𝙊𝙣𝙡𝙮 𝙢𝙞𝙣𝙚
Kech kuzning salqin oqshomi edi. Shahar ko'chalarini mayin shamol aylanib yurardi. Jeon Jungkook esa mashina oynasidan zerikkancha tashqariga tikilib o'tirardi.
"Bir oy. Faqat bir oy borasan. Baholaringni ko'tarasan" – onasining ertalabki gapi hali ham qulog'ida jaranglardi.
Aslida u maktabdan tashqari qoʻshimcha darslarga borishni umuman xohlamasdi. Uningcha, bu vaqtni bekorga sarflash edi. Lekin ota-onasining qat'iy qarori sabab indamay rozi bo'lishga majbur bo'lgandi.
Mashina kichkina, ammo shinam o'quv markazi oldida to'xtadi. Jungkook chuqur xo'rsinib, sumkasini yelkasiga tashladi.
Jungkook: Tezroq tugasa bo'ldi... – deb pichirladi u.
Eshikni ochib ichkariga kirgan zahoti uning nigohi bir insonga qadalgandi.
Sinf doskasi oldida turgan yigit qo'lidagi kitoblarni tartiblayotgan edi. Oqartirilgan ko'ylak, ozoda qiyofa va ko'zlaridagi sokinlik... U boshini ko'tarib, kirib kelgan o'quvchiga muloyim tabassum qildi.
Taehyung: Salom. Sen Jungkooksan shundaymi ?
O'sha oddiy tabassum Jungkookning yuragida tushunarsiz bir titroq uyg'otdi. Go'yo vaqt bir lahzaga to'xtab qolgandek edi. Yuragi odatdagidan tezroq ura boshladi.
Jungkook: Hhha. Men Jungkook boʻlaman
Taehyung: Hoʻsh?... Seni onang aytishiga qaraganda sinfdan ortda qolgansan. Shundaymi?...
Jungkook avvaliga alahsirab javob berdi. "Ha shunday"
Taehyung: Yaxshi. Demak sen bilan qattiq ishlaymiz. Qani oʻtir Jungkook.
Jungkook Taehyung bilan qarama-qarshi stollga oʻtirdi. Va uni chetdan kuzata yozdi.
Taehyung darslikni tushuntirish jarayonida hayol surayotgan Jungkookni savol bilan murojaat qildi.
Taehyung: Hoʻsh? Jungkook bu qanday dars?
Jungkook hayollari boʻlinib topa-tupa javob berdi.
Jungkook: Albatta, bu kores tili darsi.
Taehyung: Hayriyat eshityabsan ekan. Hoʻsh aytginchi kores tilidan darajang nechi?
Jungkook bu soʻz yangilik emas edi, tabiiyki uyatli ham emas.
Jungkook: Juda past. Maktabda oxirgi oʻrinda turaman.
Taehyung asta kulib Jungkookni sochini silab erkalagan tovushda
— Hech qisi yoʻq hali eng birinchisini egalaysan – deya javob qaytardi.
Bu iliq javobni eshitgan Jungkook oʻzida yoʻq xursand edi.
ᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠ
————————————————
ᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠDars yakunlandi.
Hamma xonadan qiy-chuv qilib chiqib ketti. Jungkookdan tashqari...
Taehyung: Jungkook. Dars tugadi. Sen ketmaysanmi?
Jungkookning yana shirin hayollari buzilgancha Taehyungga qaradi. Uni koʻrgach yuziga issiq yugurdi.
Jungkook: Aaaa...uzur ustoz, hayol surib qolibman.
Taehyung muloyimlik bilan "mayli hech qisi yoʻq" deb javob berdi.
Jungkook yugurib xonani tark etdi...
ᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠ
———————————————————————————————
— Jungkook juda oʻzgarib qoldi. Sezyabsizmi?
— Ha, sezyabman. Menimcha...unga toʻgarak juda yaxshi taʼsir qilganga oʻxshaydi.
— Toʻgʻri aytasiz. Darsdan kelishi bilan yana darsga oʻtiryotgani meni qoyil qoldiryabdi.
Ota va onaning suhbatini buzib Jungkook keldi
— Ona, hali koʻp qoyil qolasizlar. Men kettim yaxshi oʻtiringlar
— Mayli, oʻgʻlim yaxshi yetib ol.
deya Jungkookni toʻgarakka joʻnatishdi.
Jungkook toʻgarakka kirgach qoʻllarini mahkam qisdida ichida allaqanday gaplarni aytib ichkariga kirdi.
Taehyung: Jungkook, juda vaqtli emasmi? Hali dars boshlanganicha yoʻq axir.
Jungkook: Yoʻq men shu yerda mashq qilish uchun keldim. Oʻz ustimda uydan koʻra shu yerda yaxshi ishlayman.
Taehyung: Aaa...unday boʻlsa bemalol
deb Jungkookni oldidan uzoqlashdi.
Jungkook chetdan oʻqtuvchisini kuzatib oʻtirishni yaxshi koʻrardi. Va kuzatardi.
Taehyung allaqanday narsalarni qogʻozga yozardi. Jungkook esa uni rasmini chizardi.
ᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠ‹13:58›
Taehyung: Jungkook, dars boshlayman xonaga kir!
Jungkook Taehyungning gapini eshitdiyu ortidan kirdi.
Jungkookning chizgan rasmi tushirilgan daftar hamon ochiq edi.
Taehyung: Wow! Ajoyib rasm! Talantli ekansan Jungkook. Barakalla.
Bu gaplarni eshitgan Jungkook oʻzida yoʻq baxtiyor edi.
Doʻska oldiga ketayotgan Taehyung esa yana ortga qaytdi
Taehyung: Ha aytmoqchi nega aynan meni koʻzlarimni chizding?
Jungkook: Aaa-aa mmmen shunchaki ular menga yoqadi.
Taehyung Jungkookga ilq tabbasum qilib
Jungkook ichidagi gapni 1 qismini aytganidan oʻzida yoʻq xursand edi. Dars boʻyi bu xursandchilik unga sherik boʻldi.
Taehyung: Hoʻsh keyingi darsda koʻrishguncha. Kechikmay kelinglar!
deya Taehyung xonani tark etdi. Ammo uning hamyoni stol ustida qolib ketdi. Buni koʻrgan Jungkook uni olib xonadan chiqdi.
Taehyung ancha muncha yurgani sabab Jungkook undan ancha ortda qoldi. Ammo oxir oqibat unga yetib oldi.
Jungkook: Ustoz hamyonigiz qolib ketibdi.
Taehyung: Oyy! Jungkook juda eʼtiborlisan.
deya hamyonni oldi. Va ikkisi birgalikda markazdan chiqdi.
Markaz ishigidan chiqgach Jungkook gap boshladi.
Jungkook: Ustoz, men shu kungacha qanchalik oʻzgardim.
Taehyung: Aynan nimani nazarda tutyabsan?
Jungkook soʻzini tugallay tugallamay
— Azizam tezroq boʻl. Oyijon telefon qildi. Bugungi ziyofatga taklif qilyabdi.
Taehyung: Haa... Mana azizim ketyabman. Mayli keyinroq gaplashamiz Jungkook.
Jungkook boshini "ha" deganday silkidida qoʻlidagi varoqni gʻijimlab tashladi va dedi:
— Hali shunaqami? Azizim deng. Mana nega menga eʼtibor bermayotganingizni sababi. Buyogʻiga hech narsa oldingiday boʻlmaydi. Eski Jungkookni endi hech qachon koʻrmaysiz ustoz. Hech qachon!