June 23

Kuzgi Simfoniya

2 bolüm

Tashqarida tun o‘z hukmini o‘tkazayotgan edi. Bora va Areum kafedan chiqib, birga yashaydigan shinamgina ijaraga olingan uylariga yetib kelishdi. Ular nafaqat bolalikdan qadrdon, balki universitetni tugatgach ham birga turadigan ajralmas dugonalar edi.

Eshikdan kirishlari bilan Bora darhol ustidagi issiq kurtkasini yechib, divanga o‘zini tashladi. Areum esa noutbugini stol ustiga qo‘yarkan, yuzidagi o‘sha mayin tabassumni hamon yo‘qotmagandi. Uning xayoli hamon Taehyungning yoʻgʻon shu bilan birga mayin ovozi va fotoapparatidan chiqqan o‘sha past tovushda edi.

Bora divanda yotgancha bir ko‘zini qisib, Areumni kuzata boshladi. Keyin esa o‘rnidan sapchib turib, uning yoniga keldi.

— Xo‘sh, Areum xonim? — dedi Bora jilmayib, qo‘llarini beliga qo‘ygancha.
— Ko‘zlaringiz xuddi osmondagi yulduzlardek yonib turibdi. Men ish bilan band bo‘lganimda, bir chetda sekingina, pismiqlarcha yigit topdimi oʻzinga,a?

Areumning yuzlari darhol qizarib ketdi. U o‘zini go‘yoki aybdordek his qilib, sochini qulog‘i ortiga to‘g‘riladi.
— Voy, Boraaa! Unaqa dima... Shunchaki tasodif bo‘ldi. U meni rasmga oldi, keyin esa suhbatlashib qoldik. O‘zi judayam madaniyatli, san’atni tushunadigan yigit ekan, — dedi Areum ovozini pastlatib.

— Shunaqami? Madaniyatli yigitakanmi — Bora dugonasini turtib, qah-qah otib kulib yubordi.
— Stol ostidan qo‘lingni ushlab, isitib qo‘yganini ko‘rmadi deb o‘ylaysanmi? Men hammasini sezib, bilib turdim. Judayam romantikde koʻrindila

Areum endi butunlay qizarib, divandagi yostiqni olib Boraga otdi.
— O‘zing-chi?! — deb, Areum kuldi.
— Meni gapirguningcha o‘zingga qara! Peshtaxta ortida o‘sha kelishgan yigit bilan valsga tushayotganingni kim ko‘rmabdi? Hali karamelli macchiato ustiga yurakcha chizib berishlar... Uchrashuvga taklif qilishlar... Sen ham tinch turmabsan-ku, pismiqcha!

Bora kulgidan to‘xtab, ko‘zlarini osmonga qaratdi. Uning yuzida ham mayin bir hayajon aks etdi.
— To‘g‘risini aytsam, u judayam samimiy va sho‘x ekan — dedi Bora divanga o‘tirib, tizzalarini quchoqlagancha.
— Uning raqsga tushishini, o‘zini tutishini ko‘rib, yuragim bir zumga urishdan to‘xtab qolgandek bo‘ldi. -Ayniqsa o‘sha "ko‘z-tabassumi" bor-ku... judayam yoqimli ekan.

Ikki dugona tunda, issiq choy ichib o‘tirgancha uzoq vaqt gaplashishdi. Ular hayotlarida birinchi marta o‘zlarini bunchalik baxtli va hayajonda his qilishayotgandi.

Bora va Areumni uyi kichik lekin juda shinam.
(qanaqa chunasila blmadimu, ikkita oʻrto bitta kravatda yotishi bu juda norm man uchun, ayniq agar ula juda yaqin boʻsa!)

Aynan shu daqiqalarda, Taehyungning shahar markazidagi shinam va estetik uslubda berzatingan shaxsiy kvartirasida chiroqlar hamon o‘chmagandi. Jiminning ham o‘z uyi bor edi, biroq bugungi qiziqarli voqealardan so‘ng, do‘stlar odatdagidek Taehyungning uyida yig‘ilib, suhbatlashishni afzal ko‘rishgandi. Ular ko‘pincha bir-birining uyida qolib ketishar, bu ularning ko‘p yillik qadrdonligidan nishona edi.

Jimin divanda o‘tirib, ertangi raqs harakatlarini qo‘llari bilan ohista mashq qilar, Taehyung esa noutbugini ochib, bugun kafeda olgan suratlarni ko‘zdan kechirayotgan edi. Ekranda yomg‘irga tikilib o‘tirgan Areumning surati paydo bo‘lganda, Taehyung beixtiyor to‘xtadi va suratga termulib qoldi.

Jimin buni payqab, sekingina uning ortidan keldi va Taehyungning yelkasiga qo‘lini tashladi.
— Oho, Taehyung! — dedi Jimin hazilomuz ohangda.
— Demak, meni kafeda kutib o‘tirib, o‘zingga ilhom parisini topibsan-de? Surat judayam ajoyib chiqibdi. Ko‘zlari juda ma’noli qiz ekan.

Taehyung noutbugini biroz yopib, do‘stiga qaradi va jilmaydi.— U shunchaki chiroyli emas, Jimin. U yozuvchi ekan. U bilan gaplashganingda, go‘yoki vaqt to‘xtab qolgandek bo‘ldi — dedi Taehyungning ovozida chuqur bir samimiyat bor edi.
— Sen-chi? O‘sha barista qiz bilan rosa til topishib ketibsizlar? Bugun o‘z uyingga ham ketging kelmay, menikinga kelib olganing sababi shu qizmi?

Jimin ko‘zlarini qisib, o‘sha mashhur samimiy tabassumini qildi.
— Bora judayam ajoyib qiz! Uning energiyasi, o‘zini tutishi menga judayam yoqdi. Ertaga uni uchrashuvga taklif qildim. Unga o‘zim maxsus raqs ko‘rsatib bermoqchiman — dedi Jimin hayajonini yashirolmay.

Taehyung do‘stining quvonchini ko‘rib, mamnun bo‘ldi va yelkasiga urib qo‘ydi.
— Baxtimizga ularning o‘zlari ham eng yaqin dugonalar ekan. Bu taqdir bo‘lmasa nima? — dedi Taehyung derazadan tashqariga, tun bag‘ridagi shahar chiroqlariga qarab.

Shu oqshom to‘rtta qalb ham bir xil hayajon, bir xil umid bilan ko‘zlarini yumishdi. Ertangi kun ularga yangi va yanada go‘zal tuyg‘ularni va’da qilayotgan edi.

Taehyung Areum haqida samimiy kulib gapir bervotgani🥹

Ertasi kuni havo kechagidan farqli o‘laroq ochiq va musaffo edi. Quyosh nurlari Seul ko‘chalarini ilitar, ammo 4 yoshning qalbidagi hayajon bu havodan ham issiqroq edi.

Taehyung va Areum va’dalashilganidek shahar markazidagi zamonaviy san’at galereyasida uchrashishdi. Areum ustiga och kulrang sviter va uzun yubka kiygan, sochlarini mayin qilib yig‘ib olgandi. Taehyung esa qora nimcha va oq ko‘ylakda xuddi klassik filmlardagi aristokratlardek ko‘rinardi. Ular ko‘rgazmadagi rasmlarni tomosha qilib, ohista (past, mayin) pichirlashgancha bir-birlarining qarashlaridan zavqlanishardi. Har safar Taehyung unga rasm darsliklaridagi sirli ma’nolarni tushuntirganda, Areum uning o‘tkir va aqlli nigohlariga maftun bo‘lib borardi.

Taehyung va Areum db tasavvur qilamiz, va kiyimlar boya etilganidek bula ignore

Muzeydan lavhalar

Biroq shaharning boshqa bir chetida vaziyatlar butunlay boshqacha tus olgandi. Jimin o‘zining raqs studiyasida soatiga qarab, hayajon bilan Boraning kelishini kutardi. Kecha unga o‘z raqamini berganidan beri telefonidan ko‘z uzmagan, bugun ertalab Bora unga qisqacha: "Salom, men Bora. Bugun tushdan keyin soat uchda studiyangizga boraman, uchrashguncha!" deb xabar yozgandi. Jimin uchrashuv uchun eng chiroyli musiqani tanlagan, ammo Boraning qanday gullarni yoqtirishini bilmagani uchun, studiya burchagiga shunchaki har qanday qizning ko‘nglini oladigan mayin oq atirgullardan qo‘yib chiqqandi. Kelishilgan vaqt o‘tib ketdi, soat uch yarim bo‘ldi, ammo Boradan darak yo‘q edi.

Jimin uning o‘ziga yozgan raqamiga qo‘ng‘iroq qildi.
— Alo, Bora? Hammasi joyidami? Men sizni kutyapman, — dedi Jimin, ovozida biroz xavotir va hayronlik bor edi.
— Jimin... kechirasiz! — Boraning ovozi nafas qisishi va orqadagi kuchli shovqin-suron orasidan arang eshitildi.
— Men... men bora olmayman shekilli. Bugun "Aura" da qanaqadir boshqacha kun bo‘lyapti. Hech qachon bunchalik ko‘p mijoz kelmagandi! Kafe liq to‘la, xo‘jayin yo‘qligi uchun men javobgarman, zaldan umuman chiqib ketolmayapman. Haqiqatan ham uzr...

Telefon o‘chdi. Jimin telefonni qo‘liga ushlagancha bir zum qotib qoldi. Uning qoshlari chimirildi, yuragida biroz jaxli chiqdi, hafsalasi pir bo‘ldi. Axir u bu uchrashuvni kechadan beri intizorlik bilan kutgan, bor mehrini berib tayyorgarlik ko‘rgandide.
U chuqur nafas olib, studiya oynasiga qaradi. Keyin esa o‘z-o‘ziga pichirladi:
— Shunchaki taslim bo‘lib, xafa bo‘lib o‘tiramanmi? Yo‘q, albatta.

Jimin kurtkasini oldi-yu, tezkor qadamlar bilan to‘g‘ri "Aura" kafesiga qarab yo‘l oldi.


"Aura" kafesida haqiqiy tartibsizlik hukm surardi. Qayerdandir kelgan katta sayyohlar guruhi va yaqin atrofdagi ofis xodimlari tushlik vaqtida aynan shu yerga kirishgandi. Bora kafega ishga kirgandan beri hech qachon bunchalik gavjum bo‘lmagan edi.

Bora peshtaxta ortida tinmay qahva tayyorlar, buyurtmalarni qabul qilar, peshonasidan chiqqan terni artishga ham vaqti bo‘lmayotgandi. Uning sochlari biroz to‘zigan, charchoqdan qo‘llari titray boshlagandi.

Shu payt kafening eshigi shiddat bilan ochilib, ichkariga Jimin kirib keldi. U zaldagi odamlar sonini va buyurtma kutib navbatda turgan o‘nlab mijozlarni ko‘rib, vaziyat nechog‘li jiddiy ekanini tushundi. Uning boyagi studiyada chiqqan biroz jaxli va xafaligi peshtaxta ortida tinmay harakat qilayotgan, qiynalib ketgan Borani ko‘rishi bilan bir soniyada tarqab ketdi.
Yuragida faqatgina unga nisbatan iliqlik va yordam berish istagi uyg‘ondi.

Jimin hech narsa demay, peshtaxta ortiga, Boraning yoniga o‘tdi.

— Jimin?! Siz bu yerda nima qilyapsiz? Sizga aytdim-ku... — Bora hayron bo‘lib unga qaradi.

— Gapirishni toʻxtating. Men sizga yordam beraman — dedi Jimin samimiy tabassum bilan va darhol ustidagi qora kurtkasini yechib, kafening zaxira fartugini beliga bog‘ladi.

— Xo‘sh, barista xonim, menga nima qilishni o‘rgating? Men tayyorman.

Bora bir soniya uning jiddiy, ammo judayam issiq va mehribon ko‘zlariga tikilib qoldi. Uning yuragi gupillab urib ketdi. Biroz kulib yubordi. Bu yigit shunchaki chiroyli raqs tushadigan emas, qiyin vaziyatda unga dalda bo‘ladigan haqiqiy erkak ekanligini ham sezdi.

— Mayli... Siz tayyor qahvalarga sirop qo‘shib, mijozlarga tarqatib turing— dedi Bora shoshib.

Shu tariqa ularning "ishchi uchrashuvi" boshlandi. Jimin raqqos bo‘lgani uchun uning harakatlari judayam tez va nafis edi. U mijozlarga qahva tarqatar ekan, o‘zining maftunkor "ko‘z-tabassumi" bilan barchaning ko‘nglini olar, asabiy mijozlar ham uning muloyimligini ko‘rib jilmayib qo‘yishardi. U hatto buyurtmalarni eltib berayotganda ohista raqs qadamlari bilan yurardi, bu esa kafedagi odamlarga judayam yoqib tushdi. Atrofdagilar bu ajoyib yigit va qizni kuzatib, zavqlanishardi.

Bir soatlik tinimsiz mehnatdan so‘ng, mijozlar oqimi asta-sekin kamaydi. Kafe yana o‘zining sokin va shinam holatiga qaytdi.

Bora charchoqdan peshtaxtaga suyangancha chuqur nafas oldi.

Jimin esa muzdek suv to‘la stakanni unga uzatdi.
— Charchadingizmi? — so‘radi Jimin, uning peshonasiga tushgan sochini sekingina qo‘li bilan chetga surib. Bu harakat shu qadar tabiiy va yumshoq chiqdi-ki, Bora ko‘zlarini yumib oldi.

— Judayam... Agar siz kelib yordam bermaganingizda, men aniq yiqilib tushardim. Rahmat, Jimin, — dedi Bora uning ko‘zlariga minnatdorchilik bilan qarab.

— Studiyada raqs tusholmagan bo‘lsak ham, bu yerda ajoyib duet bo‘ldik, shunday emasmi? — Jimin ko‘z qisib qo‘ydi.
— Endi qanday gullarni yoqtirishingizni aylantirib so‘rab o‘tirmayman, o‘zingiz aytasiz. Va baribir mendan bir marta haqiqiy uchrashuv qarzdorsiz.

Bora shirin kulib yubordi va bosh silkidi. Ularning munosabati mana shu to‘polon ichida, hech qanday sohtaliklarsiz, eng tabiiy va samimiy ko‘rinishda mustahkamlanib borayotgan edi.

Bora bitta oʻzi ishlavotkani

Bora with Jimin
Bilaman tasavvurila juda kuchli shunga fartukni oʻzila tasavvur qivorila😁🌚

Thanks for reading!
Iʼll wait for your comments.
Next bolüm will start with Areum and Taehyung 🌚
Enjoy 🤞🏻

2 bolüm finished