April 2

Hitman Desire

Ep 4⛓️
Muallif: Minju💚

Taehyung yashirincha yolg'iz ko'chada yurib borar ekan uni kimdir ortidan sezdirmay taqib qilib borar edi. Taehyung buni sezgach o'zini hotirjam ko'rsatgan holda yurishda davom etdi. Bir muyulish oldiga yetib kelganida esa u to'satdan g'oyib bo'ldi.

A few hours ago

Taehyung: Men u bilan shaxsan gaplashib olishim kerak

Taehyungning menejeri (TM deb yozib ketaman): Taehyung sen istagan ishingni qila olmaysan. Sen idolsan buni esingdan chiqarma. Hayoting kompaniya nazorati ostida. Biz seni havfsiz bo'lishingni istaymiz. Sen uchun qayg'uramiz

Taehyung: Hafsizlik deysizmi? Men haqimda qayg'urasizlarmi? Bularni bari aslida qanday ekanini juda yaxshi bilaman. Shunday ekan iltimos meni bunday yolg'onlarga ishontirishga harakat qilmang.

TM: Taehyung o'z boshimchalik qila ko'rma buning badali og'ir bo'lishini juda yaxshi bilasan.

Taehyung: Allaqachon bunga ko'nikib qolganman. Kechirasiz men ketishim kerak. Ish jadvalim tig'iz tuzulganini yaxshi bilasiz.

Taehyung shunday deb xonadan chiqib ketdi. Uning menejeri esa xonada uning ortidan vaysaganicha qolib ketdi.

TM: Yaramas uni boshqarish borgan sayin qiyin bo'lib borayabdi. Ammo hechqisi yo'q uni nazoratda ushlashni kompaniya juda yaxshi biladi.

Taehyung suratga olish jarayonini yakunlagach bir ammalab tansoqchilarni chalg'itib binodan yashirincha chiqib ketdi.

Current time

Taehyung uni kuzatib kelayotgan o'sha kimsadan qutilish uchun uni chalg'itdi. U muyilish oldida uni adashtirib qo'ydi o'zi esa belgilangan manzilga yetib keldi. Bu unchalik katta bo'lmagan oddiygina qaxvaxona bo'lib Taehyung aynan anashu qaxvaxona ichiga kirib bordi. Uni ichkarida bir yigit kutib o'tirar edi. U ham huddi Taehyung kabi yuziga niqob boshiga qora bosh kiyim kiygan edi. U o'tirgan joy oynadan anchagina uzoqlikda odamlar ko'zi tushmaydigan joyda edi. Taehyung uni oldiga borib o'tirdi.

X: Keldingmi?

Taehyung: Ha

X: Seni rostan ham kelasan deb o'ylamagandim.

Taehyung: Sen doim shundaysan barchasi sen o'ylagandak bo'lishini istaysan Beakhyung.

Beakhyung idol eng chiroyli kpop idollari ichida Taehyungdan keyin turadi. Yana ikkinchi o'rinda.

Beakhyung: Sen meni juda yaxshi bilasan. Yaqinda senga suyuqasd uyushtirishibdi deb eshitdim axvoling yaxshimi?

Taehyung: Beakhyung buni sen qilganingni yaxshi bilaman. Menga hamdart bo'lishing shart emas.

Beakhyung kula boshladi.

Beahyung: Senga juda hayron qolaman Taehyung seni o'ldirmoqchi bo'lganimni bila turib ham yana qarshimda o'tiribsan. Nima senga ziyon berishimdan qo'rqmaysanmi? Yoki nima haligacha bizni do'st deb o'ylaysanmi?

Taehyung: Sen meni do'st sifatida ko'rmasligingni yaxshi bilaman. Ammo sen men uchun hali ham do'stimsan. Beakhyung iltimos bu ishlaringni bas qil bu bilan o'z karyeranga nuqta qo'yishing mumkin. Sen bilan baxslashish niyatim yo'q. Menga birinchi o'rinni keragi ham yo'q. Shunday ekan uni olishing mumkin. Men tez orada K popdan butunlay ketaman.

Beakhyungning jaxli chiqdi yuzida telbanomus kulgu bilan gap boshladi.

Beakhyung: O'rningni menga berasanmi? Qaysi o'rin haqida gapiryabsan aslida bu o'rin boshidanoq menga tegishli edi. Ammo sen uni mendan tortib olding. Do'stim bo'la turib bu ishni menga qilding. Endi nima qochmoqchi bo'layabsanmi? Mendan shu yo'l bilan qutilmoqchimisan.

Taehyung: Istaganingni qilishing mumkin agar sendan chindan qutilishni istaganimda bu ishni meni o'ldirish uchun qotil yollaganingdayoq qilgan bo'lardim. Bu haqida hech kimga oshkor qilish niyatim yo'q kompaniyadagilarga ham.

Beakhyung: Kompaniyadagilar? Bilasanmi Taehyung kompaniyangdagilar sen o'ylaganchalik ishonchli va senga mexribon odamlar emas. Bilasanmi sening ortingdan qotil yollashga menga kim yordamlashdi?

Taehung: Bilaman. Bu ishda kompaniyamning ham qo'li bor va hozirda kuzatuv ostida ekanimni ham bilaman. Shunchaki seni o'z istedotingni zavol qilishingni istamaganim uchun shu yerdaman. Agar meni o'ldirish senga taskin bersa mayli bu ishni bajar qarshiligim yo'q. Ammo bu ishingdan keyin butun hayoting barbod bo'lgani qoladi deb qo'rqaman.

Taehyung o'rnidan turib kafedan chiqib ketdi. Ko'chaning boshqa qismida esa uni tanish qiyofa yani Ianning yordamchisi Yeonjun kuzatib borardi. U deyarli Taehyungning har bir harakatini suratga tushurib Jungkookga yuborar edi. Jungkook esa ulkan ekranda Taehyungni kuzatib turardi. Uning oxirgi harakatlari Jungkookni g'azabini qo'zg'ata boshladi. U kafeda uchrashgan yigit Taehyungga kim bo'ladi? Nega Taehyung u bilan bunchalik uzoq gaplashdi bularni bari Jungkook uchun juda g'azablanarli ishlar edi. Taehyung kafedan chiqib ketayotgan laxzada Beakhyung uning ortidan chiqib uni chaqirdi va yoniga kelib Taehyungning qulog'iga asta shivirladi.

Beakhyung: Mening hayotim barbod bo'lmaydi Taehyung men shunchaki o'zimga tegishli narsalarni qaytarib olaman. O'sha narsalar qatoriga sen ham kirasan.

Bu so'zlardan keyin Taehyungni yuzi oqarib ketdi. Yeonjun bularni suratga olar ekan ich ichidan bir noxushlik bo'lishini sezdi. Bularni Jungkookga yuborsa nima bo'lishini u juda yaxshi bilar edi. Beakhyung Taehyungdan uzoqlashdi. Uni Taehyungga juda yaqin kelganini ko'rgan Jungkook ortiq chidab tura olmadi. U qaxir bilan ekran pultini qattiq siqib uni ekranga uloqtirdi va eshik ortidagi qo'riqchini chaqirdi.

Qo'riqchi: Chaqirdingizmi janob?

Jungkook: Tezlik bilan eng ishonchli odamlarni yig' tayyorlanishsin biz olmos oviga boramiz.

Qo'riqchi: Qanday olmos haqida gapirayabsiz janob?

Jungkook: Dunyodagi eng noyob olmos haqida. Biz bugun Janubiy Koreaning tengsiz olmosini o'g'irlaymiz.

Qo'riqchi bosh egib xonadan chiqgach Jungkook Taehyungning ulkan rasmiga qaradi. Uning yuzini qo'li bilan ushlab siladi.

Jungkook: Sen o'zing bilmagan xolda mendagi telbalikni uyg'otding sevgilim endi bu telbalik qo'shovidan aslo qocha olmaysan...

Davomi bor

Bu safar ancha ko'p yozdim. Reaksiya fikirlaringizni qoldiring. Sizlar bilan Minju💚 bo'ldi. Kelgusi qismlarda uchrashguncha hayir☺️