April 28, 2025

Bodyguard

Episode — 2.


Gavjum va shovqinli club oldida toʻxtagan hashamatli qora mashina hammani eʼtiborini birdek tortarkan, uni ichidan tushib kelgan toʻrt erkaklar odamlarni yanada oʻziga tortardi... Ammo ulardan biri shunday aura taratib turardiki huddi "yaqinlash va shunchaki oʻlasan" degandek...

Toʻrttalasi club ichkarisiga viqor bilan kirarkan huddi club ichi muzlab bir zumga hamma jim boʻlib qolgandek edi. Hech narsaga ahamiyat bermay vip xonalarning biriga kirgan erkaklarni xona ichida mafia aʼzolaridan tashkil topgan guruh kutib turarkan, kutilgan odamlar va aynan "Devil" kirib kelishi bilan majlis boshlandi...

— Devil... Biz kutayotgan mol hujumga uchragan, yuklarning hammasi oʻgʻirlangan.

Erkaklardan biri bayon qildi.

Jungkookning yuzi birdan tuntlashdi, gʻazab uning tim qora koʻzlarida miltillarkan hamma qattiq yutindi. Xuddiki hozir tashqariga chiqadigan gʻazab har birini yondirib yuborishidan qoʻrqayotgandek...!

— Qaysi Itvachcha menga tegishli boʻlgan narsani olishga jurat etdi a ?! Kim boʻlsa ham oʻz oʻlimi uchun farmonni oʻqibdi.

Uning ovozi butun xona boʻylab aks sado berarkan xonadagi har bir odam birdek titrardi...


Muzokara qilinadigan masalalar tugab, xona deyarli boʻsh qolarkan xonaga ikki erkak kirib keldi.

— Devilga katta ish bor ~

Erkaklardan biri dedi.

— Agar ishdan puldan tashqari boshqa foyda boʻlmasa aytmay qoʻya qoling.

Jungkook viskiydan hoplagancha dedi.

— Haha sen oʻzgarmaysan Jungkook ~

Oʻsha erkak Jungkookni oldiga bir papkani otdi.

— Bu nima?

— Judayam muhim ish... Bir qizga tansoqchilik qilish kerak.

— Men aqldan ozgandek koʻrinyapmanmi yoki boshqa nimadir?

Jungkook asabiy derkan yonidagi doʻstlari teskari qaragancha kulgularini yashirishdi.

— Hoy qizishma... Togʻajoning senga oddiy ish aytarmidi ? Bu qiz kimni qizi demaysanmi ?

— hoʻsh?

Jungkook qosh chimirgancha kinoyali soʻradi.

— Haligi Lee bor ediku. Oyingdan qolgan kompaniyani sotib olgandi.

— Keyin qayta sotmagan qari tonkami ?

Taehyung Jungkookdan avval gapga qoʻshildi.

— Men ham esladim !

Jimin ham qosh chimirgancha eslaganini bayon qildi.

— Hullas uni yakkayu yagona qizi bor. Uni borligʻi oʻsha qiz... Va bu suyukli jiyanim uchun imkon chogʻi...

Jungkookning yuzid togʻasini butunlay tushunganini bildiruvchi maʼnoli tabassum paydo boʻldi.

— Demak Lee ni nozik tarafini qoʻlga olaman. Va bu tez orada amalga oshadi ~

Time skip

Lee lar qoʻrgʻoni.

— Sizni qayerdadir koʻrgandekman...

Janob Lee Jungkookga tikilgancha soʻrarkan uni Qayerda koʻrganini eslay olmasdi...

— Oldin ham qoʻriqchi boʻlib ishlaganman janob balki ish vaqtim koʻrishgandirmiz.

Pov)

Jungkookning yuzi doim sir tutilgan. Mafia olamida ham, biznesda ham uni faqatgina sanoqli insonlargina "Jeon Jungkook" sifatida aniq tanishardi holos.

— Boʻlishi mumkin... Men hozir ishga shoshayapman. Senga esa oʻgʻlim hizmatchilar qizimni chaqirib berishadi. U biroz qaysar ammo yaxshi qiz. Uni hafa qilma ammo qattiqqoʻllik bilan himoya qil. Nima desa ham yoʻq de. Toʻgʻri oʻqishga borib toʻgʻri uyga qaytsin. Kun tartibi bilan yaxshilab tanishib chiq.

Janob Lee tushuntirish va buyruqlar berarkan Jungkook ichida uygʻongan gʻazabni arang borardi... Axir kimsan Mafia qiroli Devil Jeon Jungkook hech qachon buyruq olishga oʻrganmagan edida... Va kelib kelib u bir soniya ichida oʻldira oladigan bir qariyadan emas !


Hizmatchi Jungkookni tepa qavatga, Yuraning xonasi tomonga olib borarkan Jungkook butun uyni analiz qilib chiqardi... Bir paytlar u yosh bola edi. Oyisining qarindoshlari ayol kishi boʻla turib ter toʻkib rivojlantirgan kompaniyani oyisi oʻlgani sabab sotib yuborishadi. Jungkookning otasi bunga ahamiyat bermaydi chunki bu Shunchaki bir kichik kompaniya edi holos... Ammo Jungkook onasining qilgan mehnatlarini oʻsha murgʻak koʻngli bilan ham sezgandi, onasining shuncha yillik mehnati arzimagan pul evaziga kimningdir qoʻliga oʻtishiga u rozi emasdi. Ammo ancha muzokaralardan keyin ham Janob Lee hozirda katta yutuqlarga erishgan va boyligining asosi boʻlgan kompaniyani sotishdan bosh tortdi.


Xona eshigini mayin taqillatgan hizmatchi muloyimlik bilan dedi.

— Xonim uygʻoning iltimos... Yoʻqsa oʻqishga kechki qolasiz.

Jungkook hizmatchining ehtiyotkor harakatlari va ovoz tonidan soʻng xona ichida qanday qiz bor ekaniga qiziqdi...

Ha deganda javob kelmagach xona ichiga kirgan hizmatchi hayron qoldi... Ha yotoq va hammom boʻm boʻsh edi... Chunki Yura allaqachon juftakni rostlab boʻlgandida.

— Yana qochibdilar !

Hizmatchi xonadan yugurgancha chiqib ketarkan Jungkook birdan kuldi.

— Zerikmayman chogʻi... Ammo yetarlicha asabiylashishim ham aniq~

*

— Shunday qilib otang seni tutib oldi va tahdid bilan dodingni berdimi?

Cofe ichgancha dugonasini gaplarini tahlil qilgan Yuri kuldi.

— Nega kulasan ?! Men yana "tansoqchi" deb atalgan tirik qafasga tushaman axir....!

Yura dramatik ohangda soxta jabrdiydadek gapirdi.

— Miss Lee ?

Ikki qiz ortidan kelgan yoʻgʻon ovozdan bir uchib tushdiyu tez ortga qarashdi... Ularga bir juft tim qora koʻzlar hech qanday emotsiyasiz qarab turardi...

— Kech boʻlsa ham tanishib qoʻyaylik men sizning yangi tansoqchingizman. Jungkook.

Yura lom lum deyolmay qolgandi... Ha birinchi bor unga otasi mukammal darajada kelishgan tansoqchi tayinlagan chogʻi...

— Siz hozir darsda boʻlishingiz kerak. Kettik.

Shunchaki buyruq ohangida gapirgan Jungkook stol ustidan Yurani telefoni va sumkasini olib eshik tomon yurgancha ortga qaramay cafeni tark etdi...

— Tushunmadim?!

Hozirgina kelishgan deya maqtagan hayollari turli soʻkinishlar bilan toʻlgan Yura gʻazab bilan eshik tomon ketarkan Yuri ularga ergashdi...

— Hoy sen !

Gʻazab va kibr bilan Jungkookni chaqirarkan Jungkook qulogʻigacha gʻazabdan qizardi...

— Kim boʻlibsanki menga buyruq berasan a ? Shunchaki tagi past qoʻriqchisan.

Yura Jungkookni qoʻlidan narsalarini yulib olarkan birdan uni bilaklari qattiq siqildi .... Jungkook uni oʻziga tortgancha past, gʻazabli ohangda gapirdi.

— Hoy qiz tilingga koʻpam erk berma yoʻqsa...


Keyingi qism olovkuuu

Fanfic yoqqan boʻlsa reak va fikrlar kutib qolaman 💋