Burch yoki sevgi🩸
Yoongi Jiminni olish uchun maxkamaga borganida uni allaqoch uyga ketganligini aytishdi. Yoongi nima bo'lganini darrov payqadi va tezda uyga qaytdi. U uyga kelishi bilan Jiminni qidirishni boshladi. Shu payit Jimin qo'lida disert bilan oshxonadan chiqib keldi. Yoongi unga biroz hayrat bilan tikilib turardi.
Jimin: Voy allaqchon qaytdingmi? Qanchalik shoshilsam ham baribir ulgurmadim😅
Yoongi: Nima? Nimaga ulgurmading?
Jimin: Bugun men ishdan bir oylik tatil oldim. Endi shu bir oy vaqtni faqat sen bilan o'tkazaman. Senga kutilmagan sovg'a qilmoqchi edim ammo biroz ertaroq kelib qolding. Mayli hechqisi yo'q hammasi tayyor kelaqol birga ovqatlanamiz.
Yoongi darrov Jiminni yoniga yugurib borib uni quchoqlab oldi.
Jimin: Hoy extiyot bo'l kiyimingni iflos qilasan qo'limda shirinlik bor ahir.
Yoongi Jiminni yelkasidan ushlab unga go'yo hozir yoshlanib ketadigandak ko'rinayotgan ko'zlar bilan qaradi.
Yoongi: Seni sevaman iltimos hech qachon mendan uzoqlashma aks holda men o'zligimni yo'qotaman.
Jimin: Jimin qo'lidagi shirinlikni stol ustiga qo'yib Yoongini yuzini asta siladi.
Jimin: Bunday gaplar qayerdan keldi. Hech qachon seni tashlab ketmayman tentakvoy.
Yoongi: Buni eshitishdan hursandman. Hattoki bir kun kelib mendan ketmoqchi bo'lsang ham bunga aslo imkon bermayman. Seni butun umir zanjirband qilib saqlashga to'g'ri kelsa ham o'zim bilan olib qolaman. Sen faqat menikisan Jimin faqat meniki.
Bu so'zlar Jiminni ich ichidan muzlatib qo'ygandak bo'ldi, ammo u buni sezdirmadi.
Jimin: Yaxshi senga vada beraman doim sen bilan bo'laman yaxshimi? Endi yuraqol taomlar soviyabdi men ularni atayin sen uchun tayyorladim.
Jimin Yoongini qo'lidan tutib did bilan yasatilgan romantik stol ustiga olib keldi.
Jimin: Qara bularni barchasi sen yoqtirganlaring.
Jimin: Tatib ko'rmasdan oldin qayerdan bila qolding.
Yoongi: Chunki buni meni sevgilim tayyorlagan.
Jimin: Janob Min Yoongi hushomad qilishga juda ustasiz. Bu iqtidoringiz bilan ko'plarni yuragidan urgan bo'lsangiz kerak.
Yoongi: Menga faqat sen keraksan qolganlarni menga mutlaqo qizig'i yo'q.
Bu so'zlar Jiminni yuragiga o'zgacha iliqlik olib kirdi. Yoongi chindan ham Jimindan boshqa hech kimga hattoki qiyo ham boqmasdi. Aynan shu sababli ham Jimin Yoongini qattiq sevardi. Ular birga kechgi ovqat qilishdi. Yoongi oxshomdan nihoyatda mamnun edi, ammo Jimin uni yuragida hozir to'fon ko'tarilgan agarda Yoongi jinoyatchi bo'lib chiqsa hozirgi baxtli onlar ular uchun so'ngisi bo'lishi mumkin. Bu tuyg'ular Jiminni qalbini o'rtar unga tinchlik bermas edi. Jimin nega bunday yo'l tutayabdi, chunki bunga yetarlicha sabablari bor agar u hozir Yoongidan shubxalanayotganini oshkor qilsa Yoongi undan yashirinishni boshlaydi. Bu esa ishni yanada chuqurlashtiradi. Uning o'rniga u bilan bo'lib uni yaqindan kuzatish uni bu ishga chindan aloqasi bor yoki yo'qligini aniqlashning eng to'g'ri yo'li. Jimin olgan tatilini Yoongini yonida bo'lish bilan birga uni kuzatishga sarifladi, ammo kuzatuvlar yaxshi natija bermadi. Yoongi har doim juda hotirjam edi. U bor vaqtini Jimin bilan o'tkazar hech qanday shubxali ish qilmas edi. Oradan 3 hafta vaqt o'tgach Jiminni shubxalari so'na boshladi. U tez orada ishga qaytishi kerak ammo u Yoongi bilan o'tkazgan vaqtiga aslo achinmayotgandi. Kun yarmida Jimin va Yoongi birga filim tomosha qilishayotgandi. Birdan Yoongini zarur ishlari chiqib qoldi. U Jiminga kechroq qaytishini aytib uydan chiqib ketdi. Jimin Yoongi uydan chiqib ketishi bilan soqchilarni chalg'itib uning ortidan ketdi. Yoongi shaxardan ancha uzoqlashib borar edi. U shaxar tashqarisidagi. Qandaydir eski omborxonaga o'xshash bino oldiga kelib to'xtadi va ichkariga kirib ketdi. Jimin ham uning ortidan bino ichiga kirdi. U bino ichidagi yashirinshga qulay bo'lgan joyni topib o'sha yerga yashirinib oldi va Yoongini kuzatishda davom etdi. Yoongi omborda allaqanday erkak bilan uchrashdi. U juda salobatli va havfli ko'rinar edi.
Yoongi: Nega alla maxalda meni bu yerga chaqirding. Men hozir tatilda ekanimni bilardingku.
X: Tatil😂 Sevgilim bilan zavqlanayotgandim seni deb uni yolg'iz qoldirishimga to'g'ri keldi desang to'g'riroq bo'lar edi. Lekin sevgilisini yolg'iz qoldirgan faqat sen emassan. Men ham shu bo'lmag'ur muammoni deb Жонушкаmni yolg'iz qoldirdim. Eh bu qanchalik qiyinligini sen bilasanmi.
Yoongi: Жонушка emish😒 balki unga ozroq ozodlik berarsan.
X: Nima uni go'zalligidan mutlaqo begonalar baxra olishlari uchun hech qachon u meniki boshqalarni unga hatto qarashga ham haqlari yo'q.
Yoongi: Yaxshi yaxshi janob telba oshiq Жонушкаngni odamlardan yashirib psixopatlarcha sevishda davom etaver. Ammo hozir asosiy ishga o'tsak men tezroq sevgilimni oldiga qaytishim kerak.
Shu payit Xning ishorasi bilan omborga o'rta yoshlardagi bir erkakni sudrab kirishdi.
X: Ha aynan o'zi. U bilan nima qilishni o'zing hal qil. Balki uni terisini shilib olib go'shtini bo'laklarga ajratarmiz. Yoki quloq barmoqlarini bittalab kesib olib keyin o'ldirarmiz. Ko'zlarini ham o'yib olsak bo'ladi va yana...
Birdan otilgan o'q ovozi Xni gapini bo'ldi. Boyagi erkak yerga yiqildi va uning ko'ksidan qon otilib chiqib yerga keng yoyila boshladi. Yoongi qo'lidagi to'pponcha bilan erkakni shunchaki otib tashlagan edi. Bu manzarga guvox bo'lgan Jiminni yuragi larzaga kelib ketdi. U ishongan yaxshi inson deb bilgan jonidan ortiq sevgan insoni ko'z o'ngida bir insonni shunchaki otib tashladi.
X: Eh qanchalik zerikarlisan. Uni o'ldirishni minglab usullari bor edi. Sen esa uni osongina otib tashlading.
Yoongi: Bunday narsalarga vaqtim yo'q. Ahir senga aytdimku tezroq uyga qaytishim kerak deb sevgilim kutib qoldi.
X: Balkim u sen o'ylagandan yaqinroq joydadir.
Yoongi: Nima nimalar deyabsan?
X: Aytmoqchimanki u seni bu yerga yolg'iz yuborgisi kelmagan ko'rinadi.
Yoongi: Nimani nazarda tutayabsan?
X odamlariga ishora qildi. Ular Jimin yashiringan joyga borib uni qanchalik qarshilik qilishiga qaramasdan ushlab Yoongi va Xni yoniga olib kelishdi. Yoongi Jiminni ko'rib birdan g'azablana boshladi.
X: Salom Yoongini iskovuch sevgilisi😁
Yoongi: Shunchaki yonimda bo'lishing shunchalik qiyinmi? Nega barchasini bunchalik qiyinlashtirayabsan.
Jimin: Men qiyinlashtirdimmi? Aslida sen emasmi barini qiyinlashtirgan. Nega nega uni o'ldirding nega ahir Yoongi?
Yoongi: Bu yerga kelishing kerak emasdi. Bularga guvoh bo'lishing ham menda boshqa iloj qoldirmading sevgilim.
Jimin: Nima guvohga aylanganim uchun endi meni ham o'ldirasanmi? Qani o'ldir o'ldir deyabman senga😡😡😡
Yoongi: Qo'limdan kelganicha senga yumshoq bo'ldim. Seni taftingni sevgingni his etish uchun o'zligimni sendan yashirdim. Seni baxtli qilishni juda istaganim uchun bor mexir va etiborimni berdim. Barchasi seni yonimda olib qolish uchun edi. Ammo endi kuch ishlatishdan boshqa ilojim yo'q sevgilim. Esingdami bir kun kelib mendan ketmoqchi bo'lsang seni bog'lab bo'lsa ham yonimda olib qolaman degandim vadamda turaman...
3-qism tugadi. Ff sizlarga yoqdi degan umiddaman. Bu fanficni STIGMA ffsi bilan bog'lab davom ettirmoqchiman. Bu qismga to'liq tushunish uchun STIGMA ffsini o'qigan bo'lishingiz kerak. Sizlar bilan Minju 💚 bo'ldi. Kelgusi qisimlarda uchrashguncha hayir Shines 🤗