Meni kechir...
Hayot oying senga tunda aytib bergan ertak emas, uyg'on qizaloq...
Bazmga yetib kelib mashinadan tushishar ekan, hammaning ko'zi ularda edi...
Junkook uchun bu allaqachon odatiy holat, ammo Yuna...
Hayajonlanishi tabiiy albatta, birinchi bor shuncha odam qarshisida, gap so'zlar, kamera chiroqlari.. bular Yunaning vahimasi uchun yetarli. Ammo u yolg'iz emas...
Yuna Junkookga qaradi, Junkook Dokookni mashinadan tushirib Yunaning yoniga keldi. Yuna Dokookning ikkinchi qo'lini tutgach birgalikda ichkariga odimlashdi.
Eng avvalida zal o'rtasidagi bu bazmning sharfachisi, "JK corporation" ning rasmiy hamkori janob Darken Morvein bilan salomlashishdi.
JK: Hayrli kech, janob
Darken...
M: Ohho janob Jeon siz meni qachon familiyamdan ozod qilasiz? Sizga ham hayrli bo'lsin...
-Ho'sh bu honimcha...
-Ma'zur tutasiz unuta yozibman, bu menimcha...
JK: Mening ayolim.!
-Jeon Yuna.! Yunaning nozik beliga mushakli qo'l kelib o'raldi. Bu albatta Junkook, ammo bu rashkmi, yoki mashinadagi so'zlar ta'siri...
JK: Bu senga qanchalik qulay yoki yo'qligini bilmayman, lekin hozir ktrisalik mahoratingga ehtiyoj bor.
-Tayyorlan biz sevgiga to'la, baxtli oila asoslarimiz..
Yuna boshidan kechayotgan hislarni quvishga urinadi, lekin birgina Jeon Yuna ismi uni jim qoldirdi.
Junkook ham javob berishga shoshildi, chunki Italiyalik zodagon Morvein ayollarga suyagi yo'q ekanligini ancha oldin bilgan.
M: Ohh miss Yuna, siz bilan tanishish men uchun sharaf.!
Morvein qo'l uzatdi.
Yuna esa muloyimlik bilan bosh egdi hurmat ifodasi edi bu.. Chindan ham Morvein huddi mast kishi kabi betartib harakat qilar edi.
Yana biroz suhbatdan keyin Junkook Dokook va Yunani boshqa hamkorlari va tanishlari bilan tanishtirdi. So'ng kompaniyaning avvalgi direktori, hozirda iste'foga chiqqan Janob Kang Sangmin va ayoli Kang Sulli xonim yoniga olib bordi.
JK: Janob Kang siz allaqachon bu ishlarga qarilik qilasiz, ammo hech chetlanishni istamaysiz.!
K: Men hali qaribmanmi?
- Hech ham hali kerak bo'lsa, yana 50 yil direktorlik qila olaman!
JK: Endi men bor ekanman, siz direktorlik maqomini da'vo qila olmaysiz.
-Tan olingda endi.!?
K: Xotiningni yonidaliging senga dalda beryaptimi deyman.
-Xohlasang alohida gaplashamiz? Xoxolab kulib qo'ydi.
JK: Nega unday deysiz yoki siz ham Sulli xonim tufayli..
K xonim: Sizlarni tortishuvingiz hech tugay demaydi ya.
- Qo'ysangizchi, qizimni uyaltirmang.!
K: Avval Junkookni o'g'lim deding endi, uni qizim deysanmi?
Kx : Ha shunday, chunki O'g'limni yaxshi ko'raman, bundan buyon qizimni ham...
Hech bo'lmasa kelinim de.
Kang xonim eriga javob bermadi, o'rniga Yuna va Junkookga qarab:
-Bizlarni tezroq tanishtirasanmi, yoki yana biroz shunday jim turmoqchimisizlar..?
JK: O yo'q, kechiring.
Sulli honim tanishing Yuna..
-Yuna tanish bu
Kompaniyasining sobiq boshlig'i, Kang Sangmin va ayoli Kang Sulli..
Ham quvonch, ham mehrga boy bo'lgan suhbat edi bu..
Biroz shunday hazil va tanishuv bilan boshlangan suhbat samimiy davom etardi. Junkook Dokook va Yunani o'sha yerda Sulli xonim yonida qoldirib, o'zi Sangmin janoblari bilan boshqa stolga ketdi.
Biroz suhbat va Sulli xonim:
-Qizim, men ana shu yerda, yoshligimdagi dugonamni ko'rdim.
-Maylimi seni yolg'iz qoldirsam?
Y: Albatta.. hijolat bo'lmang.
-O'zi shuncha vaqt birga bo'ldingiz, bu uchun rahmat, biz yolg'iz emasmiz...
-To'g'rimi o'g'lim?!
Dokook bosh irg'adi. Sulli xonim tabassum bilan ularni tark etdi.
Yuna sezdi: Dokook uning gapiga quloq solmayapti. U qaragan tomon qaradi chap yo'lakning oxirida bolalar uchun moljallangan (Inflatable Bounce House) "Havo bilan to'ldirilgan sakrash uychasi" turardi. Yuna Dokook nimani xohlashi shubhasiz edi
Yuna: Dokook.!
Dokook endi oyisiga qaradi:
-Labbay
Y: Xohlaysanmi sen bilan biroz ana shu uychada vaqt o'tkazamiz.?
Dokookni ko'zlari chaqnadi ketdi.
-Shundaymi?
Y: Qani yur, birga boramiz.
Dokook xursand bo'lib Yunadan oldin u yerga yetib bordi.
DK: Demak shu yerda sakrashim mumkin. To'xtadi va ko'zi bilan uychaga ishora qildi:
Y: Albatta men seni shu yerda kutaman.
-Qani boraqol.
Dokook jilmayib o'zi teng bir gala bolakaylar yoniga bordi. Tezda ularga qo'shilib o'yinga tushib ketdi. Yuna qo'llarini ko'ksiga bog'lab, yuzida mayin tabassum bilan Dokookni kuzatib turar edi. Uni esa nariroqdagi guruh ichida biznes reja tuzayotgan Junkook...
Yuna nihoyat Dokookning tabassumi tufayligina biroz erkinlikni his qildi.
Ammo bu qachonki Morvein unga yaqin kelib, tinchini buzmagunicha...
M: Ooh Yuna xonim.
Y: ...
M: Siz yolg'izsiz!
-Yaxshiroq tanishishga ham ulgurmagan edik..
Y: Menimcha biz allaqachon yetarlicha tanishdik va undan ko'pi ortiqcha deb o'ylayman.
Morvein qisqartirishga uringan bir qadamni Yuna yonga tashlashi bilan yana uzoqlashtirdi.
M: Unday demang meni xafa qilyapsiz..
-Nima men qo'rqinchlimanmi?
Y: Tushunmadim?
M: Mendan o'zingizni olib qochyapsiz? Mendan qo'rqyapsiz deb o'yladim..
Y: Aslo.. Chetlanish uchun qo'rquv kerak emas...
M: Xuddi shunday..
- O'zingiz ham, so'zlaringiz ham juda chiroyli...
Yana yaqinlashib bo'yni yaqinida turdi.
M: Iforingiz ham...
- MUKAMMAL ..
Undagi mastlik oshib ketganligi aniq, chunki undagi alkogolning achchiq hidi, ko'ngilni behuzur qilish uchun yetarli... Yuna yana o'zini undan olib qochdi. Chunki biladi, bu umuman normal holat emas...
Yuna tabassum bilan undan uzoq bo'lishga urindi:
Kechirasiz janob Darken, shundaymidi.. (tabassum qildi.)
-Kayfingiz oshgan ko'rinadi.
M: Deyarli..
Y: Ruxsatingiz bilan..!
-Men yuvinish xonasiga borishim kerak.
Yuna ortga o'girilib keta boshladi, ammo Morvein uni qo'lidan tutib qoldi...
Bir lahza... va Junkook nishonni yo'qotdi. Hozirgina bir necha stol narida kulishib gaplashib turgan, oxirgi ko'rgani esa Morvein Yunaning qo'lini tutishi bilan tugagan sahna...
Junkookni jag'lari qisildi... Ko'zlarida g'azab va nafrat kattalashdi... Hech qanday izohsiz stolni tark etish uchun shoshildi. Qadam tashlashga ulgurmasidan iliq bir qo'l kelib uning qo'lidan tutdi...
Bu Yuna edi...
Junkookni bir qo'lini ikki qo'li bilan mahkam ushlab oldi, nafasi chuqur nigohi esa noaniq..
Junkook atrofga qaradi, lekin Morvein yo'q...
JK: Nima bo'ldi? yuzini o'zgartirmay jiddiylik bilan so'radi.
Yuna boshini ikki yonga qildi:
-Siz bilan shu yerda qola olamanmi?
Junkook savol nazari bilan qoshini chimirgancha jim turaverdi. Yuna ham indayvermagach, tilini og'zi ichida xaraktlantirib oxirgi bor atrofni ko'zdan kechirdi. So'ng o'z qo'lini Yunani barmoqlari orasidan o'tkazib stol qarshisiga keldi..
Yana bir necha kishi bilan tanishtiruv, yana tushunarsiz Biznes suhbati, tik oyoqda turish... bularning barchasi Yunaga noqulay..
O'zini chalg'itish uchun qildimi, yoki berilib ketdi... Bir birini tutgan qo'llarini o'ynay boshladi... Ikki qo'li ushlab Junkookning kafti unikidan qanchalik katta ekanini o'ylar, qo'li ustiga tushirilgan tattoo ni ma'nosini tushunishga urinar edi. Junkook unga bir qarab qo'ydi, lekin yana e'tiborini hamkorlariga qaratdi.
Bu ham bo'lmadi va Yuna Junkookni qo'lidan tortib o'ziga qaratdi. Boshi bilan egilishiga ishora qilgach, cho'zilib qulog'iga gapirdi.
Y: Qachon ketamiz?
JK: Nima bo'ldi?
Y: Dokook yolg'iz qoldi. boshi bilan o'sha tomonga ishora qilgach Junkook ham o'sha tomonga qaradi.
Y: Ham juda kech bo'lmadimi? U uxlashi kerak.
JK: Yaxshi..DK: Demak shu yerda sakrashim mumkin. To'xtab qo'li bilan uychaga ishora qildi:
Y: Albatta men seni shu yerda kutaman.
-Qani boraqol.
Dokook jilmayib o'zi teng bir gala bolakaylar yoniga bordi. Tezda ularga qo'shilib o'yinga tushib ketdi. Yuna qo'llarini ko'ksiga bog'lab, yuzida mayin tabassum bilan Dokookni kuzatib turar edi. Uni esa nariroqdagi guruh ichida biznes reja tuzayotgan Junkook...
Yuna nihoyat Dokookning tabassumi tufayligina biroz erkinlikni his qildi.
Ammo bu qachonki Morvein unga yaqin kelib, tinchini buzmagunicha...
M: Ooh Yuna xonim.
Y: ...
M: Siz yolg'izsiz!
-Yaxshiroq tanishishga ham ulgurmagan edik..
Y: Menimcha biz allaqachon yetarlicha tanishdik va undan ko'pi ortiqcha deb o'ylayman.
Morvein qisqartirishga uringan bir qadamni Yuna yonga tashlashi bilan yana uzoqlashtirdi.
M: Unday demang meni xafa qilyapsiz..
-Nima men qo'rqinchlimanmi?
Y: Tushunmadim.?
M: Mendan o'zingizni olib qochyapsiz.? Mendan qo'rqyapsiz deb o'yladim..
Y: Aslo.. Chetlanish uchun qo'rquv kerak emas...
M: Xuddi shunday..
- O'zingiz ham, so'zlaringiz ham juda chiroyli...
Yana yaqinlashib bo'yni yaqinida turdi.
M: Iforingiz ham...
- MUKAMMAL ..
Undagi mastlik oshib ketganligi aniq, chunki undagi alkogolning achchiq hidi, ko'ngilni behuzur qilish uchun yetarli... Yuna yana o'zini undan olib qochdi. Chunki biladi, bu umuman normal holat emas...
Yuna tabassum bilan undan uzoq bo'lishga urindi:
Kechirasiz janob Darken, shundaymidi.. (tabassum qildi.)
-Kayfingiz oshgan ko'rinadi.
M: Deyarli..
Y: Ruxsatingiz bilan..!
-Men yuvinish xonasiga borishim kerak.
Yuna ortga o'girilib keta boshladi, ammo Morvein uni qo'lidan tutib qoldi...
Bir lahza... va Junkook nishonni yo'qotdi. Hozirgina bir necha stol narida kulishib gaplashib turgan, oxirgi ko'rgani esa Morvein Yunaning qo'lini tutishi bilan tugagan sahna...
Junkookni jag'lari qisildi... Ko'zlarida g'azab va nafrat kattalashdi... Hech qanday izohsiz stolni tark etish uchun shoshildi. Qadam tashlashga ulgurmasidan iliq bir qo'l kelib uning qo'lidan tutdi...
Bu Yuna edi...
Y: Bu yerdan qachon ketamiz?
JK: Nima bo'ldi?
Y: Juda kech bo'lmadimi?
Dokook ham yolg'iz qoldi. boshi bilan o'sha tomonga ishora qildi. Junkook ham biroz o'sha tomonga qarab biroz o'ylanib turdi. Keyin "Yaxshi" deb yana stolga qaradi va undagi kishilarni o'ziga qaratdi.
-Janoblar bir daqiqa..
Hamma unga qaragach gap boshladi.
- Bizni ma'zur tuting qolganini keyin gaplashamiz hozir ketishimiz kerak.
Ta'zim qilib hamma bilan hayrlashishdi. Dokookni yoniga borib uni ham o'zlari bilan olishdi. Sulli xonim va janob Sangmin bilan ham hayrlashib oqshom sharafchisi Darken Morveinni yoniga borishdi. Qizig'i shundaki shuncha narsa ichida ikkisi ham qo'llarini qo'yib yuborishmas edi, aksincha Morveinga yaqinlashgani sari Yunaning mahkam tutish darajasi kuchayar edi.
M: Nega qo'zgaldingiz yana biroz qolsangiz bo'lardi.
JK: Rahmat! Ancha kech bo'ldi, Dokook ham charchagan ko'rinadi. yelkasiga boshini qo'yib olgan o'g'liga ishora qildi. Lekin Morveinning ko'zi Yunada...
M: Mayli bugun shunchaki qo'yib yuboraman, ammo keyingi safar aslo qo'limdan chiqib keta olmaysiz.!
Junkook uni makoorona so'zi yu Yunaga bo'lgan nigohidan qayta va qayta asabiylashar edi.
JK: Tushunmadim.!
M: Yo'q shunchaki..
-Yana keling siz uchun ham alohida bazm uyishtirman. sochini qo'llari bilan o'rtaga tarab Yunaga qo'l cho'zdi. Yuna Morveinga javob bermadi.
Uni o'rniga qo'lini mahkam tutib Junkookga yaqinroq bo'lishga urindi. Junkook ham qolishmay uni belidan tutib o'z tanasi bilan birlashtirdi. Morvein noumid qo'lini pastga tushirdi.
JK: Janob Darken juda ko'p ichgan ko'rinasiz..
M: Aslida shunday..
-Lekin mastligim sababchisi alkogol emas, Yunaga qarab ko'z qisdi.
JK: O'z chegaralaringiz va meni chegaralarimni yodingizdan chiqargan ko'rinasiz.
-Allaqachon eri bor ayolga bunday qilishingiz eriga yoqmasligi mumkin.
-Hushyor ekaningizda yana gaplashamiz...
M: Yo'q men uning ajoyib talantli haqida gapirdim. peshonasigadi sochini ko'rsatdi. U yerda katta bo'lmagan yara bor edi. Junkook tushunmaganini bildirib jim turdi. Morvein kulib:
-Mayli boraqoling, sizlarni ham tutib qoldim. Kulib Junkookni yelkasiga urib qo'ydi.
Junkook sukutni tanladi. Chunki yana biroz qolsa bir fojia bo'lishi aniq edi. Yunani mashinagacha sudrab ketayotgandek tezlik va qo'pollik bilan olib bordi.
Mashinaga yetib shaffof eshikni ochganida Yunani deyarli uloqtirib yubordi. O'zi ham chiqib tezroq yurishni buyurdi. Yuna indamadi, Junkookning jahli chiqyapti bir nima qilish kerak lekin nima. Tushuntirishi kerakmi yoki jim bo'lishi...
Y: Janob...
JK: Jim bo'l! Bir og'iz ham gapirma!
- Dokookga rahmat de u uxlab qoldi...
Uyga yetib kelishgach ham ikkisi jim. Junkook uni xonada kutishishini aytib o'zi Dokookni xonasiga kirib ketdi.
Yuna u yoqdan bu yoqqa yurib nima deyishi haqida o'ylardi. Ko'p o'tmay Junkook qaytib chiqdi.
JK: Ho'sh xotinjon! Biz shunchaki gaplashamizmi yoki janjallashamiz... o'zing tanla.
Y: ....
JK: Demak o'zingcha gapirmaysan, bu esa janjallashish tomonda ekaningni bildiradi. Yuna tomonga yura boshladi. Ikki qadam ham tashlab ulgurmasidan Yuna yerga o'tirib oldi.
Y: Yo'q unday emas, kechiring janob.
-Ha...ammasini aytaman.
Nima so'rasangiz barini aytaman. Urushning keragi yo'q.
JK: Yaxshi. borib divanga joylashdi.
JK: Faqatgina so'raganlarimga javob ber aniq va to'g'ri...
Y: ....
JK: O'shanda nega Morvein qo'lingdan ushlashiga qo'yib berding?
Y: Yo'q men emas u qildi.
JK: Demak kulishib gaplashib turganingizni ko'rganim yolg'on ekanda.
Y: Yo'q unday emas..s
-Ya'ni men buni atay qilgandim, jiddiy gapirganim uchun o'zingni mendan olib qochyapsan dedi, undan qo'rqishimni aytdi.
Undan qo'rqmasligimni bildirish uchun... men kulib gapirdim, lekin ona ichaman buni siz ko'rib turganingizni bilmas edim va atayin unday qilmadim.
JK: Keyin...
Y: ....
JK: Nega keyin u seni qo'lingdan tutdi va sen yo'q yo'q siz ikkingiz yo'q bo'lib qoldingiz?
Y: Men har xil narsa qildim lekin u yonimdan ketmadi. Keyin men yuvinish xonasiga borishimni aytib u yerdan ketmoqchi bo'ldim. Lekin u u bilan yana qolishimni va men...n.... Yuna jimib qoldi, boshi quyiroq egildi.
JK: Nima sen?
Y: U menga meni yoqtirib qolganini aytdi... va meni xohishimdan tashqari qo'limdan tutdi. Qasam ichaman men buni xohlamagandim... yan jimlik.
JK: Sen to'xamay davom etishing uchun keyinchi keyinchi deb turishim kerakmi?
Ovoziga biroz qo'pollik va baqiriq qo'shildi.
- Seni xohishingni so'rayapmanmi seningcha?
Y: .....
-Siz ikkingiz.... nimalar qildingiz?
Yuna Junkookga tik qarab gapirdi.
Y: Men yoki biz... Men biror nima qilmadim.
U mening qo'limdan tutdi. Va men bundan jahlini chiqishini bilganim uchun.. uni boshiga qadah cheti bilan urdim. Uning sizga ko'rsatgan yarasi...
Bu mening ishim edi. Men ko'p narsa qilishga urinmay yoningizga bordim.
Junkook biroz muddat jim turdi. Keyin Yunaga unga yaqin borishini aytdi. Yuna turib uning yoniga bordi. O'tirgan holida Yunani sochidan ushlab ortga tortdi. Yuna yuzini burishtirdi lekin ovoz chiqarmadi...
JK: Shunday ertak to'qisam menga ishonadi deb o'yladingmi?
-Nima seningcha men ahmoqmanmi?
Y: ...
JK: Sen atayin o'sha kiyimni kiyding shunday emasmi?
-Gapir!!!
Y: Men bor gapni aytdim, hatto ont ichdim.
JK: Men so'ragan narsaga javob ber, nega aynan shu ko'ylak?
Y: Bu bizni bir xil bo'lishimiz uchun edi.
Men ketishimiz oldidan uni alishtirishim mumkinligini aytdim. -Lekin siz o'zingiz...
Yuna chiday olmay Junkookni ovoziga barobar tarzda baqirdi. Ko'zidan yoshi qatorma qator oqdi. Ammo Junkook uni gapini bo'ldi.
JK: Menga baqirishga jur'at qila ko'rma!
-Ayb ish qilgan sensan va yana xatoga yo'l qo'yyapsan.
Y: Men ayb ish qilmadim.
-Men shunchaki ahil bir oiladek ko'rinishimizni xohlagandim.
JK: Ahil oilami?
-Ho'p yaxshi senga ishondim ham deylik, lekin nega Morvein senga gapirganida asabiylashding? Huddi siringni sotishidan qo'rqqandek...
Sochidan mahkamroq tortganda Yuna o'tirib qoldi. Junkook ham paytda foydalanib boshqa qo'li bilan tomog'idan ushladi.
Y: Men uni urganim uchun mendan jahlingiz chiqadi deb o'yladim.
JK: Shundaymi?
-Demak sen uni urding... bu kulguli.
-Lekin nega menga, hatto qarshilik ham qilmayapsan.
Y: Agar siz erim bo'lmaganingizda, va men sizni huddi u bilan teng darajaga qo'yib jirkanganimda... allaqachon shunday bo'lar edi.
Junkook kuldi: Naqadar ajoyib...
Mayli seni birinchi va oxirgi marotaba kechiraman.
Lekin agar biror narsani sezib qolsam aslo buday qo'ymayman. Bilib qo'y men albatta hamma narsani tekshiraman va agar....
Y: Va agar siz biror shubhali narsa topsangiz men uni hisobini berishga tayyorman.
JK: Shunchalik ishonch.. nima meni qo'lidan hech narsa kelmaydi deb o'ylaysanmi?
Y: Unday emas.
Men shunchaki xato qilmaganimga aminman xolos.
Junkook uni siltab qo'yib yubordi.
-Ko'zimdan yo'qol...
Y: ...
JK: Boshqa qaytarmayman.
Tur va bu yerdan yo'qol..
Yuna sekin qo'zg'alib xonani tark etdi.
Junkook yuragida g'alati his bilan o'sha joyida qoldi.
Bu nima? U hozir butun uyni boshiga ko'tarib to'polon qilishi, Yunani gapiga ishonmasligi va hatto jazolashi mumkin edi.
Lekin nega Yunaga ishondi?
Balki hamma gapi rost va to'g'ri bo'lgani uchundir... Balki ayblashga sabab topa olmagani uchundir...
Yuna avval to'g'ri kelgan xonaga kirdi. Kiyimlarini yechib dush qabul qildi. Pijama o'rniga o'rniga ertalab yechgan kiyimini kiydi. So'ng yana bir necha kunlar, balki haftalar mobaynida o'ziga tanish bo'lishga ulgurgan o'sha balkon tomonga yo'l oldi...