April 20

Bariga Majbur Boʻldim

EP²

Oʻtgan bobda...

Men negadir u har doim menga teginganda boshqacha his paydo boʻlardi. Toʻgʻrisini aytsam ayolim menga teginsa shunday his paydo boʻlardi. Ammo buni sezdirmasdim.

Bir kuni u kechki vaqt uyga ichib keldi. Men uni yuqoriga xonasiga olib chiqish uchun unga yordam berdim. Xonasiga chiqgach yotogʻiga yotqizgan bir vaqtim u meni oʻziga tortdi. Va lablarimdan oʻpdi.

Yangi bobda...

Men oʻzimni gʻalati his qildim. Aniqrogʻi bu narsa menga ham yoqardi ham yoqmayotganday edi. Toʻgʻrisini aytsam anchadan buyon bunday kichik boʻsadan bunchalik zavqlanmayotgan edim. Ammo men 8 sekunt oʻtar oʻtmas oʻzimdan Jungkookni inatardim

– Janob siz mening boshligʻim boʻlishingiz mumkin, ammo...bu degani barcha narsa mumkin degani emas...

dedimda xonani tark etdim

Men pastga otilib tushdim-ku ammo tepadagi voqea hech hayolimdan chiqmas edi.

Haa ish kunim tugashiga 5 minut qolgandi. Ammo negadir men ketgim kelmadi. Ammo nima sabab ekanini sezmadim.

– Siz hamon shu yerdamsiz –dedi Jungkook kulimsirab

– Ha endigina ketmoqchi boʻlib turgandim –deb unga yolgʻon gapirdim

Jungkook meni kuzatish uchun mast holida pastga tushdimi bilmadim, lekin bundan ich-ichimdan xursand edim.

– Bugun negadir havo ayniq –dedi oynaga boqgancha – Nima deysiz bugun shu yerda qolsangiz. Yoʻllar tuman boʻlsa kerak.

Men esa ichimda hohish boʻlsa ham – Yoʻq kechiring men ketishim kerak –degan javobni berdim

– Ha mayli, nima ham derdim. Oq yoʻl. Uyingizga yaxshi yetib boring –gapini tugallashi bilan tepaga otilib chiqib ketdi

Men esa qattiq xoʻrsinib uyni tark etdim.

Uyga bordim. Uyda bolamni enaga qarab oʻtirardi

– Salom, janob keldingizmi? –dedi koʻzi shishgan enaga

– Ha keldim. Bola qiynamadimi?! –dedim shoshib

– Yoʻq, yoʻq u juda aqlli. Ammo ertaga oyimni oldiga bormoqchi edim bilasiz ular Pusanda. Shunga javob berib tura olsizmi? –lablari qaltirab qoʻllarini qovushtirgancha

Men avvaliga juda uzoq oʻylandim. Va – Mayli onangiz uchun javob beraman –deb uni xursand qildim. U oʻzida yoʻq xursand boʻldi.

Shunday qilib keyingi kunni ham boshlab oldim. Ha bu kunimni majbur bolam bilan oʻtkazdim. Enaga yoʻqligi sabab uni oʻzim bilan olib ketdim.

Men ishga bordim. Kichik janob yaʼni Jungkook ishga bormagandi. Negaligini tushunmadim. Va bunga harakat ham qilganimcha yoʻq.

Men bolamni yelkamga osgancha ishlarimni boshladim. Soat 11:30 ga qarab ketayotgan vaqt men обэт tayyorlashga kirishdim.

Soat 12:14 ovqat hidini butun uyga taratardi. Bu hidni Jungkook sezdi shekilli pastga otilib tushdi.

– Ovv! Bugun meni tugʻilgan kunim ekanini qayerdan bilding –dedi menga kulgancha. Sababi men oʻsha kuni oʻzim bilmagan holda Miyeok-guk (dengiz karam shoʻrvasi)ni tayyorlab qoʻygan edim. U juda sevindi. Ammo bu sevinish uzoqqa bormadi. Sababi ortimga ilingan bolani koʻrgach uning quvonchi yoʻqoldi.

– Shoʻrvadan koʻproq quy! –dedi buyruq ohangda

Men uning kosasiga toʻldirib shoʻrvani quyib berdim. U avvaliga ozgina va keyin koʻproq yeya boshladi.

– Toʻgʻrisini ayt qayerdan заказ qilding? –dedi ustimdan kulgancha

– Заказ?! Men buni buyurtma qilmadim. Oʻzim pishirdim –dedim jahl bilan

– Avv jahling burningni uchida ekanda seni –deb yana jimgina shoʻrvani shovilatib ichishda davom etdi

13:00

Men oshxonani yigʻishtirib tepa qavatga koʻtarildim. Tepa qavat juda ivirsib ketgandi. U yerni tozalashga tushdim. Bu vaqt bolam uxlab qoldi. Uni asta divanga yotqizdim. Oʻzim ish qilishda davom etdim.

Plisos qilib uylarni tozalayotgan vaqtim belimni no tanish qoʻl mahkam tutdi.

Men qoʻrqib ketdim. Va ortimga oʻgirilib qarasamki ortimda...

Вот бу қисм ҳам қисқа сабаби узун ёзмшга вақтим етмабди. Сизлар қанчали узун фикр билдирсангиз, балки мен ҳам узун фанфик ёзарман...
Хуллас реакция и комментария кутаман🦦💋

Автор: Вонние⚡️