April 28, 2025

change of fate 🤍

1 qism🤍

Kim tamonidan yozilganligi ff ni oxirida🙇‍♀️
Ertalab quyosh nurlari derazadan o‘tardi. Issiq yorug‘lik V’ning yuziga tegadi, u sekin ko‘zlarini ochdi. Bir necha soniya shunchaki shiftga termilib yotdi.

Bugun... nimadurgina boshqacharoq edi.

U sekin o‘rnidan turdi charchoq bilan qatiq oh tortdi oyna oldiga borib sochlarini tartibga soldi va yuzini yuvdi. Har kuni takrorlanadigan oddiy ertalab — ammo bugun ichida qandaydir g‘alati bezovtalik his qilar edi Nima edi bu? Hayajonmi? Qo‘rquvmi? Xursandchilikmi? O‘zi ham tushunmadi

V pov: Ahmoqlik bugun oddiy kun

Zalga tushdi. Ota onasi allaqachon nonushta tayyorlab qo‘ygan edi. Kofe va shirinlik hidi xona ichini to‘ldirib yuborgan

V.m: V ertalab yaxshi uxladingmi?

V: Ha yaxshi

V tabassum qiladi U har doimgid sokin ohangda gapirardi

Nonushta davom etdi. Ota onasi hayot haqida gaplashishardi: ishdan, qoshnilardan va yaqinlashib kelayotgan bayramlardan. V esa faqat boshini qimirlatib tasdiqlardi ammo ichida sovuq g‘ashlik hali ham sezilardi Nimadir unga yaqinlashayotganini bildirayotgandek edi ammo aniq nima ekanini anglay olmasdi

Nonushtadan so‘ng kitoblar va daftarlarini sumkaga joyladi har doimgidek xayrlashib uydan chiqib ketdi.

bahor fasli edi. V ko‘chadan o‘tib kollejga qarab yurar edi Qadam tashlagan sari yuragidagi g‘alati tuyg‘u kuchaya boshladi.

Go‘yo kimdir uni uzoqdan kuzatayotgandek edi.

V ortiga bir qaradi. Hech kim yo‘q. Faqat odatdagidek tonggi shovqin mashinalar ovozi va sayr qilayotgan odamlar.

V: Hamma narsa yaxshi...

dedi u yana o‘ziga. Ammo yuragi sokinlashmadi

Kollej eshigiga yaqinlashganda V chuqur nafas oldi va ichidagi bezovtalikni itqitishga harakat qildi. Bugun oddiy dars kuni edi. Hech qanday g‘alati narsa bo‘lishi mumkin emas...

U eshikni ochib ichkariga kirdi. O‘zini odatdagidek tutishga harakat qildi.

Darslar oxiriga yetganda V ichidan oh tortdi.

Nihoyat Bugungi g'alati tuyg'u butun kun davomida uni tark etmagandi U sumkasini yelkasiga ilib kollej koridorlaridan chiqdi. Eshikdan tashqariga qadam qo'ygan zahoti havoning salqinligi sezdi

Ammo yuragi g'alati tarzda tez ura boshladi.

V ko'cha tomon yura boshlagandi ortidan og'ir qadam tovushlari eshitildi. Orqaga o'girilib qarashga ham ulgurmay ikkita katta qo'l yelkasidan mahkam ushlab qoldi.

V: Hey! Nima qilyapsizlar?!

V baqirdi qo'rquv bilan.

Lekin uni tinglashmadi. Qo'pol kuch bilan uni yo'lakdan olib chiqib ketishdi. V tinmay tipirchilab qarshilik ko'rsatdi baqirdi tipirchiladi. Ammo ularni kuchi ko'p edi. Uning ovozi esa shunchaki ..

Ular uni katta qora rangdagi hashamatli mashina tomon olib bordi. Mashina qop-qora oynalari qoraytirilgan va oddiy odamlar unga yaqinlasha olmasdi.

V : Yo‘q! Meni qo‘yib yuboring !

V oxirgi marta harakat qildi ammo erkaklar uni mashina orqa o‘rindig‘iga majburlab o'tirgizishdi eshik darrov qattiq yopildi.

V yuragini bosib nafas olishga urindi. Hamma joy sokin. Faqat mashina yurishi eshitilardi. U mashinadan chiqishga harakat qildi lekin eshiklar ichkaridan qulflangan edi.

Uzoq bo‘lmagan yo‘l bosib o‘tildi. Mashina sekinlab nihoyat katta hashamatli bir uy oldida to‘xtadi.

Uyning ko‘rinishi... baland katta darvozalar sirli sukunat va qorong‘u soyalar... Bu yerda qandaydir xavfli narsa yashiringanday edi.

Mashina eshigi ochildi. Yana ikki erkak V’ni sudrab chiqardi. U endi charchab qolgan lekin yuragi vahima bilan urardi.

V: Qayerga olib ketayapsizlar meni?!

Ularni qattiq qo‘llari orasida, V hashamatli ammo sovuq uy ichiga olib kirildi. Derazalar qop-qora devorlar esa baland va vahimali edi. Havo sovuq V ich-ichidan titray boshladi

V’ni sudrab katta zinapoyalardan olib chiqishdi yuragi qattiq urib har bir qadamda o‘zini yomon his qilardi. Nihoyat tor va qorong‘i yo‘lak bo‘ylab yurib katta eshikli bir xonaning oldida to‘xtashdi. Erkaklar hech narsa demay V’ni ichkariga itarib yuborishdi.

Eshikning qattiq gursillab yopilgan ovozi xonani tuldirdi
V shoshib orqaga o‘girildi chiqishga urindi, lekin eshikni ocha olmadi

U atrofga qaraydi
Xona hashamatli lekin qandaydir vahimali edi baland shiftlar qora pardalar va yoritilgan shamlar...

U o‘rtada deraza yonida tik turgan bir erkakni ko‘rdi

Erkak orqasini V’ga o‘girgancha turardi. U sovuq va befarq ko‘rinardi hatto harakati ham qattiq nazorat ostida edi uning orqasidan ham kuch va xavf sezilardi

V bir necha qadam orqaga chekindi lekin endi qochishga joy yo‘q edi.

V: Kim... kim siz?

ovozi titrab chiqdi

Erkak sekin o‘girildi. Uning sovuq ko‘zlari V’ga qadalganda V ichidan muzlab qolgandek bo‘ldi. Erkak yosh edi lekin ko‘zlaridagi qattiyatlik uni ancha katta ko‘rsatardi

U qattiq lekin juda sokin ohangda javob berdi:

S: Meni ismim suga

V dahshatdan ko‘zlarini katta ochdi.
Bu nomni eshitmagan odam qolmagan edi. Suga shaharning eng xavfli, eng yirik mafiya boshlig'i va hozir V o‘sha odam bilan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri
yuzma-yuz turardi.

V o‘zini yana orqaga tortdi lekin xonaning har bir burchagi unga qochish yo‘li bermasdi.
Suga esa bir qadam oldinga yurdi

S: Men seni uzoq vaqtdan beri kutyapman Taehyung

V chuqur nafas oldi
U qandaydir katta o'yinning ichiga tushib qolgandi. Va endi...
bu o'yindan qochishning iloji yo‘q edi.

Suga bir necha qadam V’ga yaqinlashdi.

V orqaga qadam tashlab uzoqlashmoqchi bo‘ldi lekin orqa tarafda devor edi. Hech qayerga qochib qutulib bo‘lmasdi

Suga to‘xtadi V bilan o‘rtalarida endi masofa yuq edi u sekin gapira boshladi:

S: Men seni bir yil avval ko‘rib qolganman Taehyung

Vning yuragi yana kuchli urdi. U qo‘rquv va chalkashlik ichida unga tikildi...

S: O‘sha kuni,seni mahallangda ko‘rdim oq rang sviter kiygan eding, qo‘lingda kitob bor edi... Va men bilardim. Senga egalik qilishim kerakligini bilardim...

Suga asta V’ning yuziga yaqinlashdi. Nafasi Vning yuz terisini qitiqlardi. V esa shunchaki qotib qolgandi na harakat, na nafas olish...

S: Bir yil davomida seni kuzatdim

shivirlagandek

S: Har bir qadamingni, har bir kulgingni, har bir ko‘z yoshingni...

U barmoqlarini Vning yuziga sekin tekkizdi V titradi xuddi butun dunyo unga qarshi qotib qolgandek edi

S: Endi esa sen meniksan. Faqat meniki...

U qattiqroq Vning iyagidan ushlab yuzini o‘ziga qaratdi Vning ko‘zlarida qo‘rquv va hayrat aralash edi. Ammo Suga uchun bu yetarli emasdi..
V undan qochmoqchi bo‘ldi lekin Suga tezda uning qo‘lini devorga tirab qochish yo‘lini butunlay berkitdi

S: qarshi chiqishga urinma

V ko‘zlarini yumdi nafasi juda tez yuragi vahima bilan urardi U bu xavfli odamning asiriga aylanib bo‘lgan edi

Suga esa Vning yuziga asta yaqinlashdi. Va o‘sha lahzada, V shunday his qildiki — endi uning hayoti mutlaqo o‘zgarib ketgan edi...

Suga V ni bo'yniga yaqinlashib chuqur nafas oldi V ni ko'zlari hayratdan katallashadi....

.

👤: hammaga salom man yangi adkaman va man #ruby
2009 man endi ff hqida bu ff taekook ff davomida bilvolasla fikrlarini kutaman 💅