Hitman Desire
Taehyung tungi mashg'ulotlarni yakunlagach uyga qaytish arafasida edi va yo'lda kimdir unga hamroxlik qilishni istadi. Bu inson Taehyungga mutlaqo begona emasdi. Oʻsha no tanish yigit Taehyungning ortidan sekin unga yaqinlashib kelib bir qoʻli bilan Taehyungning yelkasidan ushladi. Taehyung u tamonga oʻgirildi va qarshisida u uchun interteymentdagi eng qadimgi va gʻamxoʻr hyungi boʻlgan Kim Namjoongni koʻrdi.
Namjoong Taehyungni oʻz ukasidanda ziyodroq yaxshi koʻradi va doim uni qoʻllab quvvatlashga harakat qiladi. Kompaniya tomonidan Taehyungga belgilangan jazodan Namjoong qattiq norozi edi va aynan shu sababli u bugun direktorlar kengashiga eʼtiroz bilan chiqgandi. Bir biridan qaysar va faqat oʻz foydasinigina oʻylaydigan kengash aʼzolari Namjoongni eʼtirozi asossiz ekanini Taehyung jazoga loyiq ish qilganini va tobora haddidan oshib borayotganini aytib unga qarshi chiqishdi. Namjoong Taehyungning bunday murakkab ish rejasi sabab uning sogʻligʻi yomonlashishidan havotirda edi. Ular aynan mana shu tigʻiz ish rejasi sababli Taehyung bilan hatto bir haftadan buyon yaxshiroq koʻrishib gaplasha olishmadi ham. Shu sabab u bilan birga ozroq boʻlsa-da vaqt oʻtkazish uchun Namjoong Taehyungga hamrohlik qilishni istadi. Taehyung Namjoongni koʻrgach horgʻin yuziga iliqlik yugurdi u hyungini koʻrganidan hursand edi.
Namjoong: Mabodo hamroh kerak emasmi senga?
Taehyung: Hyung nega hali ham bu yerdasiz? Nimadir boʻldimi?
Namjoong: Yoʻq shunchaki bugun repetitsiya biroz choʻzilib ketdi yana bir nechta qiladigan ishlarim ham bor edi. Uyga qaytmoqchi boʻlib pastga tushayotganimda seni koʻrib qoldim va senga hamrohlik qilishga qaror qildim. Yoki nima bu mumkin emasmi?
Taehyung: Yoʻq yoʻq hyung nega ekan sizni koʻrganimdan juda hursandman. Ochigʻini aytadigan boʻlsam shu kunlarda biroz bandligim sabab siz bilan koʻrisha olmadim ham.
Namjoong: Barchasidan habarim bor Taehyung kompaniya senga belgilagan jazo haqida bilaman. Ular bu gal haddilaridan oshib ketishdi. Shundoq ham tigʻiz ish rejangni bu qadar qiyinlashtirish bu oʻta ketgan shavqatsizlik. Men bu haqida ular bilan gaplashdim havotir olma baribir buni hal qilaman.
Taehyung: Hyung men uchun qaygʻurayotganingizdan hursandman, lekin bunga hojat yoʻq oʻzingizga muammo ortirmang. Barchasini oʻzim hal qilaman.
Namjoong: Taehyung men sening hyungingman. Hyunglar esa oʻzidan kichik ukalarini himoya qilishlari shart. Shu kunlarda seni yoʻq qilishmoqchi boʻlganlar soni ortib borayabdi. Yaqinda senga uyushtirilgan suiqasddan keyin kompaniya aslida seni tish tirnogʻi bilan himoya qilishi kerak edi jazolashi emas.
Taehyung: Ulardan bunday narsa kutishdan foyda yoʻq hyung.
Namjoong: Ular seni buyruqlarga boʻysunmayotganingni va qoidalarni doimiy ravishda buzayotganingni bahona qilishayabdi. Beakhyung bilan orangizdagi ziddiyatlar haqida ham gapirishdi. Eng yaxshi doʻstlar edingiz bu qanday boʻlganiga haligacha tushunmayman. Yetmaganiga seni oʻldirishmoqchi ham boʻlishayabdi. Shu payitda Beakhyung bilan bogʻliq muammolar ortiqcha edi.
Taehyung: Ha buni bilaman hyung, lekin Beakhyung bilan oramizdagi munosabatlar shunchaki oddiy ziddiyat emas balki haqiqiy kurashga aylangan. Suiqasd kompaniyadagi barcha muammolarga aynan Beakhyung sabab boʻlayabdi.
Taehyung: Suiqasdni aslida Beakhyung uyushtirgan.
Taehyung: Bunday boʻlishini avvaldan sezgandim. Yaqindagi uchrashuvimizda bu ishlar ortida oʻzi turganini tan oldi.
Namjoong: Taehyung aqildan ozdingmi? Bularni bila turib hech nima demadingmi? Hoziroq barchasini direktorlar kengashiga aytishimiz kerak ular Beakhyungni kompaniyasini buning uchun sudga
berishadi va senga tayinlangan jazoni ham bekor qilishadi.
Taehyung: Yoʻq hyung ular bunday qila olishmaydi.
Namjoong: Nega bunday deyabsan?
Taehyung: Chunki suiqasd uyushtirishda Beakhyungga aynan Big hitning bosh direktori yordam bergan.
Uzur uyqum kelib qoldi davomini ertaga tashlayman. Barchaga hayirli tun 🌃