May 15, 2025

"Sevimli doktor"

Taekook Topkook

Muallif: Minju💚

7-qisim "G'urur yoki muhabbat"

Jungkook va Taehyung qolgan bandalarni yo'q qilish uchun reja ishlab chiqa boshlashdi. Ular juda ko'p o'ylashdi muhokama qilishdi. Jungkook nima bo'lmasin ularni yo'q qilish maqsadida qatiy turib olgandi. Taehyung esa uni bunday yo'lda aslo yolg'iz qoldirishni istamas edi ammo vaziyat juda qaltis edi. Jungkookga qarshi to'dalar juda ko'p edi eng katta muammo shundaki endi ularni Jungkookni yo'q qilish uchun o'z kuchlarini birlashtirishayotgandi. Ularni yengil oson bo'lmasligini ularning ikkisi ham juda yaxshi bilishar edi aynan shuning uchun ham Taehyung ayyorlik bilan g'alaba qozonish rejasini tuzdi.

Jungkook: Bu ablahlarni barchasi menga qarshi birlashib olishdi. Jin ursin.

Taehyung: Nima ularga ishlarini tashlab bor budlaridan kechishlari kerakligini buyurasanu ular jimgina rozi bo'ladi deb o'ylaganmiding?

Jungkook: Albatta yo'q ammo vaziyat bunchalik chigallashadi deb ham o'ylamagan edim.

Taehyung: Ularni birlashgan kuchlarini yo'q qilish juda murakkab vadeyarli imkonsiz bo'lishi mumkin shuning uchun ham biz hiyla ishlatishimizga to'g'ri keladi.

Jungkook: Qanday hiyla haqida gapiryabsiz janob doktor?

Taehyung: Biz ularni bir birlariga qarshi qayraymiz

Jungkook: Qanday qilib?

Taehyung: Ularni ichida hufiya odamlaring borligi aniq biz ular orqali to'dalarni bir biriga qarshi qilib qo'yamiz. Sening odamlaring ular orasida sen yo'q qilishgandan so'ng o'rniga o'sha to'da boshlig'i boshliq bo'lib barcha ishni o'z qo'liga olib qolgan to'dalarni yo'q qilishni mo'jallayotganligi haqida gap tarqatishadi. Natijada ularni barchasi yangi boshqaruvchi bo'lishni istab qolishadi va bir birlari bilan o'zaro kurashib o'zlarini o'zlari yo'q qilishadi.

Jungkook: Bu juda yaxshi reja ammo shunday bo'lgan tag'dirda ham ular bizdan son jihatdan ortiqligicha qolmoqda. Agar biz ularni barchasini bir joyda yo'q qilmasak ular bizga chetdan zarba berishlari mumkin. Boshim qotib qoldi.

Taehyung Jungkookni asta qo'lidan ushladi va uni qo'lidan ushlab o'rindiqga o'tqazdi. Keyin Jungkookni yelkasini uqalashni boshladi.

Taehyung: Bu haqida ko'p ham o'ylayverma men yoningda bo'laman. Bu masalani menga qo'yib ber buni o'zim hal qilaman.

Jungkook: Mmmm qanday yoqimli tuyg'u kimningdir senga g'amxo'rlik qilishi. Doktor sizning yonimda bo'lishingizni o'zi men uchun yetarli.

Taehyung Jungkookni yuzini siladi va uni yuziga egilib undan uzoq va chuqur bo'sa oldi. Tun vaqti kelganida Jungkook uxlab qoldi. Taehyung uni beozorlik bilan uxlayotgan chiroyli yuzini biroz tamosha qildi va deyarli badanini har bir joyida bor zarohat izlarini asta siladi va qatiy ohangda dedi.

Taehyung: Sen endi hech qachon jabir ko'rmaysan. Men tirik ekanman bunga yo'l qo'ymayman. Seni hamisha himoya qilaman garchi buning uchun g'ururimdan kechishga to'g'ri kelsa ham.

Taehyung shu so'zlarni aytib Jungkookni ustini asta choyshab bilan yopdida xonadan chiqib ketdi. U tun qorong'usida qayergadir yo'l oldi. Taehyung bir bar ichiga kirib u yerdagi bir odam bilan uchrashdi va unga allaqanday xat topshirdi va u yerdan ketdi. Tong yorishdi Jungkook uyg'onganda Taehyung uni sochlarini silab yuziga termulib turar edi.

Taehyung: Uyg'ondingmi kichkintoy sen uchun nonushta tayyorladim. Kel nonushta qilamiz.

Jungkook: Siz juda romantik bo'lib boryabsiz doktor bunday qilishni bas qiling u holda sizni yanada qattiqroq sevib qolaman. Men juda tez o'rganuvchanman agar sizning tayyorlagan nonushtalaringizga o'rganib qolsam va ularsiz turolmay qolsam nima bo'ladi?

Taehyung: O'rganib qolaver sen uchun butun umir nonushta tayorlashga tayorman.

Jungkook: Aysh yuragim doktor tezroq tezroq uni eshitib ko'ring u hozir erib ketadi.

Ularni ikkalasi ham tabassum qilishdi. Nonushtadan so'ng Jungkook asabiy holda kiyim almashtirar edi.

Jungkook: Bugun barchasi tugaydi barchasi hal bo'ladi. Jungkook tinchilan sen barchasini udalaysan.

Oyna oldida o'ziga dalda berayotgan Jungkookni Taehyung ortidan kelib asta quchoqladi.

Taehyung: Havotir olma men sen bilan birga bo'laman.

Junkook: Bilaman shuning uchun ham qo'rqmayman.

Ular mashinalarga o'tirishdi va belgilangan manzil tomon ketishdi. Taehyungni rejasi amalga oshib bir qancha to'dalar bir birlari bilan ayovsiz jang olib borisha boshlashdi ammo ularga qarshilar baribir ulardan son jihatdan anchagina ko'p edi. Jungkook va Taehyung yetib kelishgach u yerda shovqin suron boshlanib ketdi. Taehyung yo'q qilgan Yo'lbars to'dasining raxbarini ukasi akasining o'limi uchun Jungkookdan qasd olishni kutayotgandi va u Jungkookga qarab o'shqira boshladi.

Yo'lbar to'dasi raxbarining ukasi: Hoy sen o'zingdan boshliq yasab olib aslida esa sen iflos akamni qotili va qo'rqoq kalamushsan holos seni bugun o'ldirib akamni ruhiga hotirjamlik baxsh etaman ablah. Mendan shavqat kutma.

U baqirib qo'liga to'ponchasini oldi va uni Jungkook va Taehyung tomon o'qtaldi. Jungkook Taehyungni orqa tomoniga yashirib dedi.

Jungkook: Taehyung iltimos ortimda tur...

U so'zini yakunlamasdan avvalroq Jungkookning orqa tomonidan o'q ovozi eshitildi. Bu Taehyung edi. Yo'lbars to'dasi raxbarining ukasi yerga quladi. Uning boshidan qon oqa boshladi. Taehyung uning qoq peshonasidan otgandi. O'q peshona markaziga tegim u til tortmay o'ldi atrofdagilar qo'rquvga tushib qolishdi Jungkook esa Taehyunga hayratlanib qarar edi. Taehyung murda tamon yaqinlashib dedi

Taehyung: Sen ablah kimni kalamush deding? Sen meni kichkintoyimni o'ldirmoqchimiding. Shuni bilib qo'y iflos akangning qotili menman.

To'da boshisining o'limidan g'azablangan to'da azolari Taehyung tamon tashlanishdi. Jungkook Taehyungni himoya qilish uchun shoshildi ammo bunga hojat qolmagan edi. Taehyung ularni goh boshidan goh yuragidan mo'ljalga olib o'ldirdi. Qolgan to'dalar bundan qo'rquvga tushib qolishdi ammo baribr Jungkookni yo'q qilish uchun u tomon bostirib borishdi. Taehyung ularni Jungkookga aslo yaqinlashtirmasdi. Jungkook esa hayrat ichida qotib qolgandi Taehyungni sharofati bilan unga biron bir raqib yetib kela olmayotgan edi. Taehyungni qurolida o'q qolmagach u qo'liga oddiy temir bo'lagini olib undan huddi qilich kabi foydalana boshladi. U o'sha temir bo'lagi bilan anchagina dushmanni yo'q qildi, lekin dushmanlar juda ko'p edi va ular ularni atrofini o'rab olishgandi. Jungkook juda ko'p odamlarini yo'qotdi ammo qolgan to'dalardagi talofat ham juda katta edi. Ular Jungkookni odamlarini mudofasini yorib o'tib ularga hujum qila boshlashdi Jungkook yutqaza olmasdi ular bor kuchi bilan kurashishdi va birdan ular tomon yordam kuchlari yetib keldi ular atrofni o'rab olishib Jungkooklarga dushman to'dalar bilan kurasha boshlashdi. Jungkook hech narsaga tushunmadi. Ular kim? ular bu yerga qanday kelib qolishdi? Nega ular Jungkookga yordam berishyabdi? Uni shu kabi savollar qiynar edi ammo hozir buni o'ylashga vaqt yo'q kurashish kerak. Jungkook shu savollar bilan jang qilar ekan Taehyungni oldiga o'sha yordamga kelganlardan biri yugurib keldi va Taehyungga tazim qilib ahvoli haqida so'radi.

X: Ahvolingiz yaxshimi yosh janob

Taehyung: Ha yaxshi

X: Kechiring biz biroz kech qoldik

Taehyung: Hechqisi yo'q muhimi keldingiz.

X: Janob otangiz sizni va sherigingizni himoya qilishimizni aytdi.

Jungkook: Otasi?

X: Ha bu bizning yosh janob.

Jungkook: Taehyung nahotki sen

Taehyung: Ha sen uchun g'ururimni chetga surib otamdan yordam so'radim.

Jungkook: Ahir

Taehyung: Hozir bunga vaqt yo'q etiboringni dushmanlarga qarat

Tez orada yana otishma boshlandi, va shu payit ichkariga Taehyungni otasi qo'lida qurol bilan kirib keldi va ularga qarata o'q uza boshladi. Taehyung havotir aralash hayratga tushib qoldi.

Taehyung: Nega otam bu yerda ahir bu yer juda hafliku

X: Janob uzur lekin otangiz sizni himoya qilish uchun shaxsan o'zlari borishlarini aytdilar. Ular sizning hafsizligingizni bizning hech birimizga ishonmadilar. Sizning hayotingiz hammasidan ustun ekanini aytdilar.

Taehyungni yuragi juda g'alati bo'lib ketdi vanihoyat otasi hatolarini tushunib yetgandi. U o'z o'g'lini yana bir bor yo'qotishni istamas edi. Taehyungni otasi esa Taehyungni berilib kimnidir himoya qilayotganini ko'rdi. U bu inson uchun hamma narsaga tayor edi hattoki qon to'kishga ham. Uning o'g'li ulg'aygandi. Taehyungni otasi hayolga berilganda uni kimdir nishonga olmoqchi bo'ldi. Taehyung buni sezib uni naqd qo'liga o'q uzdi uning qo'lidagi to'poncha yerga quladi va Taehyung uni otib tashladi. Otasi o'g'lini shuncha ishidan keyin ham uni himoya qilganidan to'lqinlanib ketdi. Taehyungni otasiga chalg'igan vaziyatidan foydalangan to'da boshliqlaridan biri Jungkookni nishonga oldi Taehyung uni otib tashlamoqchi bo'ldi ammo to'pinchada o'q qolmagan edi. U Jungkook tomon bor kuchi bilan yugurdi. O'q uzildi Jungkook ortga o'girildi. Taehyungni qo'lidagi to'poncha yerga tushdi ortida Taehyung ham yerga quladi. O'q Taehyungga tegdi va u qon yo'qota boshladi Jungkook buni ko'rib aqlini yo'qotay dedi. Taehyungni otasi esa o'g'liga o'q uzgan ablahni qoq yuragiga to'poncha ichidagi barcha o'qni joyladi. Taehyung juda ko'p qon yo'qota boshladi.

Jungkook: Taehyung Tae bunday qilma meni meni tashlab ketma doktir sizsiz qanday yashayman. Nega? Nega bunday qildingiz?

Taehyung zo'rg'a nafas olar edi. U so'ngi kuchini to'plab gapirdi.

Taehyung: Mening mening rejam boshidanoq shunday edi. Seni himoya qilish. Senga endi hech kim ziyon yetkaza olmaydi. Faqat faqat bir narsadan afsusdaman holos sen bilan birga yashab sening oshxonangda ishlay olmadim. Meni kechir. Men seni men seni sevama...

Taehyung hushini yo'qotdi. Jungkook esa uni qo'yib yubormasdi. Uni qo'llari qaltirar edi. Taehyungni otasi o'g'lini oldiga borib uni yuzini siladi va telbaga aylangudak yig'ladi. Taehyungning otasini odamlari Taehyungni shufoxonaga olib ketishdi. Ular iloji boricha tez harakat qilishardi ammo Taehyungning yuragi deyarli urmay qolgan edi.

Hullas endi qolgani final qisimda bo'lib o'tadi. Nima deb o'ylaysiz Taehyung tirik qoladimi? Ular Jungkook bilan birga baxtli bo'la olishadimi? Yoki Taehyungning otasi ikkinchi o'g'lidan ham ajraladimi? Final siz uchun qiziqmi agar qiziq bo'lsa reaksiya bosib fikir bildirish yodingizdan chiqmasin fanficning yakuni sizlarga bog'liq. Sizlar bilan Minju💚 bo'ldi kelgusi qisimlarda uchrashguncha hayir 🤗