ,keyin meni baqir-chaqirimga qaramay begona odam ikki qôlimdan bir qôli bilan ushlab turarkan.Ôzimning bunchalik kuchsizligimdan hayratda qoldim,sababi u kimsa meni ikki qôlimni bir qôlida tutib qochib ketmasligimni ta'minlardi.U kimgadir qônğiroq qilarkan , shunchaki men ôz mashinasi kapotiga yuzi bosilib turganidan uning ahvoliga achinib qôlimdan hech nima kelmasdi.
—Kimsiz?Nima qasdingiz bor qôyib yuboring !—dedim qôllarimni ozod qilishga tirishib — hech bôlmasa kimga ishlashingizni ayting !—dedim qichqirib.

—Jin bôl !—dedi oxiri saqov kimsa shuncha vaqt sôzsiz ushlab turarkan ,quloğimga telefonni tutdi — jimgina ôtirib gaplashasan yoki shu kuyi noqulay holatda —dedi u .—Mayli —dedim ôzimni bosib —nima qilsangiz ham mayli, kimning odamisiz bilmayman lekin uni quyib yuboring u begunoh —dedim kapotga qadalgan yuzi bujmayib qolgan Baxtiyorga qarab.Oldimdagi qôllarimni bôshatib telefonni berdi va sherigiga "qôyib yubor"ishorasini qilib " qochishga urinsang , otaman "deb kamariga qistirilgan tupponchani kôrsatib ôxrayib qôydi.Endi qurolga kôzim tushgandi , tanam bijirlab hozir ôlib qoladigandek ahvolga tushdim.—Gaplash !— dedi ovsarlanib qolganimda begona kimsa deyarli ôshqirib.Telefonni qaltirabgina quloğimga olib borib turgazilgan Baxtiyorga qarata hammasi joyida ma'nosida tasallilik qarab qôydim.—Nilufarxon shu yerdamisiz?—degan ovoz ğijillab eshitildi sôngi rusumdagi qôl telefon ortidan.—Ha shu yerdaman.Bu ...kim bu ?—dedim qaltirab,ovozi notanish, kim ekan?—Yigitlarim sizlarni qôrqitib yuborgan bôlsa uzr .Men "Minel suv"ishlab chiqarish fabrikasining boshligi Karim Abduraimov bôlaman , siz bilan adashmasam uch yillar oldin ajoyib bir davrada mazmunli suhbat qurgandik—dedi u .—Sizni tanidim.Menda nima ishingiz bor?Odamlaringiz bizga tahdid qilishdi , iltimos agar Joker va Ikromovga aloqangiz bôlsa sherigimni qôyib yuboring uni men boshlab kelganman.Uvoliga qolishni istamayman —dedim fikr-u hayolim oldimizdagi yigitlar hozir Baxtini kaltaklab ketmasmikan degan havotirli ôyda edi.—Kim kimni uvoliga qoladi.Ğalati gaplarni gapiryapsiz.Meni mutloq sizda husumatim yôq.Rozi bôlsangiz yigitlarim sizlarni ofisimga boshlab kelsa ôtirib biir bafurcha gaplashib olsak.Nima deysiz ?—dedi u.—Nima haqida ?—Albatta , Joker masalasi va sizning menga in'om etgan katta bir boylik mavzusida —deb u mamnun kulib qôyganini sezdim.—Zarar yetqazmaysizmi?—sôradim unga ishonmay.—Kônglingiz hotirjam bôlsin.Qôlingizdagini yoningizdagiga bering —degach telefonni yigitga uzatdim.U besôz telefondagi gaplarni tasdiqlab turdida , shartta ôchirib chôntagiga solgach.—Suv olib kelaymi?—dedi boyagi qupollik yuqolarkan .—Yôq ,raxmat.Iltimoz mashinangizga joylashavering,biz ôz mashinamizda ortingizdan haydaymiz.Abduraimov bilan kelishdik —dedim yerga qarab peshonamni ushlarkanman ,yelkamdan bir adir ağdarilgandek bôldi.

Joker 2.

—Yana bir ahmoq qarorni qabul qilding ?— deb zaxrini sochdi mashinasiga joylashishimiz bilan Baxtiyor.—Ôzim bilaman qaysi qarorim ahmoq,qaysisi soğ .Shunchaki lacetti ortidan hayda —dedim yôldan kôzimni uzmay.U jaxl bilan mashinasi eshigini qayta yopdida gaz berib Karimning odamlari ketidan mashinasini jildirdi.Tôğri va tekis yôldan ketarkanmiz ,barchasi tamom deb turgan vaqtimiz Xudo yuborganini qarang,qayerdan uning quloğiga men Jokerni yôq qilish payiga tushganim qanday yetib borishga ulgirdi ekan.Namanganda tôxtaganga qaraganda u Namanganlik va baribir Toshkentga qadar kuzatib bormasdi.Demak,oldindan ta'qib qilib kelgan,uddaburon ekan.Yuzimga qôlimni tirab mashina yôliga qarab borardim-u hayollarim har yonda parishon sanğirdi.Hozir bizni ofisda nimamar kutyapdi,u qanday yordam bera oladi yaratganga ayon.Baxtiyorga qiyin ,uni kôp ovvora qilyapman.Kônglimda bir telba ôy kesib yuribdi,agar unga turmushga chiqa olmasam nima bôladi? Ammo bu yerda boshqa yôl yôq.Agar ôlmasam men uniki bôlaman,bu ishga faqat ôlim tôsqinlik qilmasa hech qanday devor tôğanoq bôla olmaydi,hattoki bu yôlni ôzgartirish meni-da qôlimdan kelmaydi.Peshonamga uning ismi zar harflar bilan bitilgan ekanda , ertaroq kelsa nima qilardi.Shuncha azobni tortishim shartmidi.Kelolmasdi ham,chunki boshimga tushgan kurgiliklar,umuman men katta hayotga qadam qôygan paytim,u endi maktabni bitirgan yoki ôquvchi edi.Kulgili.Labimda jilmayish alomatlari sezilib bildirmay unga kôz tashladim , rôlni yengil tutgan qôllari qaltirab-qaltirab qôyyapdi,u qôrqyapdimi yoki qarorimdan gazabdami?Malla qoshlari chimirilgan , ingichka lablari esa qimtilgan.Sezib qolmasin deya tağin kôzimni yôlga olib bizdan 100 m lar chamasi oldinga tushib boryotgan "lacetti"rusumli qora ulovga boqdim.Yuqotib qôymasak bôldi,ancha jadallab boryapdi. Oxiri yarim soatdan sal ortiq vaqtga teng masofani bosib ôtib shahardan tashqaridagi bir baland bino oldidan ôtib darvozadan ichkariga kirdik.Panjarani tutib turgan kimsaning qoronğudi yuzi kôrinmadi , soat nechi ôzi?—Kun kech bôldi ,ish qilib ishimiz tezroq bitsinda —dedim oraga iliqlik kiritish maqsadida.U indamadi , arazlagan bôlsa kerak-ku jimgina mashinani haydashda davom etdi.Gôyoki men gapirmadim,u eshitmadi.—Sôtak—dedim unga nisbatan ishlatadigan va tilimda hozir-u nozir eng haqoratli gapimni pichirlab .