July 5, 2025

Xotima

XOTIMA 60—QIMS

Oradan 3 kun o'tti.Uch ikkimiz deyarli gaplashmadik faqat qisqa savol-javobdan bo'lak avvalgidek tortishuvlari,izhorlar yo'q ,ikkimiz bir yotoqda hayollarimiz har yoqda bo'lardi.O'z-o'zidan ma'lumki orada gap choqgan ekan,ortiqcha munosabatlarga hojat yo'q.U aqlli er bo'lib ishiga borib kelar,men aqlli xotin bo'lib kechga taraf kutib olardim.Bir-birimizga aytadigan gaplar qolmagandek.barchasi dildan chiqib uchgandek edi huddi.Onam homush ahvolda qo'ng'iroq qilib Davron yuqolganini habar qildilar,hatto viloyatning ko'zga ko'ringan firma rahbari lavozimidaligidan uning sirli g'oyib bo'lishi shu bugun tongdan ijtimoiy tarmoqni larzaga soldi.Ko'rgan bilganlar ichib mashina haydab ketayotganini ko'rgan ekanlar,ba'zilar tungi klubda ko'ribdi,shahar kameralari katta tezlik malibuni suratga olib radarga tushganidan uyiga xat borganu,javob bo'lmagan,hattoki ulovi ham yo'q,qochib ketgan degan tahminlar bor emish,sababi katta qarzdorligi borakan,shundan boshqa tahminlar ham inson miyasiga kelmasdi.Topilib qolar dedim,tamom,boshqa so'z demadim,negaki uning fojeasi menga anniq edi.Buni Anvarxondan g'ijjalab so'rab o'tirmadim,u uning izini yuqotgani kkundek ravshan.—Abedda opam bolasini biznikiga qo'yib ketadi—dedim uniyam ogoh etishchun ishga kuzatar vaqtim.—Qanday sabab bilan?—dedi egilib oyoq kiyimini kiyarkan.—To'yga borayapdi,qarashga odam yo'q.—Oyinchi...—Oyimni tobi yoq—dedim so'zni bo'lib.—qachon kelasiz?—Kechgacha kelmayman.—Bemalol ko'chada ovqatlanib kelavering,biz jiyanim bilan istirohat bog'iga boramiz,ovqat qilmayman—dedim ,ta'sirlanishga sabab yuqu negadir Anvarxon gapirayotgan gaplarimda mazza yo'qdek edi,tund qiyofada murojaat qilardim.U meni tinglab turdida .tugatganimdan so'ng—Yaxshi.Ehtiyot bo'linglar —deb ,peshonamdan o'pib tashqariga yo'naldi. Demak,Anvarxon ishdan kech qaytarkan bemalol Azizbekni shahar aylantiraman,birga sayrda yozilib kelamiz ,siqib yubordi meni bu fantastik olam.Kunlar kechga salqin,mayin shabada esib sayr bob havo bo'ladi.Aytganidek opam bolasini soat 14lardan o'tib tashlab ketti,birga shirinlik pishiramiz kichkintoy bilan desam uxlab yotibdi,menga pichirlab ,uygonib qolsa menam boraman deb yiglaydi deya sochlari allamablo turmaklangan Mahbuba opam bolani qo'limga tutqazdiyu barmoqchamga bolaning kiyimlari solingan sumkani tutqazib taksiga qarab yugurgilab ketti.Bolani asta uyga olib kirdimda zaldagi divanga yotqizib qo'ydim,shirin bo'lib qo'zichoqdek uxllardi,ayniqsa og'zidagi so'rg'ichi shunday yoqimtoy ko'rsatardiki bolakayning dumboqcha yuzidan o'pib oldim.Bola baribir shirinda,agar o'zingni bolang bo'lsa,uyg'onishiga yig'lab qolsa u bu shirinliklar tayyorlab qo'yaman desam shkaflarda hammasini yeb qo'yibman,shu kunlarda shirin xo'r bo'lib qolganman menam,asabdanmi og'zim tinmayapdi.Uyg'onishiini biroz kuttim,yaqin o'rtada turush niyati yo'qqa o'xshadi,shunday ko'chaning boshida burumda kichik magazincha ko'rgann edim,yugurib chiqib kelaman,dedimu irg'ib turib pulga kirib kettim,pasta tushsam hali uyg'onmagan.So'rg'ichini tortib qotib uxlardi va yig'lab qolmasmikan dedim turib qolsa uyni boshiga ko'tarib,bir o'zi yana begona uyda .onasi oldida emas,men bo'lganimdayam yig'lardim yosh bola bo'lsam.Ko'nglim bo'lmay-bbo'lmay eshikni ustida qulfladimda har ehtimolga qarshi ko'chaga chiqdim,ikki tarafga qarab olib zing'illab quyosh tikka tushgan ko'chadan magazinga kettim.Ketib borarkanman,bolakayning ustiga adyolcha tashlab qo'yish yodimdan chiqqanini bildim,

Anvarxon issiqqa unaqa chidamaydi,havo sovutgichni havo mo'tadilligida ham yoqamiz,shungami menam sovuqqa ko'nikanman,ering muzdek bo'lgandan keyinam ko'nikmasdan ilojing yuq.Magazinga kirib rang-barang konfetlar,shokoladlar,o'yinchoq mashina hattoki ko'chada ko'tarib yurishga uyalmay koptok ham sotib oldim.Bularni bolaga oldim-u ko'rsa qanday quvonishini o'ylab meni og'zim yig'ilmas xursand bo'lib ketaverardim.Do'kondan chiqsam bir ayol sparkda to'xtatib shu atrofda balnitsa bor ekan ko'rsatib yubora olmaysizmi dedi,unga tushuntirgunimcha ko'chada ushlanib qolib,likillab uyimizga yaqinlashib borsam darvoza ro'parasida mashinamiz turardi,lacetti ichiga ko'zlarimni qisib yaxshilab qarasam odami yo'q,birovnikidir deya raqamiga qaradim,yo'q bizniki.Avvalasiga Anvar nega vaqtli qayttikan yana qandaydir hujjatlari esidan chiqdimi,deb tahminlab yursam ,aslida uning kimligi esimga tushib katta ko'chada shu yugurishga tushdimki,asta qo'yaverasiz ikki qo'limda selofan paketlarni silkitib lo'lidan battar holat o'pkamni qo'ltiqlab yugurdim,hayolimda Anvarning fikri aynib divanda shirin bo'lib uxlayotgan Azizjon ko'ziga mazali taomdek borgunimcha uyda men yo'qligimdan foydalanib yeb qo'yadigandek.Albatta ,xonada yol'giz Anvar va bolakay,uchinchisi Anvarning hamtovog'i iblis,o deydi,tayyor ovqat,shu bilan qachon bunaqa shirin ozuqani uchratasa,xotiningni aqli zauflashib ozgina erkalasang,bag'ringga olsang unutadi,bu qotilligingayam ko'z yumadi deydi.Anvarni esa qorachiqlari torayib,fikru hayoli bolada bo'ladiyu butun dunyoni unutadi,yirtqichga aylanadi.Yo xudoyim,halloslab zalga kirsam Anvarning qimmat atir isi yuzimga sovuq havo bilan urulib etim jimirlab ketti va divanga qaradim.Ko'zlarim kosasidan chiqib borarkan,qo'llarimdagi yuklarimni tashlab "ANVAR!"baqirb-chaqirib zinalarni ikkitasini bitta qilib xonamizga yugurdim,xonada yo'q,sal naridagi kabinetidan bola ovozi kelardi.gingshib ,yig'lagan ovozi,orada chiyiladi va men xonaning eshigini ochdim-u...