"Sõngi bahor"
Fevral ohangida qish sekin sõnayotgandek.
Istanbul osmoni bulutli lekin poyezd bekatidan to Karaköy kõchalari orasida bahorning nafasi kezib yurgandek tuyuladi. Shaharning shovqini ham õziga xos edi:mashinalar, dõkonlar, odamlar biroq ularning orasida bir nuqta bor edi. "Mürekkep ve Gölge" ya'niy mõyqalam va soya nomli eski kitob dõkoni. Tashqaridan qaraganda kõzga tashlanmaydi,ichkariga kirganlar esa bu dunyoni tark etgandek bõlishardi.
U eshikni ohista ochdi. Sovuq havo baribir yurakka iliq tegdi. U Eliryna edi.
Eliryna-kõpchilik uchun sokin, doim ish bilan band bõlib yuradigan, oziroq sovuqqon kõrinadigan qiz edi. Lekin ichida juda ajoyib g'ayraodiy nozik didli nafis va tasirvhan qiz edi. U kitob õqishni juda sevar edi. Har bir kitob, har bir jimjitlik, harbir gulning yaprog'ining ostidagi hikoyani õqiy olardi. Uning kõzlari mayus lekin odamni bir qarashda õziga bog'lab qõyadigan darajada chiroyli edi.
Eliryna bugun ishdan keyin shu yerga keldi. Õzi hohlagandek kitob õqib hordiq olish uchun. Õqish uchun kitob qidirar ekan u yuragiga kirib borgan, kõp ma'noni anglatadigan bir sarvlavhani kõrdi. "Sõngi Bahar". Oppoq muqova ustida sõlib borayotgan qora gul tasvirlangan edi. Sirli mualifning yurakni qaltiratib yuboradigan bir sõzi-"Chin sevgilar sukutda yashaydi" deb yozilgan edi.
Elryina sekin qõlini kitobga uzatdi...
U bilan birga boshqa bir qõl ham kitobga tegdi. U qõl Elirynaning qõllariga yengil tegdi. Eliryna asta kõzlarini orqasodagi odamga qaradi.
Uning ortida bir yigit turardi.
U sokin, musiqa sevar, õzini kam kõrsatadigan. Xushbichim va aqlli inson edi. U musiqa bastalar edi. Keal hwchqachon õz gitara chalganini hechkimga aytmagan. U odamlarga gitara chalishini hechkimga aytmagan. U juda sokin musiqalar chlishni yaxshi kõradigan sokin inson edi.
Eliryna unga tikildi, u esa jim qarab turar edi...
-Bu sõngisi bôlishi mumkin-dedi Keal past ovozda.
Eliryna chalg'ib-Bunday tasirli poeziyani endi kõryapman yaxshi bõlsa kerak har holda bir dona qolibdi. dedi Eliryna.
-Ha tõg'ri sarvlavhasi yetarli sõzladi- dedi Keal. Va birozdan sõng hõrsinib - Men uni uzoqdan qidirib kelgandim. dedi u.
Elryna kitobdan qõlini olayotgan payt:
- Unda Sen olaqol men boshqa narsa toparman. dedi Elryna.
- Keal bosh chayqab-Yõq Sen ol. Balki bu senga juda keraklidir yoki bu Sen uchundir. debi Keal.
Qiz unga tikildi. Yuragida nimadir g'imirladi. U bu yigitni tanimasdi. Lekin tanigandek edi. Gõyo yuragi tanidi. U kitobni oldi. Keal jilmaydi, Kealni ham nigohi Elirynanikiga õxshardi.
-Balki Yana kõrisharmiz - dedi Keal orqasiga burulgancha. Keal shunday dedi va boshqa bõlimga kirib ketti. Eliryna esa kitobni olib qaytayotgan edi.
Qor yog'mayotgan edi. Huddi bahorning yengil nafasi yurakka urayotgandek. Havo sovuq ham issiq ham emasdi yumshoq havo edi.
Eliryna deraxa oldida ôtirib kitobni õqir edi. U har bir sahifani shunday õqir ediki u kitobni ichiga kirib ketgandi.
Kim edi u yigit? Nimaga menga tanish kõrinyapti. Nimaga unga qaraganimda kõzlarimni uzolmadim?...
Va... oxirgi sahifaga qalam bilan yozilgan bir satr:
"Musiqani eshita olmaydiganlar uni jimlik deb õylaydilr " imzosi yõq edi. Faqatgina ohirid"K" harfi bor edi.