Hitman Desire
Buyurtmachi: Aytayotgan Ianlaring chindan ham istalgan nishonini yo'q qila oladimi yoki bular shunchaki oddiy mish-mishlarmi?
Yeonjun (Ianning yordamchisi): Mishmishlar deysizmi? Bu so'zlaringiz o'zingizni boshingizga yetishi mumkinligini bilasizmi? Agar istasangiz u buni sizga amalda ko'rsatadi sinab ko'rishni istaysizmi?
Buyurtmachi: H h h haligi yo'q men aytmoqchi edimki u ishonchlimi?
Xonaning yuqori qismidagi o'rindiq ortidan kulgu ovozi eshitildi.
O'rindiq ortiga asta o'girildi. Yeonjun o'rindiqdagi odamga qarshisida hurmat bilan egildi. Uning yuzi chiroqning xira yoruqligi ostida asta ko'rinish berdi. Bu Ianning yaqin do'sti Jimin edi.
Jimin: U ishonchlimi deysanmi? Sen Ian haqida gap ochayabsan shuni tushunayabsanmi? Yeonjun uni gapini qara u ishonch hosil qilmoqchi ekan kel unga imkon beraylik (kinoya bilan gapirdi)
Yeonjun: Menimcha bu janob kimga murojat qilayotganini bilmagan iltimos mazur tuting. Unga o'zini qanday tutishni tushuntirib qo'yaman.
Buyurtmachi Jiminni ko'rgach qattiq yutunganicha Jimin tomon o'zini otdi u Jiminni qarshisida tiz cho'kib uning oyoqlariga yopishib yalina boshladi.
Buyurtmachi: Ya-yo'q janob iiiltimos men xato qildim meni kechiring.
Jimin: Qanday achinarli va jirkanch
Yeonjun buyurtmachiga yaqin kelib asta so'z boshladi.
Yeonjun: Janob o'rningizdan turing bu yerda qola olmaysiz. Agar tirik qolishni istasangiz ortimdan yuring.
Jimin keskin o'rindiqni ortga aylantirdi va boshqa bir og'iz ham gapirmadi. Oradan biroz vaqt o'tgach Jimin bino tashqarisiga chiqib mashinaga o'tirdi. Haydovchi Jimin va Yeonjunni kerakli manzilga olib kelgach Yeonjun mashinadan tushib Jimin uchun mashina eshigini ochdi.
Yeonjun: Janob endi Ian janoblariga nima deysiz? Ularni buyurtmachining biz bilan qilgan o'yinlaridan qattiq jaxillari chiqishi aniq.
Jimin: Buni menga qo'yib ber. Sen shunchaki o'sha soxta buyurtmachini top qolganini o'zim hal qilaman.
Yeonjun: Ho'p janob. Bu haqida Janob Yoongiga nimadir aytasizmi?
Jimin: Bu bilan ham o'zim shug'ullanaman.
Jimin nihoyatda hashamadli bino ichiga kirib ketdi. U to'g'ridan to'g'ri yuqori qavatga ko'tarildi va katta hashamdor eshik oldida to'xtadi. Eshik oldidagi qo'riqchi eshikni asta ochdi va Jimin ichkariga kirdi. Ian xona devoridagi suratga tikilgancha jim turar edi.
Jimin: Salom Ian janoblari axvollaringiz qalay?
U ortga o'girilmay javob qaytardi.
Jimin: Ha nima hazil qilib ham bo'lmaydimi?
Ian ortiga o'girilib oldidagi stolga qo'li bilan suyalgancha gapirdi.
Ian: Nima bo'ldi menga nimanidir aytmoqchidak ko'rinasan?
Jimin: Ha shunday desa ham bo'ladi Jungkook
Jimin: Biz soxta buyurtmachiga yo'liqdik
Jimin: Bizga buyurtmachi bo'lgan shaxs aslida dushmanlarimiz tamonidan yollangan ayg'oqchi ekan.
Jimin: Havotir olma Yeonjun uni qidirishni boshladi.
Jungkook: Yoongichi u qayerda negadir haligacha Amerikadan qaytmadi. Nima buyurtmachi bilan biron muammo sodir bo'ldimi?
Jimin: Yo'q hammasi joyda u tez orada qaytadi.
Jungkook: Yaxshi anavi iflos buyurtmachi bilan bog'liq ishni o'zing hal qil buni senga topshiraman.
Jimin: Tushunarli. Ha aytgancha bizga juda katta yangi buyurtma kelib tushdi.
Jimin: Buyurtmachi o'z shaxsini sir tutishga urunyabdi. Nishonni yo'q qilish uchun bizga allaqachon pul ham to'lab bo'ldi. Uning asosiy talabi bu ishni aynan sen qilishingni istayabdi.
Jungkook: Hmm qiziq yaxshi qani bir hursandchilik qilaylikchi. Nishonni qachon yo'q qilish kerak ekan.
Jungkook: Nega bunchalik shoshilinch?
Jimin: Ertaga muxlislar uchun kichik uchrashuv uyishtiriladi bu uni yo'q qilish uchun eng qulay vaqt
Jungkook: Yaxshi Yeonjunga ayt ertangilik kunga tayyorgarlik ko'rsin.
Jimin xonadan chiqib ketdi. Jungkook yana xonada bir o'zi xayolga cho'mgancha qolib ketdi. Jimin tashqariga chiqib telefonidagi suratga qarab dedi.
Jimin: Ex Yoongi nega bundaysiza hamisha o'zingizni hafga qo'yasiz. Yelkangizdagi jaroxat yaxshimi? Qachon ortga qaytasiz?
U ho'rsingancha ekrandagi suratni asta barmoqlari bilan siladi.
Jimin: Bu haqida Jungkookga ayta olmayman bu uni havotirga solib ishdan chalg'itadi.
Ertangi kun Jungkook nishonni yo'q qilish uchun belgilangan joyga joylashdi. Qurollar o'qlar barchasi tayyor edi. Shu payit shou boshlanib saxnaga u ko'tarildi.
Kim Taehyung Koreaning eng mashxur va jozibador idoli dunyoning eng chiroyli yigitlari ichida birinchi o'rinda turuvchi yigit. Uning ovozi huddi mo'jizadak har bir harakatining o'zi bir harizma. Uning saxnada o'zini tutishi go'yo bir sanatdak. Jungkookning nigohi unga tushgach birdan uning butun olami ostun ustun bo'lib ketgandak tuyuldi. Shu payit ratsiya orqali ovoz keldi.
Yeonjun: Janob tayyormisiz? Bizda vaqt oz nishonni tezroq yo'q qilish kerak.
Jungkook esa Taehyungdan mutlaqo ko'z uza olmas edi. Taehyung saxnada tabbasum qilishni boshlagach Jungkookning yuragi butunlay to'xtadi u hech narsa deya olmay qoldi. Huddi zabonsiz qolgan kabi.
Yeonjun: Janob janob hammasi joyidami?
Jungkook: Buyurtmani bekor qilamiz
Yeonjun: Lekin janob biz allaqachon buyurtmachidan katta miqdorda pul olib bo'lganmiz. Nishonni hoziroq yo'q qilishimiz kerak.
Jungkook: MEN SENGA BUYURTMANI BEKOR QIL DEB AYTDIM.
Jungkook: Va yana bir gap buyurtmachiga yetkazib qo'y agar yana bir marotaba uni o'ldirishga urunsa uning o'zi mening yangi nishonimga aylanadi.
Jungkook: Nega chunki u endi faqat meniki...
1-qism tugadi. Davomini o'qishni istasangiz reaksiya fikirlaringizni yozib qoldiring. Sizlar bilan Minju π bo'ldi. Kelgusi qisimlarda uchrashguncha hayir βΊοΈ