May 21, 2025

Joker 2

Joker 2.

Qoğoz ustiga tomchi yoshim oqib doğ qildi.Deyarli bir soatga yaqin vaqt bir ôtirishda ôtiraverganimdan oyoqlarim uvoshim qolganligi sababli ularni yozib ,qayta tizzalarimni bukkancha boshimni qôydim.
Men nima qilib qôydim ?Uning butun bir mengacha bôlgan hayoti,menga atalgan dil izhorlari barchasi ôzgacha ekan , uning yuragida menga bunchalik joy borligini bilmagan edim,ayniqsa egizagining qismati meni butkul real hayotdan yiroqlashtirib yubordim.Ancha yillar avval ôtib ketgan ôsha davrga borib,qaytib keldim , maktubni ôqirkinman yuzimni shoda-shoda marjonedel kôz yoshlarim yuvib hôl qilib yubordi,nafasil siqdi,yuragim oğirlashdi.Demak,men borgan Jizzaxdagi "Shahnoz"restoraniga singlisining xotirasiga bağishlab shunday nom berkan ekanda.Ayollarga suyagi qattiqligi esa uning ôgay onasi va singlisining qilmishlari sabab.Shunday taqdirda ham u menga kôngil qôygan ,ammo anchadan ancha oğriqlar evaziga.Bilmayman,men uni kôrgim kelyapdi.Nega men xatdan bunchalik kech habar topdim ,avvalroq soatni nega olmadim,hech qiziqmadimmi bu soatga ortiga qarasam bas edi-ku oldinroq otni qamchilab bunchalik ezilmasdim.Men Shahrozning yolğonlariga chippa-chin ishonib undan nafratlanib yurdim , ôldirishni istadim,sevaman deganida inonmadim,aslida haqiqatdan haqiqat ekan-ku.
U yonimda bôlsa jaxannam darvozasiga qadar borishga , hammasiga rozi bôlishga tayyorman , ammo endi kech deb qôrqaman Baxtiyor bilan axd-u paymon qilib bôldik,u tôyga hozirlik kôrmoqda.Shahrozchi?Uni mentlar qamoqga olib ketgan.Nega Hayot beshavqat !!!!!!???

Nega biz bilan bunday adolatsizlik bôlmoqda ,barchasi chalkash , barchasi...
Ôrnimdan irğib turib ketdim , qôlimga ilingan hamma narsani tôğri kelgan yerga ota boshladim , hattoki Shahrozning maktublari ham har yon betartib sochilib buvimning soatigacha zarn bilan borib devorga urilib millari ajralib sinib tushdi.Yotoq ustidagi adyol , kôrpachalarni tushirib , oxiri charchagancha sochlarimni changallab ôtirib qoldim.Ôksib-ôksib yiğladim , qôllarimni kôksimga bosib mukka tushub ôtirib , hadeb hiqillardim, bunchalik alamzada ,bunchalik hayotning zarbasidan zardam qaynamagan bu qadar tôs-tôpalon kôtarmagan edim , hattoki Shahrozni begona ayol bilan kôrganimda ham indamay alamimni ichkilikdan va ôzimdan olardim.Chiday olmayapman , odam dunyoga keladi , yoshligidan yaxshi ôsadi yegani oldida yemagani ketida bôladi , keyinchalik barcha ne'matlarini hayot badalini tôlatadi , burnidan buloq qilib oladi.Qon qustiradi, qon yiğlatadi.Qancha jabr-u sitam kôradi, kimnidir sevadi kôngil beradi , hayot mazmunimni topdim deganda endi baxtga yetganda baxt ôzini olib qochadi ,sarobga aylanadi.Qayta hayot sinovlar bilan siylaydi ,oxir-oqibat hech nimasiz qoldirib oborib tôrt devor ortiga tiqadi.Tamom.Umr shu...
Shahroz meni baxtli bôlishimni xohagan , men esa uni ...sevgan va sevgani uchun vos kechgan.Shohnur kabi nomardlik qilmadi , sevgani sabab tashlab ketdi.

Oh,namuncha hayot bizni qiynaysan,men tôğri ish qilyapmanmi ôzi ?Baxtiyorga turmushga chiqib xatoga yôl qôymaymanmi? Shahroz qaytib kelmaydi, qamoqdan chiqqani bilan meni baxtli kôrishga bel boğlagan ekan qaytib kelmaydi.Chunki u Baxtiyor ikkimizni oramizda nimalar bôlganini biladi , men uni sevaman deb ôylaydi,bilmaydiki nafratdan yonib turgan kôzlarimning tub-tubidan unga nisbatan allaqachonlar uyğongan muhabbatim aslo sônmay hamon shulalanib turganini.

•. •. •.

— Kechasi yaxshi uxladingmi ?— dedi Baxtiyor mashinasida meni uyimdan Toshkentga olib ketarkan 2 soatdan beri oğzimni ochmay,yumiq kayfiyatdan bôlganimdan va chamamda kôzlarimning ichi qizarib , tuni bilan ôylanaverib adoyi tamom bôlganimni payqagandek sôradi.
—Yaxshi,— dedim , qisqa kôzlarim nursiz tôğridagi transport yôlidan nigohlarimni uzmay ôtiraverardim.
—Ancha charchabsan chamamda , sal isini chiqarib qôyganingda mardikor gaplashardim, 2 soatda ikki-uchta bôlib tozalab tashlar edi , qaytib kelaverardik jonim — dedi u ahvolimdan havotirda , bir qôlini qôlim ustiga quyib siqib qôydi.E'tiborimni unga olib , yuzini kuzatdim , unda hech qanday soxtalik kôrinmaydi.Samimiy va dildan.Uzoq urinishlardan sông labimga jonsiz tabassum yugurdi.
—Shartmas,epladim — dedim , qôlimni sovuq suvga urmay qanday betartib sochilib yotgan bôlsa shunday tashlab kelgan uyimni eslab.Kônglimga qil siğmay turgan vaqtda , tozalash siğarmidi,buni ustiga buvimdan hafa edim, xat sababli.
—Senga yoqgan oq kôylak bor ediku — dedi u bir necha kun avval kôrib kelgan qimmatbaho tôy liboslari sotiladigan dôkonga borganimizda didimga ôtirgan kôylakni eslatarkan.
—Ha
—Ôylab kôramiz degandim sotvolishni...
—Esimda.
—Olamiz ôshani , senga yoqgan bôlsa bôldi.Onam kelinimni hafa qilma dedilar , sur'atini kôrsatgandim onamga ham yoqdi,didingiz tortarkan ona bolani ôrtasiga tushib onamning qiziga aylanib olmasang bôldi.—dedi samimiy jilmayarkan
—Raxmat , xursandman — men yana xissiz toshman.
—Kvartirangiz bormaymiz —deb qoldi bir vaqti.
—Nega ?
—Seni oilamizga yaqin bir ayolning uyiga joylashtiraman ,u yerda ozgina kelinlik saboqlarini olasan,ôsha yerdan seni tôy libosida olib chiqib ketaman — dedi u oydinlik kiritib.
—Sharoitimdan uyaldingmi Baxtiyor ?— dedim ranjigannamo, halittan yuragimnk bir nima tilab ôtgandek bôldi , hali turmushga chiqmasimda moddiy sharoitimdan uyalsa keyinchalik ôtmishimni eslataverib kôzimni ochirmay qôysaya.
—Yôq nega ?Unaqa bemani hayollarga borma Nilufar.Aytyapmanku kelinlik saboqlarini olasan deb ,sen qôrqma u yerda juda yaxshi odamlar yashaydi,seni hafa qilishmaydi — deb ôzining gaplaridan ozmincha pushaymon bôlgani bilinib qoldi.
—Mayli —dedim-u bôğzimga bir nima tiqildi ,oynadan tashqariga qaradim.
Toshkentga kirib borganimdan sông gaplariga muvofiq kvartiramga emas tôğri qarindoshining uyiga haydadi,unchalik uzoqmas ekan. Kerakli buyumlarimni keyinchalik tashlab ketarkan.Mahallaga kirib mashinani derazalari kôp , bir qavatlik , darvozasi sari rang ,kôrinishidan fayzlik bir uy oldida tôxtatdi.Oyoğim tortmay turdi , yuragim urushi tezlashdi mashinadan tushgim kelmasdi.
Huddi kichkina qizchalik vaqtimda tushgan vaziyatim , ichki xislarim qayta jonlanib katta qizdan jajji qizaloqga aylanib qolgandek edim.Yodimda bir kuni buvim ikkimiz mexmonga borsak uxlab qolibman , kechasi hamna joy qoronğu chiroq ôchiq esada ôzimizning uyimizda yotmaganimni bilib rossa yiğlagan edim , buvimni chaqirib joyimda yiglab ôtiravergan edim.Ôshanda ancha begonasirab , uy a'zolari begonaligi uchun meni qôrqitar edi.Keyin-keyin ham shunday davom etdi , bir yerga borsaylik uxlamay ôtiraverardim , yoki buvim biron ish bilan bizni qôshninikiga tashlab ketsa qaytgunlariga qadar burchakda begonasirab , yiğlab ôtiraverardim.Hozir ham shunaqa bolalik xislari oğushida qoldim , begona uy qarshisidaman va Baxtiyor meni shu joyga tashlab ketmoqchi.Yetti yot begonalar orasida tôygacha bir ôzim qanday yashayman ,Baxtiyor habar oladimi yôqmi.
Maktub...maktub esimga tushib qoldi,ular chôntagimda edi.Shartta ularni chiqarib qôlimga oldim.
—Qanaqa qoğozlar bular ?— dedi Baxtiyor kôrishi bilan.
—Bular...Shahrozni menga yozgan xatlari Baxtiyor , kecha uyimdan topib oldim, buvim yashirib qôyibdi ...ancha haqiqatlar bor ekan — dedim, gapiryapmani lablari pir-pirab.Uning qoshlari chimirtilganini kôrib yuragim orqasiga tortib ketdi.

—Erta-indin mening nikohimga ôtishingni bilib turib begona erkak haqida oğiz ochishga qanday qilib yuzing chidayapdi ?— dedi gaplarini dona-dona ta'kidlab jiddiy qiyofada.— Bu xat Baxtiyor.U haqida gapirmadimku , shundoğam senga turmushga chiqaman ...ammo buni qara u bechora shuncha azob tortib...— degan joyimda gaplarimni nihoyalanmasdan Baxtiyor kaftlarimda omonat tutib turgan Shahrozning xatlarini qôlimdan yulqib oldida ğijimlab derazadan uloqtirsa bôladimi .Kôzlarim kosasidan chiqib ketay dedi.—Bas qil ! Sen endi meni xotinim bôlasan ,uni ôylashni tôxtat Nilufar .U qamoqda va qaytib kelmaydi.Bunchalik ham bôlasanmi ,unut uni , qachon uni ôylashni qôyasan Nilufar — deb menga sapchib ketdi.— Kônglimni uza olmayapman —dedim oxiri kôzlarimni pastga tikib milt-mily yoshlarim yuzimni yuvib.—Biz kelishganmiz.Seni ôzing qasos olaman deding,yordamimni ayamadim,uni qamoqqa tiqdik.Endi nega shuncha ishlar bôlib ôtib porloq kelajak turganda ôtmishga qarayapsan.Tôxtat Nilufar oldingda men borman ,men baxtingman,kelajaging.Mendan boshqa tanloving ham yôq .Hoxla xohlama meni sevishga ,menga erga tegishga majbursan ,buni istasang qayta-qayta eslataman.— deb mashinaning ichini boshiga kôtarib baqirib berdi.Gaplarini joyimda uchib tushgancha indamay eshitdim, choram bormi boshqa.—Menga qara Nilufar — u yuzimdan tutib kôzlariga qarashga majbur qildi — Shahrozni esingdan chiqar.Menk xotinim bôlib turib ham u haqida hayol surarkansan bu yaratga ham hush yoqmaydi ,hiyonat qilgan bôlasan.Ammo ilojing yôq , 6 kundan keyin qo kôylakda shu uydan seni olib ketaman va ôzimniki qilaman.Ishontirib ayta olaman , sen meni sevib qolasan.— deya yuzimni silagancha qôllarini olib mashinadan tushib ketdi.Pastki labimni tishladim, boshim aylanib boryapdi , chidash mushku.Baxtiyor eshigimni ochib , bilagimdan qattiq tutgancha uyga qarab olib bordida ,darvozani taqillatmasdan ichkariga itarib bir ayolning ismini aytib qattiq-qattiq baland ovozda chaqirdi.Bilagimda oğriqni xis qilyapman ,uni hamon tutib olgan.—Baxtiyot qolgim kelmayapdi !— dedim bilagimni chiqarib olishga urinib.—Oğzingni yum !— dedi ôxrayib ,jim bôlib qoldim.Qanchadir oy , hafta oldin unga sôzim ôtardi.Ustidan kulishga ,buyruq berishga haqqin bor edi,mendan kichikligini yuziga solib sevgisining ustidan masxara qilsamda u chidardi.Endichi, men chiday olmayapman.Bu bor gap,u yolğiz ôzining baxti uchun emas,aksimcha mening baxtim uchun - da kurashmoqda. Mening haddan ortiq injiqliklarim,istaklarim uni tamom qilayozgan.Yomon yigit bôlmasa ham bôlmaydi.Taqdirda borini kôrishdan nari yoğiga yôl yôq.Alvido sevgilim Shahroz !