our destiny 🤍
Budilnik jiringlay boshladi. Baland ovozda. Yana o‘sha bezorilik.
Y/N yostiqni yuziga bosdi. Ko‘zini ochgisi kelmaydi. Lekin ochishga majbur. Sababi — universitetga borishi kerak edi
U chuqur xo‘rsinib o‘ziga pichirladi: Har tong shu azob...
Sekin o‘rnidan turdi. Sochlari taralmagan yuzi uyqudan shishgan edi . U o‘zini oynada ko‘rib, e’tibor ham bermadi Uni hech kim qiziqtirmaydi.
Vannaxonaga kirdi dush qabul qildi dushdan chiqadi sochlarini quritadi va biroz make up qiladi aslida unchalik bo'yanmas edi
U har doimgidek oddiy kiyim kiydi: qora shim va qora kofta
Unga qora kiymlar yoqar edi
Y/N boy oilaning qizi. Lekin u boylik bilan maqtanmaydi. Hamma narsasi bor, lekin ichida — bo‘shliq. Uni tushunadigan odam yo‘q. Do‘stlari yo‘q Faqat bitta dugonasi bor: Nari. hammasi shu Yana ortig‘i kerak emas. Chunki Y/N birov bilan muomala qilishni yoqtirmaydi u ko‘p gapirmaydi gapirsa ham qo‘pol va befarq edi
U pastga tushadi. Oshxonada xizmatkor nonushta tayyorlab qo‘ygan. Ammo Y/N faqat kofe oladi. U odatda doim restoranlarda ovqatlanar edi
Mashina eshigi ochiladi. Haydovchisi kutyapti.
— Universitetga boramiz. Tushlikda esa restoranga. Bilasan-a?
Haydovchi boshini qimirlatadi. Hech qachon javob qaytarmaydi. Chunki Y/N bilan tortishgan odam — oxirida pushaymon bo‘ladi.
Mashina yuradi. Y/N oynadan tashqariga qarab, ichidan shunday deb o‘ylaydi:
- Bugun ham bir xil kun. O‘sha odamlardan uzoqroq yurishim kerak. Baribir ular men uchun hech kim.
Mashina universitet oldida to‘xtaydi. Y/N eshikni ochadi va hech kimga qaramay pastga tushadi. Sumkasini yelkasiga osib, befarq qadamlar bilan binoga kiradi.
Yo‘lakda ko‘plab talabalar, shovqin, kulgi. Kimdir gaplashyapti, kimdir kulib suratga tushyapti.
Y/N bularning birontasiga e’tibor bermaydi. To‘g‘ri boradi. Uni faqat bitta odam qiziqtiradi — Nari.
Nari uni har doimgidek zinapoyaning yonida kutib turgan bo‘ladi. U sal jilmayib, qo‘l ko‘taradi:
— Nihoyat kelding, aybingga 5 minut kech qolding!
Y/N yengil bosh irg‘ab qo‘yadi.
📚 Dars esa odatdagidek zerikarli o‘tadi. O‘qituvchi bir narsalarni tushuntiradi doskaga yozadi. Y/N esa daftarga bir necha chiziq chizib, yana oynadan tashqariga tikiladi. Unga bu mavzular ham odamlar ham qiziq emas.
📍Soat 12:50
Dars tugaydi. O‘qituvchi daftarlarini yig‘ib chiqib ketadi. Talabalar ham tarqala boshlaydi.
Nari o‘rnidan turib Y/Nga qaraydi:
— Nima qilamiz? Yana boring joyingga borasanmi?
Y/N qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib, ohangida befarqlik bilan javob beradi
— Ha. Restoranga boramizmi? Qornim ochdi.
Nari:
— Aytmasa ham bo‘ladi har kuni baribir borasan-ku.
Y/N:
— Ha lekin bugun boshqacha ishtaham bor.
Ikkovlari universitet binosidan chiqib, mashinaga yo‘l olishadi. Y/N o‘zining haydovchisiga bosh irg‘ab:
— O‘sha restoranga boramiz. Hozir.
Mashina yuradi. Y/N esa telefoniga qarab jim bo‘ladi. Ko‘rinishidan befarq, lekin ichida nimadir o‘zgarayotgandek... ammo u buni o‘zi ham bilmaydi.
Mashina restoranning oldida to‘xtadi. Bu joy Y/N uchun yangi emas. Har kuni deyarli shu yerga keladi. Xodimlar uni taniydi.
Ichkariga kirishdi. Nari orqasidan yurib kelayotgandi.
Y/N ko‘z yugurtirdi va har doimgi joyini — oyna yonidagi burchakdagi stolni ko‘rdi. U yerdagi yumshoq o‘rindiq va yorug‘lik tushadigan burchak aynan unga yoqardi. Hech kim orqadan bezovta qilolmaydi. Tinchlik bo‘ladi.
U to‘g‘ri borib o‘sha joyga o‘tirdi.
Menyuni oldi. Sekin varaqlay boshladi. Nari ham qarab chiqardi.
Bir erkak yaqinlashdi. Qadam tovushi eshitildi. Y/N qaramadi Menyudan ovqat nomlarini o‘qiyapti.
Lekin Nari esa unga qarab qotib qoldi...
Y/N:
— Nima bo‘ldi? Ko‘zlaring katta ochilib ketibdi.
Nari:
— Y/N... bu joy... u sizniki emas shekilli bugun...
Y/N qoshini chimiradi va nihoyat boshini ko‘tardi. Qarshisida — bir notanish erkak turardi. Ko‘zlari qattiq yuzida sovuqqina ifoda bor. U bexavotir tikilib turardi.
Y/N ham jiddiy ohangda davom ettdi
— Odam ko‘rmaganmisan? Bo‘sh joy ko‘rinyaptimi, yoki meni o‘tirdim degani tushunarsizmi?
Erkak bu — Jungkook edi
Jungkook asabilasha boshlaydi
— Bu stolni men oldindan band qilganman
Y/N ko‘zlarini suzadi ohangini o‘zgartirmasdan:
— Ha, mengayam har kuni shu joy band. Faqat og‘zaki emas amalda.
Jungkook qovog‘ini soladi Faqat sekin stulni surdi, yana gapirdi:
— Turasizmi yoki xodimlar bilan gaplashaymi?
Y/N o‘rnidan turmadi. Stulga suyanganicha sekin gapirdi
— Menga gap qaytaradigonlar ko‘p edi, lekin oxiri doim afsuslanishardi. Shunday qilib bilganingni qil
Nari uning qo‘liga yengil urdi:
— Y/N, yur boshqa joyga o‘taylik janjal qilma...
Y/N ko‘zlarini uzmasdan, jim qoldi. Yuzida hech qanday hissiyot yo‘q edi fqat ichida bir narsa qiziy boshlagandi..
Jungkook esa kulgandek bo‘ldi:
— Zo‘r gapiryapsiz. Bu qiziq bo‘lishi mumkin.
U sekin boshqa xodimga bir nima dedi. Xodim kelib, Y/Ndan “iltimos boshqa joyga o‘tsangiz bo‘ladimi?” deb so‘radi. Chunki band qilingan joy ekanligi rostdan ham ro‘yxatda bor edi.
Y/N stulni surdi va o'rnidan turdi Jungkookga qattiq qarab dedi
— men senga aytdim afsuslanasan
Y/N stol ustidagi bir stakan suvni oldi va jungkookni yuziga sepdi va sovuq ohangda gapirdi
Jungkookni ko'zlari g'azabdan kattalashdi va Y/N ni bilagidan mahkam ushlab yuziga yaqinlashadi va shivirlaydi
- qaytiv yo'limdan chiqma keyingi safar osson qo'yib yubormayman
Y/N jaxl bilan chiqish tomon yuradi Nari esa ortidan yugurdi...