Xotima
XOTIMA. 21 — qism
Uyga borsam dadam kelibdilar.
Kôrishib hol-ahvol sôradim,kayfiyatlari joyida , yaxshi dam olib kelgandek edi.
Dadam boshchiligida ikkita qiz kechga bir tansiq taom tayyorladik.Tez pishadidan ovqatimiz kechgi tôqqiz yarimga tyyor bôldi,deyarli ôn.Onan ,hammamiz stol atrofida yiğilganimizdan kônglim yozdek bôldi,inson qalbiga eng katta halovat bağishlaydigan ne'mat bub—oiladagi birdamlik ,mehr-oqibat ,vafo bôlsa kerak.Harholda oilamizni tinch bôlishini , ba'zi bir oiladagi ota-onalar kabi oyim va dadam janjallashishlarini yoshligimdan istamas edim.Chunki filmlardagi oiladagi urush janjallar bizning oiladagi qizlar uchun ertakdek gap bôlib,sira oyim dadam sen menga bormagan,doim oldimizda hamjihat hamfikr edi.Hatto dadam uchta qizim bor ,ôğil kerak ,deya oyimga dashnom qilmagan,uchchalamizni ham yelkasiga ôtirğizib katta qildi.Ayniqsa men dadamni ôğil bola qizi bôlganman,daraxtda ,tomda yurib , peshin mahallari ham kôchada ôynab yurardim , bôyim ôzim tengi bolalarnikidan yoshligimda baland bôlganidan sinfdoshlarimni maktabdan qaytishda urib qochib ketardim.Onasi yoki dadasi ôğlingiz ôğlimni urib qochib ketibdi ,deb kelsa dadam meni oldiga olib soxta urushib qôysa , ota-onalar kula-kula uyiga qaytardi.Chunki men urgan bola qiz boladan kaltak yeganini uyidagilarga ayta olmas edi,yo urgan yerim kôkarib chiqar yoki qonardi.
Shungami onamning hamma qizi oq ,men buğdoyrang.Quyoshda ôsgansan , hecham dadangdan emas,derdi onam dadam ham qoraku desam ,chunki dadam ham onamga uylangan vaqtlari oppoq bôlib Xorazmga 1 oylik komandirofkaga borib-kelib qorayib qolgan ekanlar.Qiziq gaplar gapirishardi-da ôziyam !
Singlimni xonasiga chiqarib , idishlarni yuvarkanman onam choy ichib TV kôrardilar.Zerikkan miyamga zôr fikr kelib,qayta-qayta ôylab oxiri idishlarni daranjomlagach sekin onamning tepasiga bordim.
—Oyiii , ertaga Muxlis bilan shopping qilgani boraylik.Yozga kiyimimizni qoshiqqa ilinadigani qolmadi,hammasini oxori tôkilib,eskirib ketgan—dedim môltirab.
—Hali yangilari borku qizim —dedi onam instamaygina.
—Ulari yoqmay qoldi.—dedim qisqa.
—Mayli bor.
—Boraveraylikmi?—dedim
—Bor-bor boraver,hohlasang hozir bor ,mendan sôraysanmi ?—dedi onam atayin kulimsirab.
—Oyiii, pul berasizda iy —dedim zoralib yonlariga ôtirib olarkanman.
—Dadangdan ol ,mendan sôrayverasanmi?—dedi onam urushgan bôlib
—Yôq,sizniki barakalida —dedim quvonib.
—Haa barakali-barakali deb , maoshimni barakasini senlar uchirasan —deb tonğillab choylarini hôplab qôydilar.
—Vay vô,ishlab joyiga qôyarmiz , qizğonmang.Berasizmi?—dedim qayta qistab besabrlik bilan.
—Choyimni ichib olaymi?—dedilar ovoz kôtarib.
—Raxmat-raxmat —deb tura solib bôynilaridan quchib oldim qôlimdan ushlarkanlar shunda yuzimdan ôpib qôydilar.
—Pul bermasam quchoqlamaysan ham—dedi onam ranjigannamo .
—Manaku oyi,hali bermasangiz ham quchyapmanku , iya bu nima —deb qôlimga tekkan sovuq narsadan seskanib kettim.Onamning qôlida tilla braslet bor edi.
—Wow ,oyi braslet oldingizmi?—dedim kôzlarim quvnab orqalaridan ôtib qullaridagi brasletga qôl uzatdim.Onam shartta tortib oldilar va tez-tez gapira boshladilar.
—Yôq e qaysi pulga olaman ?Haligi kuni...anavi ...dugonam ha Muhabbat opang olgan ekan ,qaraya voy ôlmasam bugun kafeda ôtirib kôrishganimizda taqib kôray deb qôlimdan qolib ketibdi.Voy shôrimey bildimikan —deb eslariga tushib qolib qattiq ôylanib qoldilar boshlarini ushlab.
—Haa , Muhabbat opamnikimi?Lekin çok gôzal ekan,didi chakkimas —dedim brasletga bir qarab olib—dadamga ayting sizga ham olib bersin,yarashganini qarang — dedim onamni xursand qilish uchun.Onamni shu kuyi avzoyi buzilib ketti.
—Ey jim bôl,dadang bitiga olib beradimi falon pullik brasletni , tağin gullab qôymagin ,bilsa urushib beradi birovnikini taqib yuribsanmi deb,na ôzi olib beradi,na birovlarnikini taqib kôrishga qôyadi,ufff —deb ôrnidan turdida onam gapira gapira oshxonadan chiqib ketdi.Men jim qoldim.
Darhaqiqat ,onam chiroyli ayol, yoshiga nisbatan dadamni ham onamni ham yosh deb bilaman ,garchi qirqdan ôtgan esada onam hech rômol uramaydi, yoshlardek yuradi,kôchada kôrishsa opam deb ôylashadi tanishlar. Nima bôlsa ham , ertaga biir sinush bilan aylanib kelamiz, bugun markazdagi dil hiraliklarni aytmaganda zôr kun bôldi kunni yarmida.
XOTIMA 22— qism.
Shu bilan tarixni qoq belidan tôxtatib qôydim.Endi u markazni yelkamni chuquri kôrsin,qaytanga hayotim ôsha Xonlarsiz tuppa-tuzuk edi,maylida,ôzimga boshqa ôquv joyi topaman.Qurib qolmaganku. Lekin ertasiga ayni kechgi oltidan ôtib admistrator Surayyo sim qoqdi , nega kelmaganimni sôradi."Xoningizga yetqazib qôying,men ortiq bunaqa xôrliklarga chiday olmayman,bunisi oshib tushdi Ôlsa ham bormaskan qaytib deng "dedim.Zerikib yuradigan bôldim ,dedi doim men bilan qiziq-qiziq suxbat quradigan qiz.Ma'lum vaqt ôtib boshqa notanish raqam chiqdi,bu safar atayin kôtarmadim,chunki bu Anvarxon bôlish ehtimoli yuqori edi.Hozir u bilan pachakilashib ôtirishga menda toqat qolmagan,ôn savolimga bir javob berib,zaxrini ilon kabi sochishdan nariga ôtmay oxiri telefonini otib yubormasin,deya kôtarmadim.Kamida uch marta telefon qiladi deb ôylagan edim,meni jiğimga tegib bor marta qildi va tamom. Shunaqada ,kezi kelsa ôzini hurmatini biladi,boshqa vaqtlari dunyo kôziga qoronğu kôrinib , qonga tôladi. Asosiysi biz keyingi kunlari singlim bilan shahar ôrtasidagi katta savdo markaziga bordik.Shunday kayfiyatim kôtarildiki , bir-biridan bejirim fasondagi yozgi kôylaklar chiqqan ,ayniqsa menga yashil gulli uzun qomatga ozmoz yopishgan etagida atrezi bor kôylak yoqdi , kôksi ôrtasidan tortilgan biram oq krosofka bilan ajoyib turardiki.Sotib oldik.Singlimga sal boshqacha ,ammo rangi bir xilidan oldik.Yana kosmetika va mayda-chuydalar ham.Keng va yoruğ , bosh oğriq tumtaygan insonlarsiz,huddiki sehrli dunyoga tushgandek bôlasiz ,manikenlar sizga "marhabo"degandek qarab turadi, egnida esa qimmatbaho bebaho liboslar.Oyoq kiyimlarnichi, harid qilishga chiqmaganimga ancha bôlib qolgandi , huddi yovvoyi ibtidoiy tuzumga oid odamlar kabi har dôkonga kirganda hamma liboslarga suqlanib ,hayajon bilan tikilishib egnimga tutib ôzimni oynaga solishimdan Muxlisa rosa ustimdan kulardi.U yosh ,har darsdan chiqqanda bemalol qizchalar bilan aylanib kelaveradi ,hozir ayni aylanadigan vaqti,meni esa yo dugonalarim turmushga chiqib ketgan yoki ishi bor , vaqti yôq. Eng qiziq joyi qayerda bôldi deng,harid qilib bôlib bir dasta karton paketlarda harid qilgan buyumlarimizni olib ikkinchi qavatga tushlik qilgani kafega chiqib ketayotsak yôldan Botirxon chiqib qolsa deng, men avval tanimay ôtib ketayotgan edim.Sal ôtib tanib qolib tôxtatib qoldi, dastlab men sông singlim salom berdi.