"The king and his love"
Ularni bu tortishuvlarini ko'rayotgan Bosh vazir bundan juda hursand edi va u bu ziddiyatni yanada kuchaytirish uchun o'rtaga kanizak Moyongni qo'shdi. Endi ular bir bo'lib ikki mamlakat o'rtasida urush keltirib chiqishga urunishayotgan edi. Moyong katta bir ayyorona rejani amalga oshirishni mo'ljallayotgandi va bu reja tufayli ikki mamlakat bir biriga qarama qarshi bo'lishi aniq edi. Ziyofat tobora qizib borardi. Barcha saroyning zodagonlardan tortib oliy nasab qirollik oila aʼzolarigacha bu bazimdan zavqlanishar edi. Jungkook boshqa mamlakat qirollari bilan oʻzi va qirolichasi sharafiga qadax koʻtarardi. Ayni shu daqiqalarda qirollik sahnasidan Moʻyong nihoyatda jim jimjimador koʻzni quvnatuvchi libosda paydo boʻldi. U ehtirom bilan qarshisidagi hukmdorlarga tazim qilib soʻz boshladi.
Moʻyong: Ruxsatingiz bilan sodiq kanizagingiz siz zoti oliylari va qirolicha zoti oliylari uchun sadoqatini oʻzining kuy va raqsi orqali namoyish qilsa.
Jungkook ruxsat belgisi sifatida asta bosh irgʻadi. Moʻyong Gayegeumda (soddaroq aytganda chiltorga oʻxshash narsa faqat 12ta tordan iborat koreys milliy cholgʻu asbobi) kuy chalishni boshlar ekan Taehyungga oʻzining nafratli nigohi bilan qarab qoʻydi. Moʻyong shu qadar nazokat bilan kuy chalar ediki bu uning bejizga bosh kanizak boʻlmaganini anglatar edi, uning kuy chalish maxorati nafis raqs tushishi barchani oʻziga rom qilardi. Butun bir qirollikda unga yetadigan gayageum cholgʻuchisi va raqosasi yoʻq edi. Barcha uni ovqishlardi. Moyong esa hamon nigohi bilan Taehyungga mening maxoratimni koʻrayabsanmi sen hech qachon men kabi boʻla olmaysan. Sen menga raqib boʻlishga arzimaysan deb uqtirar edi. Moyong kuy chalishni yakunlab huddi avvalgidak qirollar qarshisida hurmat bilan tazim qildi.
Qirol J hope: Ajoyib chiqish boʻldi. Kuyingizni maroq bilan tingladim. Maxoratingiz chindan havas qilarli darajada. Raqs tushishingiz ham ajoyib aslida bu ham bir sanʼat, men bu sanʼatni qadrlayman.
Moʻyong yuzida soxta muloyim tabassum bilan J hopega minnatdorchilik bildirdi.
Moʻyong: Iltifotingiz uchun minnatdorman alo hazratlari. Ammo mening sanʼatim qirolicha zoti oliylarining sanʼatlari oldida arzimaydigan bir kichik zarradak. Ularning maxoratlari shu qadar beqiyoski mamlakatda ularga teng keladigani yoʻq.
Qirol J hope: Nahotki bu juda ajoyibku qirol Jeon qirolichangiz nafaqat juda chiroyli balki chinakam sanʼatkor ham ekanda. Agar qarshi boʻlmasangiz Qirolicha ijrosida biron bir kuy tinglasak.
Moʻyongning bunday kesatiqli maqtovlari Taehyungning yuragiga huddi paykondak sanchildi. Bu ochiqdan ochiq Taehyungni mazaxlash edi. Oddiy nochor xalq orasidan chiqgan yigit sanʼatni tushunishi mutlaqo ilojsiz ish edi. Bu Moʻyong tomonidan Taehyungga gʻururiga berilgan ogʻir zarba edi. Nega nega yana uning kelib chiqishi bilan qayta va qayta kamsitishga urinishadi. Nahotki oddiy qora xalq orasidan chiqganlik ayib boʻlsa. Insoning insoniyligini naxot uning mansabi kelib chiqishi hal qilsa. Bularni oʻylar ekan Taehyung oʻzini tahqirlangan his etardi. Bularga ortiq bardosh berish mumkin emasdi. U har doim mustaqil boʻlgan u kimningdir himoyasiga muxtoj emas. U Jungkookning ortiga yashirinishni istamaydi. Taehyung oʻzini oʻzi himoya qila oladi. Shu payitgacha sukut saqlagani yetarli endi u oʻzi nimalarga qodir ekanini koʻrsatishi kerak. Toki shu yoʻl bilangina u oʻz gʻururini saqlay oladi. Moʻyong Taehyungni barcha oliy nasablar ichida masxara boʻlishini rejalashtirgandi. Jungkook esa Taehyungni oddiy xalq orasidan chiqganini hisobga olgan holda oddiy odamlar uchun bunday musiqa asboblarini chalish murakkab ekanini bilardi. Shu sababli u Taehyungni boshqalar qarshisida hijolat tortishini bu tufayli koʻngli ozor koʻrishini istamasdi. U bazimdan keyin Moʻyongga yaxshigina dars berib qoʻyishni oʻylab qoʻygandi. Shuning uchun u Qirol J hopening taklifini rad qilishga shaylanib gap boshlashi bilanoq Taehyung uning soʻzlarini boʻlib javob berdi.
Jungkook: Bu taklifni qabul qila olmay...
Taehyung: Men roziman. Joti oliylari ijozat bering.
Jungkook Taehyungdan havotirda edi u kuy chala olmasligi aniq agar u hozir kuy ijro qila olmasa oʻzini oliy nasablar orasida hoʻrlangan deb tasavvur qila boshlaydi. Jungkook havotirini gʻamxoʻrlik ortiga yashirib javob berdi.
Jungkook: Axir qirolicham bu sizni holdan toydiradi. Qolaversa barmoqlaringiz bilan ham axvol yaxshi emas. Bunga faqat qirol sifatda emas eringiz sifatida ham ruxsat bera olmayman.
Taehyung Jungkookga ishonch toʻla nigoh bilan boqib ohangida qattiylik bilan gapirdi.
Taehyung: Iltimos zoti oliylari mendan havotir olmang. Mening ahvolim yaxshi men bu kuyni sizga bagʻishlashni istayman.
Jungkook Taehyungning bunday kutilmagan soʻzlaridan yuragi butunlay oʻzgacha urib ketdi. Uning bu kuyni sizga bagʻishlamoqchiman degan soʻzlari Jungkookning qalbida yanada ulkan sevgi alangasini yoqgandi. U bu kuy qanday boʻlishidan qatʼiy nazar bu kuy faqat unga bagʻishlanishini bilib bu kuyni eshitishni juda qattiq istadi va unga rozilik berdi.Taehyungning bunday kutilmagan soʻzlaridan Moʻyong tahlikaga tushib qoldi. Axir hozir uning rejasi boʻyicha Taehyung saroydagilar qarshisida sharmanda boʻlishi kerak ediku. Taehyung saxnaga koʻtarilib Gayageum qarshisiga yaqinlashdi va birdan kutilmagan moʻjiza roʻy berdi. Bu holat barcha saroy ahlini hayratga solib qoʻydi...
Mana bir nima qilib ancha oldingi ffimni tiklab oldim. Davom ettira oldimmi bilmayman. Fikrlaringizni kutib qolaman.