Buzilgan chegaralar
Yomg‘ir asta-sekin tomchilab turardi. Osmondagi kulrang bulutlar go‘yo bugungi kunning og‘irligini yanada kuchaytirayotgandek edi.
Min Yoongi qora kostyumda sovuqqon turardi. Uning yuzida hech qanday his yo‘q edi na quvonch, na hayajon. Bugun uning to‘yi edi… lekin bu uning tanlovi emasdi.
Onasining ovozi hali ham qulog‘ida jaranglab turardi:
– Bu nikoh sen uchun eng to‘g‘risi, Yoongi
Chunki bu nikoh sevgi emas, majburiyat edi.
Marosim boshlanish arafasida Yoongi ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi. Shu payt eshik asta ochildi.
Ichkariga kirgan odamni ko‘rgan zahoti uning yuragi bir lahzaga to‘xtagandek bo‘ldi.
Oddiy oq ko‘ylakda, sochlari biroz nam, ko‘zlari esa g‘alati darajada chuqur edi. U kulmayotgan edi… lekin uning o‘ziyoq yetarli edi.
Yoongi ko‘zlarini undan uzolmay qoldi.
dedi Taehyung sekin, ovozi past, lekin yurakka yetib boradigan darajada.
Yoongi bir lahza javob bera olmadi.
Noma’lum. Xavfli. Taqiqlangan.
dedi Taehyung, Yoongining yonidan o‘tib ketayotib.
Bu so‘zlar go‘yo sovuq suvdek Yoongining ichini muzlatib yubordi.
U bugun Taehyungning singlisiga uylanayotgan edi.
Kelin oppoq libosda kirib kelar ekan, hamma tik turdi. Yoongi ham qarashi kerak edi…
Uning ko‘zlari faqat bitta odamni qidirardi.
Bu savol havoda muallaq qoldi.
dedi u, lekin ovozi o‘zi eshitgandek ham tuyulmadi.
Chunki uning yuragi allaqachon boshqa odamga “ha” degandi.
Marosim tugagach, hamma tabriklay boshladi.
Taehyung esa uzoqroqda turardi. Uning nigohi sovuq emasdi… lekin unda bir g‘alati bosim bor edi.
— Endi siz bizning oilamiz a’zosisiz
Lekin bu jilmayish ichida nimadir yashirin edi.
Toy nihoyasiga yetti. Mehmonlar tarqay boshladi.
– Yoongi oʻgʻlim! Mana qizimizni sizga topshirdik. Endi u sizning juftingiz.
Yoongi jimgina boshini silkitib “ha” deganday turaverdi
Taehyung singlisini baxtliligini koʻrib nihoyatda xursand boʻldi.
Yoongiga qarab ichida shunday dedi:
– Singlim juda baxtli...
Oldidagi jufti ham juda unga mos. Va nihoyat singlimning idealidagi 2-yigitni ham topildi. Ammo...
– Taehyung, yur endi biz ham uyga ketaylik. Kelin va kuyovni yolgʻiz qoldirishimiz kerak.
Taehyung har qadamida ortga birma-bir oʻgirilib qarab-qarab qoʻyardi
Yoongi esa Taehyungdan koʻzini uzmasdi.
Kelin va kuyov hali hamon yotoq ustida jimgina oʻtirishardi
Oradan vaqt oʻtgach Yoongi gap boshladi
– Bilasizmi? Sizni bir koʻrishda sevib qoldim. Sizdan ayrilishdan qoʻrqaman. Mendan uzoqqa ketmang. Iltimos. Men qanday xatto qilasam ham, tushunishga harakat qilasizmi?
– Albatta hoʻjayin. Bir-birimizga suyanib yashaymiz.
– Juda aqilli qizligingizni birda bilgandim. Bilasizmi bugun ilk kechamiz. Bilasizmi men siz bilan birga boʻlishni rossa ich-ichimdan istaganman. Ammo...bilasizmi bugun qandaydir juda charchadim. Menimcha yaray olmasam kerak. Uzr ochiqlikcha aytganimga
– Yoʻq, yoʻq mayli toʻgʻrisi men ham juda charchagandim
– Haa unda dam oling Eunjin dam...
Eunjin yotib uyquga ketguncha Yoongi bagʻriga bosib yotdi. Uxlagach esa oʻzidan itarib telefonini oldi.
Telefonini ochib qarasa na parol na boshqa bor edi. Bundan nihoyatda suyungan Yoongi Taehyungni nomerini qidib topdi. Va oʻzini telefonidan telefon qildi...
Yoongi oʻzgacha ’vibe’da kulib
– Men oilangizni yangi aʼzosi...
– Taehyung meni diqqat bilan tinglang...
Men singlingizga sevib uylanganim yoʻq! Va endi ajrashmoqchiman. Unga hech narsa qilmadim. Bu onamning turtkisi edi holos
– Singlingiz aytishicha meni juda qattiq sevar ekan. Menga deyarli bogʻlanib qolgan ekan. Hali hech narsa boʻlmay turib. Men bilan ajrashsa oʻzini joniga qasd qilishga ham tayyor ekan. Ammo men ajrashmoqchiman. Sababi bu men istagan nikoh emas
– Nega?! Men shunday oʻtaymi? Lekin oʻylab koʻraman agarda men aytgan gapga rozi boʻlsangiz
– Nima desangiz bajaraman. Faqat singlim bilan ajrashmang
– Men sizni sevaman singlingizni emas! Va men bugun u bilan qoʻshilmaganimni ham sababi shu...
Agarda men bilan birga boʻlsangiz yashirincha boʻlsa ham singlingiz bilan ajrashmayman...
Вот янги фф просто муах фф агар кизик бу́лса реакция и комментарии ёзселар шунга караб давомини чикараман🌚