𝐑𝐈𝐍𝐆 𝐎𝐅 𝐂𝐎𝐍𝐓𝐑𝐎𝐋🥊
Ring ichiga sovuq sukunat choʻkdi. Minho ikkilanib Jungkookga qaradi.
Minho: Murabbiy, axir uning labi yorildi.
Jungkookning nigohi keskinlashdi.
Jungkook: Men “toʻxtat” dedimmi?
Minho ortiq hech narsa deyolmadi.Taehyung esa qoʻlqopining orqa tomoni bilan labidagi qonni artdi.
Ogʻriq yuzini kuydirayotgandi. Lekin undan ham battari Jungkookning unga qadalgan nigohi edi. U hanuz Taehyungdan koʻz uzmay turardi.
Goʻyo uning labidan oqayotgan qon Jungkook ichidagi nimanidir uygʻotgandek. Ular yana ring markaziga qaytib, jang uchun stance olishdi.
Jang boshlanishi bilan Taehyung va Minho bir-biriga hujum qila boshladi. Minho vazn jihatidan Taehyungdan ancha ustun edi.
U Koreyaning boks boʻyicha chempioni boʻlib, yetti yillik professional tajribaga ega edi.
Taehyung guardingini qanchalik mahkam ushlamasin, Minho bir necha bor himoyani yorib oʻtishga muvaffaq boʻldi.
Ketma-ket kelayotgan zarbalar Taehyungni tobora ortga surardi.
Gym boʻylab bir-biriga urilayotgan qoʻlqoplarning ogʻir tovushi aks sado berardi.
Taehyung tishlarini qattiq qisdi. U yiqilishni xohlamasdi. Ayniqsa Jungkookning koʻzlari oldida.
Taehyung qanchalik qattiq zarba olmasin, guardingini tushirmaslikda davom etdi.
Jungkook esa hamon undan nigohini uzmayotgandi. Minhoning qoringa yoʻllagan soʻnggi hook zarbasi Taehyungning muvozanatini yoʻqotishiga sabab boʻldi.
U ring burchagiga borib urildi-da, yerga oʻtirgan holda yiqildi. Gym ichida yengil shovqin koʻtarildi.
Jungkookning nigohida bir vaqtning oʻzida gʻazab va xavotir qaynay boshladi.
Taehyung esa qattiq zarba olganiga qaramay yana oyoqqa turdi.
Lekin koʻzlaridagi ishtiyoq hanuz soʻnmagandi.
Gymdagilarning barchasi hayrat ichida ringga tikilib qolishdi.
X: Murabbiy nimani oʻylayapti oʻzi? Axir Minho yetti yillik professional sportchi.
X: Taehyung esa hali yangi fighter-ku.
X: Buning ustiga Minho undan ancha ogʻir vaznda.
Yigit boshini ishonchsiz chayqadi.
X: Koreya chempionini tajribasiz jangchiga qarshi qoʻyish notoʻgʻri.
Boshqa biri esa koʻzlarini Taehyungdan uzmagan holda sekin gapirdi.
X: Balki murabbiy unda boshqalarda yoʻq narsani koʻrgandir.
X: Qaranglar… u hali ham oyoqda turibdi.
Ring ichida Taehyung yana stance oldi. Qoʻllari titrayotgandi. Lekin guardingini tushirmadi.
X: Uning irodasi temirdan shekilli.
Taehyung qatʼiyat bilan ring markaziga intildi. Jungkook jangni kuzatar ekan, Taehyung olayotgan ketma-ket zarbalar goʻyoki Taehyungga emas, toʻgʻridan-toʻgʻri uning yuragiga kelib urilayotgandek boʻlardi.
Lekin shunga qaramay, u jangni toʻxtatmasdi. Taehyung koʻp marotaba qulaganidan soʻng ham yana oyoqqa turardi va har gal takrorlardi.
Taehyungning qatʼiyatini koʻrgan Minho uni oʻziga munosib raqib ekanini allaqachon tan olgandi. Jangning oxirgi vaqtida Taehyung Minhoning zarbalarini qabul qilar ekan, uni kutilmagan chap zarba bilan esankiratib qoʻydi va ketma-ket tezkor hamda aniq berilgan zarbalar bilan toʻliq nokautga uchratdi.
Gymdagi barcha hayratda edi. Taehyung ogʻir va horigan nafas olar ekan, yerda yotgan raqibiga qoʻl uzatdi.
U Minhoning oʻrnidan turishiga yordam berdi. Minho Taehyungni gʻalabaga haqqoniy erishgani bilan tabriklash uchun uni bagʻriga bosdi.
Bu holat Taehyungning gʻalabasidan mamnun boʻlayotgan Jungkookning gʻazabini qoʻzgʻatdi.
U qatʼiy ohangda, sovuqlik bilan dedi:
Jungkook: Jang tugadi. Hamma oʻz joyiga qaytsin. Kim Taehyung! Senga tibbiy yordam koʻrsatish kerak. Men bilan yur!
Taehyung yuzidagi qon aralash terni artgancha dedi:
Taehyung: Bu shart emas, murabbiy. Men yaxshiman.
Jungkook sovuq qadamlar bilan unga yaqinlashdi.
Jungkook: Bu yerda nima kerak yoki kerak emasligini men hal qilaman. Menga qarshi chiqishga haqqing yoʻq.
U bir lahza toʻxtab, Taehyungning koʻzlariga tikildi.
Jungkook: Endi esa hoziroq ortimdan yur. Bu buyruq.
Jungkook Taehyungga tibbiy yordam koʻrsatish uchun uni xonaga olib kirdi. U tibbiyot qutisi bilan birga muzli haltacha ham olib keldi.
Jungkook muzli haltachani Taehyungning koʻkargan yuziga bosmoqchi boʻlganida, Taehyung uni toʻxtatdi.
Jungkook esa uning gaplariga eʼtibor bermay, muzni yuziga bosdi.
Sovuq ogʻriq Taehyungning yuziga tarqaldi.
Keyin esa Jungkook birdan unga juda yaqin keldi va...