—Buni ol Mohi , men vaxshiylashsam ,ôsha kun kelib quturadigan bôlsam,ôz nafsimni jilovlay olmasam meni ot , hayvonga aylansam,maxluqga aylanib sening hayotingga rahna soladigan darajaga yetsam hech ikkilanma ot meni !—dedi u jiddiy ohangda.Ko'zlariga tikildim,ularda yolg'on ko'rinmasdi. —Siz vaxshiylashasizmi?— tilim zo'rg'a aylanib astagina. —Ha afsuski,ha...seni baribir bir kuni tishlab olaman,o'zimga ishonmayapman.hech qachon ikki dunyoda ham o'z-o'zimni kechira olmayman,sen o'larkansan ,sening qoningni tamini sezarkanman men yashamayman,shuning uchun iltimos buni olib yur,men uchun—-deb u tupponchani surdi,huddi u otilib ketadigandek surildim. —Menchi?—dedim qoshlarim bir yerga yigilib—sizsiz nima qilaman.Nega buni ertaroq aytmadingiz?ishonmas ekansiz nega menga umid beryapsiz Anvarxoon—ko'zlarimdan yosh tirqiray boshladi. —Yiglama Mohi yig'iga arzimaydi,buni berkit va men sendan rozi —deb u o'rnidan turayotgan edi.Ortidan quchoqlab oldim,u ham bagriga olib oldimga o'tirdi. —Yig'lama bu ehtiyot shart,ichida juda ajoyib patronlari bor,dum-dumaloq otsang paq etib chiqadi,kumush bo'lsa kerak,rangi qora...kumushga o'xshamaydi—deb nimalardir deyardi qulog'imga kirmas,boyagi vaxshiylasham ot degani miyamda aylanib,hayolimda o'q ovozi jaranglardi.
U qo'limga tupponcha tutqazgandan buyon yana behalovat bo'ldim.Uni otishni o'ylayverib boshim tez-tez o'g'riydigan bo'ldi,tag'in holsizlik meni qiynardi.Bir haftaning ichida ikki marta ovqattan zaxarlandim,to'grirogi ovqatlanish ratsionim buzilganigami tez-tez qusadigan odat chiqardim.To'yimizdan oldingi vazndan 7 kg ga ozibman,qachonlardir turmushga chiqqan qarindosh qizlarga rahmimkelib o'tirardi,ularni bolasi bo'lib qizlik vaqtidan ancha ozib ketishgan edi,nima qilardi yosh boshiga jabr qilib,halittan erga tegib deb.Yoshim sal o'tib turmush qurdimam ular kabi menam vazn tashladim,oh,bu savdolarga chidab bo'larmidi.Kimlar ,turmush qurib eridan,qaynonasidan,sharoitidan noliydi,men hech kimga noliy olmayman,mukammal darajada baxtsizman.Hammasi yetarli,lekin igna ustida yuraman,har daqiqada umrimga nuqta qo'yilishi yo nuqta qo'yishim mumkin.Odam ko'nikarkan,tupponcha kuniga men bilan,pushti chiroyli rizina topib kun issq bo'lganidan ko'ylak kiyib tupponchani sonimga bog'lab oldim.Bir kuni etagim ochilib ketgan ekan,Anvar ko'rib ustimdan kuldi,hatto kelib atayin rezinani tirsillatib tortib ko'rdi,chaqqonsanku deb.Rossa g'alati xis qildim o'zimni,huddi sen meni otishni dilinga tugib shunaqa qilgansan,seni tupponchani olishingni kutmagandim deydigandek kulardi.Qiyin. Ikki o't orasida yonarkanman,kalimamni qaytarib yana bir tunni qarshi olmoqqa joyimga cho'zildim va uzoq qo'rqinchi o'ylarga botib , mudrab uxlab qoldim.
Tepaliklar aro mening tartibsiz va ôtta qattiq nafas olishim toğni talqon qilgudek edi.Quloğil ostida yuragimning urushi meni yanada vahimaga solar ,kimdan qochib ,qayerga borayotganim noma'lum,har xolda quvyotgan kimsaning kôzlari qonga tôlgan esada menga begona emasligi,ayni bir vaqtlar bir tan-u bir jon bôlganimiz,nafaslarimiz tutashib,bir-birimizning taftlarimizni xis etganimiz bor gap.Hamon ishona olmasman,yurak har nimaga ishonib ketaverar ekanda "muhimi yurakni alda "deb bekorga aytishmaganlariga endi isbot olmoqdaman.Nafratlandik,sevdik,sevildik ... Nafrat ortiqchalik qilsada ,uning ôrni bu muhabbat tarixida ôrni katta. Bilmayman,nechangi marotaba toğning uchlik besunaqay toshlariga tôqanashib yerni quchdim,harholda yalang oyoğimning tagi avval oğrib,sông achishim va luqillashga tushdi,ana endi zarracha oğriq yôq .Shunchaki manzil noaniq yugurib bormoqdaman, tôxtasam tamom boğzimga chang solinadi.Shamol tufayli qora bayroq misol hilpirayotgan sochlarimni zôrğa tartibga olib ortimga yurak hovuchlab qaradim.U yôq .Ammo bu degani tôxtash degani emas,har daqiqada u menga yetib olishi va qonga belashi mumkin.Ochiq yelkam va qôllarim adir shamolining sovuq nafasidan tovuq terisiga aylanib , uzoq masofadan beri yugurib kelyotganim sabab lablari quriqshab ,tomoğimga birov qum solib qôygandek suvsizlanib bormoqda.Ôqtin-ôqtib yutalaman,yerga yotib qolganchalik mazzam qochadi,lekin tôxtay olmayman. Ahir u ogohlantirgan edi-ku,kôzlarim nahot sevgidan shunchalik kôr bôlgan bôlsa,bilardim,bilganim bilan nima qilardim.U sevib qolgandim, garchi bir tunda yotoğdan tirik uyğonmasligimni ich-ichimdan anglab borsamda unga ôzimdanda ishonar edim.Biroq , maxluq maxluqligi qilar ekan, inson ojiz qoladi,tabiat ishini qiladi.Huddi faunada oziq zanjiri hech uzilmagani kabi , odamlar orasida yashab yurgan ğayriturlarningda oziq zanjiri buzilishga ....buzishga men tôsqinlik qila olmasdi.
—Mooooohii !— deya adirlar bôylab taralgan uning ovozidan bor kuchimni tôplab yanada ildamroq yugurishga tushdim.Qaramayman,hozir ortimga zum qayrilsam u meni joyimga mixlab qôyadi,uning gipnozi ta'sirida qolaman. —Mohi , tôxta jonim ,ahir sensiz tamom bôlaman.Iltimos !— deya u meni yuragimni ezib ortimdan mungli ohangda gapira boshladi. —Sizni ôldirishni ham,ôlishni ham istamayman Anvarxon .Ôtinaman meni tinch qôying , shu qir-adirliklarda butun umrga qolib ketsam ham mayli ,lekin menga yaqinlashmang — deya yiğlamoqdan bir yoqlik bôlib etaklarimni yiğgancha behol yugarardim. —Sensan mening davoyim ,hayotimni mazmuni ...ahir sônggi nafasga qadar birga bôlishga sôz berganmiz , tôxta Mohina — dedi u .Bu gaplar mening oyoqlarimga kishan osgandek ôz-ôzidan qadamlarim sekinlishdi.Yelkalarim titrab shamolda uchyotgan sochlarim ortidan unga parishon qayrildim.U mendan 300m lar chamamda uzoqlikda , bir holatda oq kôylagining yoqasi odam qonidan alvon rangga kirib ketgani uzoqdan qora doğ bôlib kôrinardi.U hozir yuguradi va bir deguncha mening qarshimda bôladi.Tan olaman,uni ayni daqiqalarda ham yuragimdan sevaman , garchi qonimga va terim ostidagi uning asosiy taomnomasi bôlmish issiq gôshtimga tashna esada. "Buni ol Mohi , men vaxshiylashsam ,ôsha kun kelib quturadigan bôlsam,ôz nafsimni jilovlay olmasam meni ot , hayvonga aylansam,maxluqga aylanib sening hayotingga rahna soladigan darajaga yetsam hech ikkilanma ot meni !" Deya u qôlimga 3 oy avval uchta kumush patronga ega makarov tupponchasini bergan edi.Uch oyki kôylak kiysam sonimdagi rezina tasmaga , shim kiysam chôntagimga tiqib yurgan ôsha makarovni namoyishkorona kôylagimning etagini kôtarib rezina tasmadan chiqarib qôlimga oldim.Patronlarini tekshirdim , bu vaqti Anvarxon men tomonga och kôzlarda yaqinlashib kelardi.
U "hozir meni otadi "degan ôyni miyasiga yaqinlashtirmayapdimi, hayotiga nuqta qôyuvchi omil mening kaftlarim orasida turganini nahotki shuncha namoyishlardan sông ham anglamayapdi. Unga tupponchani ôqtalib turaverdim,qani ôq uza olsam.Qôllarim qurolda , dir-dir titraydi,bunga qôshilib qurol ham.Qaltirab bitta ôz uzdim, nishondan chetga ôtdi.Anvarxon deyarli yugurib yashin tezligida men tomon talpina boshladi.Masofalar qisqarar ekan "Yaqinlashmang,otaman "dedim ortga bir qadam tashlab ,shoshib,peshonamdan sovuq ter chiqib borarkan.Ôlim bilan yuzlashish naqadar oğir-a? Shu chekinib turgan vaqtim , u bir sakrashda oldimga kelib qoldi va uning keskin harakatidan chang kôtarilib kôzimga kirishga ulgirdi.Umid bilan yana ôq uzdim,ovozi atrofga aks sado berdi-yu , ichimga berilgan zarbdan omonat tutgan tupponcham qôlimdan yerga tushib ketdi.Boğzimdan ushlagan sovuq va kuchli qôllar meni ônqir-chônqir yerga tirab , odamxôr sevgilim ustimga chiqib oldi.Umuman himoyasiz va chorasiz qoldim.Birdan bir chora , ikki yillik turmush ôrtoğimning ovqatiga aylanish ,umiman olganda bu kunlarni u kôp kutmadi, intizor kutgan onlari ôzini namoyon etdi.Azoblar va hôrliklar aro ,eng achchiği bu yaqiningdan kôrgan hôrliging ekan , tanamdagi oğriqlar oldida yuragimdagi oğriq hech narsa emas. —Uzoq ovvora qilding , — dedi u tepadan yuzimga yoqimli jilmayib qarab turarkan , lablarini yalab qôydi. —Nimani kutyapsiz ?— dedim chorasiz ovozda . —Sen-chi?—dedi Anvarxon. —Hech nimani kutmadim. —Ertaroq otganingda bunchalik qiynalmas eding — dedi u va ikki ushlagan bilagimni sal bôshatgandi paytdan foydalanib tagidan chiqishga harakat qildim.Endi hayvonot olami haqida beriladigan kôrsatuvlardagi yôlbars changalidagi kiyiklarning dardini tushunyapman, ularning ôlim changalidan ôzga yôli bôlmasada qayta-qayta qochishga urinishlaridan kulgim kelar , "borar joying yôlbarsning oshqozoni buncha ôlimtik joningga jabr qilasan "der edim va boshqa kanalga olardim. Eh ,Mohina borar joying anniq bôlsa ,sen ham nega buncha tipirchilayverasan ! Qôlim sovuq qurolga tegdi ,u mendan sal narida ekan qôlimga oldim-u telba aql uni otishga yôl bermasdi.Anvarxon egilib yelkamdan tutdi va qôllarining ôrni bôynimga kôchib yoqamni kôksimning yarmiga qadar yirtib yuzini yuzimga yaqinlashtirib kôzlarimga sônggi bora tikilib ôsha qadirdon lablarini labimga bosdi.Naqadar xissiz va sovuq lablar , avval ham shunday edimi ,yoki ayni damda menga vaziyat taqazosi ila shunday tuyilmoqdami. —Buni "ôlim bôsasi " deb nomlasak bôlar —dedim alamli jilmayib.U javoban yuzini kôtarmagan holatda bôynimga yaqin kelib sovuq nafasini xis etishim hamono tishlarini botirdi.Tomirlarimda qon otilib chiqqani sezdim,kuchli oğriq miyamga qadar kôtarilib , ôlim sasi sezildi.Behol qôllarim kôtarilib oxirgi jonimni tepkini bosishga sarfladim...