November 4, 2025

I love your dady

Taekook Yoonmin

Author: Minju💚

Ep 1🔉

Bugun ham har doimgidak Taehyung o'zining yangi filim senariy ishlari bilan band. U asosan senarilarni uyda ishlashga harakat qiladi. Sababi bu orqali u o'g'li Jiminga ko'z quloq bo'lib g'amxo'rlik qila oladi.

Kim Taehyung 37-yoshda. Asosan filimlarda bosh senariy muallifi sifatida ishlaydi.

Taehyung endigina 37 yoshda ammo uning allaqchon 18 yoshli o'g'li bor. Uning ko'rinishi mutlaqo 37-yoshga to'lgan insonga o'xshamaydi. U juda chiroyli yuz qiyofasi tana tuzilishi barchasi juda ajoyib holatda u hatto model kino yulduzlaridan ham ancha chiroyliroq ko'rinadi. Uning tashqi ko'rinishi muloyim yoqimli harakteri va ajoyib tabbasumi hammani o'ziga maftun qiladi. Taehyungga ko'p marota aktyor bo'lib filimda suratga tushish taklifi berilganiga qaramay u bu takliflarni rad etgan unga yulduzlikdan ko'ra oddiy baxtiyor hayot ancha avzalroq. Taehyung o'g'li Jiminni yolg'iz o'zi katta qilgan sababi uning rafiqasi Jiminni dunyoga keltirgach olamdan o'tgan. Taehyung va rafiqasi juda yosh davirlarida turmush qurishgan yani 19 yoshlarida. Taehyung va rafiqasi bir sinfda o'qigan yaqin do'stlar edi. Ularning ikkisi bir biriga juda g'amxo'rlik qilishar edi. Qizning oilasi bo'lmagani sababli u biroz o'ksikroq edi. Unda yashirin hastalik ham bor bo'lib u uzoq yashay olmas edi. Taehyung bularni juda yaxshi bilardi lekin shunga qaramay ular ikkisi turmush qurishdi. Ular qisqa bo'lsada visol onlarini juda baxtli o'tkazishdi. Oradan 1 yil o'tgach Jimin dunyoga keldi, uni dunyoga keltirish vaqtida onasi vafot etdi. Taehyung o'z do'sti va rafiqasi bo'lgan ayolga sodiq qoldi va qolgan butun umrini o'g'li Jiminga sariflashga ahd qildi. Shuning uchun ham u haligacha yolg'iz.

Kim Jimin 18-yoshda yuqori maktab bitiruvchi sinf talabasi

Jimin juda yoqimtoy va mexribon yigit bu tamondan otasining huddi o'zi. U Taehyungni juda qattiq yaxshi ko'radi. Onasi yo'qligiga qaramay unga buni sezdirmaganligi uchun Jimin Taehyungni dunyodagi eng yaxshi ota deb biladi. Jiminning yaqin do'stlari unchalik ko'p emas chunki Taehyung o'g'lini hammaga ham ishonavermaydi. Shunga qaramay Jiminni Jungkook isimli eng yaqin do'sti bor.

Jeon Jungkook yaqinda 19 yoshga to'ladi. Jimin bilan birgalikda o'qiydi. Yosh bo'lishiga qaramay taniqli kino yulduz.

Jungkook yosh bo'lishiga qaramay juda iqtidorli va taniqli kino yulduz. Hozirda u Koreadagi eng mashxur yosh yulduz hisoblanadi. Jungkook syomka jarayonlari tufayli ko'p maktabga kela olmaydi, ammo iloji boricha maktabni qoldirmaslikga urunadi. U tez tez Jimin bilan dars tayyorlash bahonasida Taehyunglarning uyiga mexmonga borib turadi. Bu Taehyungga mutlaqo yoqmaydi. Uning nazarida Jungkook Jiminga oddiy do'st ko'zi bilan qaramaydigandak tuyuladi. Aynan shuning uchun u doimJiminni Jungkookdan uzoqlashtirishga urunadi. Aslida esa Jungkook Jiminni emas Taehyungni sevadi va o'g'li bahonasida unga yaqin bo'lishga urunadi. Jungkook tabiatan o'ta rashkchi harakterga ega bo'lib u Taehyungni juda ko'p qizg'onadi, chunki unga qiziquvchilar nihoyatda ko'p. Jungkook esa unga faqat o'zi egalik qilishni istaydi. Shu sababli ham u Taehyungni o'zi suratga tushayotgan filimlariga Senarist sifatida ataylab ishga olgan ammo bu haqida Taehyungni o'zi bilmaydi. Bu yo'l bilan Jungkook Taehyungni doim o'z yonida ushlab turadi. Bugun ham Jungkook doimgidak darslar tugagach Jimin va uning yana bir nechta do'stlari bilan birga ularni uyiga dars tayyorlash baxonasida Taehyungni ko'rish uchun keldi.

Jimin: Salom dadajon men qaytdim.

Taehyung: Hush kelibsan azizim

Jungkook: Salom janob Taehyung sizni yana bezovta qilayotganimizdan hijolatdamiz.

Taehyung hursand kayfiyatda Jiminni kutib oldi, lekin u Jungkookni ko'rishi bilan bu hursandchilik mutlaqo yo'qoldi. U Jiminni yonida Jungkook va do'stlariga qo'pol muomilada bo'la olmas edi shu sababli g'azabini yashirib unga javob qaytardi.

Taehyung: Hechqisi yo'q Jungkook sizlarni yana ko'rganimdan hursandman😊

Jimin: Ko'rdingizmi dadajonim sizlarni kelishingizdan doim hursand bo'ladilar. Qani ketdik meni xonamga.

Taehyung: Nimadir yeyishni istaysizlarmi yigitlar?

Jimin: Ha raxmat dadajon

Ular yuqori qavatga Jiminni xonasiga chiqishdi Taehyung esa ularga yegulik tayyorlash uchun oshxonaga ketdi. Bu payit xonada suhbat qiziyotgan edi.

Kai (Jiminning do'sti): Jimin otang juda mexribonda buni ustiga juda chiroyli ham hafa bo'lmaginku lekin u sening aniq otangmi?

Jimin: Nima demoqchisan?

Niki (Jiminning yana bir do'sti): Yani u aytmoqchiki otang hech senga o'xshagan katta o'g'li borga o'xshamaydi. U huddi biz qatori ko'rinadi.

Jungkook: Hoy bas qilinglar.

Kai: Nega ahir u chindan ham juda chiroyliku

Jungkook: Senga bas qil dedim😡

Jimin: Jungkook qo'yaver jaxil qilma ular haq dadam chindan ham juda yosh ko'rinadilar buni o'zim ham bilaman va ko'pchilik unda mendak katta o'g'li borligiga ishonishmaydi.

Jungkook: Bilaman uning chiroyi bilan hech kim tenglasha olmaydi.
Jungkook past ovozda qo'shib qo'ydi. Qani edi bu go'zallik menga tegishli bo'lsa

Jimin: Nima? Nimadir dedingmi?

Jungkook: Yo'q hech narsa.

Shu payit xonaga Taehyung kirib keldi u yigitlarga yeguliklarni berib Jungkookga shirinlik tutdi.

Jungkook: Uzur janob Taehyung sizni yana bezovta qildik.

Taehyung: Yo'q men Jiminda sizlardak do'stlar borligidan hursandman.

Jungkook: Do'st yo'q men Jiminni chin qalbim bilan yaxshi ko'raman.

Jungkook bu gaplarni Taehyungni jaxlini chiqarish uchun ataylab aytdi. Aslida bu odatiy holat. Taehyungni qattiq jaxli chiqib ich ichida Jungkookni ushlab olib kaltaklagisi kelar edi, ammo o'zini tutib xonadan chiqib ketdi. Jungkook labi chetida jilmaygancha ichida dedi.

Jungkook: Jaxling chiqganida yanada jozibaliroq ko'rinasan seni shunday jozibali ko'rish uchun butun umir zaxlingni chiqarishga tayyorman.

Taehyung pastga tushgach alamidan qo'lini mushtladi.

Taehyung: Jin ursin Jeon Jungkook bu yaramas mening kichkina begunox bolakayimni mendan tortib olmoqchi, lekin ovvora bo'lasan men bunga hech qachon yo'l qo'ymayman😡

1-qism tugadi fanfic sizlarga yoqdi degan umiddaman. Fikir va reaksiyalaringizni kutib qolaman. Sizlar bilan Minju💚 bo'ldi. Kelgusi qismlarda uchrashguncha hayir Desires 🤗