July 21

Beneath the royal Seal🔞ep2

Minani oq harir libosida qon izlari kõrindi. U xirillab kõz oldi xiralasha boshladi. Hamma ishidan negadir tõxtab qolganini va ğalati bukilishayotganini kõz qiri bilan zõrğa ilğadi. Achishishdan zirqirayotgan yelkasiga bosilgan muzdek qõllar uni seskantirib etiborini tortdi. Bir iloj bilan yuzini burib yelkasidan tutgan qõllar egasi kim ekanlini ilğashga urindi va tanigan manzarasidan ustidan muzdek suv quyilgandek bõldi.

Mina: õ..õl.dirmang. Unutdim barini kõrgan narsamni hammasini unutdim. Umuman esimda yoq

-Mina bir nafasda qõrquvdan tez tez gapirdi.

Taehyung: rõmolchang. Tushib qolibdi.

-Taehyungni qõlida kõk rangdagi dastrumol turardi. Tazim qilganlarni barchasi boshini hayron kõtarib bir biriga ma'noli qaradi! Qirol qandaydir qizga dastrumolini tushurgani uchun õzi olib kelyapti. Qasrda muhokama qilishga arziydigan mavzu.

Taehyung: nimani kutyapsiz yechinglar qõlini

-Taehyungni yoğon ovozda ayrilgan buyruğidan soqchilardan biri shoshgancha kelib Minani qõlini bõshatdi. Mina ingrab yelkasini qõli bilan tutgancha yerda õtirib qoldi va qõlini uzatib Taehyungdan dastrumolni oldi.

Mina: raxmat

-Mina yengil nafas oldi. Taehyung uni õldirish uchun kelgan deb õylagan edi. Taehyung ketgach Mina õrnidan turishga harakat qildi.

Soo x: õrningdan tur kanizak (Qasrda Qirol uchun sanoqsiz kanizaklar bõladi hatto qirol ularni isminiham bilmaydi. Xohlagan payt xonasiga birortasini chaqirtiradi va ularni bari bokira. Agar õziga maqul kelsa Qirolni sevimli kanizagidan keyinchalik ayoli boladi)

-Mina bir ammallab õrnidan turdi.

Soo x: umid qilamanki bunday axmoqliklaringni qaytib qilmaysan! Bu oxirgi ogohlantirishim bõlsin Qirol kelmaganida ertalabgacha kaltaklashlariga qõyib berardim. Qani bor uxla

-Soo xonim õshqirib Minani ketqizib yubordi. Mina õziga õxshagan qizlaf yotadigan katta xonaga kirib õzi tarafdagi pardani yopdida uxlashga kirishdi.

-boshqa pardalarni ortidan boshqa qizlarni ovozi eshitilardi.

~qirol kanizakga dastrumolini beribdi? Sen hazillashyapsanmi

~yoq Lera bu hazil emas haqiqat. Buni juda kõpchilik kõribdi. Ular boğda uchrashishgan ekan.

~bunisi oshib tushdi qõysangchi qandaydir yalang oyoqga qirol qarar ekanmi.

Mina: Sen kimni yalang oyoq deyapsan!

-Mina ortiq chiday olmay jaxli chiqib õrnidan turdida ovoz eshitilgan õzidan 2 ta joy narida turadigan qizni yoniga bordi.

~ana õzlari shu yerdaku. Qani bizga aytchi Qirol seni qaeringga qaradi. Ahvolingni qara. Tog'ri xunukmasdirsan lekin hech katta bõlmaysan

Mina: qani gapingni yana qaytarchi.

-Mina qõlidagi yostiqni qizni yuziga uloqtirdi. Lerani sochlari tozğib ketdi. Õrnidan turib Minaga qõlini bigiz qilgancha baqirdi

Lera: menga qara hali qirol meni õz xonasiga chaqirtiradi va birinchi tunni õzidayoq unga oğil farzand tuğib saroyni va sendaka yalang oyoqlarni qõlimga olaman. Hammang boysunasan.

-Lera mağrurlanib gapirdi. Boshqa qizlar uni oshirib yuborishganini bilib ģalati qarash qilishdida õz joylariga yotishdi

Mina: buni vaqt kõrsatadi.

Lera: bu bilan Qirol meni chaqirtiradi deyapsanmi

Mina: qirol meni qiziqtiradi deb õylaysanmi lanati!!!

-Minani oxirgi gapidan eshik taraqlab ochilib Soo xonim keldi.

Soo xonim: Mina ovozing butun qasrda aks sado beryapti. Senga hozirgilar dars bõlmadimi?

Mina: Soo xonim uni õzi boshladi.

Soo x: joyingga yot Mina! Sizlarham uxlang

-Soo xonim õshqirib kanizaklar bõlimini tark etdi. Minaham Leraga õqrayib qaradida zarda bilan joyiga yotib tezda uxlab qoldi.

Erta tongda Mina uyğonib kiyimlarini toğirlab kiyar ekan. Soo xonimga shogirt tushgan ikkinchi boshqaruvchi qiz keldi. U kõproq Qirolni yoniga kiradigan qizlarga qarashar edi.

Jiye: Mina qirolni biroz tobi yoq ekan giyohlardan tayyorlangan choy damlashdi. Uni sen olib borar ekansan.

-Mina hayron bõlib qaradi

Mina: nega?

Jiye: tez bõl qirolni buyruği muhokama qilinmaydi.

-Mina boshqa chorasi yoqligini bilib uni aytganini qilib chiqib ketdi. Boshqa qizlar pichir pichir boshlaganini kõrgan Lera asabiylashib kiyimini zarda bilan yerga uloqtirdi.

Lera: nima sizningcha Qirolni õsha yalang oyoq qiziqtiradimi!

~Lera oshirib yuborma senham uni birisan biz bu yerda hammamizni õrnimiz bir. Chaqirtirgan bolsa chaqirtgandir senga nima?

-Lera uf tortgancha jim qoldi. Mina yengil titrayotgan qõlidagi patnisni ushlagancha eshiklar ochilgach qirolni xonasiga kirdi. Taehyung eshikga orqa õgirgancha õylanib turardi. Mina tazim qilib sõz boshlashga ikkilanganda Taehyung unga õgirilib yoniga kela boshladi. Minani qõlidagi titroq kuchayib kõz qorachiğini tez tez har tarafga qaratdi.

Taehyung: chaqirtirganimni sababini bilsang kerak?

-Mina Taehyungga qaradi

Mina: ch.choy.

Taehyung: ha choy. Lekin choy sababli chaqirtirmadim. Uni anaviyerga qõy.

-dedi Taehyung kichik stolga ishora qilib. Mina uni aytganini bajardi. Tezroq uni boğayotgan bu xonadan chiqishni istardi.

Mina: unda nega chaqirtirdingiz qirolim

Taehyung: kecha kõrganlaring esingdami?

-Minani hayolida yana Haeni qonga belanib yerda jonsiz holatda yotgani gavdalanib yutunib qoydi. Va bosh irğidi.

Mina: e.esimda

Taehyung: unda esingdan chiqarasan.

-Taehyung Minaga yaqin kelib iyagidan tutib kõzlariga õtkir nigohlar bilan qaradi.

Taehyung: bõlmasa senham xuddi shu ahvolga tushasan!

-Mina Taehyungni teshuvchi nigohlari va aytilgan gapidan vujudini vahima õraladi. Taehyung Minani jimligidan iyagini qattiqroq siqdi.

Taehyung: Birovga aytsangham hech narsa õzgarmaydi. Ammo menga odam õldirish yoqib qoldi. Sen esa aqlingni ishlatib bu uchun menga sabab yaratib berma....

By: CULLEN_FANFICS

Author: MINA_CULLEN