Joker 2
Davomi...Nigohlar ôzgarmagan menga boqib turgan kôzlarda chuqurlikga kômilgan bir mung bor. Tôq och jiggarng lablari pir-pirab turar menga aytajak gaplari kôpligidan darak berib turar,gôyoki urishdan tôxtayozgan yuragim uning kôksidan joy olib qayta yashashdan umid borligini oshkor etgancha bir maromda urishga tushgandi.Bu men adashmagan kimsa,haqiqatdan Joker edi.Shuncha yil ôtdi,ne - ne azoblarni tortdim tirik odam deya ôzimni yerga tortiq etishga tayyor edim.Hozir...hozir uning tirik jismini kôrganimdan tantana qilaymi?Yohud tirik esada meni bir bora kôrishni va men bilan kôrishishni ep kôrmaganidan undan achchiqlanaymi?Avvalo bağrimga bosay,uning mast qiluvchi iforiga chômilay qayta va qayta qaynoq bôsalariga javob qaytaray.Zero,sevgidan va visoldan ôlar holatdaman.Oğzi juftlagan vaqtim u yirik kafti bilan kichik oğzimni yopib hadik ila chor-atrofga nazar solib chiqgach biz tôxtagan joydan ,uning ortidagi xonaga meni tortib ketdi.Xona yana kattaroq zal ekan,biroq stol-stullarga selofan qoplangan restoran ishlamasdi.Shahroz shoshmasdan eshikni yopishi hamono uning bağriga ôzimni otdim.—Sevgilim nahotki siz soğ-omonsiz.Sizni juda soğindim Shahroz,nega meni yolğiz qoldirdingiz sizni ôlgan deb ôyladim,barchasi chaplasiga ketdi,men sizni kutdim juda kutdim,oxiri taqdirgan tan bergan vaqtim Yaratgan sizni men bilan uchrashtirdi,sizni sevaman...ha sevaman iltimos siz ham ayting,sevaman deng !Men bu ovozni soğindim ...—deya uning kastumidan ufurib turgan atiri isidan tôyib-tôyib hidlar edim va qattiqroq bağrimga bosar edim.U ...u jim yelkamda uning qôllarini sezmadim,aksincha bir vaqt kutilmagan meni ôzidan olib itarib tashladi.Kuchlilidan nariga ketib qoldim.—Mendan nari tur —dedi u tôğri ohangda ammo jiddiy.—Bu nimasi Shahroz aka ?—dedim kôzimga yosh qalqib.—Sen men haqimda bilasanmi?Maktub haqida ?—dedi u chimirilib.—Qanaqa maktub yana ?Meni qôrqitmang,ôlib qolaman—dedim qayta unga yaqinlashganimda yelkamdan qayta surib qôydi.Jokerning fikrlari chalkashgandek bôldida,darhol chimirilgan qoshlari yiğilib yuziga tundlik chôkdi.—Sen nega tiriksan Nilufar?Men Iskandarga seni ôldirishni buyirgan edim,lekin sen...TIRIKSAN !—dedi u bu safar menga daxshatli tikilib.Ôzimni yuqotmadim, yoshli kôzlarim asabiy kuldi.—Nimalar deyapsiz?Hazillashmang.Siz meni sevasizku ,nega shuncha vaqt yuqolib endi galati gaplarni gapiryapsiz,tushuna olmayapman —dedim haqiqatdan uning ôzgarib qolganiga shubhali qarab.—Qanaqa Sevgi?Qaysi yirtqich ôlaksadan qolgan gôshtni yeydi?Hech biri!!!—dedi vishillab yer tagidan — itvachcha Shohnurning qôli tegkan seni men sevarmidim,yôq.Sendan nafsim yôlida foydalandim xolos,sen esa Shohnurdan tôlmagan kônglinga menga osilding.Sen qanday tiriksan ?Men seni ham Iskandarni ham ôldirishim mumkin,xudo biladi qanday nayranglar ôylab topgansan uni avrash uchun,ahir sendaqa foxishalarning qôlidan har balo keladi — deya kôzlari yonib menga jirkanib qarardi.Ortiq miyam analiz qilolmay oğzimni qattiq yopib qochqirib yiğlab yubordim.Yurak hovuchlab kutagning,kôz yoshlaring sababchisi sen uchun shunaqa gaplarni tayyorlab qôygan bôlsa,ôlib ketgani afzal edi.—Ôzingdan farishtani yoqib meni oldimda yiği-siği qilma.Seni bu yerdagi maqsading ham menga ayon.Mayli,sen shu kunga qadar churq etmagan ekansan oq yôl.Qôlimni la'nati foxishani deb bulğamayman.Sevgimish...tağin —deya u istehzoli jilmaydi.Shahrozni taniy olmadim,oğzimdan unga nisbatan biron yomon sôz kelmas ojiz holimcha qolgandim.—Nega ?—deya oldim xolos hiqillab.—Nega?Chunki sen menga doim Shohnurni eslatgansan yana haromi singlimni ham .Chunki u chiroyli edi...chiroylilar esa bevafo va sotqin.Sen meni gôzal husninga maftun eta olmading,shunchaki men yozgan ssenariyda irodali ,biroq ishonuvchan qôğirchoq bôlding —dedi u va meni qôlimdan qattiq ushlab tortqilagancha tashqariga sudradi.
—Qayerga ?—dedim siqtalib.Yoruğ yôlakga chiqishimiz bilan qizil kôylakli Jokerning oldida men kôrgan qizga rôbarô kelib qoldik.Shahroz qôlimni shartta qôyib yuborib bizga hayrat ichida boqib turgan qizning qôllaridan tutib ,uning kichik jismini ôzining devdek jismiga singdirgancha birin-ketin labidan bôsalar olishga tushdi.Behol devorga suyanib qoldim... rashkim yuzaga chiqmay olovlanib meni yoqdi.Yuragim chok-chokidan uzilib faoliyatini tôxtata yozdi.Alam dilimni kemirarkan,qalbimda ôtayotgan hech bir oğriqni tasvirlashgan tilim ojiz.Ikki oğiz sôz.Men sindim...Shahroz qizning labini tinch qôyib,belidan qôlini ôtqazdida —Jamiliyam meni ishlarim chiqib qolgan edi,bu uchun sendan uzurni mana shu yôsinda sôrashim ôrinli deb ôylayman —dedi u kayfi choğ qizga jilmayib ishvali boqarkan.—Albatta jonim.Yuring bizni kutib qolishdi,qolganini uyga borgandan keyin aytasiz uzrni —deya qiz ingichka ovozda kulib Jokerning baquvvat qôllaridan tutib ikkisi zal tomon ketdilar.Uning ortga bir bora qiyo boqishiga zor termuldim,lekin u ôlik odamni qabrga kômgandek ortiga jilla qursa bir kôz tashlab qôymadi.U uchun men murda , Joker esa tiriklikning yaqqon na'munasi edi.Kimdir hayotni yangidan boshlagan vaqt,kimdir omonatini yaratganga topshirgan bôladi.Dunyo tafovutlarga tôla...doim ham qalb rost sôzlamaydi !
Qancha vaqt ôsha joyda devorga suyanib turdim bilmayaman ,keyin ôz-ôzimdan ichim bôshab liftga qarab ketdim.Hayollarim parishon liftga kirib tepa qavat tugmasini bosib qayta boshimni lift oynasiga qôyib tugmachalardagi chiroqchalarning yonib ôchishiga xissiz termulib ,eshik ochilguniga qadar jim kutdim.Sông yuzimga salqin havo urilib,tôğri yurdim.Tomdan shaharning chiroyi ancha oshib kôrinar,uzoq-uzoqlardan serena ovozlari eshitilib hayot tunda ham qaynar edi.Juda gôzal manzara,lekin ayni damda bu gôzallik meni hech bir maqsadimdan qayta olmasdi.Repalik qirrasiga yaqinlashib pastga qaradim,naqadar baland...yerga tushmasimdan oldin yuragim yorilib jon beraman barchasiga nuqta qôyiladi.Ehtimol Jokerning vijdoni uyğonar ehtimol yôq.Kimga ham kerak edim...jin urgur hayotdan rushnolik kôrmay ôtib ketgandan hoziroq yakun yasab qôyaveraman.Bir ikki....uchun..oyoqlarim bôshliqni xis etarkan ham qôlimdan qayta tortib ushlab qolishdi.Yuragim bir jizz etdi,bu Shahrozligini juda istardim ammo ikki yelkamdan tutib silkib yuzimga baqirib nimalarnidir sôzlayotgan kimdir bu — Baxtiyor.Oğzimdan dona sôz chiqmas yuziga tikilib turaverar edim,menda sezgi va xissiyotlar faoliyatini tôxtatgan hayotga boğliq hech bir sezgi faollashmas edi.Tamom.—Nilufar ahmoq bôldingmi?Nega bunaqa qilyapsan joningdan nima buncha tôydirdi ,hoy !Senga aytyapman —derdi u ruhi chiqib jismi qolgan tanamni tinmay silkitarkan.Odatda bundan vaziyatda ôzini yuqotgan odamda tarsaki tortilardi,bu holatda esa men Baxtiyorning yuziga tarsaki tushirdim va qôlini surib tashlab —Sen aybdorsan —dedim.Baxtiyor javob qaytarmadi,yuzini burib qisqa qisqa nafas olib turardi.—Men ketaman,orqamdan bormaysan —dedim va yelkasidan turtib ôtib lifta qarab ketdim.