July 22

Beneath the royal Seal🔞ep3

Taehyung: Birovga aytsangham hech narsa õzgarmaydi. Ammo menga odam õldirish yoqib qoldi. Sen esa aqlingni ishlatib bu uchun menga sabab yaratib berma.

-Taehyung qizni iyagini siltab qõyib yubordi. Mina qõli bilan iyaginu uqalagancha Taehyungdan kõz uzmay tez tez nafas chiqardi.

Mina: k.ketsam maylimi?

Taehyung: qaytib kõzimga kõrinma.

-Mina tazim qilib nafas rostlagancha xonani tark etdi. Qasrni ichidagi uzun karidorga oxshash yõlakdan yurib borar ekan õziga tanish va yoqimli chehraga kõzi tushdi. Suno qirolni vazirdan past tabaqada turadigan õrinbosari edi. Mina ikkisi ancha paytdan buyon bir birini pinhona sevadi. Ammo qasr havfli hudud bõlgani uchun ular erkin emas. Suno bir kun Minani bu yerlardan olib ketishga vada bergan. Mina õzi tomon yurib kelayotgan yigitni kõrib yuragi tez urib ketdi. Yõlakda boshqa hech kim bõlmagani uchun Suno uni yonida tõxtadi.

Suno: Mina. Meni malikam ahvoling yaxshimi.

Mina: yaxshiman desamham bõladi Suno bizni birga kõrmasliklari kerak.

Suno: seni judaham soğindim Mina

-Suno kõzlarida haqiqiy soğinch bilan Minaga termuldi. Minani uzun kanizaklarga xos kõylagi qora beliga tushib turgan sochlari va uzun kipriklari yigitni õziga rom etgandi.

Mina: menham...ammo bizni munosabatimiz tush xolos.

-Mayus tabassum qildi Mina.

Suno: yoq yoq. Men senga vada beraman ikkimizham bu yerlardan qochib ketamiz malikam.

Mina: kimdir kelib qoladi endi ketganing yaxshi

Suno: hop ketaman. Sen qirolni xonasidan kelyapsanmi? Nima boldi õzi

Mina: ha choy olib borgan edim..

Suno: lekin nega sen.

Mina: chunki qirol buni xohladi.

-Sunoni qovoqlari uyuldi.

Mina: hey bõldi endi ketaqol. Seni sevaman

Suno: menham

-Suno Minani yuziga kichik õpich berib yonidan õtib ketdi. Mina yuziga kaftini bosgancha tabassumdan kõzlari qisilib nafasi hayajondan tezlashib ketgandi.

Yiğilish va majlislar uchun mõljallangan keng xonada Qirol õz taxtida jiddiy qiyofada sõz boshlamoqchi bõlib turar ekan. Majlisdagilarni biri Qirolga yov qarash bilan zõrğa sõz boshladi.

~Qirolim. Jur'atim uchun ma'zur tuting. Ammo qasr yõlaklarida vazirlaringizdan biri kanizak bilan ishqiy munosabatda bõlib yurganini õz kõzlarim bilan kõrdim.

-Taehyungni nigohlari keskinlashdi.

Taehyung: vazir? Vazir Chan Mihee haqida gapiryapsizmi.

~yoq yoq qirolim. Uning õrinbosari Suno Yang haqida gapirdim.

-Suno majlisdagilarni orasida bõlgani uchun turgan joyida qotib qoldi.

Taehyung: Suno Yang shu yerdami.

-Suno bir yutunib oldinga bir qadam chiqdi.

Suno: shu yerdaman Qirolim

Taehyung: shu gaplar rostmi. Sen kichik vazir bõla turib õz qirolingni kanizaklariga qarayapsanmi?

-Suno darhol rad etdi.

Suno: yoq yoq Qirolim unday emas. Men hech qachon bunga jur'at qilmayman. Umrimni oxirigacha sizga sodiqman bu quruq tuxmat.

~u aldayapti qirolim men rostanham uni kõrdim u õzini oqlashga urinyapti.

Taehyung: YETAR! Agar bu hol takrorlansa va men xuddi shu gapni boshqa birovni oğzidan eshitsam Sunoni õz qõllarim bilan jigarini suğurib olaman. Yiğilish õz nihoyasiga yetdi.

-Taehyung yoğon va hukmron ovozi bilan barchasiga nuqta qoydi. Xonadagi erkaklarni bari bukilib tazim qilgach birin ketin chiqib ketishdi. Taehyungham õrnidan turib boshini mağrur kõtargancha õz xonasi tomon yõl oldi. Bazilar qirolni korishi bilan suhbatdan tõxtasa bazilar tezroq tazim qilib ketishni istardi. Taehyung õzini hech narsa kõrmayotgandek tutib xonasiga kirdi. Koriyo saltanatidagi bu qasr juda katta bõlib õzgacha boği bilan ajralib turadi. Bu yerda faqat adolat hukm surardi aynan qirol tufayli hamma tinchlikda yashar edi. Qasrdagi hamma qirollaridan qõrqish barobarida undan ğururlanishardiham. Osmon qizil tusga kirib tun kira boshladi. Jiye kanizaklar xonasiga kayfiyati choğ bõlib kirib keldi.

Jiye: topinglarchi qanday yangilik bilan keldim.

-kanizaklarni hammasini etibori Jiyega qaratildi.

~qirol bizni surgrun qilarkanmi

-hazillashdi qizlardan biri.

~yoki bizga sadaqa tarqatarkanmi

Jiye: bõldi hazilni mavridi emas. Qirol hozir yuvinish xonasida. Va u yerga orangizdan bittangizni chaqirdi.

-kanizaklar qiy chuv qilib qilib yubordi.

Jiye: jim bõllaring!!

Lera: xõsh u qiz kim ekan

-gapga aralashdi Lera. Jiye ayyor tabassum qildi....

By: CULLEN_FANFICS

Author: MINA_CULLEN