April 17

Hitman Desire

Ep 5⛓️
Muallif: Minju💚

Qo'riqchi bosh egib xonadan chiqgach Jungkook Taehyungning ulkan rasmiga qaradi. Uning yuzini qo'li bilan ushlab siladi.

Jungkook: Sen o'zing bilmagan xolda mendagi telbalikni uyg'otding sevgilim endi bu telbalik qo'shovidan aslo qocha olmaysan.

Jungkookni fikri hayoli hozir faqat Taehyungda bo'lgan bir payitda. Yoonmin allaqachon sevgidan mast bo'lgan holda edilar. Tongda Yoongi o'z sevgilisi uchun mazali nonushta tayorlardi. Og'ir va uzoq tunni boshidan kechirgan Jimin esa yotoqda huddi kichik yoqimtoy mushukchadak uxlab yotardi. Yoongi bu manzaradan baxra olar ekan Jiminni shirin uyqusidan sira uyg'otgisi kelmasdi. Shuning uchun u Jiminni bag'riga olgancha biroz vaqt Jiminning yuziga mexir bilan termulib yotdi. Oradan yarim soat vaqt o'tgach Jimin uyqudan uyg'ondi va birinchi bo'lib o'zining sevimli insoni bo'lgan Yoongini ko'rdi. Yoongi Jiminni sochlarini silagancha dedi.

Yoongi: Hayirli tong sevgilim

Jimin javoban Yoongini yuzidan o'pdi.

Jimin: Sizga ham hayirli bo'lsin azizim.

Yoongi: Ochiqmadingmi?

Jimin: Hmmmm ochiqmadimmi? Siz ketganingizdan buyon bu hisni his etmay ham qo'ygandim. Ammo siz qaytganingizdan keyin sezdimki men yirtqich ayiqdak och ekanman. Arrrr arrr hudi ayiqdak ochman.

Jiminning yoqimtoy qiliqlarini ko'rib Yoongi tabassum qila boshladi. U ikki qo'li bilan Jiminni yuzidan ushlab uni huddi yumshoq mochchi holatiga keltirib qo'ydi.

Yoongi: Exx qanday qilib sensiz bir oy yashadima? Shu bir oy ichida hayotimda mazmun yo'qolgandak bo'ldi. Na uyqumda na ovqatlanishimda halovat yo'q edi. Sen mening hayotimdagi yagona mazmunimsan Jimin seni sevaman. Juda qattiq sevaman. Buni senga qayta va qayta aytishga to'g'ri kelsa ham bundan charchamayman.

Jimin: Men esa sizni siz o'ylagandan yuz barobar qattiq sevaman azizim siz bo'lmasangiz men ham yo'qman. Sizni sevaman.

Yoongi va Jimin yana bir birlaridan bo'sa olishdi. Bir necha soatdan keyin esa ular nonushta qilib Jungkook bilan uchrashuvga otlanishdi. Yoongi mashinani boshqarar ekan ham Jiminning qo'llarini qo'yib yubormas edi.

Jimin: Azizim yelkangiz yaxshikigiga ishonchingiz komilmi? Balki bir qancha vaqt dam olarsiz. Qolganlarga buni o'zim tushuntiraman. Axir bilasizku agar Jungkook jaroxatlanganingizni bilsa sizdan qattiq havotir oladi.

Yoongi: Yo'q hammasi joyida. Havotir olishga arziydigan hech narsa qolmagan. Jungkookni havotirga solishni ham keragi yo'q.

Jimin: Chindanmi?

Yoongi: Albatta hayotim.

Ular manzilga yetib kelishdi. U yerda ularni Yoongining qadirdon do'sti va Jiminni tutungan hyungi kutib oldi.

J hope Yoongining qadirdon do'sti, yordamchis hamda eng ishonchli sherigi. O'z ishining ustasi moxir qotil.

J hope: Nega buncha qolib ketdingiz? Hammaning ham sevgilisi bo'lsin ekanda.

Jimin: Siz umuman gapirmang hyung.

J hope: Nega mendan jaxling chiqadi kichkintoy? Nima akangni sog'inmadingmi?

Jimin J hopedan jaxli chiqgan ohangda gapirdi.

Jimin: Nega mening sevgilimga ko'z quloq bo'lmadingiz. Axir sizdan iltimos qilgandimku. Yana uyalmay akangman deydiya. Qarang u qanday yomon jaroxat olibdi.

J hope: Axmoq sevgilingni sog' salomat qaytarganimga raxmating shumi? Yo'q senlarga faqat qalliq kerak aka emas. Oh yuragim ukam ukam deb mexir berganing yuraginga tig' ursaya. Menimcha mening yuragimga nimadir bo'ldi.

Jimin: O'zingizni oqlamang baribir bu gaplaringiz bilan ko'nglimni yumshat olmaysiz.

Jimin J hopedan arazlagandak qo'llarini tugib oldi. Buni chetdan kuzatayotgan Yoongini ularning baxsini ko'rib kulgusi kelardi.

J hope: Hoy Yoongi yaramas sevgilingga aytmaysanmi senga uyoqda qanchalik g'amxo'rlik qilganimdi.

Jimin: O'zingizni oqlamang hyung.

Yoongi kelib Jiminni asta belidan quchoqladi.

Yoongi: Jimin tinchlan J hopedan jaxling chiqmasin. U chindan menga juda yaxshi g'amxo'rlik qildi.

Jimin: Lekin siz og'ir jaroxat bilan uyga o'zingiz qaytdingiz

Yoongi: Hammasi joyida Jimin men yaxshiman ko'rib turibsanku otdakman. Buning barchasi J hope tufayli.

J hope: Ha aynan shunday. Hatto tunda og'riqdan uxlay omayotganingda senga qo'shiq ham aytib berdim shu haqida aytmaysanmi?

Yoongi kulib: Sendan kuylashni kim so'radi axmoq. Kim yarador odamga bunday qo'shiq aytib beradi.

J hope: Menga bu qo'shiq yoqardi. Nima senga yoqmadimi.

Ularni suhbatini xonaga kirib kelgan Yeonjunning ovozi buzdi.

Yeonjun: Salom janob Yoongi sog' omon qaytganingdan juda hursandman.

Yoongi: Raxmat men ham sizlarni ko'rganimdan hursandman. Aytgancha Jungkook qayerda?

Yeonjun: Janob hozir muhim ishlar bilan band tez orada yetib keladilar.

Yoongi: Qiziq qanday muxim ish bo'lushi mumkin?

J hope: Chindan ham juda qiziq nega u dab durustdan bunday shoshilinch bizni chaqirdi, ammo o'zi bu yerda yo'q.

Yeonjun: Janob yangi bir missiyaga tayyorgarlik ko'rmoqdalar. Aynan shuning uchun sizlarni shoshilinch chaqirishni buyurdi.

Jimin: Bu qanday Missiya ekanini haqida habaring bormi?

Yeonjun: Bu janobning shaxsiy masalasi bilan bog'liq Missiya.

Jimin: Yani?

Yeonjun: Yani Janob bir insonni og'irlashni rejalashtiryabdi.

Jimin: Nima bu nega kerak?

J hope: Bir odamni o'g'irlash uchun u bizni bu yerga yig'dimi? Bu juda oddiy ishku shuncha harakatni nima keragi bor?

Yoongi: Yo'q J hope menimcha Jungkookning nishoni oddiy odam emas. Agar bunday bo'lmaganda u bizni bu shoshilinch yig'magan bo'lardi.

Yeonjun: Ha siz haqsiz janob o'g'irlashni mo'ljallayotgan insoni oddiy odam emas.

Jimin: Unga bu odam nega kerak?

Yeonjun: Ochig'ini aytadigan bo'lsam u janob uchun juda qadirli va muhim odam.

Jimin: Jungkookni yaxshi bilaman ammo shu kunlarda unga nima bo'layotganiga tushunmayabman. U juda boshqacha bo'lib qolgan.

Yoongi: Menimcha bunga yetarlicha sabab bo'lsa kerak Jimin hotirjam bo'l Jungkook kelgach barchasini bilib olamiz.

Yeonjun: Iltimos maxsus muxokamalar xonasi o'tsangiz. Janob yaqin vaqt ichida shu yerda bo'ladi.

Yoongi: Yaxshi qani yuraqol Jimin

Jimin: Mayli ketdik.

J hope: Hoy shoshmanglar rostan ham qo'shigim senga yoqmadimi?

Oradan 10 daqiqa vaqt o'tgach Jungkook yetib keldi. U ichkariga kirishi bilan birinchi bo'lib Yoongini yoniga bordi.

Jungkook: Hyung axvolingiz yaxshimi? Eshitishimcha topshiriq juda murakkab kechibdi. Qattiq zarar ko'rmadingizmi?

Yoongi: Yo'q hammasi yaxshi kechdi.

Jungkook: Bundan hursandman.

Yoongi: Bizni shoshilinch yig'ishingni sababini tushunmadik. Yeonjun buni o'zing tushuntirishingni aytdi.

Jungkook: Ha men bir ish qilmoqchiman.

Jimin: Odam o'g'irlamoqchimisan?

Jungkook: Ha shunday

Jimin: Uni kimligini bilsak bo'ladimi?

Jungkook Yeonjunga ko'zi bilan ishora qildi va u xona markazidagi katta ekranni yoqdi. Ekranda Taehyungning ulkan surati paydo bo'ldi.

Mana o'sha surat.

Bu suratni ko'rgan Jungkookning jamosi hayratdan qotib qolishdi.

Jimin: Axir bu Kim Taehyungku

Jungkook: Aynan o'zi
Jimin: Uni nega o'g'irlamoqchisan o'zi? Uni nima qilmoqchisan?

Jungkook: Shunchaki u meniki bo'lishi kerak.

Jimin: Sen uni yoqtirib qoldingmi?

Jungkook: Yo'q bu oddiy yoqtirish emas Jimin bu butkul boshqa tuyg'u u sevgidan ham kuchliroq otashinroq va og'riqliroq. Men unga yetishmas ekanman o'zimni hotirjam his qila olmayman. Uning yoqimli tabassumini betakror yuzini, chiroyli ko'zlarini, qizil tusli mayin lablarini bularni barchasini faqat men ko'rishni ularga faqat men egalik qilishni istayman. Uni barchaning ko'z o'ngida bo'lishi hammaning unga qarashi bularni bari meni aqildan ozdirayabdi. Balki men chindan aqildan ozayotgandirman, lekin bir narsa aniq men unga erisha olmasam butunlay telbaga aylanaman.

Jungkookning bu gaplaridan Yoongi shuni angladiki uning ukasi hayotida ilk bor o'zi uchun qadirli insonni topdi. U birinchi martta kimnidir sevishni istadi. Bu Yoongini mamnun qilardi. Hayoti davomida baxt tuyg'usini to'liq his qilmagan Jungkook uchun bu hislar go'yo mo'jiza kabi edi. U ukasini bu baxtga yetishtirish uchun barcha narsaga tayyor edi.

Yoongi: Yaxshi buni bajaramiz. Biz albatta uni o'g'irlaymiz.

Jimin: Hyung siz ham aqildan ozdingizmi? Axir u oddiy inson emas U dunyo bo'yicha kelishgan erkaklar orasida birinchi o'rinda turuvchi Kpopning eng yaxshi idoli Janubiy Koreaning faxri. Uni o'g'irlash shunchalik oson deb o'ylaysizlarmi?

Jungkook: To'g'ri bu oson bo'lmasligi mumkin lekin men buni albatta bajaraman.

Yoongi: Senga yordam beraman hotirjam bo'l.

J hope: Men ham sizlar bilan.

Jimin biroz o'ylagach

Jimin: Bu axmoqlik ekanini bilsam ham sizlarga qo'shilaman. Ho'sh reja qanday?

J hope: Shoshmanglar! Hyungchi u qachon qaytadi?

Yoongi: Uning tugallanmagan ishlari bor tez orada u ham bizga qo'shiladi. Jungkook sen bizga rejangni to'liq tushuntirib bera olasanmi?

Jungkook: Ha reja aniq tuzilgan

Yoongi: Agar reja aniq bo'lsa biz harakatni boshlaymiz.

Jungkook o'z jamoasi bilan Taehyungni o'g'irlash rejasini tuzayotgan bir payitda Taehyungda kompaniya bilan bog'liq vaziyat borgan sayin og'irlashib borar edi. Kompaniya tomonidan Taehyungning erkin harakatlanishi tanqid ostiga olinib unga bir qancha og'ir cheklovlar o'rnatildi. Taehyungning murakkab va juda tig'iz tuzilgan ish jadvali yanada og'irlashdi. Taehyung tungi mashg'ulotlarni yakunlagach uyga qaytish arafasida edi va yo'lda kimdir unga hamroxlik qilishni istadi. Bu inson...

Davomi bor

Kelgusi qismga reaksiya fiir to'ldiramiz. Bu gal ancha uzun yozdim mexnatimni qadirlanglar. Sizlar bilan Minju💚 bo'ldi. Kelgusi qismlarda uchrashguncha hayir.