April 10

Buzilgan chegaralar

EP²

Taehyung jim qoldi...

Telefonning narigi tomonida uning nafasi sezilib turardi, lekin u hech nima demasdi. Gʻoya aytilgan gaplar hali ham ongiga yetib bormayotgandek...

– Siz... nima deyapsiz oʻzi?..

ovozi past, titroq bilan

Yoongi esa sovuqqon kulib

– Juda oddiy. Men seni xohlayman.

Taehyung koʻzlarini yumdi. Yuragi tez ura boshladi. Bu notoʻgʻri edi. Juda notoʻgʻri. Lekin nega... nega ichida bir narsa bu gaplarni inkor qilolmayotgandi?

– Siz hozir singlim bilan bir xonadasiz...

dedi u zoʻrgʻa

– Ha. Lekin mening yuragim bu yerda emas.

Yoongi lampa shiftiga tikilib. Havoda Taehyungni rasmini tasvirlardi.

– Taehyung sen buni his qilmadingmi? –dedi u sekin – Marosim vaqtida... koʻzlarimni sendan uza olmadim.

– Bu notoʻgʻri, hyung. Bu... bu xiyonat.

– Xiyonatmi?

U sovuqqina kuldi.

– Sevmasdan turib uylanish-chi? Sevmagan inson bilan yashashchi? Bular nima?

Taehyung javob bermadi

Ikki tomon ham jim boʻldi.

Bir necha soniyadan keyin Yoongi yana gap boshladi:

– Men seni majbur qilyapdi deb oʻylama! Sen bu kelishuvni rad etishing mumkin. Shunda ertaga ajrashaman. Hammasi tugataman.

Bu gap Taehyungga нагрузка boʻldi

– Yoʻq!

dedi u darrov.

– Unday qilmang...

– Unda??

Taehyung qoʻllarini musht qildi. Koʻz oldiga singlisi keldi – uning begʻubor tabbasumi baxtli koʻzlari ...

Va yana... Yoongi

Bugun uni ilk barta koʻrdi. Lekin nega u begona emasdek tuyuldi?

– Bu... vaqtinchalik boʻladimi?..

dedi nihoyat. Taehyung

Yoongi jilmaydi

– Koʻramiz.

Bu javob yo u yo yoki bu yoq emasdi

– Men...

Taehyung chuqur nafas olib yana gapini davom ettirdi

– Men rozi boʻlsam... singlimni baxtli qilasizmi?

– Albatta. Senday akalar bilan faxrlansa boʻladi.

(Также ёмон хасад килдим синглисига🦦)

– Uni tashlab ketmaysizmi?

Yoongi bir lahza jim qoldi

– Agar sen yonimda boʻlsang... ajrashmayman

Bu javobni eshitib Taehyung qattiq ezildi

Lekin u baribir...

– ...Yaxshi

Bu soʻz ogʻzidan chiqishi bilan hamma narsa oʻzgardi

Yoongi koʻzlarini yumib, chuqur nafas oldi.
– Ajoyib qaror, Taehyung.

Telefon oʻchirildi.

Taehyung telefonni qoʻlida ushlab turdi. Yuragi hali ham tinmay urardi.

– Men nima qildim?..

U deraza yoniga borib, tashqariga qaradi. Yomgʻir hali ham yogʻayotgan edi.

Ertasi kun...

Uy ichida hamma sokin edi. Goʻya kecha hech narsa boʻlmagandek.

Eunjin oshxonada nonushta tayyorlayotgan edi. Uning yuzida tabassum... haqiqiy va begʻuborona

– Ovv meni hayotim mazmuni! nonushta tayyorlayabdimi?!

Yoongi shunday deya Eunjinni ortidan kelib quchib yuzidan oʻpdi.

Eunjinni yanoqlari qizgʻish rangga toʻldi.

Yoongi stolga oʻtirib telefonidan koʻz uzmay oʻtirdi.

U birgina xabarni kutardi.

Va nihoyat...

📩 ”Bugun soat 15:⁰⁰. Eski kutubxona yonida“

Yoongi bu habardan lab burchagini sekin koʻtardi.

– Kim yozdi

dedi Eunjin qiziqib

Yoongi darhol telefonni oʻchirib qoʻydi.
– Ish boʻyicha

Yolgʻon. Juda oson chiqdi.






Soat 15:07

Eski kutubxona oldi huvillab yotardi. Atrof jimjit. Faqat shamol va eski barglarning shitirlash ovozi eshitilib turardi.

Taehyung allaqachon kelgan edi.

U qora hoodie kiygan, qoʻllari choʻntagida, lekin ichida boʻlayotgan hislarni yashira olmayotgan edi.

– Sen baribir kelding

Bu ovoz ortidan eshitildi

Taehyung asta oʻgirildi.

Yoongi

Qora palto, sovuqqon nigoh... lekin bu safar uning koʻzlarida nimadir boshqacha edi.

– Kelmasligim kerak edi...

dedi Taehyung past ovda

– Lekin kelding

Yoongi yaqinlashdi. Juda yaqin.

Ularning orasida deyarli masofa qolmadi

Taehyung jiddiylashib
– Bu notoʻgʻri

– Toʻgʻri yoki notoʻgʻri ekanini vaqt hal qiladi

– Yoʻq, Hyung. Bu mening singlim.

Yoongi avvaliga jim qoldi... keyin sekin dedi:

– Lekin sen ham oʻzingni aldama.

Bu soʻzni eshitib Taehyung qotib qoldi...

Вот ушбу кисмни хам нихоясига йеткадик. Кизик кетябди жуда кизик. Реакция и комментарии ёзиб кетинглар давоми учун

Автор: Вонниэхон🦦