May 3

|°WHERE WHE COLLIDE°|

(Biz toʻqnashgan joy)

Kiya: hali ham juda sekinsan, sal tezlash. Ashula tugavotti sen esa yoʻq!

Men yana ham tezlashishiga harakat qildim. Ammo ashula juda tez edi mening tez harakatlarim ham hatto sekindek tuyular edi.

Kiya: 3 soatdan beri tayyorlanyabmiz, sen hali ham uddalay olmayapsan, Boʻlsangchi, Bora!

Kiyaning ovozi bu safar balandroq, , qattiq va qoʻpolroq edi. Bundan mening biroz jaxlim chiqdi. Axir men ham uddalash uchun qancha harakat qilyabman.

~Harakt qilyabman, men ham uddalay olmayabganimni bilyabman, qoʻlimdan kelgancha harakat qilyabman.
Kiya: bu yetarlicha emas!
~hech boʻlmasa ashulani oʻzgartiraylik
Kiya: koʻp gapirma boʻl, yana bir marta

ha, bu men

Lee Borælia, tanishlarimga Bora db chaqirishga ruhsat berganman. I jinshimga kelsak, men figure skater (figurali muzda uchuvchi)lik bilan yoshligimdan shugʻullanishni boshlaganman, 3 yildan buyon competitionlarga qatnashishni boshlaganman. Va pul ham ishlashni boshladim oʻzim. Va pul yegʻib oʻzim uchun uy olganman.
Ota-onamga kelsak, men oʻrtancha farzand, Bir opam va ukam bor.
Men oʻzim xohlab Seulda oʻqishni xohlagan man va bitirgach shu yerda qolishni tanladim. Orada ota-onamni va opa-ukamni koʻrish uchun ularni oldiga boraman.

Men uchun shu aylanib sakrash mashqi eng qiyini edi. shu mashqni oʻrganish uchun menga bir oy vaqt ketdi va haligacha orada oʻhshami qoladi.

Kiya: oyogʻing qiyshayabdi, bu yeqilishinga sabab boʻladi. Tekisla!

~ammo boʻlmayabdi

Kiya: koʻproq harakat qil, bu senga koʻproq ball beradi yutushing uchun, bu safargacha sen bunday jiddiy musobaqada qatnashmading!

Men koʻzlarimni yumdim, Va yana oʻsha harakat sakrab, aylandim ammo muzga qayta tushayotgan vaqtim kimdur men bilan urildi va men yeqildim.

~shibal

Jaxlim chiqqancha sekin oʻrnimdan turdim, bu galvarsni deb yeqildim. u hali ham oʻrnidanturmagan edi yeqilgancha yotar edi.

~Nima qilyabsan, galvars, ko'rmisan

Yigit sekin oʻrnidan tugancha: Honim, uzur men..

Men yigitni gapini ham eshitmadim, uni deb oyogʻimni ham qayrgan edim, oʻzi bu mashqni zoʻrgʻa qilayotgan edim.
~Bu yerda bundaylar nima qilyabdi, qarasangiz bo'lmaydimi
~Sen ham agar bajarolmasang o'rganib keyin kel

Men bu gaplarni aytganimdan so'ng va xodimlarga baqirganimda oldimdagi yigitning ko'zlarida biroz g'azabni kordim, e'tibor bermadim.

~Menga bunday qarama uning o'rniga oldin oʻrganib kel, oyog'im tagida yurguncha!

yigit: aybimni tushunib, uzur soʻradim ammo, bu gaplaringiz ortiqcha.

Men ensamni qotirgancha, ortimga oʻgirildim. Shunda ustozim Kaya gapirdi.

Kaya: Bora, faqat bugunchalik dam ol. Oyogʻingga qara, ertadan yana tayyorlanishini davom etamiz.

Men bosh qimirlatganimcha muzdan chiqish uchun eshik tomon yurishni boshladim.
~Ertadan hech kim kiritlmasin! Tushunarlimi!

Men yigitga oʻqrayib qaragancha chiqib ketdim, Kiyimlarimni almashtirish va oyogʻimga qarash uchun.

Konkilarimni yechar ekanman, ancha yengillashishni xis qildim. Ammo chap oyogʻimning toʻpigʻida azroq oshish va qizarishi koʻrdim.

~ayssh, lanati shu yetmay turgan edi..

Oyogʻimni silar ekanman, eshikni oldida oʻsha yigit turganini koʻrib yana asabiylashdim.
~ sen yana nima qilyabsan bu yerda, tez chiqib ket
yigit: Bora men sizga

Men tezda oʻrnimdan turdim.
~Bora?! Men Boræliaman. Bora emas! ha, yoki nima ustimdan kulgani keldingmi

yigit: nega kulishim kerak, Borælia boʻlsa, Borælia hop, lekin qaren, men uzur soʻradim. lekin Siz ham oshirib yuborganingiz uchun uzur soʻrashingiz kerak.

Men mensimay kuldim, va oʻrnimdan turgancha, yigitga mensimay yaqinlashdim, Boya u biroz egilib uzur soʻragani uchun mendan past deb oʻylab bemalol mensimay oldiga borgan edim, ammo hozir oyogʻimda boʻyimni balandroq qilib turadigan konkilar ham yoʻq boʻlgani uchun, uning yonida past boʻlib qoldim.

~Agar shunchalik uzur soʻrashimni istasang, kechgacha shu haqida oʻygʻa va balki tushlaringda uzur soʻrarman.

Men mensimay, ustidan kulgancha boʻyin past boʻlsa ham biroz yuqoriroqga qarab gapirdim.
Lekin buni yigit tushundi shekil, boʻyi balandligini xis ettirish uchun yana ham gavdasini tekkisladi.

yigit: juda ham, kibirsiz
~ hech boʻlmaganda galvars emasman

Yigit kuldi, choʻntagidan nimadur oldi.
yigit: shu galvars sizga mehribonlik qilishga keldi.

Men hayron, boʻldim. Uni haqiratladim koʻpchilikni oldida, lekin nega bu yigit bunday muomila qilyabdi, men bilan oʻyin oʻynayabdimi, Ortga yurdim. yana mensimadim.
~koʻp asabimni buzma, yoki bundanam battar hurmatsizlikka duch kelmoqchimisan

Yigitlarni guruhli ekanligini bilaman, shuning uchun ham men bundanam battar hurmatsizlik qilish bilan taxdid qildim. Ammo baribir ish bermadi.

~nima qilyabsan, tegma
yigit: jim oʻtirsangizchi, bir haftadan keyin musobaqangiz borligini ustozingiz aytdi. buning uchun oyogʻingiz yaxshi boʻlishi kerak.

Nima boʻlganiga tushunib ulgurmasimdan, Yigit meni oʻsha xonadagi uzun stulga ptiqgʻizda va oʻzi oldimga choʻkkalab oʻtirib, oyogʻimni tizzasi ustiga qoʻydi. Keyin esa krem olib surishni boshladi.

~yumshoq, juda mayin, oyoliz tezda boʻshashyapdi. (oʻziga oʻzi ichida etb)

shu tuflini oʻrniga krem survotti db faraz qilila, topomadm rasm🤧

~boʻldi, yetar. nima qilyabman db oʻylayabsan
yigit: aybimni yuvyabman

Pov: Bora ensa qotirdi, Yigitni qoʻllarini itardi.

~ket endi
yigit: hech boʻlmasa rahmat eting
~hech qachon

Yigit kuldi, qoʻlimni ushlab olib majburan ochdi chunki musht qilib olgan edim. Soʻng, kremni qoʻlimga qoʻydi.

yigit: bir kun albatta rahmat etasiz, oʻzingiz rozi boʻlib. Buni esa uxlashingiz fan oldin ham surib uxlang.

~tsssk

Yigit jilmaygancha ortiga oʻgirildi, va eshikdan chiqishidan oldin, oʻgirilmasdan Boraga soʻngi bor koʻz tashladi.

shunaqa qarab keyin ketdi

~gʻalati yigit, ekan birinchi marotaba shunaqa yigitni koʻrishim. shu paytgacha kimga shunday gapirgan boʻlsam menga gʻazab bilan javob qaytarar edi. Bu boʻlsa gʻirt galvarsni oʻzi

pov: Bora shunday deb kuldi. ha yana oʻsha mensimay kuldi. keyin esa biroz oyogʻini massaj qilib oʻrnidan turdi. Va konkilarini shkafiga joylab soʻng ketishga tayyorgarlik koʻrdi. Birinchi ustozi bilan bir nechta narsalarni gaplashb oldi.

konkilar (shunaqa deyilarmidi🤦🏻‍♀)

---
---
---
---

Episode 1 tugadi.
yoqdi db umid qilaman. Zerikarli deyishingiz mumkin lekin keyin zoʻr boʻlib qiziq boʻladi!
Fikr! FIKR! fikr! FIKR!
Reaksiya! REAKSIYA! Reaksiya!
qoldiringlar, Iltimos!!!

Love all of you who supporting us 🥹💋