the guy behind the mirror 🤍 ( 1 qism)
Ko‘zgu qarshisida turganimda, xona jimjit bo‘ladi. Qandaydir kuch, qandaydir o‘ziga tortuvchi sokinlikni his qilaman. Bu vahima emas bu yurakning jim hayqirig‘i.
Men hech qachon uni haqiqiy hayotda uchratmaganman. U borligi — faqat tushlarimda, faqat tungi sukunat ichida. Ammo qandaydir tarzda, u mening qismatimga aylandi.
Jk: Taehyung... — deydi u har safar ismimni shivirlab
O‘sha ovoz meni tinchlantiradi O‘sha nigoh... meni bo‘shashishga majbur qiladi. Balki bu sevgi emasdir, lekin men undan boshqa hech kimni bunday his qilmaganman.
Jk: Bu safar uzoq qolasanmi? – deb so‘raydi u barmoqlarini ko‘zguga bosib.
Men unga qarab kulaman, lekin yuragim ichida og‘riq bor. Chunki men bilaman uyg‘onsam u yo‘qoladi. Qaytib kelmaydigan kechalar bo‘lgan. Ba'zida kunlar haftalar davomida ko‘zgular jim turadi. Hech narsa ko‘rsatmaydi. U yo‘q.
Naqadar sovuq tong. Nafasi titraydi. Qo‘llari terdan emas, qo‘rquvdan nam. Ko‘zguga qaraydi.
Hech narsa yo‘q
Faqat o‘zi va u bilan yuzma-yuz turadigan jimjitlik.
U yuragini bosadi. Uxlab yotgan bo‘lsa da, yuragiga tikan sanchilgandek his qildi.
V: Jungkook… — deydi ohangsiz.
U bir necha soniya ko‘zguga qarab turadi. Ehtimol hozir ham u yerda chiqib kelar deya umid qiladi. Har gal uyg‘ongach birinchi qiladigan ishi ko‘zgu edu
Yotoqdan ohista tushadi. Tizzalari zaif boshi engashgan. Qo‘lini oynaga bosadi, xuddi o‘sha kechalardagi kabi. Ammo bu safar hech kim u bilan “barmoqlari orqali” uchrashmaydi faqat shisha va sovuq
Yuragining bir burchagida xavotir paydo bo‘ladi.
V pov: Nega bu safar u yo‘q?
Nega uyg‘onishimdan avval uni ko‘rdim, lekin hozir hech narsa?
Bu oddiy tush emasligini u biladi. Bu ko‘proq… ruhiy bog‘lanish. Bu yerda mantiq yo‘q. Bu sevgi ham emas lekin undan ham chuqurroq
U maktabga boradi ( V 17 yosh) kun o‘tadi. Har kim bilan gaplashadi, kuladi. Ammo ichida... ichida bir joyi boʻsh....
U tunda ertaroq yotishga harakat qiladi
Jungkookni yana ko‘rish umidida
Yotoqda ko‘zlarini yumadi. Nafasini sekin oldi. Yuragini tingladi. So‘ngra qorong‘ilik…
Va bir necha kun shunday davom etdi. Har tun — hech narsa.
U yotoqda yotib, ko‘zgu tomon qaragan edi — ko‘zgu ichida harakat paydo bo‘ldi. U sapchib o‘rnidan turdi. Nafasi qisildi yana u bo‘lishi mumkinmi?..
Va ha… u ko‘rdi.
Ko‘zgu ichida Jungkook o‘tirardi.
Qiyofasi… g‘alati. Odatda V’ni ko‘rganda jilmayardi. Endi esa… qarayapti. Lekin hech nima demayapti...