July 25

Hɪᴛᴍᴇɴ ᴅᴇsɪʀᴇ

Ep 5

Taehyung tungi mashg'ulotlarni yakunlagach uyga qaytish arafasida edi va yo'lda kimdir unga hamroxlik qilishni istadi.

Bu inson Taehyungga mutlaqo begona emasdi. Oʻsha no tanish yigit Taehyungning ortidan sekin unga yaqinlashib kelib bir qoʻli bilan Taehyungning yelkasidan ushladi.

Taehyung u tamonga oʻgirildi va qarshisida u uchun interteymentdagi eng qadimgi va gʻamxoʻr hyungi boʻlgan Kim Namjoongni koʻrdi.

Kim Namjoong (taxallusi RM) Big hit kompaniyasining yangi idollarni qoʻllash ishlari boʻyicha eng oldi qoʻshiq prodyuseri va repper.

Namjoong Taehyungni oʻz ukasidanda ziyodroq yaxshi koʻradi va doim uni qoʻllab quvvatlashga harakat qiladi.

Kompaniya tomonidan Taehyungga belgilangan jazodan Namjoong qattiq norozi edi va aynan shu sababli u bugun direktorlar kengashiga eʼtiroz bilan chiqgandi.

Bir biridan qaysar va faqat oʻz foydasinigina oʻylaydigan kengash aʼzolari Namjoongni eʼtirozi asossiz ekanini Taehyung jazoga loyiq ish qilganini va tobora haddidan oshib borayotganini aytib unga qarshi chiqishdi.

Namjoong Taehyungning bunday murakkab ish rejasi sabab uning sogʻligʻi yomonlashishidan havotirda edi.

Ular aynan mana shu tigʻiz ish rejasi sababli Taehyung bilan hatto bir haftadan buyon yaxshiroq koʻrishib gaplasha olishmadi ham.

Shu sabab u bilan birga ozroq boʻlsa-da vaqt oʻtkazish uchun Namjoong Taehyungga hamrohlik qilishni istadi.

Taehyung Namjoongni koʻrgach horgʻin yuziga iliqlik yugurdi u hyungini koʻrganidan hursand edi.

Namjoong: Mabodo hamroh kerak emasmi senga?

Taehyung: Hyung nega hali ham bu yerdasiz? Nimadir boʻldimi?

Namjoong: Yoʻq shunchaki bugun repetitsiya biroz choʻzilib ketdi yana bir nechta qiladigan ishlarim ham bor edi. Uyga qaytmoqchi boʻlib pastga tushayotganimda seni koʻrib qoldim va senga hamrohlik qilishga qaror qildim. Yoki nima bu mumkin emasmi?

Taehyung: Yoʻq yoʻq hyung nega ekan sizni koʻrganimdan juda hursandman. Ochigʻini aytadigan boʻlsam shu kunlarda biroz bandligim sabab siz bilan koʻrisha olmadim ham.

Namjoong: Barchasidan habarim bor Taehyung kompaniya senga belgilagan jazo haqida bilaman. Ular bu gal haddilaridan oshib ketishdi. Shundoq ham tigʻiz ish rejangni bu qadar qiyinlashtirish bu oʻta ketgan shavqatsizlik. Men bu haqida ular bilan gaplashdim havotir olma baribir buni hal qilaman.

Taehyung: Hyung men uchun qaygʻurayotganingizdan hursandman, lekin bunga hojat yoʻq oʻzingizga muammo ortirmang. Barchasini oʻzim hal qilaman.

Namjoong: Taehyung men sening hyungingman. Hyunglar esa oʻzidan kichik ukalarini himoya qilishlari shart. Shu kunlarda seni yoʻq qilishmoqchi boʻlganlar soni ortib borayabdi. Yaqinda senga uyushtirilgan suiqasddan keyin kompaniya aslida seni tish tirnogʻi bilan himoya qilishi kerak edi jazolashi emas.

Taehyung: Ulardan bunday narsa kutishdan foyda yoʻq hyung.

Namjoong: Ular seni buyruqlarga boʻysunmayotganingni va qoidalarni doimiy ravishda buzayotganingni bahona qilishayabdi. Beakhyung bilan orangizdagi ziddiyatlar haqida ham gapirishdi. Eng yaxshi doʻstlar edingiz bu qanday boʻlganiga haligacha tushunmayman. Yetmaganiga seni oʻldirishmoqchi ham boʻlishayabdi. Shu payitda Beakhyung bilan bogʻliq muammolar ortiqcha edi.

Taehyung: Ha buni bilaman hyung, lekin Beakhyung bilan oramizdagi munosabatlar shunchaki oddiy ziddiyat emas balki haqiqiy kurashga aylangan. Suiqasd kompaniyadagi barcha muammolarga aynan Beakhyung sabab boʻlayabdi.

Namjoong: Nega?

Taehyung: Suiqasdni aslida Beakhyung uyushtirgan.

Namjoong: Nima? Qanday qilib?

Taehyung: Bunday boʻlishini avvaldan sezgandim. Yaqindagi uchrashuvimizda bu ishlar ortida oʻzi turganini tan oldi.

Namjoong: Taehyung aqildan ozdingmi? Bularni bila turib hech nima demadingmi? Hoziroq barchasini direktorlar kengashiga aytishimiz kerak ular Beakhyungni kompaniyasini buning uchun sudga
berishadi va senga tayinlangan jazoni ham bekor qilishadi.

Taehyung: Yoʻq hyung ular bunday qila olishmaydi.

Namjoong: Nega bunday deyabsan?

Taehyung: Chunki suiqasd uyushtirishda Beakhyungga aynan Big hitning bosh direktori yordam bergan.

Namjoong Taehyungning oxirgi soʻzlarini eshitib hayratga tushdi. Soʻngra uning bu hayrati gʻazab toʻla nafratga aylandi.

Namjoong: Jin ursin uni. Bu oʻta ketgan razillik. Men bu ishni shundayligicha qoldirmayman. Men bu ablaxni barchasi uchun javob berishiga majbur qilaman. Hoziroq bu haqida politsiyaga habar berish kerak. Uning ishini sudga oshiramiz. Keyin oʻsha Beakhyung ham qilmishiga yarasha jazosini oladi.

Taehyung qattiq gʻazablangan Namjoongni tinchlantirishga harakat qila boshladi. U Namjoongni yelkasidan ushlab ularni ortida kuzatib borayotgan qoʻriqchilarga ishora qildi.

Taehyungning ishorasini payqagan Namjoong Taehyung bilan holi guvohlarsiz gaplashib olish uchun birgalikda kechgi ovqat qilish bahonasida Taehyungni restoranga chaqirdi.

Namjoong: Bugungi kun juda ogʻir oʻtdi. Ochigʻini aytsam hali ovqatlanishga ham ulgurmadim. Balki menga sherik boʻlarsan.

Taehyung: Albatta hyung aslini olganda men ham hali ovqatlanmadim.

Ular bir biriga juda yaqin orasida deyarli masofa yoʻq edi. Namjoong ataylab shubha uygʻotmaslik uchun Taehyungga avvalgidak munosabatda boʻlardi.

U Taehyungni yelkasidan tutib mashina tamon yaqinlashib borishardi.

Ularning bunday hatti harakatlari bu voqealarga anchadan beri guvoh boʻlayotgan koʻzlar sohibiga mutlaqo maʼqul kelmayotgandi.

Ha adashmadingiz bu oʻsha mashxur yollanma qotil Ianning huddi oʻzi edi. U Taehyungni koʻrishni shunchalik qattiq istadiki endi unga Taehyungni faqat ekran orqali tomosha qilishni oʻzi yetarli emasdi.

Jungkook uni uzoqdan boʻlsada koʻrish uchun soatlab kutdi. Aynan mana shu qisqa fursatli boʻlgan diydor Jungkookga Taehyungga erishguncha boʻlgan vaqt oraligʻida bezovta yuragiga taskin berar edim, ammo uni oʻzidan boshka kim bilandir bunday yaqin koʻrish Jungkookni butun bir gʻazab ummonini mavjlantirar toʻfon urib uning bor toqatini yemirib borar edi.

Uning mushtlari taranglashib jagʻ suyaklari qattiq siqilgan holatda qoʻliga toʻpponchasini olgancha Namjoongni nishonga ola boshladi.

Lekin hozir buning mavridi emasligi aniq agar u hozir oʻq uzsa Taehyungga erishish uchun tuzgan rejasi butunlay chippakka chiqishi mumkin.

Shu tufayli u oʻzini imkon qadar bosishga urindi. Ular Namjoong aytgan joyga yoʻl olishganida Jungkook ularga hamrohlik qilib borar edi.

Manzilga yetib kelganlaridan keyin Namjoong va Taehyung ichkariga kirib ketishdi. Jungkook ham ularni ortidan ichkariga kirdi.

Namjoong Taehyungni ataylab gaplashish qulay boʻlishi uchun alohida oilaviy ovqatlanish uchun moʻljallangan xonaga olib kirib ketdi.

Jungkook ular u yerda nima bilan shugʻillanayotganliklarini bilishi shart edi. Uning hayolidagi taxminlar uni butunlay aqildan ozdirayotgandi.

Ichkarida esa Namjoong asabiy holatda Taehyungni tinglardi.

Namjoong: Taehyung qanday qilib bunday hotirjam boʻlishing mumkin ular seni oʻldirishga urinishdi sen shuni anglayabsanmi?

Taehyung: Buni juda yaxshi bilaman hyung. Men ularni politsiyaga topshirganim bilan baribir ular osongina qutilib ketishadi. Sababi ularga qarshi dalillar yetarli emas.

Namjoong: Unda nima qilmoqchisan? Haligacha ishongim kelmaydi naxotki direktor va Beakhyung shu darajaga yetishgan boʻlishsa. Axir kompaniyaning eng mashxur va asosiy idolli sen boʻlsang senga nimadir boʻlsa kompaniya katta zarar koʻrishi aniqku. Muxlislaring seni himoya qila olmaganlikda kompaniyani ayblashadi bu ularni daromadiga jiddiy zarar koʻrsatadi. Kompaniya raxbari nimani oʻyladi oʻzi?

Taehyung: Asosiy sabab shuki Beakhyung va mening oʻrtamizda sodir boʻlayotgan ziddiyat ortidan kompaniya katta foyda koʻradi. Bizni bir birimizga qarshi qoʻyish orqali muxlislarimiz orasidagi raqobatni kuchaytirishadi. Oʻrtamizdagi qarama qarshilik haqidagi turli yangiliklar koʻpayadi. Agar Beakhyung meni oʻldirishga uringanligi haqidagi habarlar tarqaladigan boʻlsa ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklarda katta shov shuvga aylanadi, va odamlar meni qoʻllab quvvatlashga urinishadi. Bundan esa faqat kompaniya foyda koʼradi.

Namjoong: Demak Shihyok shuni rejalashtirgan ekanda.

Taehyung: Ha aynan. Hozir uni politsiyaga topshirish uchun biroz erta uni oshkor boʻlmagan kirdikorlari talaygina. U tufayli kompaniyadagi yosh idollar qattiq ziyon koʻrishdi. U ulardan oʻzining nafsi yoʻlida xirsiy maqsadda foydalanishdan ham toymaydi.

Namjoong: Bu nima deganing xirsiy maqsadda deganda nimani nazarda tutyabsan? Nima Ban Shihyok yosh idollarni oʻzi bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan demoqchimisan?

Taehyung boshini pastga qaratgancha javob berdi.

Taehyung: Ha shunday u kompaniyaga kelgan yosh va chiroyli idollarni mashxur qilish va havfsizligini taʼminlash evaziga ular bilan aloqada boʻladi. Bunga koʻnmaganlarni turli yoʻllar bilan qiynab taklifini qabul qilishga majbur qiladi.

Namjoong: Nega yerga qarayabsan nima boʻldi Taehyung naxotki Ban Shihyok seni ham...

𝓐𝓾𝓽𝓱𝓸𝓻: 𝓜𝓲𝓷𝓳𝓾