BENEATH THE STARS
Areum oʻziga kelar kelmas, yura olar olmas, kiyimlarini kiyib, koʻchaga chiqdi. zoʻrgʻa oqsoqlanib yurib katta koʻchani topdi va taksi ushab ketti. faqat Aera va uning otasini oʻylar edi.
Areum: endi nima qilaman.. nima qilaman... undan qoʻrqmayman.. politsiyaga habar beraman..
Areum shu oyda oqsoqlanib ketar ekan, bir mashina oldiga kelib toʻxtadi. Areum mashina ichidagi odamni koʻrib koʻzlari yoshga toʻldi, ammo oʻzini qoʻlga oldi.
Areum: S.. siz?
Seonhun: bu yerda nima qilyabsan?
Seonhun mayin, yumshoq, jilmayib Areumdan soʻradi, mashinadan tezda tushib Areumni mashinani oldi tomoniga oʻtqazdi.
Areum: men.. men bilasizmi meni..
Areum gapini tugata olmay ekan yubordi, Seonhun hayron boʻlib qolib, tezda qattiq quchoqlab, goh yuziga goh peshonasiga mayin oʻpichlar qoʻyar edi.
Jeonhun: oʻzingni bos, oʻzingni bos, little one
Oradan yarim soatlar oʻtib, Areum ancha oʻziga keldi, shunda Jeonhun haydovchi tomonga oʻtirib, skrin mashinani haydashni boshladi.
Jeonhun: nimalar boʻlganini aytib berasanmi
Areum ohirgi daqiqagacha aytmoqchi edi, lekin keyin bir oʻy yo fikridan qaytardi, qoʻrqdi 'agar hozir Jeonhun meni tashlab ketsangiz mendan nafratlansachi' degan oʻy uni fikridan qaytardi.
Areum: men.. doʻstimni uyida qolgan edimz uni oyisi kasalxonada ekan ...
Areum tiziq vaqtda hayoliga kelgan birinchi yolgʻonni aytdi.
Jeonhun: shuning uchun yegʻladingmi?
Areum: yoʻq.. prosta koʻynim boʻshashib ketti..
Areumning kpyni siqilib ketayotgan edi, yuragidagi aybdorlik xissini yoki ogʻriqni hech kimga aytolmayotgan edi.
Areum: qoʻying, eng muximi siz nixoyat keldingiz.. necha kun biz bilan qolasiz, Aera ham sizni juda sogʻingan
Areum mavzuni oʻzgartirish uchun hech boʻlmasa qanchadir muddat kechagi boʻlgan voqealarni eslamaslik uchun kulib gapirahni boshladi.
Jeonhun: doimgidek 1 hafta soʻng ketaman yana
Areum: qachon bir oila boʻlib yashaymiz
Areum xoʻrsinib qoʻyib soʻradi.
Jeonhun: yana ozgina sabr qil, goʻzalim
Areum bosh irgʻab, jilmaydi. Jeonhun egilib Areumning yumshoq yuzidan oʻpib qoʻydi.
Jeonhun biroz tezlikni oshirib Areumning uyi tomon haydashni boshladi. Yoʻl boʻyi Areum oʻzining ishongan insonini yelkasiga boshini qoʻyib ketdi.
Aera dadasini oyisi bilan kirib kelganini koʻrib u tomon kichik qadamlari bilan yugurdi. Jeonhun ham jilmayib, Aerani qoʻliga olib, ikki kichik yanoq yuzlaridan oʻpib qoʻydi.
Jeonhun: mening tiny little onem, ogʻirroq boʻlib qolibdimi
Jeonhun kulib hazil qilgancha, Areum va qoʻlida Aerani koʻtargancha ichkariga kirdi. Jeonhunni bir qoʻli Areumni belida edi. Areum hozir juda xursand, jonidan ortiq sevgan insoni hzoir yonida, bir oiladek!
Kichik oila oshxonaga kirganda Areumning dugonasi oʻsha yerda nonushta qilayotgan edi.
Areumning dugonasi, bu kichik oilani koʻrib jilmaygancha sekin ishxonadan chiqib ketti va keyin uydan ham. Har safar Jeonhun kelganda u ketgunicha Areumning dugonasi ularni yolgʻiz qoldirish uchun uydan chiqib ketar edi.
Areum tezda kiyimlarini alishtirib, iliq dush qabul qilib chiqdi. soʻng oshxonaga kirdi deguncha kulgu ovozlar eshitilar, bu ovozlar Areumning yuraginie tutib yuborgan edi. Va kirdi ham koʻzi Aera va Jeonhun gazni oldida turib narsa pishirayotganiga tushdi.
Areum: mensiz nimalar qilyabsiz
Areum shunday deb, borib ularga qoʻshildi, Jeonhun egilib boʻsa olib soʻng yana kulishib oilaviy nonushta tayyorlashda davom etshdi
Kichik oila kunni juda maroq bilan oʻtkazishdi. Areum juda baxtli edi. Areum bu kunni tugashini hech ham xohlamas edi. Lekin oʻzi bilmas ediki bu chindan xaqiqiy baxtimi yoki yoʻq.
Jeonhunni taklifi bilan keyin ular oilaviy kichik piknikka chiqishdi. yoʻlda ular muzqaymoq ham yeyishdi.
Uyga qaytishdan oldin, bir necha suratlarga tushishdi. va yam-yashil oʻtloq boʻylab sayr ham qilishdi.
Quyosh botgach, Jeonhun Areum va qizi Aerani olib uyga qaytishdi. Areum Aerani yuvintirgach, soʻng oʻzi ham dush qabul qilib chiqdi. Va koʻrdiki Aera yostiqning ustida sakrab Jeonhun bilan oʻyin oʻynar edi. Areum baxtni xis qilgancha Aeraga qoʻshilib, birga yotoq ustida sakrashar edi. Jeonhun ham buni miriqib kuzatar edi.
Oradan biroz vaqt oʻtgach, Aera Areum va Jeonhunni oʻrtasida uxlab qoldi.
Jeonhun: men seni juda sogʻingan edim
Jeonhun boshqa narsani nazarda tutib aytdi, mischievous jilmayib qaradi.
Areum: ertaga ham shu yerdasizkuu..
Areum kulib, biroz uyalgancha javob berdi. Jeonhun ham bosh chayqab, chuqur, sevgiga toʻla boʻsa oldi hamki telefoni jiringladi. Areum chuqur xoʻrsingancha.
Areum: bugunning oʻzida 4 marta yoki 5 marta qoʻngʻiroq qildi..
Areum kim ekanligini bilgancha, undan nolib dedi. Jeonhun kulb qoʻyib telefonga javob berdi.
Jeonhun: men ketganimda menga telefon qilaverma deb nechi marta aytishim kerak senga, bir haftadan keyin boraman deb aytdimku axir. Boshqa qoʻngʻiroq qilma!
Jeonhun telefon ortidagi odamga qoʻpol muomila qilib telefonni oʻchirdi.
Jeonhun: goʻzalim, menga stakanda suv olib kela olasanmi
Areum tezda rozi boʻlgancha, xonadan chiqib ketti. Va Jeonhun vaziyatdan foydalanib. Qoʻpol muomila qilib qoʻngʻiroqni yakunlagan odamga yana telefon qildi.
Jeonhun: azizim, bunday muomila qilganim uchun kechir hoʻpmi? men oʻsha vaqt boshqa vaziyatda edim. Men tezroq borishga harakat qilaman, oʻzingni va qorningdagi kichkintoyimizni extiyot qilgin hoʻpmi