Joker
Davomi...Oshxonadan chiqib yuqoldi,ortidan chiqsam tez-tez yurib xonasiga kirib ketibdi.Gapim ichimda qolib ketdi,bunchalik surber bôlmasa odam.Hôrlash ham evi bilanada men uning hizmatchisimanmi?Yoki nikohidagi xotini ish buyuradi.Eng yomon kôrganim kimnidir ishini qilish yana u erkak kishi bôlsa.Buvim judaa qarğar edilar , "birovni uyiga borsang ketinga tepib haydaydi ,oldimga suppayib keladigan bôlsang kôchaga quvaman.Bôyniginang uzilib qoladimi ozgina qarashsang "derdilar.Tôgri,aytilgan ishni bajarmayman.Ammo...ôz xohishimcha bajarsam menndan orasta mendan pazanda qiz dunyoda bôlmaydi.Jin ursin! dedim oshxonaga kirib.Hamma idish-pidishini yerga uloqtirsammikan?Chil-chil sindirib alamimdan forih bôlar edim.Oshxona mebellariga qaradim,oddiygina .Qiziq,shuncha vaqt bularni kim boqqan ekan.Ruzğor degandek...harholda ayol kishiga kôzim tushmadi.Hoynahoy bularning "oppoqoyi" Iskandar bôlgan.Chunki doim u menga nonushta ,tushlikni olib keladi.Ôzi ham yumshoqqina,muloyim supurgi.U "Oppoqoy " va qolgan yigitlar va Joker uning "gnomlari".Beihtiyor kulib yubordim.Tasavvurim kuchli-da !Kulgili hayollarimni mebel ustida turgan idishdagi pichoqlar bôldi.Turli-tumanidan bor ekan dastasi qora,osh pichoqlar.Qaychisi ham bor.Joker qayergadir ketarmikan,umuman olganda boya bittasi "ertagacha "dedi .Bundan chiqdi,yigitlari ertaga qaytadi.Men bôlsam hozir Jokerni oldiga borib ovqat qilishimni aytaman va bahonada biron joyga ketish ketmasligini sôrayman.Ôldirish uchun juda ajoyib muhit !
Joker chamamda agar biron joyga bormaydigan bôlsa ,bekorga yigitlarini ketqazmagan,u bir nimani ôylagan.Men ham ôyldim.U ôlishi kerak.Xonadan shoshib tashqariga chiqib xonasiga deyarli yugurib bordim.Nafasimni eshik tagida rostlab eshigini taqillatdim.Eshik ortidan "kiraver "degan ovoz chiqdi.Ichkariga kirsam tamaki isi aralash erkaklar atrini isi kelardi.—Uzr,bezovta qilmadimmi?— dedim hijolat chekkandek qôllarimni chalishtirib eshik tagida turaverdim.U allaqanday chamadonni ochib menga teskari holatda tanasi silkinib chamamda bir nimani tozalardi.—Nima gaping bor gapir tezroq —dedi u yuğon ovozda.—Biron yerga borasizmi?—sôradim ôzimni uning xotinidek sezib chappa qarab ôtirgani uchun yuzimni bujmaytirib .—Yôq .—Hmm.,unda tozalashdan keyin biron tansiq ovqat tayyorlab bersam...nima deysiz.Shohnurni umri tugab qolganga ôxshaydi...—dedim shoshmasdan salmoqlanr ekanman.—Yaxshi fikr.Aqling kirganidan chin dildan xursandman.Masalliqlar muzlatgichda .Tayyor bôlsa chaqir...faqat bitta iltimos —dedi stuldan yuzini men tomonga burib —Boshqa bezovta qilma — dedi va yana ishiga shônğidi.
Xonasidan unsizgina chiqib oshxonaga qaytib bordim.Qotillikdan avval hamma joyni chinni - chiroq qilishga shaylandim.Oshxona ja tartibsiz emas ekan ,shunda ham qayta pol artib chang tozaladim.Keyingi xona dam olish uchun ajratilgan bôlib televizor va yumshoq ôrindiqlar bor kengroq zal ekan.Kreslo matolaro tartibsiz,yostiqchalari yerlarda yotardi.Yostiqlar jangi qilganmi nima balo.Va shuningdek , mexmonxona ...ôsha Shohnurni qarshilagan xonamni tozaladim.Ôsha mash'um kunda men tasavvurimga siğdira olmasdim bir necha haftalardan sông mana shu xonada yiğish-terish qilishimni.Umiman olganda hayotdan umidimni uzgan...dunyo tor kôzimga tor bôlgan vaqtlar edi.Bekorga Sulaymon Alayhisallomning uzugidagi sôzlar qayta-qayta oğir sharoitdagi insonlarga qarata aytilmas ekan: "Bu kunlar ôtar ketar "
Ovqat mehr bilan tayyorlanmagan esada qarangaa shirin chiqibdi.Kutmagandim rosti.Oshxonaga eshikning oldidan bir qur nazar tashlab mamnun qiyofada xonamga bordim.Joker tufayli sotib olingan kóylakdan boshqa sifatli kóylak topa olmadim hammasi ròdapo edi.Hech qisi yóq òlishidan avval kózi quvnamasa quvnamasin ózi aybdor.Oynaga qarab sochlarimni yozib oldim.Belimdan sal tepada turadigan siyrak sochlarimni qóqitib yubordim.Sal bólsa ham hurpayib gózallashdi ,bu rasvo joyda lab buyoģi yokida upa topilmaydi.Mayli.Muhimi men bugun ozod qushga aylanaman.Oynadan aksimga mamnun boqib xonamdan hirom aylab misoli qushdek bólib uchib chiqdim.Uning eshigi tagi biroz turdim va chuqur nafas olib eshigini taqillatdim.-Hozir boraman ketaver - degan ovozi chiqdi uni eshikning ortidan.Lekin kirishga ijozat tegmadi.Yaxshi,dedimda oshxonaga qaytdim.Borasolib órindiq tagiga qól yubordim pochoģimni tekshirib,stol ustidagi mayda chuydani tóģrilayotgan vaqtim u tezda yetib keldi.Kórib nimagadir hayajonlanib ketdim,ammo yuziga bir qarab qóydimda ishimdan tóxtamadim.-Hammasi tayyor.Ishlarni qildim.Kónglingiz tóldi degan umiddaman ,xohlasangiz qóshni xonalarga ham kirib kóring chinni chiroq bóldi - dedim ovozimni sal kótarib yaxshi kayfiyatda.-Ishongim kelmaydi- dedi u .-Nimasiga?-Jimgina rozi bólganingada.-Uyimda eng orasta qiz edim.Buvim nuqul maqtar edilar,seni kelin qilgan baraka topadi.Menga raxmat aytadi deb - dedim buvimning gaplarini teskarisi aytganimdan kulgim oģzimdan chiqib ketmasligi uchun tishlarim bn pastki labimni tishlab turarkanman.-Hmm yoģe.Buvi tarbiyasini olgan qizlar ancha ozoda va esli-hushli bóladi deb eshitganman.- dedi u órindiqga sekin òtirarkan .Pichoģimning ustiga ótirdimi deb shart burildim ,yóq sal nariga ótiripdi ozgina qolgan ekan.-Shunaqa buvijonimni tarbiyamda ahamiyati katta bólgan - dedim mebel oldiga borib damlagan choyimni kótarib stulga olib kelarkanman "issiq bólsaa ehtiyot bòl " dedi parvo qilmadim va stolga qóyib yoniga joylashdim.-Singlim ikkimizga buvim qaragan -deb qóshib qóydim keyin boyagi javobimga.-Oyingchi?Dadang?-Ayammi?- deb yuziga kózlarimni yiriklatib qaradim.-Sizlarda "ona " "aya "deyilsa demak ha ayang - dedi u keng lablarini yanada yoyib jilmayarkan kózlarimga boqib.-Ha bizda aya deyiladi oyimas.Ayam bilan Dadam bizni tashlab ketishgan - dedim kayfiyatimni tushirmay- Ólgan !-Sen oģrinmay aytding-a?- dedi u ota-onamni ólimiga emas mening reaksiyamga etibor berib.-Ha ,chunki unda ancha yosh edim.Ayam ólmagan ...dadam ólgan ....kóz oldimda .-Unda qayerda onang?-Bilmayman,ósha vaqtlari óynashi bilan Turkiyaga qochib ketibdi degan gaplar tarqalgandi.Odamlarni gapiga ishindik,na chora - shunchaki yelka qisib ózimni tabiiy tutishga urinib choy quydim.U harakatkarimni kuzatib ótirardi va yana savol berdi:-Singling bormi?-Ha bor.-Buvingga qarayapdimi?-Yóq.Buvimni mehribonlari kóp,u ótgan yil turmushga chiqqan.-Sendan oldinmi?Nahotki?-Hayron bòlmang .-Nega ?-Nega?-Nega?- dedi mazah qilib kularkan.-Voy Nega Nega ?- dedim kózlarim qisilib kulib yuborarkanman sharaqlab.-Nega deganda sen yolģon gapirishni bilmas ekansan -dedi yuzimga tikilib .-Nega ?-dedim taģin.-Sen buvini tarbiyasini olgan qizlarga óxshamaysan .-Nega ?-Nega ?Ular senchalik uquvli bólmaydi...har qanday vaziyatga.Betga chopar...miyasidan oldin tili ishlaydigan va tadbirli bòlmaydi.Keyin yana bir dalil : choyni biror kimga uch marta qaytarmasdan ,chap qòlda uzatmaydi ...- dedi kózlarimdan biron nimani óqib olishni istagandek òtkir tikilarkan.Vaziyatni yumshatish uchun kulib yubordim yana-Siz lekin óxshar ekansiz buvisini tarbiyasini olgan mómin qobil yigitga .Aytingchi yoshingiz nechida 40 urib qoldingizmi?A?-Ózing ham 30 yoshga óxshiysan 21 yosh kam senga .-Yoshimni bilasiz-u nega men sizning yoshingizni bilmayman Shahroz - dedim ilk bora ròldan tashqari haqiqiy hayotda.Boshqacha bòlib ketdim,góyoki boshqa ...umuman boshqa insonga murojaat qilgandek bòldim.-Tavakkal aytishing mumkin - dedi u.-Aytaman.Lekim ovqatimga zahar qóshilmagan -dedim lagandagi jizz ni imo qilib .