Xotima
—Chunki ancha vaqt kech bôlib qoldi,uni ustiga testni deb hali ham kechlik qilmaganizni bilaman, shu atrofda yaxshiroq restoran bôlishi kerak, sizni yigit -kishi bôlib jim ketishingizga qarab tura olmayman.—dedi u qôllarini chalishtirib eshikga yelkasi bilan suyanib olarkan.
Boshimdan hushin ôchay dedi, men notoğri hayollarga boribman Xudoga shukur,ja ôylaganimchalik yomon yigit emas ekan.Garchi,tôğri,qornim piyozni pôstloği bôlib ketgan esada hayo qildim, xôp deb indamay ergasha olmaymanku.
—Yôq-e uyga boraman ,raxmat.Ovvora bôlmang ustoz —dedim sochlarimni quloğim ostiga ôtqazib unga kimligini eslatib qôyish uchun atayin "ustoz"dedim.
—Bunaqasi ketmaydi.Meni ranjityapsiz Mohi.Orada qancha dilxiraliklar ôtdi,ozmi kôpmi bir-birimizni kônglimizni qattiq oğritib qôydik.Keling ,shu bahona yarashib olamiz,bundan bu yoği Xudo xohlasa 2-bosqichdan ôtib olsangiz hali anccha vaqt birga tayyorlanamiz,oraga iliqlik tushishi kerakku—dedi u men kutmagan gaplarni sôzlarkan , miyam analiz qilmay qôydi.
Nahotki,nahotki men xissiz deb ôylagan ustozdan shunaqa iliq fikrlar chiqsa,ayniqsa ayblarini tan olganinichi.Professor meni maqtaganmi deyman , shunday ôquvchisi borligidan faxrlanib ketgan.
—Katta raxmat ,biroq kôchada biron guruxdoshlarim kôrib qolsa yomon hayolga boradi,ahir vaqt ham kech...
—Allaqachon guruxda biz haqimizda mish-mishlar tarqalganidan behabarsiz shekilli—dedi u yarim tirjayib.
Yuzlarim ushlab oldim — Yo xudoyim !qanaqa mish-mish ?
—Muximmas, muximi siz ôzingizga tôğrisiz.Taklifini ustoz ôquvchisiga beryapdi,raf etishingiz hurmatsizlik bôladi —deb u qoshlarini qoqib qôydi.Taklifni qabul qilishdan boshqa choram qolmadi.
*. *. *.
Oğzimni zôrğa kulib yubormaslikdan tiymoqdaman,ammo ovqatga qaraganim sari shayton ôlgur meni qitiqlab kulishga undardimOğzimni yopib atrofni kuzatgan kishi bôlib alanglab kulib olaman.
Bu Anvarxon men bilan yana ôynashishni boshladimi, ustimdan kulib,meni "Milliy taomlar"kafesiga olib kirdi.Boshqa joy ham bor edi bu yerdan sal naria ixcham kafecha fast foof,chiroylik,biroq atayin ustimdan kulgandek meni milliy taomlar pishiriladigan anavi nima deydi abedga kirib chiqiladigan osh,manti,lağmon pishiriladigan oshxonaga taklif etibdi.
Ôylaganim sari kulgim kelib boryapdi.Portlab ketmasam bôldi
Diddan qisganmi buni,shu ôtirishi ôziga yoqyapdimi?
Yetmaganiga stolga ikki six shashlik,bitta katta Jizzax somsa va pomidor - bodring salat,indamasam issiq choy va yana ikkita non ham aytmoqchi edi ,ey inson meni ôldirmoqchisiz ,deb non ayttirmadimda choy ôrniga ôrik sharmab aytdim.Undan ham qiziği uni oldida faqat bir chashka qop-qora achchiq kofe meni oldimda esa ovqatlar.Odamlarga ham qiziq tuyilayotgandir.Yeyishga undaydi, yeyishga undaydi buni hammasini yeb bôlib qolaymi,lekinchi yomon kulgim kelyapdi.Uyga borib ertalabgacha dumalab kulib chiqaman,Muxlis uyğoq bôlsa birga-birga Anvarxonni ustidan kulamiz.Bu Anvarni men zamonaviy yigit deb ôylardim ,garchi zamonaviy yigitlar matematika,ingliz tili , IT ni ôrganib u Tarix bôyicha ustoz bôlsa ham,ammo adashibman chamamda.
—Qora kofeni ichib kechasi bilan nima ish qilib chiqasiz ? Uyquni ôchiradiku—dedim kofesiga ishora qilib bir oğiz gaplashmay ôtirganimizga zerikib.
—Abituriyentlik vaqtimdan beri deyarli uxlamayman,insomniyaga chalinganman,kofe esa hushyorlikni saqlaydi —deb u jiddiy javob berdi
—Nega ovqat buyurtma qilmadingiz?—dedim.
—Kechga taraf ovqat yeya olmayaman , osh bôlsin —desa bôladimi kofesini qôliga olib.Gôyoki sen tôy ,degandek bôlib ketti.Vilka bilan bir six shahshlikni ônga bôlib yeb ôtirgan edim.
—Mmm kofeda kafein bor,tez-tez ichib turasizmi?—dedim qayta kofe mavzusini ochib
—Kunda ôn bakaldan kam emas , ayniqsa ish bilan mashğul bôlgan vaqti tamaki bilan mukammal uyğunlikni kasb etadi —dedi u labiga jindek kulgi yugurib,hayolchan.—Sizga kofeni qanaqasi yoqadi?
Oohho ,bu hali kashanda ham ekanmi,odam kôringani kabi emas ekan.
—Menga sutli kofe juda yoqadi,shirini.Ammo-lekin,qoyil qoldim,siz sigaret ham chakasizmi?—dedim qiziqish bilan past ovozda tirsaklarimga tayanga holda unga boshimni sal yaqin olib keldim.Huddi bu sirli mavzudek
—Yigitchilik...
—Ichasizmi ?
—Ba'zan...
—mmmm,sizda erkaklarda bôladigan yomon odatlarni barchasi bor chamamda , misoli ortiği bilan ...tamaki,alkogol...qizlar...—deya past tonda ehtiyotkor gapirdim.
—Busiz hayotda biron ma'no bormi?
Odatda ijodkorlar va ilm odamlari yomon odatlarga moyil bôladi, ichkilik va tamaki degandek...
—Lekin siz ayollar bilan ham yaqin munosabatda bôlishingizga shubham yôq,gapni aylantirmang!
—Tan olaman .Baxslashmayaman!
Oğzim yopilib qoldi.Hozir ôzini oqlashga tushsa kerak ,deya tahminda ôtirgandim.
—Menimcha sizda erkaklikni yuqori chôqqisi bor.
—Mohina ,bilib-bilmay erkak kishini ğururiga tegib qôyadigan odatingiz bor,shuni sezasizmi?Natijada ôğil bolalar bilan tengma teng aytishasiz , unutmangki,erkakni ğururi bilan ôylashish yaxshilikka olib kelmaydi.
Bir poğona pastga tushing , men sizni nomusingiz bilan hali ôynashadim...hafalashib qolishimiz mumkin—deb uning yuzidan biroz qon qochib menga jiddiy qiyofada nazar tashladida , kofesini oxirigacha ichib qôyib ,taq etib stol ustiga qôyganida uchib tushibman.
Oğzimga na bir gap keldi na biron harakat qotib qoldim.
—Ketamizmi?—dedim u yoq bu yoqqa qarab olgach.
—yaxshi.
U kassaga 100 minglik qôydida qaytimini olmasdan shuncha ovqatni isrof qilib,tashlab chiqib kettik.Oshxonadan uzoqlashar ekanmiz , taksiga ôtishni ôyladim.Vaqt kechikib qolgandi.
—Menga taksi ushlab bera olmaysizmi?—dedim qimtinibgina.
—Hozir taksilar sizga havflilik qilsa kerak , uyingiz qayerda ?—dedi u dağal ovozda kôzini yôldan uzmay.
—Ikki mahalla narida .
—Yuring,kechgi sayr qilib toza havoda ,mahallalar oralab yayov boramiz.Taksichilarga ishonch yôq —dedi u.Haqiqatga yaqin sôzladi lekin.
—Yaxsh,mayli mashina yôlidan ketmaganimiz yaxshi ,tağin bir baloni boshlab ...—dedim sumkamni yelkamga yaxshilab toğrilab.
Yurdik-yurdik u meni yaqin yôl deb bilmagan qoronğu kôchaga boshladi.Yôllari ônqir chônqir kimsasiz joylar ekan,hamma shirin uyqida.
—Anvarxon boshqa yôldan yursak bôlardi,uzoq bôlsa ham ...—dedim asosiy muammoyimni aytim kelmay shunchaki shikoyat tariqasida.
—Nimaga?—Tuflida yurishga qiynalyapman, katta - katta toshlar kôp ekan ...yana ancha qoronğu...itlar chiqib qolsa....qôrqaman —dedim zôrğa .—Havotir olmang,men bor joyda qôrquvga xojat yôq...—deb turgandi ham bir mashina bizni oldimizdan ôttida taqqa tôxtab qolib oldi eshigi ochildi —Mohina !—deb chaqirdi ayol kishi.Bu onam edi.Yigitim bilan qôlga tushib qolgandek xis qildim ôzimni.—Voy onam !—deb yuboribman hayajon bilan.—Mohina dedim !—dedi qayta oyim—Menimcha sizni chaqiryapdi—dedi Anvar joyimdan jila olmay qolganimga sovuq ohangda.—Mayli unda ,raxmat sizga ,ertaga kôrishamiz ustoz !—deya rasmiy hayirlashib mashina tomon tuflilarda tez tez qoqilib suqilib bordim.—Ôzingmisan Mohina ?Ôtir orqaga?Nima qilib yuribman ?Kim bilan ?—dedi ular baland ovozda.—Ustozimku —deya simyoğochga aylangan Anvarxonga bir qarab qôyib taskini orqa ôrindiğiga joylashdim.
XOTIMA 25— qism.
*. *. *.
— Tôxta !—dedi onam darvozaxonaga kirishimiz bilan men ôz xonam tomonga uchib kirib ketayotganimda.Joyimda taqqa tôxta ,oyimga qayrildim va—Nima deysiz?—dedim chamamda ovoz tonim zardali kôtarilgandek chiqdi va ôz-ôzimdan ijirğinib ketdi,chunki huddi ôzimni Amerika filmlaridagi yigiti bilan uchrashushga qôymaganda onasi bilan janjal qiladigan ôsmir qizlarga ôxshatib yuborgan edim.Tabiiyki,meni yigitim bilan emas ,aksincha yosh ustozim bilan kôrib qoldilar ,sông taksiga ôtirğizib uyga olib kettilar.Uyga kelgunga qadar bir oğiz gaplashmadik,sababi onam taksining oldi ôrindiğiga joylashgan edi.—Menga gaping yôqmi?—dedi onam yaqinlashib kelarkan qôltiğiga kashelogini qistirib olgancha .—Nima gapim bôlishi mumkin oyi?Uyqim kelyapdi,bugun ancha charchadim —deya ovoz tonimni ozmuncha yumshatdim.—Balkim yoningdagi kimligini aytarsa...—Oyii , nimalar deb ôylaganingizni bilaman,u ahir ustoziiim —deya chôzildim.—Ustoz zoti yosh bôlarkanda a ,tağin yarim tunga yaqin kôchada ôquvchisini olib yurarkan gulyatsiya qildirib, ôzingni oqlashga boshqa yolğon tôqiy olmadingmi qiz bôlmay bir siqim tuz bôlgur—deb javray ketti onam —Oyiii asta,dadam eshitib qolmasin —dedim past tovushda hovliga bir qarab.—Kôrmayapsanmi mashinasi yôq,shunaqada,dadang ish -ish deb qizlari tarbiyasi bilan jiddiy shuğullanmay qôydi,aytdim men ertaroq shuni ham boshimizdan oshiraylik deb,yôq...—deya bu yoğini toğdan aylantirib boğdan olib kelin eski ashulalarini qôyishga tushgandilar—Stop !—dedim darvoza xonadan ovozim jaranglab ketto.Eshigim sharq etib ochilib sochini yoyib olgan singlim boshini chiqardi— sizni nega kôchada yuribsiz shu mahalda demayapmanku oyi .Nega sizni ham boshliğingiz yosh demayapmanku ...—Bu bilan nima demoqchisan?—oyimni qoshlari chimirildi.—Hozirgi zamonda maktab ôquvchisi ham dars ôta oladi demoqchiman.Yoshmi qarimi birdek ishlay oladi demoqchiman.Avvalgidek buni yoshi bu ishga mosmas degan qarash yôq demoqchiman.U ôqituvchim...ustozim...tarix ustozim, aytishga fursat topa olmagandim ,bir test masalasi yuzasidan kech qoldik uygacha kuzatib qôyaman,kun kech bôldi dedi .Bôldi.—Kafeda ôtirganingni kôrdimku!—Qayerda kôrdiz?—dedim picha havotirda.—Yoshlikka kirishda.—A shu...testni yuvdik oyi,mexmon qildi ustozim.—dedim qayta .—Kôrgan kôz ustoz -ôquvchi deb ôylamaydi hoy qiz —deya oyim menga yaqinroq keldi.—Ufff jonimga tegib kettingiz.Nima qilibdi?Ôzingiz jonimda tekkan edingizku qachon erga tegasan deb, kôrgan nima deydi mana juftini topibdi uchrashib yuribdi.Baxti ochilibdi deydi —dedim kulgiga olarkanman.—Ahmoq, demak ustozingmas shunaqami? Endi javob qaytaramn degandim tortishuvimizga guvoh bôlib turgan singlim sharaqlab kulib yubordi.—Yo Xudoyim bu ona-bolaga ôzing sabr ber —deya singlim kula-kula eshikni yopdida ichkariga kirib ketdi.—Adashdingiz—dedim bu safar kulmay — rost aytdim,ustozim edi.Gaplarim haqiqat.Men hech qanday sevganim yôq. Aytingchi ôzingiz nega buncha kech qoldingiz?Kafeda qanday kôrib qoldingiz .Chakkasini uqalab turgan onam ilkis yuzimga qarab ranglari biroz ôzgardi.Keyin javob berishha shoshilmay—Orqangda Muhabbat opang bilan ôtirgan edik.Shu darajada e'tiboring "ustoz"ingda ediki bizni payqamay qolding.Biroq nazarimda u yigit kelishgan edi —dedi onam kulimsirab yer tagidan qararkanlar. Miyalariga nima kelganini sezib hôrsindim va sumkamni boshqattan yelkamga taqib —Men taslimman , nima deb ôylasangiz ôylayvering men uxlayman.—deya taqdirga tan berib araz qilgancha xonam eshigini ochdim.
Ertasiga testni yechib platformaga joylab qôyganimizni aytishga professorga qônğiroq qildim."Ajab qilibsan,barakalla,senga ishonaman.Anvarbekni etagidan qattiq tut,miyasi ôtkir bola , kam bôlmaysan !"dedilar kichik hushhabarga quvonib.Ôzim ham yengil tortdim,endi chamamda barchasi bir tekis asab buzarliklarsiz davom etadi. Shunaqa bôldi , darsda hech nima bôlmagandek ôtirdim ,undan oldin suzishdan chiqqan edim,suv qandaydir sovuqdek tuyilgan edi , birpasda burnim piqillab shamollab qolibman shekilli. Kechikmay darsga kirsam , ôquvchilar kirib ôtirgan ustoz qandaydir testlarni tekshirib ôtirgan ekan.Salomlashib borib joy topib ôtirdim. Shu zayl dars ham jimgina davom etdi , shunchaki bir narsani sezardim Anvarxonning oddiy menga qaraganda ham bu xonadagi qizchalarning pichir-pichiriga sabab bôlardi.U tôğri aytgan ekan , allaqachon mish-mishlar tarqalib bôlgan,ğalati bôldim. Ketar choğim , gaplashmadik.Faqat javobi chiqsa habar qilarsiz desam bosh irğib qôydi.Holatiga tushuna olmadim.Botirxonni ham kôrgan edim , quyuq salomlashib "dôstimni magniti borligini bilardim "desa bôladimi.Yelkasiga chunonam musht tushirdimki admistratsiya stulida ôtirgan Odina "Yo tovba !" Deb yubordi.Qattiq urib yubordimmi deb qiliğimdan ôzim ming istihola bilan "vooy Botir kechirasiz qattiq tegdimi?"deb ichim achib ketti.U esa kuldi , yelkasini siypalarkan "gapimni qaytib oldim.Qôrqdim sizdan Mohina qôrqdim "deya hazillashib kulardi. Shu -shu kayfiyatim yaxshi bôlib pastga tushdimda,padez ostonasidan tashqariga asta sekin yurib tashqariga chiqib ketayotsam bir erkak orqa ôğirib baland ovozda telefonda suxbatlashar edi.Boshida parvo qilmadim , keyin picha yurganimdan keyin onamning ismi va menga taaluqli ma'lumotlar quloğimga chalingach erkak meni kôrmagani uchun gaplariga yaxshilab quloq soldim."yôq e qayoqda!Hali chiqmadi, kutib turibman.Chiqsa dil ixhori qilib ôldim kôydim qilsam ,onasini ilintirgan qizini ôray olmaymanmi?Ha ....ha aytdimku biram ketvorgan, vah vah qarashlari yondiradi ,jizğanak qiladi ,qomatini aytmaysanmi tik adldek.Suzuvchi ekan...shunaqa...uylansam 5 ta ôğil tuğib beradi,nimasini aytasan jôra shunaqasini uchratarmikanman deb ôylab yurardim , topdim-topdim.Rozi bôlsa ham meniki bôlmasa ham , kerak bôlsa zôrlab ôzimniki qilaman , jinni bôlay deyapman hech onasini qizlari bilan ishim bôlmagan ekan...yo kichigi unaqamas lekin chiroyli ..." joyimda turolmay qoldim.Butun tanam dir-dir qaltirar ,bu darajadagi iflos gaplarni quloqlarim eshitmagan edi.Bu — Davron.Onamni...onamni nima dedi ?Onam u bilan uchrashib yurarkan ,tağin meni ham ilintirmoqchi.Bir vaqtning ôzida ham qizib ham muzlab kettim.Qôlimdan hech balo kelmay , dovdirab qoldim.Kôrishga kôzim ,otishga ôqim qolmadi.Shunaqa erkakligini bilar edim , ular ishonmadilar.Parvo qilmadilar.Oğzidan bol tomib onam bekorga uni maqtamas ekan,bundan chiqdi onam taqqan tillalar ,kech kelishlar Davron sababli.—Salom Mohina ,meni tanidingizmi?—deyishganidan hayollarim uchib, joyimda bir uchib tushdim.Davron.Nimadir deyishim kerak, sôkishim urushim , nafsoniyatiga tegishim "bu erkak onamni yôldan ozdirgan !"deya odamlarga aytib uni sharmanda qilgim kelardi.Qôlimdan kelsa...—Hamma gaplaringiz eshitdim !—dedim past ovozda lablarim titrab.—Nima ...nimani?—dedi u ôzini jinniga solib yoshiga yarashmagan yuzida mimika xosil qilarkan.—Onamni ôynashi bôlvolib ,endi menga ham kôz olaytirayotganingizni .U oğirligini u oyoğidan bunisiga tashlab peshonasini qashib turib qoldida , ilkis harakatlar qilib meni karaxt holatimdan foydalanib belimdan quchoqlab olsa bôladimi.Beharakat qolarkanman, chorak daqiqa bağridan na ôzimni itara oldim na qimirlay huddiki uning harakatlariga rozidek rasvo ahvolda turardim.Shunda orqamizdan kimdir ôtib katta yôlga chiqib ketganini ilğab qoldim.Sharmanda bu —Anvarxon edi.
Hech kôchaga chiqmaydigan , bemaqsad xonasini tark etmaydigan yigit ayniq shunday men uchun rasvo kunda ,noqulay vaziyatda kôchaga chiqib mening sharmsiz turishimga guvoh bôlib qolsa. Uzoqlashib ketarkan, quloğida telefon borligini kôrdim.—Mohinam jonim,meni rad etma.Seni ishqingda adoyi tamom bôlyapman.Borimni beraman,butun davlatim seniki istasang poyingda tiz chôkaman faqat yôq dema jonim.Seni sevaman !—deya u hansirab menga yopishgancha sevgisini aytar belimdan ôziga qattiq tortib undan qutulishimga izm bermasdi.—Uyatsiz !—dedim va ôzimdan qattiq itarib tashlab sumkam bilan yuziga soldim.Sumkamni hali aytganimdek katta qupol zamogi bor edi.Ôsha qattiq tegdimi zum ôtmay uning sariq ,ammo keskin harakatlaridan qip-qizarkan chap yuzidan qirmizi ipdek chiziqcha hosil bôldi,qon kôrindi.—Nari tur It !—dedim jirkib —yalangoyoq.Ôzingni menga teng kôryapsanmi?Bor ovozimda baqirib berdim.—Hurkak ohu —deb u yuziga sizib chiqqan qonni barmoği bilan artib oldida labiga bosdi.— baribir mendan endi qutula olmaysan.Bugun bôlmasa ertaga —dedida baqir chaqirimdan u yoq bu yoqdan odamlar qarab-qarab ôtayotgani uchun yuzi chidamay mashinasi tomon ketdi. Men esam shoshib Anvarxon ketgan tarafga qaradim ,qani edi uni topa olsam.Men tôğrimda ancha yomon hayollarga borib bôlgan bôlsa.Kerak Yo Robbim nima gunoh qilgandimki meni bunaqa hayosizga yôliqtirding.Chiday olmadim,nomusizlikka chiday olmayman, yuzlarim burishib ilk marotaba ikki kôzimdan duvillab alamli yoshlarim sizib chiqa boshladi.