𝐑𝐈𝐍𝐆 𝐎𝐅 𝐂𝐎𝐍𝐓𝐑𝐎𝐋🥊
Soat 08:54 da Taehyung doimgidek Koreadagi eng mashhur sport zali — BLACK CAGE GYM’ga mashgʻulot uchun yetib keldi.
Gym ichiga kirgan zahoti burniga ter va eski charm qoʻlqoplarning aralash hidi urildi. Ogʻir musiqa ovozi, qum xaltalarining zanjirga urilishi va ringdan kelayotgan zarbalar tovushi butun zalni toʻldirib turardi. Ring tomondan Jungkookning sovuq ovozi eshitildi.
Taehyung boshini koʻtardi. Ring ichida Jungkook sparring qilayotgan bokschining iyagiga qattiq hook tushirdi. Yigit muvozanatini yoʻqotib arqonga urildi. Jungkook esa nafas ham olmayotgandek sovuq turardi.
Jeon Jungkook. BLACK CAGE GYM egasi. Sobiq chempion.
Va Koreadagi eng xavfli murabbiy. Uni bu yerda hamma hurmat qilardi. Undan qoʻrqishardi ham.
Taehyung yelkasidagi sport sumkasini mahkamroq ushladi-da locker room tomonga yurdi.
Orqasidan kelgan past ovoz Taehyungni toʻxtatib qoʻydi.
Jungkook allaqachon ringdan tushib ulgurgandi.
Qora futbolkasi terdan badaniga yopishgan, tatuirovkali qoʻllari esa qon tomirlari bilinib tarang tortilgandi.
Jungkook: Men uchun bu juda kech. Agar chindan yaxshi sportchi boʻlishni istasang, vaqtingni nazorat qilishni oʻrgan.
Taehyung: Sizni tushundim, murabbiy. Bu boshqa qaytarilmaydi.
Jungkookning koʻzlari odatdagidek sovuq edi. Lekin ichida nimadir xavfli darajada jim yonardi.
U bir necha soniya Taehyungga tikilib turdi, soʻng sport sumkasini uning qoʻliga tutqazdi.
Jungkook: Tezroq tayyorlan. Biz yetarlicha vaqt yoʻqotdik.
Taehyung tayyorlanib mashgʻulot zaliga qaytdi. U qizib olish mashgʻulotlarini boshlashi bilan yana Jungkookning tanish ovozi butun gym boʻylab yangradi.
Jungkook qatʼiy, sovuq ohangda: Kim Taehyung. Hoziroq ringga.
Zaldagilarning barchasi Taehyungga qaradi. U ring tomon yurarkan, atrofdagilarning past ovozdagi shivir-shivirlari eshitila boshladi.
X: Murabbiy Taehyungga nisbatan ancha qattiqqoʻl, nima deysizlar?
X: Qoʻysangchi. Murabbiy hamma bilan shunday.
Yigit koʻzlarini ring tomonga qisdi.
X: U Taehyungga mutlaqo boshqacha munosabatda.
Taehyung ularning gaplarini eshitmagandek koʻrinishga urindi. Lekin yelkalari taranglashib ulgurgandi. U ring yoniga kelib arqon orasidan ichkariga kirdi. Shu zahoti gym ichidagi shovqin biroz pasaygandek boʻldi.
Jungkook ring markazida turardi.
Qoʻllarini koʻksiga chalishtirgan.
Nigohi esa toʻgʻridan-toʻgʻri Taehyungda.
Taehyung darhol stance oldi. Jungkook bir necha soniya indamay uni kuzatdi. Keyin birdan yaqinlashib, Taehyungning iyagini qoʻli bilan qattiq ushladi-da boshini sal yuqoriga koʻtardi.
Taehyung beixtiyor tarang tortildi.
Jungkookning jagʻi qattiq tortildi.
Jungkook: Fight paytida diqqating faqat menda boʻladi.
Taehyungning qoshlari sekin chimirildi.
Jungkookning barmoqlari hali ham uning iyagida edi.
Goʻyo gymdagi hamma ularni kuzatayotgandek.Taehyung asta Jungkookning qoʻlidan chetlandi.
Taehyung: Murabbiy, raqibga qarashim kerak-ku.
Jungkookning koʻzlari toraydi.
Jungkook: Raqibingni qachon koʻrishni men senga aytaman.
Taehyung ichida gʻashlik koʻtarilganini his qildi.
Lekin indamadi. Jungkook orqaga bir qadam tashlab qoʻllarini tushirdi.
Jungkook: Bugun sparring qilasan.
Gym ichida yengil shovqin koʻtarildi.
Jungkookning sovuq nigohi bir zumda pastdagi bokschilarga qadaldi. Shovqin shu zahoti oʻchdi. Jungkook yana Taehyungga qaradi.
Jungkook: Agar BLACK CAGE’da qolmoqchi boʻlsang, ogʻriqqa oʻrganasan.
Jungkook qoʻllarini orqasiga qoʻyib ring chetiga yurdi. Keyin pastdagi bokschilar orasidan biriga qaradi.
Gym ichida yana mayin shovqin koʻtarildi.Taehyungning koʻzlari beixtiyor oʻsha tomonga burildi.
BLACK CAGE’dagi eng ogʻir sparring partnerlardan biri. Taehyungning jagʻi sekin taranglashdi.
X: Minho Taedan ikki vazn yuqori-ku.
X: Murabbiy bugun uni oʻldiradi shekilli…
Minho ringga chiqib qoʻlqoplarini bir-biriga urdi.
Minho: Ertalabdan kayfiyatingiz yoʻq koʻrinadi, murabbiy?
Jungkook: Men gapirmagunimcha urishni toʻxtatma.
Taehyungning koʻzlari kattalashdi.
Jungkook birdan unga qaradi. Nigohi sovuq edi.
Taehyung indamay qoldi. Bir necha soniya davomida ular bir-biriga tikilib turishdi. Keyin Jungkook sekin iyagini koʻtardi.
Jungkook: Guardingni tushirma, Taehyung.
Bu safar uning ovozi pastroq chiqdi.
Jungkook: Chunki seni yiqitishlariga toqatim yoʻq.
Ring ichidagi havo birdan ogʻirlashgandek boʻldi. Minho qoʻlqoplarini koʻtarib Taehyung qarshisida stance oldi.Taehyung esa koʻzining cheti bilan Jungkookga qaradi. U hali ham ring chetida turardi. Qoʻllari choʻntagida.
Nigohi esa faqat Taehyungda.
Minho birinchi boʻlib oldinga tashlandi.
Taehyung zoʻrgʻa chetlanishga ulgurdi. Ikkinchi zarba esa guardingiga qattiq urildi. Gym boʻylab qoʻlqoplarning ogʻir tovushi taraldi.
X: Minho kuchini ayamayapti-ku.
Taehyung tishlarini qattiq qisib orqaga chekindi. Minho vaqt bermay yana hujum boshladi.
Hook. (Yon tomondan keladigan zarba)
Taehyung guardingini tushirmaslikka urinardi, lekin Minho urgan har bir zarba qoʻllarini uvushtirib yuborayotgandi. Jungkook esa indamay kuzatardi.
Keyin uning sovuq ovozi yangradi.
Taehyung darhol oldinga yurib Minho tomon cross yoʻlladi.
Zarba Minho jagʻiga tegdi. Gym ichida shovqin koʻtarildi. Lekin keyingi soniyada Minho qattiq hook bilan Taehyungning yuziga urdi.Taehyung muvozanatini yoʻqotib arqonga borib urildi.
Taehyung labining yorilganini his qildi.Temirga oʻxshash qon taʼmi tiliga urildi. Minho darhol ortga chekindi.
Jungkookning ovozi ring boʻylab sovuq taraldi.Taehyung sekin boshini koʻtardi.
Jungkookning nigohi uning yorilgan labida qotib qolgandi.
xavfli darajada qorayib borayotgandi.