August 1

⋆⁺₊⋆ ☾ 00:00 ☽ ⋆⁺₊⋆

Ep¹

00:00
Unknown App

Yomg'ir tinmay yog'ardi.
Universitet darslari tugagach, talabalar shoshilib binoni tark etishardi.

Kim Taehyung odatdagidek qulog'iga quloqchin taqib, kutubxona tomon yurardi. Uning uchun odamlar bilan gaplashishdan ko'ra kitoblar orasida vaqt o'tkazish yoqimliroq edi.

Shu payt kimdir yugurib kelib yelkasiga urildi.

— Voy, uzr!

Taehyung ortiga o'girilib qaradi.

Qora xudi kiygan, ko'zlari kattalashib ketgan bir yigit shosha-pisha daftarlarini yig'ishtirardi.

— Yo'lingizga qaramaysizmi? — dedi Taehyung sovuqqina.

— Kechirasiz, darsimga kech qolayotgandim.

Yigit jilmayib, daftarlarini ko'tardi-da, yugurib ketdi.

Taehyung indamadi. Hatto uning ismini ham bilmadi.

Kechasi.

23:59

Taehyung yotoqxonasida telefonini quvvatga qo'yayotgan edi. Birdan ekran o'z-o'zidan yondi.

Installing...

— Nima?

U hech qanday ilova yuklamagandi. Bir necha soniyadan so'ng ekranda qora rangli yangi belgi paydo bo'ldi.

00:00

Taehyung uni o'chirishga urindi. Ammo ekranda bitta yozuv chiqdi.

"This app cannot be removed."

— Qanaqa bema'nilik...

U telefonni qayta yoqdi. Ilova joyida turardi. Aynan o'sha paytda...

00:00

Telefon qattiq titradi. Ilova o'z-o'zidan ochildi.

Qora fon.

Oq raqamlar.

00:10

Video boshlandi.

Yomg'ir.

Universitet hovlisi.

Kamera sekin oldinga yurardi.

Videoda bugun unga urilib ketgan o'sha notanish yigit ko'rindi. U vahima ichida ortiga qarab yugurardi.

Birdan video tugadi.

Ekranda bitta jumla paydo bo'ldi.

"Tomorrow. 21:43."

Taehyung kulimsiradi.

— Kimning ahmoqona hazili ekan...

Ilovani yopdi va uxlab qoldi. Ammo o'sha paytda. Shaharning boshqa chekkasida...

O'sha notanish yigit — Jeon Jungkook ham telefoniga tikilib o'tirardi. Uning telefonida ham aynan o'sha ilova ochiq edi.

Faqat videoda...
Yugurayotgan odam Jungkook emas edi.
Videoda Kim Taehyung ko'rinardi. Va videoning oxirida faqat bitta jumla yozilgan edi.

"Save him... if you can."

00:00

Tong otdi.

Taehyung kechagi voqeani eslagach, telefonini qo'liga oldi. 00:00 ilovasi hali ham o'sha joyda edi. U yana uni o'chirishga urindi. Natija o'zgarmadi.

"This app cannot be removed."

— Jin ursin...

Telefonni cho'ntagiga solib, universitetga yo'l oldi.

Shu payt Jungkook ham universitet darvozasi oldida turardi.

Kechagi video uning xayolidan chiqmayotgandi.

"Save him... if you can."

— Kimni qutqarishim kerak o'zi?..

U chuqur xo'rsinib, ichkariga kirdi. Koridorda ketayotib tasodifan yana o'sha yigitga duch keldi.
Ikkalasi bir lahza ko'z urishtirdi.
Lekin hech biri gapirmadi.
Go'yo ular hali ham bir-biriga begona edi.

Kun juda sekin o'tdi.

Soatlar o'tgan sayin ikkalasi ham telefonga tez-tez qaray boshladi.

20:57

Taehyung kutubxonadan chiqdi. Yomg'ir yana boshlangandi. Birdan telefoni titradi.

00:00

"Go to the east gate."

— Endi buyruq ham bera boshladimi?..

U ilovani e'tiborsiz qoldirib, boshqa tomonga yurdi.

Oradan uch qadam ham o'tmay, ko'chaning narigi tomonida katta yuk mashinasi tormozni yo'qotib, shiddat bilan o'tib ketdi.

Taehyung qotib qoldi. Agar yana uch qadam tashlaganida...
Mashina aynan uni urgan bo'lardi. Uning qo'llari titray boshladi.

— Tasodif... shunchaki tasodif...

21:39

Jungkookning telefoni ham titradi.

"Run."

— Jin ursin!

Uning yuragi tez ura boshladi. Sababsiz yugura boshladi. Orqasidan esa kimningdir qadam tovushlari eshitildi.

Tak...

Tak...

Tak...

Jungkook ortiga qaradi. Hech kim yo'q. Ammo qadam tovushlari to'xtamadi. Go'yo ko'rinmas kimdir uning ortidan kelayotgandi.

21:43

Taehyung sharqiy darvozaga yetib keldi. Shu zahoti ko'zlari kattalashdi. Videodagi yigit... Haqiqatan ham u yerda edi.

Jungkook vahima ichida yugurib kelardi.

— Hey!

Jungkook ham Taehyungni ko'rdi.

— Sen?!

Birdan Jungkookning oyog'i sirpanib ketdi. Uning tepasidan eski reklama bannerining temir ustuni uzilib tushayotgan edi.

Taehyung o'ylab ham o'tirmay yugurdi. Jungkookning qo'lidan tortib, uni chetga uloqtirdi.

Gumb!

Temir ustun aynan ular turgan joyga qulab tushdi. Ikkalasi ham yerda hansirab yotardi.

Jungkook sekin Taehyungga qaradi.

— ...Sen mening hayotimni saqlab qolding.

Taehyung javob bermoqchi edi. Lekin ikkala telefon ham bir vaqtda titradi.

Yangi xabar.

"Congratulations."
"Level 1 Completed."

Ikkalasi bir-biriga qo'rquv bilan qaradi.

Bu hali... boshlanishi edi.

Yomg'ir allaqachon to'xtagan edi.

Taehyung va Jungkook hali ham universitet hovlisida qulab tushgan temir ustunga tikilib turishardi.

Ikkalasining ham telefoni bir vaqtda yana titradi.

00:00

Yangi xabar.

«Find Lee Minho»

Pastida esa bitta manzil.

"M Studio."

Jungkook qoshlarini chimirdi.

— Lee Minho kim?

Taehyung boshini chayqadi.

— Bilmayman... Lekin bu ilova bizni ataylab u yerga yuboryapti.

— Boramizmi?

Taehyung bir necha soniya jim qoldi.

— Boshqa tanlovimiz bormi?

Ertasi kuni.

"M Studio" shaharning chekkasida joylashgan kichik foto va videostudiya edi.

Eshikni ochishlari bilan kamera ovozi eshitildi.

— Bir, ikki, uch... Zo'r!

Qora kiyimdagi yigit kamerani pastga tushirdi.

— Mijozmisiz?

— Siz Lee Minhomisiz? — deb so'radi Taehyung.

Yigitning yuzidagi tabassum bir zumda yo'qoldi.

— Bu ismni sizga kim aytdi?

Jungkook telefonini chiqardi.

Ekranda 00:00 ilovasi ochiq turardi. Minho telefonni ko'rishi bilan rangi oqarib ketdi.

— Sizlar ham...?

— Ha.

Minho chuqur xo'rsindi.

— Ichkariga kiring. Tez.

U eshikni qulflab qo'ydi.
Studiyaning devorlarida yuzlab suratlar osilgan edi. Lekin deyarli hammasi bir xil.

Soat.

00:00 ni ko'rsatayotgan soatlar. Jungkookning badani junjikib ketdi.

— Nega hamma suratlarda yarim tun?

Minho javob bermadi.

U javondan eski fotoalbomni olib stolga qo'ydi.

Ichida bir nechta surat bor edi. Har bir suratning orqasiga bitta sana yozilgan.

Va...

Qizil ruchkada bitta so'z.

"Dead."

— Bular... ilovani olgan odamlar, — dedi Minho past ovozda. — Men ularning ayrimlarini suratga olganman. Bir haftadan keyin... hammasi vafot etdi.

Xonaga og'ir sukunat cho'kdi. Shu payt orqa xonadan kimdir chiqdi.

Bo'ynida kamera osilgan, qo'lida telefon ushlab turgan yigit.

— Minho, bu suratlarni...

U gapini tugatmay to'xtadi.

Nigohi Taehyung va Jungkookning telefoniga tushgandi. Telefon ekranida yana o'sha ilova yonib turardi.

Yigit asta pichirladi:

— Yana boshlanibdi...

Minho sekin ularga qaradi.

— Tanishinglar.

— Bu Kim Soohyun.

— Mobilograf va fotograf.

— Bir yil oldin men bilan birga shu la'natni boshidan o'tkazgan yagona odam.

Soohyunning ovozi juda jiddiy edi.

— Agar ilova sizlarni topgan bo'lsa...

— Demak, sizlarda ko'pi bilan yetti kun vaqt qolgan.

Taehyung va Jungkook bir-biriga qarab qolishdi.

Yetti kun...

Shuncha vaqt ichida ular ilovaning sirini topmasa... Navbat ularniki bo'lardi.

𝘼𝙪𝙩𝙝𝙤𝙧 𝙒𝙤𝙣𝙣𝙞𝙚🥢