April 6

«SEN FAQAT MENIKISAN! yohud XATTOLAR KECHIRILMAYDI»

EP⁷

– Qachon endi menga bolamni olib kelasan?

Taehyung tiqilib qoldi...

– Heeyy !! ~

– Hazillashdim! Hazillashdim! Lekin harakat qilish kerak..

– Hammasi sekin-sekin

– Men ham hozir tugʻib ber deganim yoʻq. Oʻzi endigina senga erishsam boʻlsam...

Taehyung uyalib yanoqlari qizarib ketti

– Taehyung>>

– Haa begʻuborim

– Bugun sen uyda boʻlib tur!

– Siz qayerga ketasiz?

– Ishga...

– Aa...menchi?

– Sen ishdan boʻshadinku

Taehyung hafa boʻlib qoshlarini chimirdi

– Uyda yolgʻiz qolishni istamayman

– Taehyung jahlimni chiqarma!

Taehyung hafa boʻlib qoldi. Yoongi koʻrib

– Bugun ertoq qaytaman. Va seni qishloqqa onamni oldiga olib boraman

– Yoʻgʻe onangiz qishloqda yashaydimi?

– Haa..3 oydan buyon

– Oo qanday ajoyib. Menga qishloq hayoti juda yoqadi

– Taehyung qachon toʻy qilamiz?

– Hyung...toʻy qilish shart emas..

– Nega?

– Istamayman.
Meni onam ham otam ham ortiqcha dabdabani istamaydi.

– Bu umringda bir marta boʻladi. Men bilmayman. Seni toʻying emas meni toʻyim boʻladi

– Aaa lekin...

– Boʻldi men ishga kettim. Ortiqcha gap soʻzga oʻrin yoʻq!

deya Yoongi ishga tayyorgarlik koʻrdi. Taehyung hu anavi stoldagi partfelimga divandagi hujjatlarni solib tur

– Aha, aha hoʻp hozir

Taehyung Yoongining partfelini olib ish hujjatlarini solayotib Yoongining uch-toʻrtta foto suratlarini topib oldi. Birinchi surat yirtilgan edi. Rasmda onasi va Yoongi bor edi. Ammo yana bir erkakni yuzi yirtilgan edi. Yana bir surat esa mayda mayda qilib yirtilgan edi. Yirtilgan rasmni birlashtirganda Yoongi va bir qiz surati edi. Yana bir onasi bilan bor rasmini davomini topa olmadi. Qiz bilan rasmini koʻrib avvaliga singlisi deb oʻyladi. Keyin esa sevgan qizi deb. Suratni telefoniga rasmga olib yana joyiga qaytarib solib qoʻydi.

Вот это

– Boʻldingmi qani ob ke

– Ha ha mana. Begʻuborim...sizning singlingiz ham bormi? Onangizga qarab turar-a?

– Yoʻq. Singlim yoʻq.

– Ha...

Taehyung oʻrganib qoldi.

– Singlisi boʻlmasa demak...

– Galustuk qadashni bilasanmi?

– Haa...

– Kel qadab qoʻy

– Hoʻp. Oldin kim qadardi galustukingizni?

– Onam...

– Onangiz 3 oy oldin ketgandiku??

– Oʻzim qoʻlimdan kelgancha qadardim

– Haa yoʻlgʻon gapirishni siz ham bilmaysiz...

– Ixm nima demoqchisan

– Hech nima

– Mayli men chamasi 4 soat ichida qaytaman. Tayyorlanib tur qishloqqa ketamiz.

– Meni uyga olib borib qoʻying. Uyimdaku kiyimlarim

– Ha mayli..yur

deya Yoongi Taehyungni uyiga olib bordi.

– Shu seni uyingmi?

– Haa..

– Unda seni shu yerdan olib ketaman

– Hoʻp

deya Taehyung mashinadan tushib qoldi.

Yoongi ketishi bilan Taehyung yigʻlab yubordi.

– Nega, nega doim shunday boʻladi~
Toʻgʻri men ham Jungkook bilan munosabatda boʻlganman. Lekin aytsa boʻladiku haqiqatni yashirmay

Taehyung Yoongiga boshqa manzilni bergandi. Sababi bu narsani yashirgani sabab Yoongi u qizni sevib hozir Taehyungdan foydalanyabdi deb oʻyladi. Xuddi Jungkook misoli...

Вот фф шу йерда ту‌хтатаман...

Фикр ва реакцияларингизни кутаман. Сизнингча Тэхйунгнинг у‌йлари ту‌ґри едими? Фф давомила билиб оламиз енди...

Автор: Вонниэ🦦