I love your dady
Taehyungning bu gapidan so'ng Jungkookning qo'llari birdan musht bo'lib tuguldi. U Taehyungga g'azab bilan yaqin kela boshladi. Uning ko'zlari g'azabdan kattalashib borar edi.
Jungkook: O'SHA SEN YOQTIRADIGAN ABLAH KIM DEYABMAN SENGA
Taehyung Jungkookning g'azabini ko'rib hayratda qotib qoldi. U shunchalik jiddiy ko'rinar ediki go'yo hozir kimnidir burdalab tashlashga tayyordak.
Taehyung: Jungkook nima aqildan ozdingmi? Menga bunday ohangda gapirma. Senga kattalar bilan qanday gaplashishni o'rgatishganmi o'zi?
Jungkook: GAPNI BOSHQA JOYGA BURMAY JAVOB BER.
Jungkookning bunday baland va qahirli ohangi Taehyungni qo'rqitib yuborayotgan edi. U Taehyungga juda yaqin keldi ular orasidagi masofa atigi bir necha sm edi holos. Jungkook Taehyungning yuziga nazar tashladi va biroz bosiq ovozda dedi.
Jungkook: Tarbiyasizligim uchun kechiring Janob Taehyung ammo aynan o'zingiz meni bunga majbur qilayabsiz. Buni oqibati siz uchun ancha qiyin bo'lishi haqida anglab yetmayabsiz.
Taehyung: Nima ahmoqmisan? O'zing savol berib o'zing menga jaxil qilasan. Yana meni sen deganing ortiqcha yaxshi hamki meni Jiminim bunday emas u juda odobli bola.
Jungkook: Ha Jimin chindan ham juda yaxshi yigit ammo siz ham nohaq ish qildingiz.
Jungkook: Men sizga o'zim yoqtirgan inson haqida yashirmay aytib berdim siz esa yo'q.
Taehyung: Ha umi. Buni qanday aytsam bo'ladi. Faqat kulmaysan kelishdikmi?
Taehyung: Sen Men istagan sevgi filimini ko'rganmisan. Uning senariysini Ian taxallusli yozuvchi ishlagan. Menga o'sha sirli yozuvchi Ian yoqadi.
Bu so'zlardan keyin birdan Jungkookning chexrasi yorishib hursand bo'lib ketdi.
Jungkook: Rostan ham o'sha Ian sizga shunchalik yoqadimi?
Taehyung: Yoqtiraman? Yo'q men uni sevaman. Ian u men uchun eng afsonaviy yozuvchi ayol.
Jungkook: Uni aynan ayol kishi ekanini qayerdan bilasiz?
Taehyung: Bilmadim ammo uning senariylarini o'qiganimda ko'z oldimda juda go'zal aqilliy bir so'z bilan mukammal ayol gavdalanadi. Ammo u ayolmi yoki erkak bu muhim emas muhimi men uni yoqtiraman.
Jungkook: Agar u sizga u bilan uchrashish taklifini bersa nima qilar edingiz?
Jungkook Taehyungni so'ngi so'zlaridan mamnun bo'lgach so'radi.
Taehyung: Bu haqida hech qachon o'ylab ham ko'rmaganman ammo bu Ian bo'lar ekan demak buni o'ylab ko'rish kerak.
Jungkook: Shu so'zlaringizni unutmang Janob Taehyung hayirli oqshom tilayman.
Jungkook ortiq hech bir so'z aytmay u yerdan ketdi. Taehyung esa deyarli hech nimaga tushunmadi.
Taehyung: Jeon Jungkook juda g'alati yigit unga tushunish juda qiyin. U o'zi nimani o'ylayabdi?
Erta tong Jimin bugun o'qishga juda shoshayabdi. Sababi ular maktabni tamomlab rostmona universitet talabasi bo'lishdi. Aynan shuning uchun Jimin bugun biroz hayajonda u nonushtani to'liq yakunlamay turib o'qishga ketdi. Jiminni o'qishda Jungkook kutib turishi kerak edi. Jimin o'qishga yetib kelgach hech kimga etibor bermay Jungkookni qidira boshladi. Bu payit Jungkookni atrofi to'la muxlislar to'dasi bilan gavjun edi. Hamma Jungkookni o'rab olishib suratga olishar dasxat so'rashar edi. Fanatlar orasida qolib ketgan Jimin Jungkookni oldiga borishga urunganida kimdir uning ortida kelib Jiminning belidan maxkam quchoqladi. Jimin bunday dab durustdan bo'lgan xolatdan dovdirab qoldi. Jimin uni yelkasi bilan itarib ortiga o'girildi va hayratda qoldi.
X: Salom sevgilim vanihoyat biz yana uchrashdik.
3 qism tugadi. Ff sizlarga yoqdi degan umiddaman. Sizlar bilan Minju 💚 bo'ldi.