June 28, 2025

the guy behind the mirror 🤍 ( 2 qism)

the guy behind the mirror 🤍

V: Nega meni tark etding

Bu ovoz... juda sokin edi lekin ich-ichdan titratardi. Jungkook javob bermadi. Qanday javob berishni o‘zi ham bilmasdi. U bir necha soniya ko‘zgu ichida qotib turdi xuddi biror jinoyatdan ushlangandek jim qo‘rquv aralash nigohda.

V unga yaqinlashdi. Ko‘zgu ortidagi yoritilgan xonani o‘z qadam tovushlari bilan to‘ldirdi. Har bir qadam og‘ir qat’iy shubhasiz edi. Uning ko‘zlari ilgarigidek iliq emasdi. Unda iztirob bilan yonib turgan edi

Ko‘zgu ichidagi Jungkook unga tikilar edi U V’ning yaqinlashayotganini sezdi, lekin hech narsa deya olmadi

V oynaga yaqinlashib unga tik qaradi. U endi unga shunchaki qaramayotgandi u ko‘rayotgandi. yolg‘onini... va yolg‘izligini.

V: Men seni har kecha chaqirdim, Jungkook lekin sen kelmading

dedi V sovuq ohangda.

Jungkook ko‘zlarini yumdi, yelkalari titradi. Eshitishni istamagan haqiqat uning ustiga tushayotgandek edi. Har tongda o‘zini qutqarishga harakat qilib, bu dunyoni rad etganini endi anglab yetayotgandek.

JK: menga ishon men faqat yo'l izladim seni yoniga borish uchun mening hayotim shunchaki zulmat bu yeda yashash qanchalar qiyin

V qo'lini ko'tardib Xuddi oynaning narigi tomoniga qo‘l cho‘zmoqchidek. Lekin to‘xtadi. U yerga qo‘l cho‘zish oson emas edi. Chunki bu tanlov edi.

V: Agar seni yana yonimda ko‘rmoqchi bo‘lsam meni tanlashing kerak. Bu dunyoni tanlashing. Bu tanani. Meni.

Jungkook boshini ko‘tardi. Ko‘zlarida ikki xil tuyg‘u bor edi: qo‘rquv va sog‘inch.

Jk: Men... men o‘sha tarafda yashay olmayman. Agar men sening tarafinga o'tsam buni birgina to'lovi sen ichkarida bo'lishing kerak

V: nima ?!! Demak o'rinlar almashishi kerakmi ?

Jk: o'ylaymanki ha lekin bilasanmi ilojini topaman men har daqiqada shuni ilojini izlayman

Jungkook ko‘zlaridan yosh oqdi. Bu so‘zlar... uni parcha-parcha qilardi.

V bir necha soniya unga jim qaradi. So‘ng, ohangini past qilib, ko‘ngilni cho‘ktiradigan so‘zlarni aytdi:

V: Men seni sevaman, Jungkook. Lekin endi bu yetarli emas. Agar sen yonimda bo‘lishni istasang yonimda bo'l

Jungkook titragan holatda qo‘lini oynaga cho‘zdi. Muzdek sirt terisiga tegdi lekin yuragi yana avvalgidek V’ni his qilayotgandi.

O‘sha paytda... V ham qo‘lini uzatdi.

Ko‘zgu ikki olamni ajratar, ammo ularning orasidagi rishta undan da kuchli edi. Ikki qo‘l —ikki olamdan o‘sha oynaning o‘rtasida uchrashdi. Va o‘sha daqiqada... nimadir o‘zgardi.

Issiqlik.

Jungkook ko‘zlarini katta ochdi. Bu... bu endi xayol emas edi. Vning qo‘li haqiqiy edi. Uning kaftining harorati oynadan o‘tib uning tanasini titratdi

U yuragini tutolmay oynaga egildi. Lablarini sekin oynaga bosdi bu o‘pich nozik, sokin ammo iztirobli edi. U sog‘ingan unutgan va o‘zini kechirolmagan tuyg‘ularni o‘sha bo'sa orqali Vga yetkazmoqchi edi

O‘ylamaganday V ham lablarini oyna tomon yaqinlashtirdi... va qaytardi o‘sha o‘pichni.
Ammo bu safar ular his qildilar.

Ularning lablari bir-birini bosib, haqiqiy bo‘lib ketdi. Go‘yo butun olam halqa bo‘lib yopildi. Ko‘zgu sathi endi to‘siq emasdi. Ular bir birini sezdi har nafasni har titroqni.

Jungkook chuqurroq o‘pdi. U bu tuyg‘udan qochishni istamasdi. Bu iliqlik hayotda faqat tushda bo‘lgan yagona haqiqat edi.

To‘satdan

CHARS!!!

Ko‘zgu ichidan o‘tkir tovush yangradi. Yorug‘lik miltilladi. Oyna yoriq otib ketdi.

Jungkook cho‘chib tushdi. Vning ko‘zlari katta ochildi qo‘li birdan bo‘shashdi.

JK: V !!!

Jungkook baqirdi lekin kech edi.

Ko‘zgu o‘rtasi yorilib ketdi va o‘sha lahzada V hushdan ketdi.

Oradan bir necha soat o'tdi .....

V asta ko‘zlarini ochdi. Qop-qorong‘i shiftga tikildi. Dastlab u hech narsani anglamadi — tana og‘irlashgan ko‘kragi bosib turganday edi. U nafas oldi. Sovuq.

Atrof jim-jit
U asta boshini burdi Deraza yo‘q. Yoritkich yo‘q. Faqatgina bitta... oyna.

U ko‘zlarini qattiq yumdi.

V pov: Bu yana tush… bu yana o‘sha joy… men yana o‘sha ko‘zgu ichidaman…

Lekin unday emas edi
Bu boshqa edi.

O‘sha oyna... bu safar tashqaridan emas, ichkaridan ko‘rinardi. Oyna ichidan hech kim unga qarab turmasdi. U yolg‘iz edi. Qorong‘ilik ichida sovuq to‘shakda begona xonada.

V: Jungkook…

pichirladi ovozi titrardi hech qanday javob yo‘q.

U asta o‘rnidan turdi. Oyog‘ini polga qo‘yganda sovuqlik butun tanasini qamrab oldi. Yuragi tez ura boshladi. U oyna tomon yurdi, ammo unda o‘zini ko‘rdi boshqa hech kim yo‘q edi.

Qorong‘ulik sekin asta ko‘zlarini o‘rgatdi. Atrofdagi narsalarni tanishga harakat qildi.

Yotoq
Kitob javoni
Qora futbolka stulga ilib qo‘yilgan va bu tanish edi

V yuragini qo‘llari bilan bosdi.

V: Bu…

Chuqur nafas oladi

V pov: Bu Jungkookning xonasi

U hayratdan qotib qoldi. Bu xona — har kecha u ko‘zgu ortidan kuzatgan, orzu qilgan sog‘ingan o‘sha xona edi. Lekin… endi u shu yerda edi.

U bu dunyoga qanday keldi? Qanday qilib u ko‘zgu ortidan chiqdi? Va nima evaziga?..

V yuragini udhlab atrofga qaradi. U bu yerdan chiqishni istamasdi. Bu joy... nihoyat unga tegishli edi. Nihoyat u u bilan yaqin edi. Ammo…

V : Jungkook…

u yana chaqirdi lekin balandro yana jimlik edi

Eshik yopiq edi. Hamma narsa sokin. Tashqaridan tovush yo‘q. V barmoqlari bilan to‘shak ustidagi matoni siladi. Issiq emas. Demak Jungkook hali bu yerdamas.

Va birdan eshikka qaradi. Yuragi qattiq urdi. Qadam tovushlari yaqinlashmoqda edi...

.
.
.
.
By_astra 🦋 ( izoh kutaman)