Kuzgi Simfoniya
San’at galereyasidagi sokin va maftunkor uchrashuvdan so‘ng, Taehyung va Areum shahar markazidagi chiroyli, retro uslubdagi restoranga yo‘l olishdi. Restoranda retro chiroqlar mayin nur sochar, devorlardagi eski rasmlar va yog‘och mebellar huddi o‘tmishga sayohat qilgandek muhit yaratgandi. Ular deraza yonidagi stolga joylashishdi va taomlar buyurtma qilishdi. Taehyung Areumning har bir harakatini mamnuniyat bilan kuzatar, uning san'at haqidagi mulohazalaridan hayratda edi.
Shu payt eshik tomondan kimdir Areumni ismini aytib chaqirdi.
— Areum? Senmisan? — dedi baland bo‘yli, ochiq chehrali yigit ularning stoliga yaqinlashib.
Areum ortiga o‘girildi va ko‘zlariga ishonmay, o‘rnidan turib ketdi:
— Minho?! Voy xudoyim, seni ko‘raman deb o‘ylamagandim.
Minho Areumning universitet davridagi eng yaqin va sirdosh do‘sti edi albatta Boradan keyingi eng yaqin doʻsti. Ular ko‘p yillardan beri uchrashishmagandi. Areum xijolat bo‘lib Taehyungga qaradi va do‘stini tanishtirdi. Taehyung aslzodalarga xos tarzda o‘rnidan turib, Minho bilan samimiy so‘rashdi va uni o‘zlarining stoliga taklif qildi. Uchala inson o‘rtasidagi suhbat tezda qizib ketdi.
Minho juda quvnoq yigit edi. U birdan Areumga qarab, ko‘zlarini qisdi.
-San bilmaysan, Taehyung, — dedi Minho kulib.
— Bu Areum xonim universitetda o‘qib yurganimizda bir marta adashib o‘g‘il bolalar yotoqxonasiga kirib ketgan. O‘shanda xonasini almashtirib qo‘yib, ichkaridagi bolani ko‘rib shunaqangi qichqirganki, butun bino oyoqqa turgan. Keyin esa qochaman deb, eshik burchagiga peshonasini urib olgandi!
Buni eshitib, Areumning yuzlari bir soniyada pomidordek qizarib ketdi. U o‘ta noqulay ahvolga tushib, Taehyungning yonida qattiq uyaldi va yuzlarini qo‘llari bilan yopib oldi
— Voy, Minhooo Iltimos, buni gapirma, judayam xijolatli holat boʻlgan - pichirladi u yerga qarab.
Taehyung esa xonani to‘ldirib, o‘sha o‘zining yo‘g‘on va past ovozida mayingina kulib yubordi. U ko‘zlaridagi cheksiz mehr bilan Areumga qaradi. Keyin esa stol ustidagi Areumning qo‘llarini ohista o‘z kaftlari orasiga oldi-da, Minhoga qarab judayam chiroyli qilib gapirib ketdi
— Bilasanmi, Minho. Areum hatto o‘sha vaziyatda ham qanchalik maftunkor va begʼubor bo‘lganini tasavvur qila olyapman. Uning mana shunday samimiy, ba'zan esa biroz parishonxotir va shirin tabiati uni dunyodagi eng mukammal insonga aylantiradi. Ayniqsa, hozir uyalib, yuzlari qizarganida, u har qanday san'at asaridan ham go‘zalroq ko‘rinmoqda.
Taehyungning bu baxmal ovozda aytgan kutilmagan va chuqur xushomadidan Areumning yuragi gupillab urib ketdi, hayajondan hatto nafas olishni ham unutdi. Uning ko‘zlaridagi shirin uyat endi chinakam baxt tuyg‘usiga aylangan edi. Minho ham Taehyungning bu olijanob va muhabbatga to‘la munosabatini ko‘rib, do‘sti uchun ich-ichidan quvondi.
Xuddi shu daqiqalarda "Aura" kafesida umuman boshqacha, quvnoq manzara davom etayotgandi. Kafe tinchib, mijozlar kamayganidan foydalanib, Jimin endi o‘zini qahva san’atida sinab ko‘rmoqchi bo‘ldi. U ustidagi fartugini to‘g‘rilab, xuddi professional baristadek jiddiy qiyofa oldi.
— Xo‘sh, Bora xonim, endi mening mahoratimni ko‘rasiz, — dedi Jimin ishonch bilan.
Jimin espressoni tayyorladi, sutni ko‘pirtirdi va xuddi kecha Bora chizgandek, qahva ustiga chiroyli yurakcha shaklini chizishga harakat qila boshladi. Biroq sutli ko‘pikni quyayotganda, Jiminning qo‘li biroz qaltirab ketdi va qahva ustidagi yurakcha shakli buzilib, qanaqadir g‘alati, tushunarsiz bir maxluqchaga o‘xshab qoldi. Qahva chetlaridan ham toshib ketdi.
Bora buni chetdan kuzatib turgan edi, o‘zini tutolmay qah-qah otib kulib yubordi.
— Voy, Jimin! Bu nima? Yurakchami yoki kosmik kemami? — dedi u kulgidan ko‘zlariga yosh kelib.
Jimin esa buzilgan qahvaga qarab, sochini ortiga silkidi va noqulay ahvolda, o‘sha maftunkor "ko‘z-tabassumi" bilan jilmaydi
— Menimcha, bu mutlaqo yangi san’at asari! Buni "Hayajonlangan yurak" deb atlasak bo‘ladi
Bora uning yoniga kelib, qahva stakanini chetga surdi va Jiminning ko‘zlariga shirin jilmayib qaradi
— Bilasizmi, Jimin. Siz raqsga tushishda, odamlarning ko‘nglini olishda va sahnada haqiqiy qirolsiz. Lekin, afsuski, qahvaning ko‘nglini olib, unga chiza olmadingiz — deb hazillashdi.
Jimin ham kuldi va unga yaqinroq kelib, pichirladi
— Mayli, qahvani ko‘nglini ololmagan bo‘lsam ham, sizning ko‘nglingizni olsam bo‘ldi, shunday emasmi?
Boraning yuzlari yana bir bor qizarib ketdi. Ular kafening shinam muhitida birgalikda kulishib, o‘zlarining samimiy dunyolarida baxtli edilar.
Restorandagi maroqli va kulgiga boy suhbatdan so‘ng, nihoyat xayrlashish vaqti keldi. Minho uzoq vaqtdan keyin dugonasini bunday baxtli ko‘rganidan xursand bo‘lib, o‘z yo‘li bilan ketdi. Taehyung esa Areumni o‘zining shinam va qora rangli zamonaviy mashinasida uyigacha kuzatib qo‘yadigan bo‘ldi.
Mashina ichiga Taehyungning o‘ziga xos mayin atri hidi kelar, past ovozda sokin jazz musiqasi chalinardi. Kechki Seul ko‘chalari bo‘ylab ketisharkan, chorrahadagi qizil chiroq yonib, mashina to‘xtadi. Aynan o‘sha soniyalarda salondagi musiqa ovozi ham pasaygandek bo‘ldi. Havoda shunday bir shirin sukunat cho‘kdi-ki, bu sukunat nafaqat tinch va mayin, balki juda soft edi. Taehyung sekingina o‘ng qo‘lini uzatib, Areumning tizzasi ustida turgan nozik barmoqlarini o‘z kaftiga oldi. Areumning qo‘llari hali ham biroz sovuq edi, Taehyung esa uni isitmoqchi bo‘lgandek mahkamroq qisdi. Areum cho‘chib unga qaradi. Ularning nigohlari to‘qnashganda, hech qanday so‘zga hojat qolmagandi. Bu shunchaki sokinlik emas, ikki qalbning bir-birini so‘zsiz tushunish lahzasi edi. Chiroq yashilga almashguncha vaqt to‘xtab qolgandek tuyuldi.
Mashina Areum va Boraning uyi yaqinida to‘xtadi. Areum eshikni ochib tushgach, Taehyung ham mashinadan tushib, uni kuzatib qo‘ymoqchi bo‘ldi. Ular tungi chiroq nuri ostida bir-birlariga qarab turishardi.
— Bugungi kun uchun yana bir bor rahmat, Taehyung. Judayam ajoyib bo‘ldi — dedi Areum ohista jilmayib, ortiga o‘girilmoqchi bo‘lib.
Aynan shu lahzada Taehyung bir qadam oldinga bosdi va Areumning yuziga juda yumshoq, yengilgina qilib lablarini bosdi. Bu o‘ta kutilmagan va nafis oʻpich edi.
Areum bir soniyaga qotib qoldi, uning yuzlari nafaqat qizardi, balki hayajondan nima deyishini ham bilmay, lablari pichirlab qoldi. Vaziyatni va Areumning kuchli hayajonini yumshatish uchun Taehyung o‘sha zaxoti shirin jilmaydi va biroz hazil ohangida gapirdi
- Voy, Areum ko‘zlaringiz xuddi boya Minho aytgan yotoqxonadagi bolani ko‘rgandek katta-katta bo‘lib ketdi-ku? Qo‘rqmang, bu safar peshonangizni urib olishingizga qoʻymayman — dedi ko‘z qisib.
Areum uning bu shirin hazilidan so‘ng o‘zini sal qo‘lga oldi va beixtiyor kulib yubordi. Uyalgancha shoshib uyiga qarab yugurib ketdi, Taehyung esa uning ortidan mehr bilan qarab qoldi.
Aura kafesida Jimin va Bora hali ham o‘zlari bilan o‘zlari ovora edilar. Jiminning gapiga (savoliga) Bora darhol javob bermadi. U o‘zining hayajonini va qizargan yuzlarini yashirish uchun qahva donachalarini to‘g‘rilayotgandek ko‘rsatdi. O‘rniga mavzuni burib, Jiminni chalg‘itishga qaror qildi.
— Xo‘sh, janob raqqos, romantik gaplarni chetga surib, keling, sizga qahvaning ko‘nglini qanday olishni o‘rgataman — dedi Bora kulib va Jiminni o‘ziga yaqinroq chaqirdi.
Bora sut solingan idishni Jiminning qo‘liga tutqazdi va orqasidan kelib, uning kaftlarini o‘z qo‘llari bilan ushladi
— Qarang, qo‘lingizni bunchalik qattiq siqmang. Go‘yoki nafis vals tushayotgandek, sekingina harakatlantiring. Mana bunday chizish kerak — deb Bora uning qo‘llarini ohista yo‘naltira boshladi.
Ularning bu yaqinligidan Jiminning ham yuragi tez ura boshlagan edi, lekin u sho‘xligini qo‘ymadi
— Bora xonim, siz menga qahva tayyorlashni o‘rgatyapsizmi yoki qo‘limni ushlash uchun shunchaki bahona qilyapsizmi? — deb pichirladi Jimin Boraning qulog‘iga yaqin kelib.
Bora darhol uning qo‘lini qo‘yib yubordi va soxta jahl bilan peshonasiga urib, ortga qadam tashladi
— Voy, Jimin-ey! Sizga dars beraman deb adashibman. Qani, tezda buyurtmalarni joyiga qo‘ying! — deb hazillashdi.
Ikkalasi ham kafening shinam va issiq muhitida bir-birlariga hazil-huzul qilib, kulgidan to‘xtashmasdi.