Meni kechir
Hayot oying senga tunda aytib bergan ertak emas uyg'on qizaloq...
...:
Ajabo hamma narsa o'zgarishi mumkinmi?
Bu yerda nimalar bo'lyapti?
Esimda, Junkook meni birinchi kechada ko'chaga qanday uloqtirgani...
Yerga tushganimdagi zarba hali ham esimda.
O'shanda meni yiqitgan o'zi, endi majburlab olib kirgan ham uning o'zi...
-Nima u o'zgardimi?
-Yo'q yo'q...
-Aslo...
Ahmoqona hayollarga berilma Yuna.
U o'zgargani yo'q,
Shunchaki senga rahmi keldi. Agar boyagi holating bo'lmaganida va sen kasalligingni aytmaganingda, u seni olib kirish tugul xonasiga ham yaqin yo'latmas edi
Yo'q lekin undan oldin aytgan so'zlarichi?
Nega bu odam bunchalar tushunarsiz?
Nega Beqaraor?
Nima qilayotganini tayni yo'q..
Men jinni bo'lyapman. Bu aniq. Men o'zim bilan o'zim o'zim gaplashyapman.
O'zi bilan o'zi suhbat qilsada hayollari Junkookga tegishli. Junkook berahm ekanini, Yuna uni o'zgardi deb xato o'ylayotganini o'ziga o'zi tushuntirishga urinadi. Junkook yana uni o'yin qilmoqchi, bu aniq...
Unga qilgan ishlari rashk, ishonch, sevgi yoki qaramlikdan emas, Yunaga mehr ko'rsatish uchun ham emas... bular shunchaki o'z manfaati uchun.
Hatto boyagi yordami ham balki qayg'urish emas, shubhadir, agar Yunaga bir nima bo'lsa Junkook nima qiladi?
Agar shunday qilmasa Dokook onasiz qolishi mumkin, shunday emasmi?
Axir Yuna Junkook uchun yo'llangan Qo'g'irchoq darajasida bo'lishi mumkin emasmi?
O'g'lini ovutish uchun...
Bunda Dokookning zarracha aybi yo'q.! Yuna uchun Dokook borasida gap ham bo'lishi mumkin emas. Lekin dadasichi...?
...:
Yunaning zadasi kelib o'rnidan turdi. Junkook hech narsadan bexabar uxlab yotibdi. Asta o'rnidan turib xonadan chiqdi.
Yuna aql va qalbi orasidagi arosatda qoldi....
Bir tomoni " Bu seni ering uni toʻgʻri qabul qil, boʻlgan va boʻladigan narsalarga koʻnik! Yaxshisi koʻngliga yoʻl top!"....Boshqa tomoni esa " Uni oʻz holiga qoʻy, nima qilsa qilsin Sen zimmangdagini bajar ortiqcha narsalar bilan ishing boʻlmasin! Na mehr ber, na mehr kut, oʻzingni oʻyla, u siz tinchgina hayot yaxshi!"...
Bu taqdir deganlariga nima boʻlgan oʻzi!. Yoshgina bir qizni onaga aylantirdi..
Yuna avval toʻyga rozi bolmadi, sababi 31 yoshli erkak, boy badavlat, naslini davom ettiradigan oʻgʻli bor. Unga yana nima kerak nafsidan boshqa. Yunani sevib qolgani uchun boʻlsa ham mayliga, koʻrishmay turib 18 yoshli qizga uylanishga rozi boʻlibdi
Ammo Yuna oʻylagan narsalarni aksi namoyon. Na hohish..., na etibor..., na bor oz gap....Hatto gap gapirish ham ortiqcha. Yunani odam oʻrnida koʻrmay yerga urishi oʻsi yana boshqa mavzu...
Toʻgʻri u oshirib yubordi lekin uni ham tushinish kerak emasmi!... Sevgan ayolidan ayrildi, xiyonatga uchradi, oʻzidan 13 yosh kichkina qizga majburan nikohlandi. Hoʻsh unda muammo yoʻqmi, uni ham dard ezmaydimi?
U hech oʻzgarmaydimi uni kim muzlatdi? Nega u oʻz qobigʻiga oʻralib oldi? Nega hissiz boʻlib qoldi?
Bular qanday tanlov bo'ldi...
Yuna o'zini o'ylashimcha kerakmi? Yoki barchasini...
Jungkook ertalab yonida tekislangan yotogʻni koʻrgach xayron boʻlmadi. Uning oʻrniga eʼtiborsizlik niqobini kiyib oʻzi bilan oʻzi boʻldi. Pastda Yuna nonushta tayyorlash bilan band edi. Odatda Yuna bilan nonushta qilmas endi..ammo Yuna bilan suhbatlashish uchun oshxonaga kirdi. Soat hali 6 ham boʻlgani yoʻq..
Dk. Oyi nima pishirayotganingizi koʻrsating...
Y. Quymoq. Huddi o'zing aytganingdek shakarli quymoq.
Dk. Qanday pishishini koʻrsating..
Y. Hozir yangisini quyib olay koʻrsataman.
Oshxona eshigidan qaraganda sariq harir kiyib olgan Yunani va betartib kiyimda unga gapirayotgan Dokookni koʻrish mumkin. Ikkisi ham gaz yonida
Yuna Dokookni koʻtardi
Dk. Zoʻr (qoʻlida koʻrsatdi) – qarang qarang.....teshikcha boʻldi.
Y. Ha...
Dk. Iyyee hamma yog'i teshilib kettiku...
Y. Oʻzi shunday boʻladi. Hoʻsh koʻrding boʻldimi
Dokook bosh silkidi.
Y. Unda meni stolda kuta olasanmi, men quymoqlarni pishirib olishim kerak.
Dokuk bir deganda koʻndi, u esli bola. Ortga qaraganda " Dada" deb baqirishi mumkin edi, agar dadasi jim boʻlishini tayinlamaganida. Sekin borib stolga oʻtirdi, dasturxondan xar - hil yeguliklar bor. Faqat ikki kishiga moʻljallangan. Jungkook ham sekin borib eng yaqinidagi stolga oʻrnashdi.
Y. Dokuk quymoqni bir....ortga oʻgirilganda Jungkookni koʻrib gapini tugatmay qotib qoldi.
Dk. Ha oyi..
Yuna eʼtiborini Dokookga qaratdi
Y. Quymoqni oʻzini yeysanmi qaymoq yoki saryogʻ bilanmi?
Dk. Yoʻq oʻzini yeyman uni siz pishirgansiz qaymoqsiz ham mazali, qolaversa oʻzini tami yoʻqoladi.
Y. Yaxshi
Koʻpga qolmay Yuna quymoq toʻla lagan bilan dasturxonga oʻtirdi. Ungacha ota - bolaning oʻyin kulgusidan boshqa suhbat boʻlmadi.
Yuna indamay dasturxonga oʻtirib Dokukga iliq sut quydi. Oʻziga chetda turgan stakandagi sutni olib nonushtani boshlashga tushdi.
Jk. Nima men koʻrinmas boʻlib qolibmanmi?..
Yuna tushunmay qaradi lekn hech narsa demadi. Jungkook ham koʻzini kattaytirib qarashda davom etdi.
Y. Qahva damlab berishim kerakmi? Yuna turib qahva damlashga tushib ketdi. Tayyor boʻlgan qahvani Jungkookni oldiga qo'yib yana oʻz oʻrniga oʻtirdi.
Jungkook qoʻlini koʻksiga qoʻyib Yunaga tikildi.
Dk. Dada siz biz bilan nonushta qilasizmi?
Jk. Shuni umid qilgandim, lekin yanglishibman. Bu oilada faqat siz ikkingiz mavjudsiz.
Yuna yarq etib Jungkookga qaradi
Jk. Nega unday qaraysizlar, dasturxon faqat ikkingiz uchun. Taomlar, likopchalar....
Yuna stakanni qoʻyib oʻrnidan turdi. Jungkookga ham likopcha oldi, oldiga qoʻyib soʻradi
— choy, sut yoki qahva?
Jk. Sut ichmayman bolalardan farqli oʻlaroq.... Yunani stakanga qaradi. Yuna ham bir stakanga bor Jungkookga qarab qoʻydi.
Dk. Dada nega biz bilan nonushta qilyapsiz.
Jk: Bu nima deganing o'g'lim? Nega, nima men nonushta qilmaymanmi?
Dk: Nega uxlamaypasiz?
Jk: O'g'lim qornim och...
Men ham odamman, ochiqaman, charchayman...
Onasidan oldin javob bergani uchun hayron qolishdan boshqa iloji yo'q edi.
Jk: Senchi o'g'lim?!
Sen uxlamaysanmi?
Yoki oyingning nonushtasi shu qadar mazalimi? ko'z qisdi.
Dk: Ha u juda mazali.
Avval yeb ko'ring keyin bilasiz.
Jk kulib bosh silkidi, nima hozir shunda Dokook Junkookni emas Yunaning tomonidami? Bu bolaga nima bo'lgan, bir necha kun avval undan qochib otasining ortiga berkingan edi..
Jk: Dokook...
Dk: Ha.
Jk: Menga oying bilan qanchadan beri, qanday qilib nonushta qilyapsizlar, aytib berasanmi?
Dk: Jonim bilan.
Men ko'pincha uyg'onganimda onamni ham uyg'oq holda topaman.
Balkon yoki oshxonadan... gap boshladi Dokook ammo tezda jimib qoldi.
...:
Flashback
-Oyi ...
Oyi siz yig'layapsizmi?
Yuna shoshib qoldi.
-Yo'q oʻgʻlim, shoshib koʻzlarini ishqaladi.
-Sen uygʻondingmi?
Dokook hech nima demay soʻzsiz termulib turdi.
DK: Koʻzlaringiz og'ridimi oyi?
Y: Yo... Ha balki shunday...
DK: Dadam sizni urdimi?
Y: Yoʻq oʻgʻlim, bu gapni qayerdan olding. Dadang unday qilmasligini bilasan ku..
DK: Lekin men koʻrdim.
Baqirganini ham eshitdim.
Yunaning balkonda koʻz yoshlariga koʻmilgan holda yigʻlab oʻtirganini koʻrganini yashirmay dedi Dokook.
Y: Yo'q o'g'lim, sen notoʻgʻri tushungan koʻrinasan. Biz janjallashmadik. Bu haqiqiy emasdi.
DK: Lekin oyi...
-Agar dadam sizni xafa qilsa menga ayting men doim siz tomon boʻlaman. -Lekin iltimos xafa boʻlmang va meni tashlab ketmang, axir sizni yaxshi koʻraman..
Y: Mening aqlli oʻgʻlimni aytgan gapiga qaranglar, huddi katta odamlardek. Burnidan ogʻriqsiz chimdiladi.
-Nega seni tashlab ketar ekanman, axir men ham seni yaxshi koʻraman.
DK: Va'da berasizmi?
Ular qoʻllarini ushlashib Yunani va'dasini tasdiqladilar.
Yuna uni koʻtarib oshxona tomon yurdi.
Y: Senga biror narsa pishirib berishimni istaysanmi?
DK: Albatta, siz bilan birga pishirib, birga nonushta qilishni istayman.
Y: Yaxshi. Qani kel unda...
DK: Nima pishiramiz?
Y: Koʻp narsa... Faqat sen va men uchun.
DK: Faqat ikkimiz uchunmi?
Y: Ha faqat ikkimiz uchun?
DK: Qolganlarchi?
Y: Ular uxlashmoqda... -Xohlasang ularni ham kutamiz.
DK: Yoʻq, biz birinchi boʻlamiz...
Y: Unda aa shahzoda nima istaydilar...
Comeback
...:
JK: Hoʻsh Dokook...
-Menga biror nima aytmoqchimisan?
Dokook koʻz qirida Yunaga qaradi. Yuna esa koʻz ilgʻar ilgʻamas boshini ikki yonga chayqadi. Bu Dokook ularning suhbatlarini toʻliq aytib qoʻymasligi uchun belgi sifatida edi. Yaxshiyamki Yuna Dokookni o'sha gaplarni otasiga aytmaslikni tayinlangan.
DK: Men... Bir gal oshxonaga chiqdim va oyimni yolgʻiz oʻzi ovqatlanayotganini koʻrdim. Unga sherik boʻlishni istadim va u ham rozi boʻldi. Shundan beri birgamiz.
Har kuni birgalikda nonushta qilamiz. Barcha uygʻonishidan avval..
JK: Mayli endi bunga oʻzgartirish kiritamiz.
DK: Qanday?
JK: Endi oying faqat oʻzi uchun yoki sen uchungina emas, endi hammamiz uchun nonushta tayyorlaydi.
DK: Shundaymi oyi.?
Dokook tasdiqlashi uchun Yunaga qaradi, ammo javob oʻzga tomondan keldi.
JK: Buni men aytdim, demak bu qilinadi, ertadan oying uy ishlarida Hanuel xonimga yordamlashadi...
DK: Lekin oyim charchaydi..
JK: Bu haqida oying bilan oʻzimiz gaplashamiz...
-Yaxshisi sen ayt, oyingni, mendan himoya qilyapsan mi?
DK: Dada ozi oyimning tobi yoʻqku...
Junkook hazil tariqasida qulogʻidan yengil tortdi, bu unga ham gap qaytargani, ham oyisini yonini olgani uchun dakki sifatida.
JK: Jonim oʻgʻlim, jasorat toʻpla va kuchli erkak boʻlib ulgʻay.!
-Lekin bu jasoratni oyingni mendan himoya qilish uchun sarflama, hoʻpmi bolaginam.
DK: Hop boʻladi. Bosh silkidi, tiliga biror soʻz kelmagani uchun Dokook...
Yuna jahl aralash ularga qarab turdi. Lekin aralashishga jurʼat eta olmadi. Junkook Dokookni qoʻyib yuborib yana savolga tutdi:
-Hoʻsh sen qaysi sport turini tanlading, biz bugundan buni hal qilishimiz kerak.
DK: M...en..
JK: Hoʻsh...
DK: Men taekwondoni tanladim.
JK: Bunday javob berishni senga oying oʻrgatdimi? Yunaga o'g'rincha qarab qo'ydi.
DK: Y..oʻq koʻzini yerdan uzmay javob berdi.
JK: Yo'q mi?
Y: Bolani siquvga olmang!
Yerga qarab koʻzidan yosh chiqishini yashirayotgan Dokookni tinchlantirish maqsadida dedi Yuna.
Junkook unga bor qoshini chimirib qararkan, uni yuzida anglamsiz tuygʻu aks etadi. Bu balki gʻazab, balki nafrat va balki oʻgʻlining rashki...
JK: Mening ishlarimga aralashish uchun qancha jurʼat toʻplading sen...
-Dokook bor sen tayyorlan. Hanuel xonim senga yordamlashadi.
Dokookni joʻnatib yuborgachgina gaplashishni istadi va stulga yaxshiroq suyanib, Yunaga yaxshiroq tikildi.
JK: Men oʻgʻlim bilan gaplashyapman.
Va senga, oʻrtamizga tushishga kim ruxsat berdi.
Y: Men oʻrtangizga tushmadim.
JK: Koʻrdim...
-Mayli, bu safar kayfiyatim yaxshi, uni sen uchun buzmayman.!
-Endi esa, tayyorlan seni ham shifokorga olib boraman...
...:
Yuna jimib qoldi. Nima deyishi kerak? Lekin shifoxonaga borishni istamasligi aniq.
Y: Men kasal emasman.
JK: Tushunmadim. Qoshini asabiy uchirar ekan Yunaga teshib yuborgudek qarardi.
Y: Men kasal emasman!
JK: Men kecha koʻrdim, hoʻsh uni qanday izohlaysan?
Y: Hech qanday..
JK: Demak sen shunchaki yolgʻon gapirding.
Yuna sezilar sezilmas bosh silkidi.
Junkook oʻrnidan turib baqira ketmaslik uchun qoʻlini koʻksida quchib mahkamroq siqdi.
JK: Men sendan izoh soʻradim.
-Kechagi xolating nima edi unda?
Y: Shunchaki ichim buzuldi, nima sizda boʻlmaganmi?
-Balki notoʻgʻri ovqatlangandirman..
Boyadan beri yigitni koʻziga tik qarashga botina olmayotgan qiz tik qarab jahlini yashirmagan holda gapirdi.
JK: Erta tongda kayfiyatimni tushirish, sening uchun juda oson kechdi shunday emasmi XOTINJON.!
Qadamma qadam Yunaga yaqinlashgan Junkook qoʻllarini Yunaning sochiga ohista qoʻydi, uni mahkam gʻijimlab tortishidan oldin.
JK: Menga oʻzing ayt qaysi bir ishing uchun seni qanday jazolay.
- Ishimga aralashganing...
- Yolgʻonning....
- Va yoki hamma ishni sen qila turib, menga jahl qilishing....
-Oʻzing ayt men nima qilay?
Y: ....
JK: ikkinchi qoʻlini kissasidan chiqargan Junkook endigi navbatda shu qoʻli bilan Yunaning boʻynidan qisdi. Gavdasini stul suyanchigʻiga suyab qoʻyish uchun... Boshi toʻlaligicha yuqoriga qaratilgan Yuna Junkookning iblisnamo yuziga toʻqnashdi.
JK: Demak seningcha sen shunchaki aldaysan, men esa soʻzsiz ishonaman...
Boshini sarak-sarak qilgan Junkook Yunani yaxshiroq boʻgʻishga urindi.
JK: Sen ayollar... qoʻlingdan bundan boshqasi kelmaydi shubhasiz..
Yuna nafas yetmay boʻgʻila boshladi, Junkook qoʻlini botirgani sari tomogʻida achchiq yoʻtal tugʻulardi. Qoʻllari bilan Junkookni qoʻllari mahkam ushladi, ortga qaytarib biroz nafas oʻtkazish uchun, muammo shundaki Junkookning bu beqiyos kuchiga qarshi chiqish
Ammo bu Junkookga ta'sir etmaydi, aksiga uni bo'g'ishi shiddatliroq tus oladi..
Yuna: J...Jun...ko...ook
-J..Junkook
Tomog'idagi achishish ko'zlaridagi yosh bilan birga yo'tal holda tashqariga chiqdi. Junkook uni qo'yib yubordi. Lekin qo'li hali ham jag' qismini siqib turibdi:
-Menga qizig'i yo'q... iching buzuladimi? Qayeringdir og'riydimi yoki boshqa...
-Men bor dedimmi borasan!
-O'g'limning O'GAY onasi sog'lom yoki nosog'lom ekanini bilishim kerak.
- Qolaversa, oshqozoning buzilgani uchungina qusganingga hech ham o'zimni ishontira olmayapman...
Boyadan beri jur'atsiz majburlikdan tikilayotgan qorachiqlarga qandaydir jasorat va g'azab yog'dusi yugurdi.
JK: Ha nima, nima bo'ldi?
-Ahmoqqa o'xshaymanmi?
-Qizaloq men sendan oldin ham oila ko'rgan erkakman..
Yuna indamay tikilishda davom etadi.
-Suyug'oyoq deyapman, ya'ni Foxisha...
-Nima tushunmadingmi?
Yuna nima deyishni o'ylab qolgani uchun oraga sukunat cho'mdi, oshxonaga yaqinlashib qolgan qadam tovushlari tufayli Junkook Yunani qo'yib yuborib dedi:
-Ko'zimdan yo'qol-da, umuman ko'rinma.
-Keyingi gal hech qanday imkoniyat seni mendan qutqarib qola olmaydi...
DK: Men tayyorman...
- Sizlarga nima bo'ldi?
Yuna yoshini artib yuzini burdi.
JK: Hech nima o'g'lim qani ketdik, oyingni aytishicha biroz ishlari bor ekan.. -Hozir sen bilan ikkimiz o'zimiz ketamiz, oying boshqa safar boradi.
Yuna oshxonadan chiqib ketishga urindi, lekin Dokook uni yo'lini to'sdi.
DK: Oyi nima bo'ldi, nega biz bilan boormaysiz?
Junkook sezdirmaslikka urinsada, jahli chiqa boshladi, bu ham bo'lsa Dokook Yunaga yopishib olgani uchun.. Qo'llarini ko'ksi ustida bog'lab ularni kuzatishga tushdi.
Y: Dokook bilasanmi...
DK: Yo'q bilmayman! gapini bo'ldi
-Biz bilan birga boring.
Y: O'g'lim..
DK:Taekwondoga siz bilan borishni istagandim. -Hammamiz birgalikda..
Y: Boramiz albatta o'g'lim, hammamiz birga boramiz.
-Faqat boshqa safar..
DK: Oyi.. biz bilan boring axir, bu birinchisiku..
Yalinishga tushganda, jazavasi battar qo'zidi
JK: Dokook biz o'zimiz boramiz, oying nima qiladi zalda?
DK: Men oyim ham borishini istayman.
JK: Lekin men ham, oying ham oyingni borishini istamaymiz.
-Shunday ekan faqat sen va men boramiz!
DK: Lekin dada..
JK: Sen Jeonsan Dokook o'zingga yarashadigan ishlar qil va aslo, hech kimga yalinma.
-Hozir esa borib mashinaga o'tir va jimgina meni kut!
DK: Istmayaman, borishni istmayaman, oyimsiz hech qayerga ketmayman.
Dokook ham bor mahoratini ishga solib shovqin ko'tardi. U dadasiga ham onasiga ham qaramay baqirdi, so'ng oshxonadan otilib chiqdi.
U ketishi bilan Yuna ham ortidan yugurdi. Junkook esa o'z g'azabiga o'zi qovrilib oshxonasi ag'dar-to'ntar qilishga tushdi.
JK: Jin ursin seni, jin ursin...
Ancha payt oshxonada shisha siniq ovozlari eshitilib turdi, yuqorida bola yig'isi va eshikni ochilishini so'rab yalinayotgan Yuna...
Erta tongda hammaning kayfiyati birdek buzildi. Junkook o'zini qo'lga olishi bilan ishxonasiga ravona bo'ldi. Yuna esa eshikni ochishga muvaffaq bo'lib Dokook bilan astoydil gaplashib oldi. Aslida bu muhim yoki xatarli muammo emasdi.
Ehtimolki bu kichik narsalardan tuzib kattaytirilgan g'azab va janjal samarasidir, bir birini tushunmagan yoki tushunishga urinib ko'rmagan ikki inson janjalining samarasi...