I hate you...
Taehyung o'sha kuni ilk bor Jungkookga dushmani sifatida emas balki bir baxtsiz inson sifatida qaradi.Jungkookni o'tmishi haqida o'ylar ekan uning hayoliga otasi aytgan so'zlari kela boshladi.
Janob Kim: Har bir yovuz insonning ham qalbida kichik bo'lsada ezgulik bo'ladi. O'sha kichik bir ezgulik uyg'ongan kuni u haqiqiy qahramonga aylanadi. Shunday ekan insonning yomon ishlariga qarab emas uning yaxshi amallariga qarab baho berishing kerak. Har bir inson ikkinchi imkoniyatga haqli garchi u avval yomon bo'lgan bo'lsa ham. Insonlar juda ko'p adashishadi. Ko'p xato qilishadi ammo xatolar insonni yuksalishga undaydi. Ular bazan to'g'ri yo'ldan adashadilar aynan o'shanda sen ularga to'g'ri yo'lni ko'rsatishing ularga yordam berishing mumkin. Sen bergan o'sha ikkinchi imkoniyat ularning hayotini butunlay o'zgartirib yuborishi mumkin buni hamisha yodingda tut.
Taehyung bir necha kun davomida ayni shu hayollar og'ushida yurdi. Jungkookdan bir jahli chiqsa bir rahmi kelar edi. Ahir uni shunday bo'lishga hayot majbur qilgan lekin u nima bo'lganda ham no to'g'ri yo'lni tanlagan bu ikki hayol Taehyungni ich etini yemirayotgan edi. Bir tamonda qaysar ukasi u bilan ko'rishishni gaplashishni istamas edi. Bu Taehyungni yanada qayg'uga botirar edi. Jungkook esa kun sayin Taehyungga qattiqroq bog'lanib qolayotgan edi. U Taehyungsiz hattoki nafas ham ololmas edi. U Taehyungni shunday telbalarcha sevar ediki uni butun dunyodan yashirishga va hammada himoya qilishga tayor edi. U Taehyungni hatto birov bilan bo'lishishni hatto tasavur ham qila olmasdi. Ammo Jungkook yolg'iz emasdi u kabi yana bir Taehyungni telbalarcha sevuvchi unga erishish uchun har narsaga tayor Eunwoo ham bor edi. U Jungkookdan qasos olish va undan Taehyungni tortib olish rejasini tuzayotgan edi. U qulay payitni kutayotgandi. O'sha vaqt kelishi bilanoq u harakatga tushadi va o'z maqsadini amalga oshiradi va Taehyungga ega bo'ladi. Uning rejasi ham aynan shunday edi. Bir kuni tunda Taehyung uyqudan qo'rqib uyg'onib ketdi va suv ichish uchun o'rnidan turdi. Shu payit tashqaridan allaqanday shovqin eshitildi u tashqariga chiqa olmasdi chunki xona eshiklari quluflangan edi. Jungkook uyg'onib yonidan Taehyungni qidira boshladi u esa eshik oldida turar edi. Jungkook o'rnidan turib uni yoniga bordi. Tashqaridagi shovqinni eshitgach xonadan tashqariga chiqmoqchi bo'ldi lekin Taehyungni yolg'iz qoldirishni istamadi. U Taehyungni tashqariga chiqishini ham hohlamadi shuning uchun uni yotoqga olib borib qo'lini kishanlab qo'ydi, chunki Jungkook bilar edi bu notinchlik bejizga emas u anchadan beri shunday voqea sodir bo'lishidan havfsirayotgandi. Shuning uchun u Taehyungni butkul berkitib qo'yishni istadi. Chunki uni kimdir Jungkookdan tortib olishidan juda qo'rqar edi. Jungkook tashqariga chiqdi va ko'rdi odamlarini yarim qismi qandaydir gaz tasirida hushsiz yotar edi. Jungkookni ko'zida havotir qalqidi u bu ishni uni chalg'itish uchun qilinganini sezdi va Taehyungni xonasi tamon yugurdi. Xonaga kirganida esa bir guruh niqobli odamlar Taehyungni sudrab xonadan olib chiqib ketishyotgandi. Jungkook ularni to'xtatib qolib Taehyungni ularni qo'lidan tortib olishga muofaq bo'ldi negadir ular juda oson taslim bo'lishdi. Bu narsa Jungkookni yana shubxalantirib qo'ydi. Biroz vaqt o'tgach ma'lum bo'ldiki ular Jungkookni ikkinchi marotaba chalg'itishgan edi. Aslida haqiqiy o'lja Taehyung bo'lmagan aksincha uning ukasi bo'lgan. Eunwooni rejasiga asosan agar ular bolani olib ketishsa Taehyung ukasisiz yashay olmaydi va ukasini qutqarish uchun hamma narsaga tayor bo'ladi. Jungkook esa Taehyungni o'zida olib qolish uchun Taehyungni ukasini qutqarishga harakat qiladi va ayni shu damda Eunwoo Jungkookni butunlay yo'q qilib Taehyungga o'zi ega bo'ladi. Bu reja qisman amalga oshdi. Taehyung ukasini g'oyib bo'lganini bilgach o'zini yo'qotib qo'ydi va uni qidirib topib qutqarishdan boshqa narsa haqida o'ylamay qo'ydi. Ammo Jungkook bunga imkon bermadi. U o'zi mustaqil qidiruv boshladi Taehyungga ukasini sog' salomat qaytarib berishga vada berdi.
Taehyung qarshilik qilsa ham u Taehyungni uy ichiga qamab uni tashqariga chiqishini taqiqladi o'zi esa qidiruv uchun ketdi. U bu ishlarni ortida kim turganini yaxshi bilar edi uni afsuslantiradigan birgina narsa imkoni borida Eunwooni yo'q qilmaganidan qattiq afsuslanar edi. Bu payit Eunwoo Taehyungni ukasini ongini zaharlash bilan band edi. U Soohyungni Jungkookga qarshi qayrayotgandi.
Eunwoo: Bilasanmi nima o'sha yaramas sening akangni qanday majburlab ushlab turibdi. U seni ro'kash qilib akangni azoblayabdi. U akanga butunlay erishgach seni ham huddi Ota onang singari o'ldirib yuboradi. U shunchaki akangdan foydalanyabdi u akangdan zerikgach uni ham yo'q qiladi.
Bu kabi so'zlar Soohyungni qalbini yanada g'azabga to'ldirdi va Jungkookdan qasos olishni yanada ko'proq istay boshladi. Jungkook Soohyung yashirilgan joyga yetib kelganida u yerda himoyasiz turgan Soohyungni ko'rdi Jungkook uni oldiga yugurib bordi va uni tekshira boshladi.
Jungkook: Ahvoling yaxshimi? Hammasi joyida bo'ladi seni akangni oldiga olib boraman u seni kutyab...
U so'zini yakunlamasdan avval Soohyung yengi orasidan kichik bir pichoq chiqarib uni Jungkookga sanchdi. Eunwoo qarsak chalgancha yuqoridan Soohyungni ovqishladi.
Eunwoo: Ofarin senga bolakay juda yaxshi ish
Jungkook: Sen iflos unga nimani o'rgatding?
Eunwoo: Men emas sen buni unga o'rgatding. Sen tufayli ular shu ahvolga tushishdi endi men seni o'ldirganimdan so'ng Taehyungga ega chiqaman va uning achchiq alamli o'tmishini unutishga yordam beraman.
Jungkook: Hech qachon bunday bo'lmaydi ikki dunyoda ham sen unga erisha olmaysan bunga yo'l qo'ymayman. Men tirik ekanman bu sodir bo'lmaydi.
Eunwoo: Sodir bo'ladi chunki siz ikkingizning sanoqli soniyalaringgiz qoldi.
Eunwoo shunday deb qurolini Soohyung tamon o'qtaldi.
Eunwooning odamlari uni ogohlantirishdi: Janob ehtiyot bo'ling o'q bolaga tegib ketishi mumik janob.
Eunwoo: Nima bu menga muhim deb o'ylaysizmi menga faqat uning akasi kerak.
Jungkook: Nima qilmoqchisan ablah
Eunwoo: Shunchaki agar u tirik qolsa men uchun ortiqcha daxmaza bo'lishi aniq qolaversa agar uni o'ldirsam va ayibni senga ag'daradigan bo'lsam Taehyung qolgan butun umri davomida sendan nafratlanib o'tadi.
Soohyung bu so'zlarni eshitib shokga tushib qoldi.
Eunwoo odamlariga ularni ikkisini o'qga tutishni buyurdi. Jungkookni jarohatidan qon ketardi ammo u shunda ham Soohyungni o'qlardan panalab uni himoya qilar edi. Soohyung bundan hayratga tushib qoldi. Nega u uning uchun bunchalik o'zini qiynayabdi. Shu payit xonaga Yoongi bir to'da odamlar bilan kirib keldi va Jungkookni panaladi.
Jungkook: Siz bu yerda nima qilyabsiz?
Yoongi: Ovozingni o'chir agar Taehyung bo'lmaganida bu yerga aslo kelmagan bo'lar edim.
Jungkook: Taehyung???
Yoongi: Ha u mendan senga yordam berishimni iltimos qildi.
Jungkook: U hozir qayerda?
Yoongi: Jimin bilan birga ularga bu yerga kelmasliklarini aytdim.
Jungkook: Eunwoo uni qidiryabdi.
Yoongi: Havotir olma u umuman boshqa joyda sen o'zing haqingda o'yla ko'p qon yo'qotyabsan.
Jungkookni o'zini odamlari yetib kelib unga yordam berishmoqchi bo'lishdi. Lekin Jungkook ko'nmadi.
Jungkook: Meni ahvolim yaxshi avval bolani tekshiringlar. Unga hech narsa qilmasligi kerak.
Soohyung bu so'zlarni eshitib juda g'alati bo'lib ketdi bu nimasi uni ota onasini o'ldirga odam nega u uchun bunchalik qayg'uryabdi?
Jungkook Eunwooni ortidan taqib qilib ketdi ammo biroz kech qoldi u Taehyung va Jiminni topib oldi. Ular tuzoqga tushishdi. Eunwoo Taehyungga yaqinlashib uni yuzini silamoqchi bo'lganida Jungkook yetib kelib u yerda otishma boshlanib ketdi. Yoongi Taehyung va Jiminni panaga oldi. Ohir oqibat Eunwoo va Jungkook yakkama yakka qolishdi Eunwooda boshqa imkon yo'q edi. U ukasini endigina bag'riga bosmoqchi bo'lgan Taehyungga to'ponchasini qaratdi
Eunwoo: Meniki bo'lmagan hech kimniki bo'lmaydi.
Va o'q uzdi Jungkook Taehyungni quchoqlab uni chetga tortdi o'q Jungkookni yelkasiga tegdi. So'ng Eunwoo o'zini Jungkookni odamlariga topshirishni istamadi va o'zini o'zi otib o'ldirdi. Jungkook esa qonga belandi va hushini yo'qotdi. Soohung uning qanday qilib uni va akasini jonini hatarga qo'yib himoya qilayotganini ko'rib yuragida nafratdan tashqari tuyg'u ham paydo bo'la boshladi. Taehyung Jungkook o'ziga kelgunga qadar uni yonida bo'ldi. U o'ziga kelguncha uni tashlab ketmadi. Jungkook 1 hafta deganda o'ziga keldi. Taehyung uni jimgina parvarish qildi va bir kuni ayvonda o'tirishganda u Jungkookga qalbidagi gaplarni aytdi.
Taehyung: Seni menga qilganlaringni aslo kechirib bo'lmaydi. Ammo sen ukamni qutqarding va ikkinchi imkonga munosib ekaningni isbotlading. To'g'ri men seni hech qachon butkul kechira olmayman. Sendan nafratlanman ammo seni sevaman ham.
Taehyung shu so'zlarni aytib ilk bor o'z hohishi bilan Jungkookni lablaridan bo'sa oldi. Jungkookni ko'zlari yoshlanib keydi va Taehyungni maxkam quchoqladi. Ular ortiq bir so'z ham aytishmadi. Shunchaki bir birlarini bag'irlariga bosgancha ushbu onlardan zavq olishyotgandak edilar. Ular uchun go'yoki vaqt to'xtab qolgankabi tuyulardi.
Shu bilan Fanfic tamom hullas baxtli yakun qilishga rossa urundim. Ko'ngildagidak chiqdi degan umiddaman. Fanif haqidagi fikirlaringizni yozib qoldiring. Bu kelgusi fanficlarim uchun menga kuch bag'ishlaydi. Sizlar bilan Suzi🖤 bo'ldi kelgusi Fanficlarda uchrashguncha hayir.