"Candy love"
Korea ko'chalarida shovqin suron ko'tarilgan. Ulkan muxlislar to'dasi Jungkookni taqib qilib borishyabdi. Jeon Jungkook Koreaning eng mashxur solo yulduzi oltin ovoz sohib. Hammaga sevimli idol. Uning fanatlari uni deb aqildan ozishganday go'yo. Jungkook bazan bunday qizg'in hayotdan charchaganida o'zi yolg'iz sayir qilishni yoqtirar edi. U ko'pincha o'ziga etibor jalb etmas edi. U shunchaki sayir qilib so'ng ortga qaytishni reja qilgandi. Bu sayirdan hatto uning menejerlari qo'riqchilarining ham habari yo'q edi. Jungkookning rejasi chippakga chiqdi uni muxlislari fosh qilishgach Jungkook u yerdan qochishga majbur bo'ldi, tezroq harakat qilish kerak edi yo'qsa uning muxlislardan har narsani kutish mumkin. Shuning uchun u shunchaki muxlislar etiborini chalg'itib o'zi bir kichik shirinliklar do'koniga yashirinib oldi. Jungkook ichkariga kirganida eshik tepasiga ilingan qo'ng'iroqcha jarang sochdi ammo do'konda Jungkook hech kimga ko'zi tushmadi. U muxlislarni ketishlarini kuta boshladi. Shu payit oshxonadan do'kon rastasi oldiga bir yigit chiqib keldi. U juda chiroyli edi shunchalik chiroyli ediki undan ko'z uzib bo'lmasdi un tabassum qilganida esa butun do'kon yorishib ketganday olam yanada go'zallashganday bo'ldi Jungkookning ko'ziga. Jungkookni hayolidan quyidagi fikirlar o'ta boshladi.
Jungkook: Bu kim bo'ldi? U nega bunchalik chiroyli? Uning beg'ubor tabbasumi go'yoki quyoshning iliqliga kabi qalblarni eritadi. Juda g'alati balki avvalari odamlarga yaxshi etibor bermaganim uchun menga shunday tuyila yotgandir.
Jungkook ko'p ham yangi tanishlarga va bir marta ko'rgan odamlarga qiziqavermasdi. Ammo bu butkul o'zgacha tuyg'u edi. Ha bu umuman boshqacha tuyg'u. Bu shunday tuyg'uki bir vaqtda seni dunyodagi eng baxtli insonga aylantiradi ammo bir vaqtni o'zida yuragingni olovda kuydiradi. Jungkook bu hisni nima ekanini bilmasdi, chunki u hech qachon bunday his tuyg'uni his etmagandi. O'sha notanish yigit unga qarab muloyim ohangda dedi.
Notanish yigit: Hayirli kun mijoz sizga qanday yordam bera olaman? Qanday shirinlik hohlaysiz?
Jungkook: Mmmm haa men menga qahva bera olasizmi?
Notanish yigit: Albatta mijoz biroz kuting hozir qahva tayyor bo'ladi. Biron bir disert ham hohlaysizmi?
Jungkook: Tanlash biroz qiyin bo'lyabdi. O'zingiz tavsiya qila olasizmi?
Notanish yigit: Unday bo'lsa mijoz sizga qanday turdagi shirinliklar mos kelishini ayting agar sizga shirin disert yoqsa sizga ushbu shokalad va qaymoqli yoki muzqaymoqli shirinlik mos keladi agar mevali shirinliklarni yoqtirsangiz sizga malina qulpinay yoki bananli maxsus shirinlik mos keladi. Agar ko'p shirani yoqtirmasangiz bizda maxsus medaga tegmaydigan shirinliklar ham bor.
Jungkook: Bananli shirinlik dedingizmi?
Notanish yigit: Ha bananli maxsus shirinlik u deyarli meda tegmaydi qahva bilan tanavul qilinsa juda mazali bo'ladi.
Jungkook: Aaaa unda menga aynan shu shirinlikdan bering
Notanish yigit: Ho'p bo'ladi mijoz hozir buyurtmangizni olib borib beraman siz esa o'zingizga qulay joyga o'tirib turishingiz mumkin.
Jungkook oynadan nariroq joyga borib o'tirdi va o'sha sotuvchini kuzata boshladi. Shu payit eshik ochilib ichkariga bir yigit shoshib kirib keldi.
O'sha yigit: Taehyung Taehyung men keldim biroz kech qoldim universitetda bugun raqs tanlovining yuqori bosqichi bo'lib o'tdi bu tanlovda kamina birinchi o'rinni egalladi. Meni tabriklasang bo'ladi. Tez orada men sendan olgan qarzlarimni bemalol qaytara olaman va mashxur raqos idolga aylanib senga orzuyingizdagi ulkan shirinliklar do'konini ochib beraman.
Ha bu shirinlik do'konining egasini ismi Kim Taehyung u yosh bo'lishiga qaramay manashu mo'jaz shirinliklar do'konini boshqaradi. U bu do'konni bobosini orzularini amalga oshirish uchun qiyinchilik bilan ochgan. Taehyungning bobosi katta qandolatchi bo'lgan va u o'zining avlodidan kimdir uning yo'lidan borib u kabi qandolatchi bo'lishini orzu qilgan. Taehyung bolaligidan bobosidak bo'lishni istardi shuning uchun ham u bobosining yo'lidan ketib qandolatchi bo'ldi. Shirinlik do'koniga chopib kirgan yigit esa uning yaqin do'sti Jimin edi. Jimin universitetda raqs yo'nalishi bo'yicha taxsil olar edi. U o'qishdan kelib Taehyungni do'konida unga qarashardi bu yerda ishlagan pullarini o'qish kontrakt to'lovlarini to'lashga va turli harajatlarga to'lar edi. Jimin kun bo'y bu yerda bo'la olmasdi bazan butunlay universitetda kechgacha qolib ketardi Taehyung esa do'stini orzulari ushalishi uchun harak qilardi u Jimin uchun kontrakt to'lovlarini to'lab berishga harakat qilar qanchalik qiynalmasin o'ziga qo'shicha yordamchi olmasdi u o'zi pishirib o'zi mijozlarga hizmat ko'rsatar edi. Bu yigitlarning bir umumiy tamoni bor edi. Ularning ikkisi ham oilasida erta ajralgan bir biriga suyanib qolishgan edi. Jungkook esa bu ikkisini chetdan kuzatib turardi.
Taehyung: Jimin keldingmi? Bunchalik baland shovqin solma bu yerda mijoz bor. G'olib bo'lishingni bilgandim ahir sen eng zo'r raqossanku.
Jimin: Raxmat senga ammo sendan hijolatdaman men yana kech qoldim sen yana bugun bir o'zing ishlading
Taehyung: Hechqisi yo'q Jimin bu og'ir ish emas
Jimin: Mayli kel men buyurtmani olib borib beraman.
Taehyung: Yo'q Jimin sen endigina kelding qorning och bo'lsa kerak ovqatlanib biroz dam olib olgach keyin ishni boshlayverasan buni o'zim olib boraman.
Jimin: Yaxshi unda men kiyimimni almashtirib chiqaman
Taehyung buyurtmani Jungkookga yetkazdi. Jungkook shirinlikni tatib ko'rgach juda hayratga tushdi bu juda antiqa tam edi. U bir pasta uni qanday yeb qo'yganini bilmay ham qoldi. Jungkook uchun qanday qilib bu ajoyib yigit bunchalik mazali shirinliklar tayyorlashi mumkin u juda mukammal ko'rinardi. Jungkook rasta oldiga kelib shirinlik uchun to'lov qildi u Taehyungga maxliyo bo'lib vaqt o'tib ketganini bilmay ham qolgandi. Jungkook u yerdan ketib ortga qaytgach ham o'sha joy va o'sha yigit haqida o'ylashdan to'xtay olmadi. U doimiy ravishta niqoblanib o'sha joyga borar va shirinlik buyurtma qilib kechgacha Taehyungni kuzatib o'tirar edi. Lekin Jungkook bu tuyg'u sevgi ekanini hali bilmas edi va bu yigit sabab hali haqiqiy telbaga aylanishini uni butun bir dunyodan yashirishga urunishini unga erishish uchun yovuzga aylanib uni aqildan ozadigan darajadi sevib qolib unga nisbatan pisihopatlarcha munosabatda bo'lishini hayoliga ham keltirmagan edi.
Voqealar edi qanday tus oladi? Jungkook o'z sevgisini anglab yetadimi? U Taehyungga erishish uchun qaydarajada yovuzlikka boradi? Uning telba muhabbatiga Taehyung ko'nika oladimi agar davomini bilishni istasangiz bizni kuzatib boring reaksiya bosib fikir bildirish yodingizdan chiqmasin fanficning davomi qachon chiqishi sizlarga bog'liq. Sizlar bilan Suzi🖤 bo'ldi kelgusi qismda ko'rishguncha hayir 🤗