November 5, 2025

I love your dady

Taekook Yoonmin

Author: Minju💚

Ep 2🔊

Taehyung Jiminni do'stlarini unchalik hushlamasdi ayniqsa Jungkookni chunki ularning ichida Jiminga eng yaqini Jungkook.

Taehyung: Nega bunchalik uzoq o'tirishadiya. Bu yaramaslar Jiminimni tarbiyasiga yomon tasir qilishmasa bo'ldi edi. Ahir mening o'g'lim qanday odobli bola bo'lsa albatta hamma u bilan do'stlashgisi keladida.

Taehyung ko'pincha ularni uyiga kelgan Jiminni do'stlari bilan uni uzoq vaqt yolg'iz qoldirishni istamaydi, chunki bunga yetarli sababi bor. Jimin juda yoqimtoy yigit bo'lgani uchun unga yomon ko'z bilan qarovchilar ko'p Taehyung esa uni hammadan himoya qilishga otlangan. Taehyung har gal hulqi yaxshi bo'lmagan bolalarni uylaridan har xil bahonalar bilan ketkazib yuboradi. Bu gal ham u aynan shunday qildi. U Jiminning do'stlarini ovqatiga oz miqdordagi ich surgi dorini qo'shib yubordi. Ular oradan yarim soat o'tar o'tmas o'zlarini yomon his qila boshlashdi va uydan shoshilinch ketib qolishdi. Taehyung bundan mamnun holatda edi toki uning ortida tanish ovozni eshitmagunicha.

Jungkook: Janob Taehyung.

Taehyungni mamnun yuz qiyofasi birdan o'zgarib ortiga o'girildi.

Taehyung: Sen sen nega hali ham bu yerdasan nima shirinlikni yemadingmi?

Shu payit Jimin kelib qoldi.

Jimin: Nima? Shirinlikda nimadir bormidi?

Taehyung: Yo'q yo'q yo'q nimalar deyabsan shirinlikda nima ham bo'lishi mumkin. Nimadir bo'ldimi?

Jimin: Negadir shirinlikdan keyin yigitlarni ahvoli biroz yomonlashdi.

Jungkook gapga aralashdi.

Jungkook: Menimcha ular bu yerga kelishdan avval qandaydir yoqmaydigan narsa yeyishgan bo'lishsa kerak.

Jimin: Ha to'g'ri dadajonim hech qachon bunday qilmaydilar.

Taehyung: Hhh ha albatta

Jimin: Mayli Jungkook yaxshi bor men xonamda yana bir oz dars tayyorlayman.

Jungkook: Yaxshi ko'rishguncha hayir.

Jungkook uydan hovliga chiqgach Taehyung tamonga o'girildi.

Jungkook: Janob Taehyung bunday usullaringiz bilan bizni uzoqlashtira olmaysiz, chunki men o'g'lingizni chindan yoqtiraman.

Taehyungni jaxli chiqib Jungkookni yoqasidan ushladi.

Taehyung: Hoy sen yaramas o'g'limdan uzoqroq yur. Yoqtirar emish yoqtirish qanday bo'lishini bilasanmi o'zi?

Jungkook: Ha albatta bilaman.

Taehyung: Rostanmi? Agar u meni o'g'lim bo'lsa undan umidingni uzaver

Jungkook: Havotir olmang u Jimin emas men chindan yoqtiradigan inson boshqa

Taehyung birdan jaxlidan tushib Jungkookni savolga tuta boshladi.

Taehyung: Nahotki ho'sh o'sha baxtli inson kim ekan?

Jungkook: Uni kimligi sizga shunchalik qiziqmi?

Taehyung: Hada

Jungkook: Buni ahamiyati yo'q u baribir men his qilayotgan narsalarini tushunmaydi.

Taehyung: Nega?

Jungkook: Mening sevgim javobsiz. U mening hislarimni hech qachon anglamaydi.

Taehyung: Sendak kelishgan aqilliy yigitni qadriga yetmagan bo'lsa demak g'irt ahmoq ekan.

Jungkook: Ha u biroz g'alati ammo juda yoqimtoy va chiroyli ham.

Taehyung: Uni chindan shunchalik qattiq sevasanmi?

Jungkook: Ha shunday sizchi?

Taehyung: Nima men?

Jungkook: Sizni yoqtirganingiz bormi?

Taehyung: Menimi?

Jungkook: Ha

Taehyung biroz o'ylanib qoldi.

Taehyung: Menimcha bor

Taehyungning bu gapidan so'ng Jungkookning qo'llari birdan musht bo'lib tuguldi. U Taehyungga g'azab bilan yaqin kela boshladi. Uning ko'zlari g'azabdan kattalashib borar edi.

Jungkook: U kim?

Taehyung: Nima?

Jungkook: O'SHA SEN YOQTIRADIGAN ABLAH KIM DEYABMAN SENGA...

2-qism tugadi. Sizlarga fanfic yoqdi degan umiddaman. Reaksiya bosib fikir yozishni unutmang. Sizlar bilan Minju💚 bo'ldi. Kelgusi qismlarda uchrashguncha hayir Desires 🤗