November 12, 2025

Burch yoki sevgi🩸

Yoonmin TopYoongi

Ep 4🔉
Author: Minju💚

Yoongi: Qo'limdan kelganicha senga yumshoq bo'ldim. Seni taftingni sevgingni his etish uchun o'zligimni sendan yashirdim. Seni baxtli qilishni juda istaganim uchun bor mexir va etiborimni berdim. Barchasi seni yonimda olib qolish uchun edi. Ammo endi kuch ishlatishdan boshqa ilojim yo'q sevgilim. Esingdami bir kun kelib mendan ketmoqchi bo'lsang seni bog'lab bo'lsa ham yonimda olib qolaman degandim vadamda turaman.

X: Hoy hozirgina menga erkinlik haqida maruza o'qiyotgan sen emasmiding. Yoki nima meni usulimni qo'llab ko'rishga qaror qildingmi?

Yoongi: Buni senga aloqasi yo'q aralashma

X: Mayli mayli bunga vaqtim ham yo'q.

X asta Jiminni qarshisiga yaqin kelib dedi.

X: Aytgancha sen bilan tanishganimdan hursandman kichkintoy. Sen men o'ylaganimdan ancha yoqimtoyroq ekansan, ammo baribir meni Жонушкаmga yeta olmaysan.

Yoongi: Jungkook unga yaqinlashma. Aks holda men ham Жонушкаng bilan sen qilgan ishni qilaman.

Jungkook Yoongiga yaqin kelib uning ko'zlariga qaradi.

Jungkook: Buni orzu ham qilma. U bilan men qilgan ishni qilmoqchimisan. Sen men u bilan nimalar qilishimni tasavur ham qila olmaysan. Afsuski sen unga yaqin kelish tugul u haqida hayol ham qila olmaysan, chunki u faqat menga tegishli. Unga ko'z tikkan barchani yo'q qilaman.

Bu payit Jiminni hayollari butunlay chalkash edi. U qarshisidagi insonni butunlay tanimasdi bu u sevadigan mexribon Yoongiga sira o'xshamas edi. Uning yonidagi inson esa Jiminni yanada tashvishga solib hayratlantirar edi.

Jimin: Naxotki bu o'sha Jeon Jungkook bo'lsa. Unga hech qaysi politsiyani tishi o'tmaydi. Hatto Korea hukumati ham unga bo'ysunadi. Koreadagi deyarli barcha mashxur kompaniyalar unga tegishli. Bu yerda uning so'zlari qonun Americada ham keng tarmoqli biznesga ega. Hech kimni uni to'xtatishga yuragi dov bermaydi. Ammo nega Yoongi u bilan birga? Ularni qanday aloqasi bor?

Jiminning hayollarini unga qaratilgan Jungkookni nigoxlari buzib tashladi. Jungkook Jiminga qarab labi chetida jilmaydi.

Jungkook: Seni juda yaxshi bilaman Yoongi sen hech narsadan qo'rqmaysan. Seni boshqarib ham bo'lmaydi, ammo gap jajji iskovuch qalig'ing haqida ketadigan bo'lsa hatto seni ham qo'rqitib boshqarish mumkin. Shunday ekan menga qarshi chiqishga harakat qilma.

Yoongi Jiminga qaradi va nigohini yana Jungkookga qaratdi.

Yoongi: Aysh jin ursin seni aqildan ozgan telba.

Jungkook: Ooohhh Жонушкаmni shunchalik sog'indimki uni oldiga tezroq qaytmasam yuragim to'xtab qoladi.

Yoongi: Hoy ahmoq Lucian Drake nima bo'ladi? U bilan ishni hal qilishimiz kerak emasmi?

Jungkook: Bu ish allaqchon hal bo'lgan shuning uchun havotirga o'rin yo'q qadirdonim.

Yoongi: Bu bilan nima demoqchisan? Nima muammo hal bo'ldimi? Naxotki o'sha eshshakday qaysar Drake savdo huquqini bizga topshirgan bo'lsa. Bu qanday sodir bo'ldi o'zi?

Jimin hayolida: Lucian Drake kim? Ular o'zi qanday savdo haqida gapirishayabdi?

Jungkook: Hozir Jaeguk ayan o'sha yerda Drakening yonida

Yoongi: Aytmoqchisanki bunlarni barini o'sha 17 yoshli go'dak qildi demoqchimisan.

Jungkook: Ha aynan shunday.

Yoongi: Demak o'g'il otasidan o'tibdida.

Jungkook: U hali ko'p narsani o'rganishi kerak Yoongi juda ko'p

Yoongi: Uni qachon ortga qaytarmoqchisan?

Jungkook: Fursati kelganida.

Jungkook qo'lidagi soatga qaradi.

Jungkook: Ana vaqt ham bo'ldi. Hozir borib Жонушкmni erkalab uxlashga yotqazishim kerak. Ko'rishguncha qadirdonim qallig'ingni tarbiyalashda omad tilayman.

Jungkook ortga o'girilib Yoongiga qo'l siltagancha u yerdan ketdi.

Yoongi Jiminga yaqin kelib uni bog'langan qo'lini bo'shatdi. Jimin qo'llari yechilishi bilan Yoongini yuziga tarsaki tushurdi.

Jimin: Sen meni aldading qanchalik razil ekaningni mendan yashirding.

Yoongi: Jimin sabrimning so'ngi pog'onasida turibsan shuning uchun iltimos bas qil. Bu sening havfsizliging uchun.

Jimin: Havfsizlik seningcha sen bilan havfsiz bo'lamanmi. Aslida men uchun eng katta havf sensan Yoongi. Shunday ekan meni yo'limdan qaytib chiqa ko'rma.

Jimin Yoongini yelkasi bilan turtib keta boshladi va birdan uni sochidan qattiq tortayotgan Yoongining qo'llari to'xtatdi.

Jimin: Aahh mmmm meni qo'yib yubor telbaa

Yoongi: Bu sabrimning nihoyasi sevgilim sen faqat mening yaxshi tamonimni ko'rgansan. Endi esa mening boshqa tamonimni ham bilib olasan sevgilim...

4-qism tugadi fanfic sizlarga yoqdi degan umiddaman. Imloviy xatoliklar uchun oldindan uzur. Sizlar bilan Minju💚 bo'ldi.