May 14, 2025

"The love of the villain in the novella"

Taekook Topkook

Muallif: Minju💚

1-qisim "Tanishtiruv"

Kim Taehyung 21-yoshda Yeonseo universitetning 2-bosqich ta'labasi. Tabiatan juda chiroyli va mehribon. Quvnoq va yoqimtoy do'stlari juda ko'p. Uni juda ko'plar yoqtirishadi ammo Taehyung haligacha hech kimni sevmagan. Universitetda karate sport turi bo'yicha juda ko'p yutuqlarga erishgan. Universitet Boskitbol jamoasida o'ynaydi o'qish bo'yicha ham juda ilg'or Fransuz va Xitoy tillarini yaxshi biladi. Kelajagi porloq yigit.

Kim Taehyung

Jeon Jungkook 26-yoshda Koreys BL janirdagi Novellaning bosh qahramoni. Juda kuchli va aqilli. Kuchli auraga ega. Boy va qudiratli. Jiddiy qattiq qo'l ammo sevgida haddan tashqari qatiy u sevgan insonini hech qachon qo'yib yubormaydi. Qanday yo'l bilan bo'lmasin sevgisiga erishadi.

Jeon Jungkook

Kim Eunjin 18 yoshda o'rta maktab o'quvchisi. Juda yoqimtoy va chiroyli qiz. Harakteri sho'x shodon qiz dugonalar ko'p. Uni juda ko'p yigitlar yoqtiradi. Lekin uning akasi singlisini bunday jiddiy munosabatlar uchun hal tayor emas deb hisoblaydi. Eunjin akasini juda yaxshi ko'radi. Qisman unga o'xshab ketadi lekin o'qish borasida biroz no'noq u koreadagi ko'p o'quvchi qizlar singari BL janridagi novellalarni o'qishga juda qiziqadi.

Kim Eunjin

Eunjin har doimgidak maktabga dugonalari bilan birga boradi. U yerda eng yaqin dugonasi yangi novella o'qish bilan band edi. Dugonasi Eunjinga bu novella haqida berilib so'zlab berdi. Bu novelladagi bosh qahramonnig kelishganligi va sevgilisiga nisbatan juda qattiq sevgi va nazorati haqidagi dugonasini gaplari Eunjinni qiziqtirib qo'ydi va u dugonasidan o'qib chiqish uchun kitobni uyiga olib ketdi. Unga novella juda yoqdi shunchalik yoqganidan u kitobni uhlamasdan o'qib chiqdi. Eunjin kitobni 2-martta o'qimoqchi edi xonaga Taehyung kirib qoladi va singlisini nimalar bilan bandligini ko'rib unga tanbeh beradi. Taehyung vaqtini bekorchilik bilan o'tkazish o'rniga yaxshisi vaqtini o'qishga sariflashini aytadi va chiqib ketadi. U kitobni o'zi bilan olib chiqadi va singlisi bunchalik berilib o'qiyatgan kitob qandayligiga qiziqib uni o'qib ko'rishga qaror qiladi. Kitobni o'qib bo'lgach Taehyung novelladagi barcha voqealarni bemanilik deb hisoblaydi va kitobni lugizagiga solib qo'yib uyquga ketadi. Ertasi kuni u universitetga shoshilib ketayotgan vaqtda uni qarshisidan behosdan bir mashina chiqib kelib uni urib yuboradi. Taehyung yerga yiqiladi lugizagidagi kitob yerga tushadi va hushini yo'qotayotgan Taehungni ko'ziga huddi porlayotgandak ko'rinadi va u hushini yo'qotadi. Taehyung ko'zini ochganda o'zini hashamadli va chiroyli xonada qo'l va oyoqlari kishanlanga holatda ko'radi. Taehyung avvaliga hech narsaga tushunmaydi. U qarshisida unga qarab jilmayib turgan notanish yigit ko'radi o'sha notanish yigit uni sochlarini silab deydi.

X: Uyg'ondingmi sevgilim sen menikisan va men seni hechqachon qo'yib yubormayman.

Taehyung asta sekin anglay boshlaydi u o'z olamidan mutlaqo boshqa olamga tushib qolganini va bu o'sha novellaning huddi o'ziligini tushunib yetadi. Eng daxshatlisi shu ediki u novellaning bosh qahramonini telbalarcha sevadigan sevgilisi sifatida qayta tug'iladi.

Bu hali boshlanish. Endilikda Taehyung bu olamda yashab qolish uchun nimalar qilishini fanfic davomida qanday qiziq voqealar bo'lishini bilishni istaysizmi? U holda o'z fikirlaringizni yozib qoldirib reaksiya bosishni unutmang shu yo'l bilangina mexnatimizni qadirlashingiz va fanfic davomini maroq bilan o'qishingiz mumkin. Maroqli Mutola tilab qolaman. Sizlar bilan Minju bo'ldi💚