June 8, 2025

𝑺𝒄𝒉𝒐𝒐𝒍 𝑳𝒐𝒗𝒆 𝑺𝒕𝒐𝒓𝒚🍷 𝑎𝑢𝑟𝑎 𝐼𝑂𝑂𝑂𝑂

1-Qism

“Taqdir Yo‘llari Kesishganda”

Kichik maktabning 9-sinf o‘quvchisi Suzi oddiy, jiddiy qiz edi. U musiqa va she’riyatga qiziqardi, ko‘p vaqtini maktab kutubxonasida o‘tkazar, lekin birinchi marta u tanlanganidan hayajonlandi.

U o‘z maktabini katta maktab bilan umumiy o‘tkaziladigan “Yosh Ijodkorlar Festivaliga” qatnashish uchun tanlangan edi. Festivalda maktablar o‘z iqtidorli o‘quvchilarini yuborardi – kimdir rasm chizardi, kimdir musiqachi edi. Suzi esa o‘z she’rini aytib berishi kerak edi.

Festivalda u birinchi marta katta maktab vakili Min Yoongini ko‘rdi. U pianino chalardi. Boshqalar uni “Suga” deb atardi – jimjit, salqin, ammo sahnada o‘zgacha jozibali yigit.

Suzi uning musiqasiga tikilib qolganini o‘zi ham sezmay qoldi.

Suzi: “Menga nima bo‘lyapti?”

Festival tugagach, Suzi yana o‘z maktab hayotiga qaytdi. Ammo u endi o‘sha emasdi. Yoongining musiqasi, jim ko‘zlari va ifodasiz, ammo chuqur nigohi unga tinchlik bermasdi. U bu tuyg‘ularni tushuna olmasdi, hatto o‘ziga tan olishdan qo‘rqar edi: u sevib qolgan edi.

Yoongi ham Suzining she’rini eshitgan paytdan beri yodidan chiqara olmasdi. U birinchi marta kimnidir so‘zlari orqali “ko‘rgan” edi. U she’rda shunchalik toza hislar bor ediki, bu undan ancha yosh bo‘lgan qizni jiddiyroq ko‘ra boshladi.

Oradan kunlar o‘tdi. Suzi katta maktab kutubxonasiga bir necha bor musobaqa sababli kelganida, Yoongi unga yordam taklif qildi. Ular asta-sekin tanishib, bir-birlariga kitoblar tavsiya qila boshlashdi.

Ammo Yoongi o‘zini orqaga tortardi. “U mendan ikki sinf kichik. Bu noto‘g‘ri”, deb o‘ylardi. Suzi esa buni sezgan, ammo yuragidagi tuyg‘ularni inkor eta olmasdi.

Bir kuni u Yoongining kitob daftariga yashirincha xat qoldirdi.

“Men siz chalgan pianino sadolarini unutolmayapman. Bu yuragimga so‘zsiz ta’sir qilgan birinchi narsa edi.”

Yoongi xatni o‘qigach, kulimsiradi. Yashirin sevgi asta kuchayib borayotgan edi.

Boshqa bir maktabda, boshqa bir sinfdoshlar hayoti esa butunlay boshqa yo‘lda edi.

Kim Taehyung, maktabning mashhur yigitlaridan biri, ikki yil oldin Rei bilan chin dildan sevishgan edi. Ular bir-birlariga mos, o‘zaro jiddiy bo‘lgan juftlik edi. Ammo vaqti kelib Taehyungning xorijdagi maktabga qisqa vaqtlik ketishi, keyinchalik Reining ko‘ngli sinishi ularning aloqasini buzdi.

Endi ular bir sinfda o‘qishsa-da, na salomlashish, na ko‘z urishtirish. Ammo bu “aloqa yo‘q” degani emasdi. Har bir sokin qarash, bexos qadalgan nigohda ular bir paytlar ayta olmagan so‘zlar yashirinardi.

Festialdan keyin

Yoongi Suzini yana bir marta maktab hovlisida uchratdi. Unga qarab dedi:

— She’ring menga ilhom bo‘ldi. Bilasanmi, men anchadan beri musiqa yozmagan edim.

Suzi cho‘chib qaradi, yuragi yana tez ura boshladi.

— Sizning musiqangiz menga ruh bag‘ishladi… dedi u.

Bir lahzalik sokinlikda, ular nigoh orqali bir-birining yuragini ko‘rdi. Ehtimol, yosh tafovuti ularni to‘xtatmoqchi bo‘lardi, ammo yuraklar o‘z qonuniga bo‘ysunardi.

Suzining she’r aytayotganini birinchi marta tinglagan Kim Taehyung ichida allaqanday issiqlikni his qilgan edi. U Rey bilan bo‘lgan o‘tmishni ortda qoldirishga harakat qilayotgan edi, lekin yuragida bo‘shliq qolgan. Endi u bo‘shliqni to‘ldirayotgan qiz Suzi edi. U o‘zidan kichik, ammo so‘zlarida donolik bor qizga qarab yuragining qanday urayotganini sezdi.

Bir kuni Suzi darsdan keyin maktab bog‘ida o‘tirgan edi. Uning yoniga Taehyung keldi.

— She’r yozishda ilhomni qayerdan olasan? — deb so‘radi u, nigohini Suzi ko‘zlariga qaratib.

— Yurakdan, — dedi Suzi jilmayib.

Taehyung o‘zini butunlay yo‘qotdi. Bu qiz — juda oddiy, ammo ichkarida olam bor edi.

Suzi va Yoongi o‘rtasida hali rasman “juftlik” degan so‘z aytilmagan edi. Lekin ular har kuni birga ovqatlanishar, kutubxonaga borishar, bir-birlarining yonida sokinlik topishar edi.

Ammo so‘nggi paytlarda Yoongi Suziga bir nechta “begona” qarashlarni payqay boshladi. Ayniqsa Taehyungdan. U o‘zi tanigan Taeni tanimasdi — ko‘zlarida o‘sha eski Reyga qaragan mehr emas, yangi qizga bo‘lgan intilish bor edi.

Yoongi bu holatdan norozi edi.

Bir kuni maktabda Suzi rasm musobaqasiga tanlandi. Unga yordamchi sifatida Taehyung biriktirildi. Bu Yoongini chirq etkazdi.

Kechqurun maktab hovlisida Yoongi nihoyat Taega murojaat qildi.

— Men bilaman, sen unga yaqinlashyapsan, — dedi u sokin, ammo qattiq ohangda.

Taehyung yelkasini qisdi:

— Qanday qilib yoqtirib qolmaslik mumkin? U – haqiqiy. Men o‘tmishni ortda qoldirdim, endi yuragim yangi yo‘lni tanladi.

— Lekin u meni tanladi, — dedi Yoongi keskin. — Va men uni himoya qilaman.

Taehyung jim qoldi. Bu urush emas edi — bu kurash edi. Yuraklar kurashi.

Suzi bu bo‘layotganlardan bexabar emas edi. U Taehyungning unga qaragan nigohlaridan, o‘zini qanday ushlashidan shubhalanib yurgan edi. Ammo u buni inkor qilishga urinar edi. Chunki u allaqachon tanlagan — Yoongi edi.

Ammo bir kuni Taehyung unga dedi:

— Men bilaman, yuragingda kimdir bor. Lekin men kurashishni xohlayman. Hech bo‘lmasa, yuragingda bitta imkon borligiga ishonib yashashni.

Suzi ko‘z yoshlarini yutdi.

— Meni kechir, Tae. Yuragimda joy bor, lekin u band.

Taehyung kulimsirab ketdi. Og‘riqli, ammo chiroyli tabassum edi.

— Demak, men kechikdim.

Rei Qaytadi

Rei uzoq vaqt yo‘q edi. Ammo u maktabga qaytdi. Taehyungni Suziga bo‘lgan tuyg‘ulari bilan ko‘rdi. U hech narsa demadi, ammo yuragida hali ham og‘riq bor edi. Chunki Rey ham sevgan, ham yutqazgan edi.

U Yoongiga yaqinlashib dedi:

— Iltimos, Suzini asra. Men bir yigitning yuragi yo‘qotganini ko‘rganman. Endi boshqasining yuragi parchalanmasin.

Yoongi boshini qimirlatdi:

— Men uni dunyodagi eng go‘zal she’r deb bilaman.

Va Sevgi Qoladi…

Taehyung orqaga chekinadi. Rey esa sukutda ketadi. Suzi va Yoongi esa bir-birining qo‘lini mahkam tutib, davom etadilar. Ular yuraklarida jazavaga, bosimga, hasadga qarshi kurashdi. Endi esa ularning sevgisi sinovdan o‘tdi.