change of fate 🤍 2 qism
Suga Vga tik qarab turganida birdaniga cho‘ntagidagi telefon jiringladi u ekranga qaradi. ko‘zlarida bezovtalik paydo bo‘ldi
sovuq ohangda qo'ng'iroqga javob berdi
V tushunmas edi lwkin Suga ham jiddiylashib qoldi
Ammo narigi tomondagi gapdan sng u bir soniya o‘ylab qoldi Song chuqur nafas olib telefonni o‘chirganicha Vga qaradi.
S: Ammo san bu yerdan qimirlamaysan. Eshitdingmi?))
V boshini qimirlatdi lekin hech nima demadi. Suga eshik tomon yurdi so‘ng to‘xtab orqasiga qaradi
u eshikni ochib qattiq yopdi. Xona ichida yana jimlik edi
V ko‘zlarida yosh bilan polga cho‘kkalab o‘tirdi. Nafasi tez edi biroz titrayotgan edi
V pov: Nega bu men bilan bo‘lyapti...?
Ko‘z yoshlariga chidab turolmasdan u peshonasini tizzasiga qo‘yib yig‘lay boshladi. Uning ichidagi qo‘rquv kuchli edi
Ammo bir necha daqiqadan so‘ng birdan bir narsa xayoliga keldi
"V pov: U... eshikni qulflamadimi?"
Yig‘idan zo‘rga to'xtab V sekin turdi. Eshik tomon yurdi. Nafasi yana tezlashgan edi. Qo‘llari titrayotgancha eshik tutqichini ushladi... va asta burdi.
Ko‘zlari ochildi. V kuziga ishonmadi. Eshik qulflanmagan edi!
Ko‘zlaridagi yoshlar hanuz yaltirab turar ammo yuragida bor umid paydo bo‘lgandi
V pov: Men qochishim mumkin...
V chuqur nafas oldi. Eshik ochiq Bu imkoniyat U ehtiyotkorlik bilan xonadan chiqdi. Xonalar jimfaqat yurak urishini his qilar edi
U sekin zinaga yaqinlashdi har bir qadami sekin Pastga tushganida ko‘rinishda hech kim yo‘q edi lekin V baribir hushyor edi
Devorlarga suyanib yurdi soyalar orasida yashirinib qo‘riqchilardan qochdi Yuragi qattiq urayotgandi.
Katta chiqish eshigiga yetib keldi U nafasini ushlab,eshik tutqichiga qo‘l uzatdi.
U yuragiga urilgandek cho'chib ketdi
Qorong‘i ko‘zlarida chaqnayotgan g‘azab bilan u Vga tikildi
V bir qadam ortga chekindi. Tilini yutib yuborgandek edi qo‘rquv ko‘zlarida yaqqol ko‘rinardi.
Suga bir qadam oldinga yurdi. Uning yuzi xavfli .
S: Men seni ogohlantirdim, Taehyung sen menga tegishlisan. Menga qaramay qochmoqchi bo‘ldingmi?
V qarshilik ko‘rsatmoqchi bo‘ldi, ammo tili qimirlamadi Suga oldiga yetib kelib yelkasidan qattiq ushladi.
S: Endi buni o‘zing xohlab qilganingdan afsuslanasan
shivirladi Suga uning qulog‘iga.
Suga qattiq g‘azab bilan Vni devorga itarib yubordi.
V bo‘sh qo‘lini himoya uchun ko‘tardi, lekin bu foyda bermadi. Suga uni qo'llarini qayirib yuziga uradi v zarb bilan polga yiqiladi
S: Menga bo‘ysunmaydigan odamni men hech qachon kechirmayman!
Suga kamari bilan v ni urishni boshlaydi har bir zarb terida iz qoldirdi qattiq urishlardan hattoki terisi qonashni boshlaydi
V og‘riqdan nola qiladi Ko‘zlari yoshga to‘lgan edi Tanasi yonayotgan nafasi buzilgan yuragi esa vahima ichida urayotgan edi. Suga uning sochini tortib yerga yiqitdi.V so‘nggi kuch bilan uning oyog‘iga tepib yubordi va Suga muvozanatini yo‘qotganidan foydalanib qochib ketdi.
Suganing baqirig‘i orqasidan eshitildi, ammo V yugurishda davom etdi.
U mashinalar va binolar orasidan yugura boshladi boshladi. Sugani odamlari orqada qolib ketadi V ni yuragi qattiq urmoqda oyoqlari esa deyarli harakat qilmayotgandek. Qon tanasida har bir zarbani his qilardi ammo u to‘xtashni istamasdi qochish kerak edi. Har qanday holatda.
Nihoyat u ko‘chalarning narigi tomonida eski tashlandiq bir uyni ko‘rdi. U yer qorong‘i, eshik biroz ochiq. Shoshilib ichkariga kirdi.
Ichkarida hech kim yo‘q edi. Chang yopiq oynalar va izg‘irin sovuq. V devorga suyanib chuqur nafas oldi. Tanasi qattiq titrar edi.
Ammo ko‘z oldi xiralasha boshladi Og‘riq ochlik vahima… hammasi bir joyda jam bo‘lgandi. U orqasiga qarab asta polga yiqildi
Uning lablari qaltirab oxirgi nafasda shivirladi
Hozir Jungkook o‘zining shinam uyida edi. Deraza yonida turgan stulda o‘tirib issiq kofesida ichar nigohi esa uzoqdagi manzaraga qadalgandi Yomg‘ir sekin oynaga urilardi bu tinchlikni yanada chuqurlashtirar edi
Uning qo‘lidagi aylantirayotgan uzugi xotirasini yana o‘sha kunlarga olib borardi.
Xotini... uning eng katta zaif joyi bo‘lgan ayol...
Dushmanlar tomonidan qasdtan o‘ldirilgan edi Aynan shu voqea uni butunlay o‘zgartirib yubordi.
Jungkook mafiyadan chiqdi. Endi u qon to‘kilishini emas tinch hayotni tanlagan. Faqat o‘g‘li uchun yashardi. U hali 4 yoshda edi onasiz katta bulmoqda Jungkook esa unga ham otalik, ham onalik qilardi
Lekin u ich-ichidan bilardi — bu tinchlik uzoq davom etmasligi mumkin. Hayoti oldin qanday xavfli bo‘lgan bo‘lsa, o‘tmish hamisha bir kun qaytardi.....
Birdan eng sodiq odami yugurib keldi.
X: Janob Jungkook! Tashqi hovlidagi uyda nimadir bor! Kimdir...
Jungkook tezda o‘rnidan turdi. Ko‘zlari qaltirab ketdi
U tezda xonasidan yashirib quygan qurolini olib hovliga chiqdi
Hovlining nargi tamonidagi uyda opolda u hushsiz, yuzi ko‘kargan, usti esa yirtilgan edi.
Jungkook asta yaqinlashdi... va nigohi keng ochildi.
Uning holatiga qarab Jungkook yuragida qandaydir ezildi