April 27

Hitman Desire

Ep 7⛓️
Muallif: Minju💚

Namjoong Taehyungning oxirgi soʻzlarini eshitib hayratga tushdi. Soʻngra uning bu hayrati gʻazab toʻla nafratga aylandi.

Namjoong: Jin ursin uni. Bu oʻta ketgan razillik. Men bu ishni shundayligicha qoldirmayman. Men bu ablaxni barchasi uchun javob berishiga majbur qilaman. Hoziroq bu haqida politsiyaga habar berish kerak. Uning ishini sudga oshiramiz. Keyin oʻsha Beakhyung ham qilmishiga yarasha jazosini oladi.

Taehyung qattiq gʻazablangan Namjoongni tinchlantirishga harakat qila boshladi. U Namjoongni yelkasidan ushlab ularni ortida kuzatib borayotgan qoʻriqchilarga ishora qildi. Taehyungning ishorasini payqagan Namjoong Taehyung bilan holi guvohlarsiz gaplashib olish uchun birgalikda kechgi ovqat qilish bahonasida Taehyungni restoranga chaqirdi.

Namjoong: Bugungi kun juda ogʻir oʻtdi. Ochigʻini aytsam hali ovqatlanishga ham ulgurmadim. Balki menga sherik boʻlarsan.

Taehyung: Albatta hyung aslini olganda men ham hali ovqatlanmadim.

Ular bir biriga juda yaqin orasida deyarli masofa yoʻq edi. Namjoong ataylab shubha uygʻotmaslik uchun Taehyungga avvalgidak munosabatda boʻlardi. U Taehyungni yelkasidan tutib mashina tamon yaqinlashib borishardi. Ularning bunday hatti harakatlari bu voqealarga anchadan beri guvoh boʻlayotgan koʻzlar sohibiga mutlaqo maʼqul kelmayotgandi. Ha adashmadingiz bu oʻsha mashxur yollanma qotil Ianning huddi oʻzi edi. U Taehyungni koʻrishni shunchalik qattiq istadiki endi unga Taehyungni faqat ekran orqali tomosha qilishni oʻzi yetarli emasdi. Jungkook uni uzoqdan boʻlsada koʻrish uchun soatlab kutdi. Aynan mana shu qisqa fursatli boʻlgan diydor Jungkookga Taehyungga erishguncha boʻlgan vaqt oraligʻida bezovta yuragiga taskin berar edim, ammo uni oʻzidan boshka kim bilandir bunday yaqin koʻrish Jungkookni butun bir gʻazab ummonini mavjlantirar toʻfon urib uning bor toqatini yemirib borar edi. Uning mushtlari taranglashib jagʻ suyaklari qattiq siqilgan holatda qoʻliga toʻpponchasini olgancha Namjoongni nishonga ola boshladi. Lekin hozir buning mavridi emasligi aniq agar u hozir oʻq uzsa Taehyungga erishish uchun tuzgan rejasi butunlay chippakka chiqishi mumkin. Shu tufayli u oʻzini imkon qadar bosishga urindi. Ular Namjoong aytgan joyga yoʻl olishganida Jungkook ularga hamrohlik qilib borar edi. Manzilga yetib kelganlaridan keyin Namjoong va Taehyung ichkariga kirib ketishdi. Jungkook ham ularni ortidan ichkariga kirdi. Namjoong Taehyungni ataylab gaplashish qulay boʻlishi uchun alohida oilaviy ovqatlanish uchun moʻljallangan xonaga olib kirib ketdi. Jungkook ular u yerda nima bilan shugʻillanayotganliklarini bilishi shart edi. Uning hayolidagi taxminlar uni butunlay aqildan ozdirayotgandi. Ichkarida esa Namjoong asabiy holatda Taehyungni tinglardi.

Namjoong: Taehyung qanday qilib bunday hotirjam boʻlishing mumkin ular seni oʻldirishga urinishdi sen shuni anglayabsanmi?

Taehyung: Buni juda yaxshi bilaman hyung.

Namjoong: Unda nega ularni politsiyaga topshirishni istamaybsan?

Taehyung: Men ularni politsiyaga topshirganim bilan baribir ular osongina qurilib ketishadi. Sababi ularga qarshi dalillar yetarli emas.

Namjoong: Unda nima qilmoqchisan? Haligacha ishongim kelmaydi naxotki direktor va Beakhyung shu darajaga yetishgan boʻlishsa. Axir kompaniyaning eng mashxur va asosiy idolli sen boʻlsang senga nimadir boʻlsa kompaniya katta zarar koʻrishi aniqku. Muxlislaring seni himoya qila olmaganlikda kompaniyani ayblashadi bu ularni daromadiga jiddiy zarar koʻrsatadi. Kompaniya raxbari nimani oʻyladi oʻzi?

Taehyung: Asosiy sabab shuki Beakhyung va mening oʻrtamizda sodir boʻlayotgan ziddiyat ortidan kompaniya katta foyda koʻradi. Bizni bir birimizga qarshi qoʻyish orqali muxlislarimiz orasidagi raqobatni kuchaytirishadi. Oʻrtamizdagi qarama qarshilik haqidagi turli yangiliklar koʻpayadi. Agar Beakhyung meni oʻldirishga uringanligi haqidagi habarlar tarqaladigan boʻlsa ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklarda katta shov shuvga aylanadi, va odamlar meni qoʻllab quvvatlashga urinishadi. Bundan esa faqat kompaniya foyda koʼradi.

Namjoong: Demak Shihyok shuni rejalashtirgan ekanda.

Taehyung: Ha aynan. Hozir uni politsiyaga topshirish uchun biroz erta uni oshkor boʻlmagan kirdikorlari talaygina. U tufayli kompaniyadagi yosh idollar qattiq ziyon koʻrishdi. U ulardan oʻzining nafsi yoʻlida xirsiy maqsadda foydalanishdan ham toymaydi.

Namjoong: Bu nima deganing xirsiy maqsadda deganda nimani nazarda tutyabsan? Nima Ban Shihyok yosh idollarni oʻzi bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan demoqchimisan?

Taehyung boshini pastga qaratgancha javob berdi: Ha shunday u kompaniyaga kelgan yosh va chiroyli idollarni mashxur qilish va havfsizligini taʼminlash evaziga ular bilan aloqada boʻladi. Bunga koʻnmaganlarni turli yoʻllar bilan qiynab taklifini qabul qilishga majbur qiladi.

Namjoong: Nega yerga qarayabsan nima boʻldi Taehyung naxotki Ban Shihyok seni ham...

Davomi bor bu biroz qisqaroq boʻlib qoldi reaksiya fikrlarga qarab keyingi qismi uzunroq boʻladi. Hammaga hayirli tun 🌃