Joker 2
...seni uyimga olib kelib picha tomosha kôrgim keldi.Lekin ishonasanmi mening ôsha ondagi qarorimni eslab ....umiman eslamaslikga harakat qilaman ,ammo bu uchun sendan katta uzrlar sôrardim.Bu kasallikning ta'siri edi , shunchaki ôsha vaqtlari ayollarga suyagim qattiq,singlim va ôgay onamning qiliğlari meni bôğzimga kelgan zarracha ayol zotiga ishonch tuyğusi, sevgi , muhabbat bular men uchun ertak edi xolos.Senga tegingan har bir yugurdagimni,garchi eng ishonganlarim , eng kuchli yigitlarimni sen uchun bitta bitta pichoqdan ôtqazdim.Aslida ularni emas,men ôzimni sôyishim kerak , bu miya bu aql odamlar dunyosida yurishga haqli emas.Sen kôp ozor berdim,sababi Shohnurning ôlim kuni yaqinlashmas , nazarimda uning akaxonlaridan ish chiqmaydigandek,men pand bergandek edim.Alamimni sendan oldim.Kôzimga barchasiga sen aybdorsandek edi,Shohnur bôlib kôrinarding kôzimga , toki meni kasallik mahf etmagunicha aqldan yiroq ishlar qildim.Sen menga yordam berganding ,buni qanday tasvirlashni bilmayman .Bilasan,men yozuvchi ,nayinki shoir va na sôz ustasi emasman ,bir tôpori telba insonman Gaplarim paydar - pay tushunarsiz chiyotgan bôlsa uzr ,rosti boshim tepasida qoğozga tushiryotgan sôzlarimni nim tabassum ila ôqib boryotgandeksan , yuragim hayajonda.Sen ôylashing mumkin,mafiyada ,umrida yaxshilik qilmagan qalbida ezgulik shula taratmaydigan bir iblissifat kimsada yurak nima qiladi deb .Adashasan , yuragim senga kelganda ôzini nomoyon etdi.Sen menimcha ,har qanday yurakni yoqa olasan ,sening yoqimli qôllaring, iforing , hattoki nafas olishing , ehtirosli qarashlaring meni adoyi tamom qilardi.Sen pnevmaniyani davolash mobaynida kasalimga da'vo berolmading,aksincha meni kasalimni oğirlashtirding.Shunchalik baland nafas olardingki , sukunatga chômgan xonada ikkimizdan sening pichirlab nimalarnidir gapirishing , chuqur hôrsinib qôyishing ,barchasi meni rom etardi,men lolman.Dunyoda bunchalik mukammal xilqat bôladimi, yoki sevgidan kôzlarim shunchalik kôr bôldimi.Men sevgi bilan anchayin kurash olib bordim,seni iloji boricha kôrmaslikga sening ahvoling tôğrisida Iskandardan eshitmaslikga urindim.Baribir ôz-ôzidan Iskandarga gap qotaverardim,tahminimcha u ham mendagi ba'zi bir ôzgarishlarni sezyotganmidi keyinchalik sôramasamda sekingina mavzuni boshlab beradigan bôldi. Majlis barchasini yanada oydinlashtirdi.Men sevgidan yonardim-u sening menga nisbatan xissiyotlaringga qiziqmagan ekanman.Doim ayollarda chegara bôlishi kerak deb ôylardim: axloqda,kiyinishda,ôzini tutishda ,gap-sôzida , hattoki fikrlashida ham ,biroq sen mening fikrlarimga zid qiz bôlding.Senda hammasi haddan ortiq...
Nilufar , sen men tanlagan kôylakni kiymading.Bu yashil kôylak meni hayotimga nuqta qôydi,yetmaganiga sening harakatlaring ,senga jaxl qilaman-u yuragimni kuydiryotgan ehtiros va muhabbat ôtini shu orqali tashqariga chiqaraman.Ôsha vaqtlari sening uchun bir mahluq edim, seni tushunmaydigan , bilmaydigan.Lekin men hayotda kimgadir ishonadigan bôlsam u haqida barcha ma'lumotlarni yiğib boradigan bir odatim bor.Sening yoshliging,ôtmishing oğriqlaring menga tanish...yaqin.Ehtimol bizning ayriluvimizning bosh muddaoisi shudir. Sen nega bunaqasan ?Aqlli bôlib , aqllimas ,ahmoq bôlib ahmoqmas , ğaroyib qizsan.Bilasanmi men ôsha raqsni yana kôrish uchun jonimni berishga tayyor edim.Ha , labingga kulgi yugurib ajralmas xislating bôlmish oğzingni yopib kôzlaringni qattiq qisgancha miriqib kulyotgan bôlsang kerak.Arabcha raqs...juda nafosatli,sening mukammaligingga yana bir dalil.Ôshanda ôzimni idora etolmadim,ehtimol ôzimni qôlga olganimda sheriklarimnida xonada kirishdan qaytarib qolardim.Ôshal on ,Alexning senga qiziqishi ortganini sezdim, qattiq rashk alanga olib seni olib ketdim.Menga quloq solmading , Alex ogohlantirganin kabi axloqsiz kimsa , uning nigohlarida bôlish tugul .aqlidan joy olishingnida istamasdim Nilufar.Xonadagi voqelar bundanda battar meni rejadan chetlashtirdi.Men seni qôqritib qôyish niyatida ,ortiq bunchalik meni ôtta yoqmasliging uchun chôchitish maqsadida senga sen kutmagan gaplarni aytdim.Biroq...bilasan , shu kecha sendek betakror gulning shirasidan bahramand bôlishga muyassar bôldim.Qanchalik ôzimni sendan tortishga urinmay sen yôl bermading , bundan men baxtli edim,ammo bu yerda chegara lozim edi.Agar sen bilan birga bôladigan bôlsam , qattiq ozor yetqazishdan va kônglim sovib keyinchalik yuzingga qaramay ôldirib yuborishgacha borishdan qôrqardim .Joker va Shahroz bir-biri bilan har vaqt kurashgan , kasriga qolishingni istamadim.Ishmayman,ôshanda qanday qilib men ôzimni yengga oldim.Ozgina oshirib yuborilgan ehtiros va barchasi rasvoga yoğrilardi.Qancha azoblanman aksincha bôldi , sen meni yoqishda davom etding.Nega bunaqasan?Men kutgan , qarshilik...qani ?Ayol zotiga hech bir erkak tushuna olmagan , menning ojizligim bir pul buning oldida.
Tim qora sochlar , kamon qoshlar , nayza kipriklar ,shahlo kôzlar va pahmoq lablar.
Sendan emas ôzimdan qochib pastga tushganimda zal kursilarida Alex sigaret tutatib ôtirgan ekan, unga sherik bôldim.Dastlab jimgina ôz hayollarim ila , yuragimga suv sepib ôtirdim.Ikki erkakning hayollari sen band etgan eding .Alex ortiq bardoshli bôlolmadi va Nilufarni menga sot , kerak bôlsa uning oğirligiga teng miqdora pul beraman deya ôz istagini bayon etdi.Ğazabim qôzğadi , yuziga chunonam mushtladimki yarim soat hushsiz yotdi.Bu bizning ôrtamizda paydo bôlgan ziddiyatning boshlanishi bôlib ,sen sabab dushman ortirib oldim. Keyinchalik men tinchimadim.Tunlarim kunlarga ulanib , bostirib kelyotgan ehtirosim sabab ôzimni foxishalar bilan band etdim.Zora ular menga menga keragini bera olishsa ,ular baribir sovuq va soxta.Sen kabi yumshoq va yoqimli emas,bir ôyim ôsha tunni ôtqazib yuborganimga ôzimni aybladim.Anglab yetsam , ancha qôrqolik qilib yubordim ,bushanglik qilyotga ekanman , ahir men erkak kishiman.Sevsam...seni xohlasam nima qilibdi.Nazarimda ôzing ham qarshi emasdeksan , ahir men uncha-muncha ayollarning aqlini ôğirlaydigan darajada kôrkamman.Yigitlarimni Shohnurga aloqador ish yuzasidan barchasini shaharga yuborib sen bilan alohida shuğullanishni istadim , halal qilguvchilarsiz , sen va men.Meni ôldirishga urinishing hayolimning kôchasiga ham kelgani yôq, menda shunday tahminlar bor edi,sen allaqachon bokira emassan.Bunchalik ilğor energiya bilan , harakatlaringdan allaqachon Shohnurniki bôlgandursan deb ôylardim.Adashibman , bir-birimizga shunchalik talpinar edikki dunyoga kelib bunchalik yoqimli lahzalarni boshimdan ôtqazmagan edim.Sevganing bilan birga bôlish , uning iforiga chômilish , lablaridan bôsalar olish ,uni xis etish bunchalik meni yashashga ilhomlantiradi deb ôylamagan edim .Senga tôymasdim...hayolimdan bot-bot nega taqdir meni u bilan oldinroq uchrashtirmadi degan gaplar ôtardi.Seni juda xohladim .Sarhush yuzingga , meni ado qilgan jismingga qarab qotib qolgan ekanman , bir zum ôzimga savol berdim.U buni xohlaydimi?
Xohlamaysan.Tushunib yetdim,men nafaqat seni kuchli ehtiros ila ba balkim yuragim bilan sevar ekanman.Tôxtadim , bir zum ôzimni bosdim va ustingga choyshab yopib qôydim.Tongga qadar senga termulib yotdim , senni uchratgan kunimdan boshlab barcha xotiralarimga jon kirgazdim.Meni deya kôzlaringdan oqqan yoshlar va kamdan kam men labingda kôrgan kulgi.Senga baxt yarashadi, armon emas,qayğu emas...baxtsizlik emas.Mening ôzim baxtli emasdimki,senga qanday qilib baxtni tuhfa etalardim Nilufar.Yarimta yuraginga qanchadan qancha azob berganim yetadi , ortiq seni hôrlashni istamayman.Bu Joker va uning kasalligi barcha yaqinlari boshini yedi ,endi navbat menga , agar seni qabul qiladigan bôlsam senida kuninga yakun yasardi .Endi sen kul...gul-gul ochilib yur.Sen hech qanday yomon qiz emassan ôzingni ayblama , men bilgandan ham kôp ,keragidan ortoq poksan.Muhimi men senga tegmadim, sen bokirasan.Agar hozir ayniq vaqtda turmush ôrtoğing bilan baxtli bôlsang,farzanding bor bôsla ôzing kabi chiroyli kichkina Nilufarchalarning onasi bôlsang men dunyodagi eng baxtli odam bôlaman.Inson sevdimi qôyib yuborishni bilishi lozim ,seni sevmaganim uchunmas , sevganim uchun tashlab ketdim.Ôyin kôrsatdim.Sen bilgan Joker qôrqinchli tushlaring mahsuli bôlib qolishini istadim ,unut .Men senga sen kutgan baxtni bera olmas ekanman ,mendanda yaxshi bilasan baxt bu pulda , obrôda ,kuchda va gôzallikda emas,baxt halovatda, oddiylikda.Bolalarimiz mana shu chirkin olamning bir chetida ôsishini istamadim ,chunki men iblislar orasida katta bôldim ,natijada ôzim iblisga aylandim.Lekin mening farzandlarim men kôrgan daxshatlarning guvohi bôlishini istamayman.Biz turmush qursak hammasini tashlab qôyardim , lekin bilaman, bu yôlning chek-chegarasi yôq , yurdimmi davom etishim lozim...tôxtasam yanchishadi.
Menimcha ,sen men haqimda va xislarim tôğrisida bilishing kerak bôlganlarini bilding Nilufar.Endi ham mendan nafratlanasanmi ?Meni izlama ...hayolingdan lip etib ôtgan fikrni sezib qoldim,izlama...sen mangu yuragimdasan, taslim bôlaman deganimda menga shijoat bash etuvchi sen bôlasan.Eng tôğri yôl bu — bolalaringga mehribon ona bôl , turmush ôrtoğingga sevimli yor.Ular sening baxting , yuragingning kam-u kôstini tôldiruvchi qalbingning bir bôlagi.Senga yozganlarim barchasi haqiqat sevgilim !Meni unut ... Xatlarimni ôtta yoq.